Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2005 24.03.1997 yildagi PF-1739-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING UY-JOY QURiLIShIDA ISLOHOTLARNI ChUQURLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Ushbu Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 30-maydagi PF-3613-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi farmonlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash va baʼzilariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”giFarmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlarning uy-joy sharoitlarini yanada yaxshilash, fuqarolarning uy-joyni mulk qilib sotib olishga boʻlgan huquqlari roʻyobga chiqarilishini taʼminlash, aholining boʻsh pul mablagʻlarini jalb etish hisobiga Toshkent shahridagi uy-joy qurilish tajribasini respublikaning butun hududiga keng yoyish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Aholining boʻsh pul mablagʻlarini jalb etgan holda nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini sotib olish yoʻli bilan uy-joylar qurilishi boʻyicha Toshkent shahar hokimligi va “Toshuyjoyjamgʻarmabank”ning ish tajribasi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahrida uy-joy qurilishini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-yanvardagi PF-1366-son Farmonning amal qilishi respublikaning barcha mintaqalariga yoyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toshkent davlat-aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma banki — “Toshuyjoyjamgʻarmabank” muassislarining uni Oʻzbekiston davlat aksiyadorlik uy-joy-jamgʻarma banki — “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”iga aylantirish toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank, “Oʻzsanoatqurilishbank” aksiyadorlari Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining viloyatlar hokimliklarining viloyat markazlari va shaharlarda joylashgan “Oʻzsanoatqurilishbank”ning yigirmata boʻlimini “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” tarkibiga kiritish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlarning hokimlari zimmasiga “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” boʻlimlariga xonalar ajratib berish, ularni taʼminlash va joylashtirish bilan bogʻliq barcha masalalar hal etilishi uchun javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” va uning hududiy boʻlimlariga fuqarolar hamda yuridik shaxslarning boʻsh pul mablagʻlarini jamgʻarish, nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari bilan operatsiyalarni amalga oshirish, uy-joy qurilishiga kredit berish va obligatsiyalarning egalarini uy-joy bilan taʼminlash borasidagi ishlarni tashkil qilish topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 1997 — 1999-yillar mobaynida uy-joyga nisbatan vujudga kelgan talab-ehtiyojga hamda uy-joy qurilishi shart-sharoitlariga qarab, viloyat markazlaridan va viloyatga boʻysunuvchi shaharlardan boshlab aholining boʻsh pul mablagʻlarini, tijorat banklari muassasalarining kredit mablagʻlarini, shuningdek nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalari boʻyicha sotib olinadigan uy-joy qiymatining 50 foizini qoplashga yoʻnaltiriladigan budjet mablagʻlarini jalb etgan holda uy-joy qurilishi boʻyicha ishlarni bosqichma-bosqich tashkil qilsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarini fuqarolar sotib olishlariga qarab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ning nomi yozilgan obligatsiyalari boʻyicha jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinadigan uy-joy qiymatning 50 foizi qoplanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzuyjoyjamgʻarmabank”ka yuqorida koʻrsatilgan maqsadlarda fuqarolarga uzoq muddatli kreditlar berish uchun uy-joy qurilishi qiymatining 40 foizi doirasida zarur mablagʻlarni ajratib bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” nomi yozilgan uy-joy obligatsiyalarining egalari boʻlgan jismoniy shaxslarga uy-joy sotib olish uchun qarzni 10 yil muddat mobaynida uzish sharti bilan yillik 20 foizdan oshmaydigan stavka boʻyicha uzoq muddatli kreditlar bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, Oʻzteleradio, Milliy axborot agentligi, ommaviy axborot vositalari fuqarolarning boʻsh pul mablagʻlarini jalb etgan holda uy-joylar qurish va sotib olish borasida shaharlar hokimliklari hamda “Oʻzuyjoyjamgʻarmabank” muassasalarining amaliy ish tajribasini muntazam suratda va keng yoritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Toshkent shahrida uy-joy qurilishini davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 31-yanvardagi PF-1336-son Farmon 8-bandining beshinchi abzatsi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda ushbu Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1739-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 3-son, 87-modda)