Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2005 22.07.1997 yildagi 366-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.05.2005
Hujjat 28.02.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UY-JOY QURILIShINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLAShNING QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining uy-joy qurilishida islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 24-martdagi Farmonga muvofiq hamda jismoniy va yuridik shaxslarning boʻsh pul mablagʻlarini, banklar kreditlarini uy-joy qurilishiga jalb etish boʻyicha iqtisodiy va tashkiliy sharoitlarni yaratish, shuningdek “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning oʻz kredit resurslarini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma banki taʼsischilarining birkitilgan ulushlarga muvofiq taʼsischilar tomonidan qoʻshimcha ravishda 250 mln. soʻm qoʻshish hamda respublika qimmatli qogʻozlar bozorida “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning 250 mln. soʻmlik aksiyalarini erkin sotish hisobiga ustav sarmoyasi miqdorini 750 mln. soʻmgacha koʻpaytirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki bilan kelishilgan holda uy-joylar bozori konyunkturasini oʻzgartirishda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar sotib olish tartibiga zarur tuzatishlar kiritish huquqi berilsin.
(2-bandda ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda, aholi soni va tarkibidan kelib chiqqan holda, arxitektura-rejalashtirish va qiymat omillarini hisobga olib, uy-joyga boʻlgan ehtiyojni, uy-joylar turini va ularni qurish dislokatsiyasini, shuningdek 1997-1998-yillarda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar qurish hajmlarini aniqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning viloyat boʻlimlari buyurtmanomalariga binoan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar qurilishi uchun yer uchastkalari ajratilishini birinchi navbatda taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, qurilish maydonlarini tayyorlash, muhandislik kommunikatsiyalarini buzish, koʻchirish bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” buyurtmanomasi boʻyicha qurilayotgan uy-joylar uchun mavzelar ichidagi va magistral tarmoqlar qurilishi hokimliklar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi. Bunda ushbu tarmoqlarning uy-joylar foydalanishga topshirilgungacha tayyor qilinishi taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining 1997-yilda quyidagilarni uy-joylar qiymatining 50 foizini qoplashni taʼminlash hisobiga yoʻnaltirish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 21-yanvardagi 40-son qarori bilan tasdiqlangan markazlashtirilgan kapital mablagʻlar boʻyicha boshqa maqsadlar moddasida nazarda tutilgan 110 mln. soʻm miqdoridagi budjet mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilishi davlat mablagʻlari hisobiga amalga oshirilayotgan va hozirgi vaqtda mablagʻ bilan taʼminlashning aniq manbalari bilan taʼminlanmagan tugallanmagan uy-joy qurilishi obyektlari qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishdan tushgan muhandislik kommunikatsiyalari bilan taʼminlash uchun hokimliklar ixtiyorida qoldiriladigan mablagʻlarning 50 foizi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 1998-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining Investitsiya dasturini tuzishda nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar qurish qiymatining 50 foizini qoplashga yoʻnaltiriladigan markazlashtirilgan kapital mablagʻlarni nazarda tutsinlar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-fevraldagi 112-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2003-y., 4-son, 42-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasdiqlangan Nizomga muvofiq bank boʻlimlarining maxsus yigʻma schyotlarida zarur mablagʻlar toʻplangan taqdirda jismoniy va yuridik shaxslar bilan, ular tomonidan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olmasdan, kredit olish va uy-joy sotib olish yuzasidan shartnomalarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchmas mulk bozorining vujudga kelgan konyunkturasini hisobga olgan holda Toshkent shahrida davlat budjeti mablagʻlari hisobiga uy-joylar qiymatining 50 foizini qoplamasdan, yaxshilangan tuzilishdagi, shuningdek qulay tumanlarda joylashgan kvartiralarni tijorat shartlarida sotish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha sotib olinadigan kvartiralar qiymatini uy-joylarning qavati, turi va joylashgan oʻrniga koʻra tabaqalashtirilgan holda aniqlash tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda kvartiralarning sotish va smeta qiymati oʻrtasidagi olinadigan farqning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90 foizgachasi — “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” buyurtmanomasi boʻyicha qurilayotgan uy-joylarning muhandislik kommunikatsiyalarini, ularni obodonlashtirishni mablagʻ bilan taʼminlash uchun (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining maxsus jamgʻarmalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizgachasi — “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning oʻz kredit resurslarini koʻpaytirishga yoʻnaltirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki bilan birgalikda Uy-joylarni “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” muassasalari orqali sotib olish tartibi toʻgʻrisida Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda Jismoniy shaxslarga “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joylar sotib olish huquqi yuzasidan tavsiyanomalar berish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 8-fevraldagi 52-son qarorining 4-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, vazirliklar va idoralar ikki hafta muddatda amaldagi normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.S. Hamidov va Markaziy bank raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 22-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 366-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularga xizmat koʻrsatish, ularning muomalada boʻlishi, pulini toʻlash va ularni sotib olish tartibini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning uy-joy obligatsiyalari ularning egalariga Toshkent shahrida, Oʻzbekiston Respublikasining viloyat markazlarida va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarida uy-joylar sotib olish huquqini beruvchi, belgilangan maqsadda foydalaniladigan, nomi yozilgan kuponsiz qimmatli qogʻozlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi uy-joy obligatsiyalari pulini ushbu Nizomda nazarda tutilgan miqdorlarda va muddatlarda toʻlashning garanti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uy-joy obligatsiyalari nomi yozilgan hisoblanadi va naqd (blank) hamda naqdinasiz (nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalariga egalik toʻgʻrisida sertifikat bergan holda “depo” schyotlari boʻyicha yozib qoʻyish) shakllarida muomalaga chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir uy-joy obligatsiyasining nominali uy-joyning umumiy maydoni birliklarida belgilanadi. Bunda uy-joy obligatsiyasining nominali uy-joy umumiy maydonining 0,5 kv metridan kam boʻlishi mumkin emas va obligatsiya muomalada boʻladigan butun muddat mobaynida oʻzgarishsiz qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsga nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari nominal qiymat bahosining 50 foiziga teng boʻlgan qiymat boʻyicha sotiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning uy-joy obligatsiyalari boʻyicha jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadigan uy-joylar qiymatining 50 foizi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy-joy obligatsiyalarining muomalada boʻlish muddati “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan belgilanadi, lekin u bir yildan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uy-joy obligatsiyalari blanklarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilangan majburiy rekvizitlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir uy-joy obligatsiyasining old tomonida qoʻshimcha ravishda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak: obligatsiyaning nominali va tegishli joriy qiymati, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” hududiy boʻlimlari yoki markaziy apparati rahbarining yoki bosh buxgalterining gerbli muhr bilan tasdiqlangan imzolari, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining kafolatli majburiyati, shuningdek nomi yozilgan uy-joy obligatsiyasi egasiga oid maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy obligatsiyasining orqa tomonida uni chiqarishning va muomalada boʻlishining asosiy shartlari bayon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning qimmatli qogʻozlar emissiyasi boʻyicha muomalaga chiqariladigan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari miqdori yerlar ajratish masalalari ular boʻyicha hal etilgan uy-joylar kvartiralarining umumiy maydoniga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Nizomga muvofiq uy-joy obligatsiyalarining quyidagi egalari uy-joylar sotib olish huquqiga ega boʻladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Toshkent shahrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshga toʻlgan va uch yildan kam boʻlmagan doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxslar — mahalla qoʻmitalari va tuman hokimliklari tavsiyanomalariga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtkazilgan mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslar oʻz xodimlari uchun — mehnat jamoalari qarorlariga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) viloyatlar markazlarida va viloyatlarga boʻysunuvchi shaharlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshga toʻlgan va uy-joy sotib olinadigan shaharda bir yildan kam boʻlmagan doimiy propiskaga ega boʻlgan jismoniy shaxslar — mahalla qoʻmitalari va tuman