Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining
buyrugʻi
“Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 7-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1252-5]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositasi konstruksiyasini va (yoki) uning qismini oʻzgartirish bilan bogʻliq faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnomani taqdim etish va avtomototransport vositasini qayta jihozlashga ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 30-noyabrdagi 758-son hamda “Transport vositalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 9-martdagi 125-son qarorlariga muvofiq buyuraman:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 26-iyun,
213-son
Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2021-yil 26-iyundagi 213-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2003-yil 2-maydagi 137-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252, 2003-yil 30-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y, 12-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2013-yil 26-iyundagi 79-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252-1, 2013-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y, 26-son, 350-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2017-yil 22-dekabrdagi 282-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252-2, 2018-yil 10-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y, 10/18/1252-2/0543-son).
4. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 8-apreldagi 88-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252-3, 2019-yil 20-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2019-y, 10/19/1252-3/3150-son).
5. Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2019-yil 29-iyuldagi 209-son “Oʻzbekiston Respublikasi IIV davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati texnika nazorati boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi buyruqning 2.2-bandiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 1252-4, 2019-yil 13-avgust) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.08.2019-y, 10/19/1252-4/3545-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 10/21/1252-5/0649-son