hokimliklari tavsiyanomalariga binoan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olinadigan shaharda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan mulkchilikning barcha shakllaridagi yuridik shaxslar oʻz xodimlari uchun — mehnat jamoalari qarorlariga binoan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Obligatsiyalarning muomalada boʻlish va ularga xizmat koʻrsatish hamda shartnoma majburiyatlarini bajarish jarayonida paydo boʻladigan barcha nizolar, tomonlarning kelishuviga koʻra, sud tartibida yoki boshqa usulda amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. UY-JOY OBLIGATSIYALARI EGALARINI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh VA ULARGA BERILADIGAN IMTIYOZLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari imtiyozlarning quyidagi turlariga huquqlidir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning hududiy boʻlimlari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadigan uy-joylar qiymatining 50 foizini davlat budjeti mablagʻlari hisobiga qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar daromadlarining ular tomonidan uy-joy obligatsiyalari sotib olish va ssuda qarzlarini toʻlashga yoʻnaltirilgan qismidan daromad soligʻi undirilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tomonidan foyda (daromad)ning “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” hamda uning hududiy boʻlimlari bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha oʻz xodimlariga uy-joy sotib olishga foydalaniladigan qismi foyda (daromad) soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning hududiy boʻlimlarida uy-joy yigʻma va ssuda schyotlari ochgan uy-joy obligatsiyalari egalari uchun olingan kreditlar boʻyicha quyidagi imtiyozli stavkalar amalda boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — uy-joy sotib olishga uzoq muddatli kreditlar yiliga koʻpi bilan 20 foizli stavka boʻyicha beriladi, 10 yil mobaynida toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — qayta moliyalashtirishning amaldagi stavkasining 50 foizi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs tomonidan uy-joy sotib olish va qurishga olingan kredit muddatidan uch yilgacha oldin toʻlangan taqdirda belgilangan foiz stavkalari 50 foizga, muddatidan besh yilgacha oldin toʻlanganda 30 foizga kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Har bir jismoniy shaxs koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlarni qoʻllagan holda faqat bir kvartira sotib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sotib olingan kundan boshlab 5 yil mobaynida sotilgan yoki boshqa birovga berilgan, ijaraga berilgan taqdirda olingan kreditlar, shuningdek tegishli imtiyozlar va soliqlar sotilgan yoki birovga berilgan kunda amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha toʻliq miqdorda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. OBLIGATSIYALARNI JOYLAShTIRISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” uy-joy obligatsiyalarining muomalada boʻlishi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy obligatsiyalari boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga qayta sotilmaydi yoki berilmaydi (merosxoʻrlik huquqi bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy obligatsiyalari garovga qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini joylashtirish “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning boʻlimlari tomonidan sotishning joriy narxlari boʻyicha komission ragʻbatlantirish shartlarida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komission ragʻbatlantirish miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Uy-joy obligatsiyalarining joriy narxi “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda joylarda uy-joylarning amalda yuzaga keladigan smeta qiymatini hisobga olgan holda belgilanadi va matbuotda eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Jismoniy shaxslar uchun uy-joy obligatsiyalarini sotish va ularga xizmat koʻrsatish operatsiyalari nomi yozilgan obligatsiyalarni rasmiylashtirish yoʻli bilan naqd shaklda va shuningdek egalariga nomi yozilgan guvohnomalar berish yoʻli bilan naqdinasiz shaklda amalga oshirilishi ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslar uchun uy-joy obligatsiyalarini sotish va ularga xizmat koʻrsatish egalariga uy-joy obligatsiyalarining muayyan sonini egallaganliklari toʻgʻrisida nomi yozilgan guvohnomalarni bergan holda naqdinasiz shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomi yozilgan obligatsiyalar yoʻqolgan taqdirda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning boʻlimlari uning egasiga dublikatni berishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. UY-JOY OBLIGATSIYALARI BOZORI IShTIROKChILARI OʻRTASIDA PUL HISOB-KITOBLARI TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jismoniy va yuridik shaxslar “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” yoki uning boʻlimlaridan uy-joy obligatsiyalarini quyidagi yoʻllar bilan sotib olishadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar — naqd shaklda yoki pul oʻtkazish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar — naqdinasiz shaklda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xaridorlar tomonidan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olish schyotiga toʻlanadigan mablagʻlar “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlarida ushbu maqsadlarda ochilgan maxsus yigʻma schyotga qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Jismoniy shaxslar uy-joy obligatsiyalarini “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning boʻlimlarida naqd hisob-kitob qilish yoʻli bilan sotib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Naqdinasiz hisob-kitob qilingan taqdirda pul mablagʻlari “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlaridagi maxsus yigʻma schyotlarga kelib tushgandan soʻng jismoniy va yuridik shaxslarga belgilangan namunadagi tegishli guvohnoma beriladi hamda nomi obligatsiya egalari reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. UY-JOY OBLIGATSIYALARI PULINI TOʻLASh VA SOTIB OLISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Har bir chiqarishdagi uy-joy obligatsiyalari ushbu chiqarishdagi obligatsiyalarning tegishli emissiya prospektida belgilangan amalda boʻlish muddati mobaynida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomga muvofiq uy-joy sotib olish huquqi boʻlgan obligatsiya egalari “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimiga uy-joy sotib olishga shartnoma tuzish uchun zarur boʻlgan guvohnoma yoki nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari paketini taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarining zarur paketi miqdori:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar uchun — sotib olinadigan uy-joyning kamida 20 foiz maydoniga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxs oʻz xodimi uchun sotib olishni istayotgan uy-joyning kamida 50 foiziga muvofiq kelishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uy-joy obligatsiyalarining talab etiladigan paketi egalari “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari bilan uy-joy sotib olish yoki uy-joyning xususiyati va uning joylashgan tumanini koʻrsatgan holda qurishga shartnoma tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Shartnomada koʻrsatilgan uy-joy “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari tomonidan uy-joy sotib olishga shartnoma tuzilgan vaqtdan keyin olti oy mobaynida yoki uy-joy qurishga shartnoma tuzish chogʻida tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra belgilangan muddatda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari pulini toʻlash uchun moʻljallangan xonadonlar joylashgan tumanlar tegishli chiqarishdagi emissiya prospektida belgilanadi va “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Uy-joy qiymatining qolgan qismini toʻlash uchun jismoniy yoki yuridik shaxsga “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimida maxsus ssuda schyoti ochiladi hamda kredit bitimi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus uy-joy ssuda schyotini ochish hamda kredit berish olinadigan kreditni tavakkalchiliklarning barcha turlaridan majburiy sugʻurtalash sharti bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari tomonidan obligatsiya egalariga kredit quyidagi imtiyozli shartlarda beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsga — uy-joy qiymatining qolgan qismiga, unga uy-joy qiymatining 50 foizi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishini hisobga olib — ssuda qarzi sifatidagi kredit 10 yil muddatga yiliga koʻpi bilan 20 foizli stavka bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxsga — sotib olinayotgan uy-joy qiymatining qolgan 50 foiziga — amaldagi qayta moliyalashning 50 foizlik stavkasi boʻyicha bir yilgacha muddatda qisqa muddatli kredit.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit kredit summasi, toʻlash muddatlari va foiz stavkalari belgilangan holda shartnoma asosida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kredit kvartira berish chogʻida jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan sotib olinadigan uy-joyga garov rasmiylashtirish sharti bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari tomonidan jismoniy shaxsga maxsus uy-joy ssudasi ochilganligi va kredit rasmiylashtirilganligi toʻgʻrisida xabardor etilganda, shuningdek obligatsiya egasining arizasiga asosan u ishlaydigan korxona yoki tashkilot ssuda qarzini har oyda toʻlab boradi. Bunda yigʻma schyotga yoki kreditni toʻlashga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar daromad soligʻidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Uy-joy obligatsiyalari egalari ushbu chiqarishdagi obligatsiyalarning amalda boʻlish muddati tamom boʻlgandan keyin ularni navbatdagi chiqarishdagi uy-joy obligatsiyalariga almashtirishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz xohishlariga koʻra sotib olingan uy-joy obligatsiyalarini “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlariga sotish uchun taqdim etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan uy-joy obligatsiyalari qiymatini toʻlash “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari tomonidan ularning nominal qiymati boʻyicha toʻlov summasini berishni ikki yil muddatga kechiktirgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. UY-JOY OBLIGATSIYALARI BOZORI QATNAShChILARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning hududiy boʻlimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarga Toshkent shahrida, viloyat markazlari va viloyat boʻysunishidagi shaharlarda uy-joy qurish va sotib olish huquqini beruvchi uy-joy obligatsiyalarini muomalaga chiqarish, joylashtirish va ularga xizmat koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus uy-joy yigʻma, ssuda schyotlari va “depo” schyotlari boʻyicha operatsiyalar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uylarning turlari va joylashgan oʻrni boʻyicha obligatsiyalar egalarining buyurtmalarini hisobga olib uy-joyni foydalanishga tayyor holda qurishga buyurtmalarni pudratchi tashkilotlar orasida tanlov asosida joylashtirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning hududiy boʻlimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy obligatsiyalari emissiyasi prospektini ishlab chiqishga va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilishga, unda ushbu chiqarishdagi obligatsiyalar soni va boshqa koʻrsatkichlari, uy-joylar quriladigan tumanlar aks ettiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga chiqarilgan uy-joy obligatsiyalari reyestrini yuritish, shuningdek obligatsiyalarni hisobga olish, saqlash va ular harakatini amalga oshirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ochilgan maxsus uy-joy yigʻma va ssuda schyotlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomalaga chiqarilgan nomi yozilgan obligatsiyalarni hisobga olish va roʻyxatdan oʻtkazish uchun depozitariy tashkil etishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga imtiyozli shartlarda kreditlar berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus uy-joy yigʻma, ssuda schyotlari ochishga va olinadigan kredit tavakkalchiliklarning barcha turlaridan majburiy sugʻurta qilinishi sharti bilan kredit berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy obligatsiyalari egalarining hohishiga koʻra mazkur Nizom shartlariga muvofiq ulardan obligatsiyalarni sotib olishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari bilan “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlari oʻrtasida uy-joy sotib olishga shartnoma tuzilgandan keyin bank shartnoma tuzilgan paytdan boshlab olti oydan kechikmay yoki tomonlarning oʻzaro ahdlashuvi boʻyicha belgilangan muddatda obligatsiyalar turkumi egalariga shartnomada koʻrsatilgan uy-joyni uylar turi joylashgan oʻrni boʻyicha berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli hokimliklar kvartiralar berish boʻyicha majburiyatlar bajarilishi yuzasidan “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlarining kafili hisoblanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuzilgan shartnoma boʻyicha belgilangan muddatlarda uy-joy berilmagan taqdirda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” obligatsiya egalariga muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun obligatsiyalar turkumi qiymatining 0,5 (oʻndan besh qismi) foizi miqdorida jarima toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni kontraktda belgilangan muddatlarda topshirish boʻyicha shartlar bajarilmagan taqdirda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Bosh pudratchidan muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun ushbu uy-joy kontrakt qiymatining 0,1 (oʻndan bir qismi) foizi miqdorida jarimani soʻzsiz undirib olish huquqiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” har yili, 20-oktabrdan kechikmay, jismoniy va yuridik shaxslarning buyurtmanomalari asosida navbatdagi yilga talab etiladigan uy-joy hajmlari prognozini tuzishi va koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga kiritishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu takliflarni koʻrib chiqadi va belgilangan tartibda talab etiladigan summani, “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha uy-joy qurilishi hajmining 50 foizi doirasida, navbatdagi kalendar yilning Davlat budjeti loyihasiga kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻ bilan taʼminlash mexanizmi Moliya vazirligi tomonidan “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” bilan birgalikda tasdiqlanadigan tegishli tartibda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy obligatsiyalari egalarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari uy-joy obligatsiyasining amal qilishi muddati davomida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy obligatsiyalarini bir yoʻla yoxud “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlarida maxsus uy-joy yigʻma schyotlarida mablagʻlarni jamlash yoʻli bilan qismlarga boʻlib sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy sotib olish toʻgʻrisida shartnoma tuzish uchun zarur boʻlgan obligatsiyalar turkumi haqini toʻlashga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joyning qolgan qiymatini toʻlash uchun mazkur Nizomga muvofiq imtiyozli shartlarda kredit olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”dan oʻz xususiyatlari va joylashgan oʻrni, shuningdek kvartirani berish muddatlariga koʻra shartnomada koʻrsatilganiga muvofiq boʻlgan uy-joy olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joriy chiqarish uy-joy obligatsiyalarini navbatdagi chiqarish obligatsiyalariga, obligatsiyalar emissiyasi prospektida belgilanadigan tartibda, almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlarining uy-joy obligatsiyalarini mazkur Nizomda belgilangan tartibda sotish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib olingan nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlariga sotib olish uchun taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy obligatsiyalarini meros boʻyicha berish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy-joy obligatsiyalarini sotib olish, ularning muomalada boʻlishi va qaytarilishining belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan kredit uchun toʻlov summasini maxsus uy-joy ssuda schyotlariga oʻz vaqtida belgilangan muddatlarda toʻlashga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. UY-JOY OBLIGATSIYALARI BILAN OPERATSIYALARNI HISOBGA OLISh TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Uy-joy obligatsiyalari bilan naqdina va naqdinasiz shakllardagi operatsiyalarni hisobga olish chiqarilgan operatsiyalarning turiga, obligatsiyalar egalari reyestri joriy etilishiga bogʻliq ravishda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tomonidan ochiladigan maxsus depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Uy-joy obligatsiyalari egalari reyestriga kiritilgan shaxs obligatsiya egasi deb eʼtirof etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy obligatsiyalari turkumi egalariga obligatsiyalarga egalik toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi, unda guvohnoma berilgan sanada obligatsiyalar egasi shaxsiy schyotining holati aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” oʻz boʻlimlariga mazkur Nizomda belgilangan tartibda uy-joy shaklida qiymati qaytarilgan uy-joy obligatsiyalari toʻgʻrisida axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Uy-joy obligatsiyalari blanklari qatʼiy hisobot beriladigan blanklar hisoblanadi va tegishli balansdan tashqari schyotda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari blanklari pul saqlanadigan joylarda yoki yonmaydigan poʻlat sandiqlarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 366-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma banki tomonidan Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur tartib “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma banki tomonidan Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni tijorat shartlarida sotish mexanizmi va uni amalga oshirish shartlarini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” koʻchmas mulkning shakllanayotgan bozor konyunkturasidan kelib chiqib nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalariga ularning xohishiga koʻra Toshkent shahrining qulay tumanlarida joylashgan va (yoki) past qavatli uylarda joylashgan yaxshilangan tuzilishdagi komfort bezakli kvartiralarni tijorat shartlarida ushbu uy-joy qurilishiga davlat budjeti mablagʻlari hisobidan sarflangan 50 foiz xarajatlarni qoplamasdan sotish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahrida yaxshilangan tuzilishdagi kvartiralarni sotib olish huquqiga “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari egalari boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar sotib olinayotgan uy-joy maydonining 50 foiziga muvofiq miqdorda uy-joy obligatsiyalari turkumi mavjud boʻlishi sharti bilan tijorat shartlarida ega boʻladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Uy-joy qiymatining qolgan qismiga 2 yil ichida toʻlash muddati bilan 20 foizdan koʻp boʻlmagan stavkali kredit rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toshkent shahrida tijorat shartlarida yaxshilangan tuzilishdagi kvartira sotib olish istagini bildirgan shaxslarga nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olish tartibi, pul hisob-kitoblari, uy-joy berish, shuningdek “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” Oʻzbekiston davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma bankining nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishi va ularga xizmat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom bilan belgilangan imtiyozlar tizimi ham tatbiq etiladi.