01.07.2021 yildagi PF-6255-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 25.10.2024 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2026-yillarga moʻljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Globallashuv sharoitida hamda xalqaro va mintaqaviy mojaralar transformatsiyasi davom etayotgan bir paytda, ekstremizm va terrorizmga qarshi samarali kurashish masalasi kun tartibidagi dolzarb mavzulardan biri boʻlib qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda ekstremistik va xalqaro terrorchilik tashkilotlari diniy aqidalar niqobi ostida yoshlarni zoʻravonlikka, milliy oʻzligini, madaniy-maʼrifiy va oilaviy qadriyatlarini yoʻqotishga undash yoʻli bilan jamiyatda zoʻravonlik va radikal qarashlarni tarqatishni davom ettirmoqda. Bularning barchasi fuqarolarni ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari safiga jalb qilish uchun shart-sharoit yaratmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan, ekstremizm va terrorizmning oldini olish va chek qoʻyish hamda ularni moliyalashtirish manba va kanallariga barham berishga qaratilgan yanada samarali chora-tadbirlarni belgilash, bu borada milliy va xalqaro darajada saʼy-harakatlarni birlashtirish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlaridan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2026-yillarga moʻljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2026-yillarga moʻljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini amalga oshirish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Strategiyaning ustuvor yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremizm va terrorizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, anʼanaviy qadriyatlar va bagʻrikenglik mafkurasini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremizm va terrorizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayollar huquqlarini himoya qilish hamda ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uzoq muddat xorijda boʻlgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm gʻoyalari taʼsiridan himoya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Internet jahon axborot tarmogʻidan ekstremistik va terrorchilik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga keng jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremistik va terrorchilik harakatlarini sodir etganlik hamda ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy taʼqib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu sohadagi xalqaro va mintaqaviy hamkorlik.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarirahbarlari — “Yoʻl xaritasi”da belgilangan tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish hamda ularning ijrosi natijalari boʻyicha har yarim yillik yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga maʼlumotlarni taqdim etish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi (A.A. Azizov) — Strategiya va “Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni, ushbu yoʻnalishdagi ishlar samaradorligini oshirish boʻyicha aniq takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyatiga oʻz vaqtida taqdim etib borish uchun shaxsan masʼul ekanligi koʻrsatib oʻtilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibiyati (V.V. Maxmudov) Strategiya ijrosining ahvoli toʻgʻrisida har yarim yillikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berib borsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-oktabrdagi PF-168-sonli Farmoni tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari, budjetdan tashqari jamgʻarmalar, xalqaro hamkorlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Davlat xafsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi va boshqa mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu Farmonning maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6255-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son Farmoniga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2026-yillarga moʻljallangan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MILLIY STRATEGIYASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi vaqtda ekstremizm va terrorizm xalqaro xavfsizlikka, shu jumladan Markaziy Osiyoda asosiy tahdidlardan biri boʻlib qolmoqda. Ekstremizm va terrorizm xavfi hamda tahdidlariga qarshi kurashish Oʻzbekiston Respublikasi uchun birinchi navbatdagi vazifalardan biri boʻlib, mintaqa davlatlari va xalqaro hamjamiyatning saʼy-harakatlarini birlashtirishni taqozo etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi har tomonlama oʻylangan tinchliksevar, pragmatik va izchil tashqi siyosatni olib borib, ekstremizm va terrorizmning umumiy tahdidlariga qarshi kurashishda barcha davlatlar bilan teng huquqli va oʻzaro manfaatli hamkorlik uchun ochiqdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning buzilmasligi, davlatlarning hududiy yaxlitligi, nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, xavfsizlikning boʻlinmasligi, oʻz xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yoʻl qoʻyilmasligi, xalqaro majburiyatlarni vijdonan bajarish prinsiplariga hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa prinsiplari va normalariga asoslanadi.
(muqaddimaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz tarixida ekstremizm va terrorizm bilan bogʻliq holatlarga bir necha marotaba duch kelgan. Ushbu yoʻnalishda xavf-xatar, tahdid va tahlikalar saqlanib qolayotganini hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyat bilan birgalikda ekstremizm va terrorizm hamda ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi mavjud tajriba, shuningdek, mintaqa davlatlaridagi mazkur tahdidlarga qarshi kurashish boʻyicha holatning retrospektiv va qiyosiy tahlillari shuni koʻrsatmoqdaki, Markaziy Osiyoda ekstremistik va terrorchilik faoliyati, asosan, millatchilik (milliy), ijtimoiy, diniy va siyosiy gʻoyalar ostida amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha 2021 — 2026-yillarga moʻljallangan Milliy strategiyasida (keyingi oʻrinlarda — Strategiya) ekstremizm va terrorizmning mintaqada tarqalishi uchun asosiy sabab va shart-sharoitlar ham, ekstremist va terrorchilar oʻz buzgʻunchi faoliyatida foydalanadigan turli ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, gʻoyaviy va boshqa omillar ham inobatga olingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiya Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, xalqaro huquq va Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining umumeʼtirof etilgan tamoyil va normalariga asoslangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi, “Ekstremizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi, “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunlarining qoidalarini amalga oshirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Strategiyaning maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiyaning maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumini himoya qilish, milliy xavfsizlik, shuningdek, fuqarolarning ushbu sohadagi huquqlari va erkinliklarini taʼminlashga imkon beradigan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha samarali va bir vaqtning oʻzida muvofiqlashtirilgan davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlashdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi davlat organlari faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sohadagi normativ-huquqiy va uslubiy-amaliy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) davlat organlari, keng jamoatchilik va xalqaro hamjamiyatning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan harakatlarini birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jamiyatda konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlatning aholi, ayniqsa yoshlarning ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga jalb etilishidan himoyalashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ekstremizm va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish yoʻnalishida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Fuqarolarning vijdon erkinligi va diniy eʼtiqod huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining quyidagi tamoyillari va asosiy yoʻnalishlari shakllandi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, demokratiya va inson huquqlarining umum eʼtirof etilgan gʻoyalari va qadriyatlariga, shuningdek, inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarga sodiqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, kuchli huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati tamoyillariga asoslangan milliy manfaatlarning ustuvorligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, yuzaga keladigan tahdid va xavf-xatarlarni, oshkoralik va shaffoflik prinsipiga mos ravishda, davlat idoralarining barcha fuqarolik jamiyati institutlari, shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan muloqot orqali muhokama qilish va hal etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchidan, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan shaxs manfaatlarining jamiyat va davlat manfaatlaridan ustuvorligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu tamoyillarga tayangan holda, Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni keng miqyosda implementatsiya qildi, fuqarolar va davlat xizmatchilarining huquqiy ongini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashkilotlarning ishtirokisiz va inson huquqlariga oid asosiy xalqaro hujjatlarga qoʻshilmasdan turib demokratik huquqiy davlat qurish mumkin emasligidan kelib chiqib, Oʻzbekiston oldidagi asosiy vazifa inson huquqlari sohasidagi oʻz xalqaro majburiyatlariga qatʼiy rioya qilish va demokratik huquqiy davlatni qurish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar doirasida diniy eʼtiqod erkinligi sohasida tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining diniy sohada davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari fuqarolarning vijdon va diniy eʼtiqod erkinligi kafolatlash, konfessiyalararo va millatlararo totuvlikni mustahkamlash, jamiyatda bagʻrikenglik madaniyatini rivojlantirish hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida “Oʻzbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega boʻlib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, qonun oldida tengdirlar” deb kafolatlangan.
(2-paragrafning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Konstitutsiyada “inson oʻz huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, jamiyat hamda davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi shart” deb taʼkidlangan.
(2-paragrafning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-noyabrdagi PF-188-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstitutsiyaga binoan hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlangan. Har kim xohlagan diniga eʼtiqod qilishi yoki biron bir dinga eʼtiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-BOB. EKSTREMIZM VA TERRORIZMGA QARSHI KURASHISH SOHASIDAGI DAVLAT ORGANLARI FAOLIYATINING USTUVOR YOʻNALISHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqalishining oldini olish maqsadida vatanparvarlik, anʼanaviy qadriyatlar va bagʻrikenglik gʻoyalarini targʻib qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar huquqlari boʻyicha BMTning Xalqaro Konvensiyasini ishlab chiqish hamda Bosh Assambleyaning “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning BMTning Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi maʼruzasi ekstremizm va terrorizmning yuzaga kelish sabablarini, shuningdek, ularning oldini olish yoʻllarini tushunishda muhim ahamiyatga ega boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha Harakatlar strategiyasi” jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirishni, shu jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholi, ayniqsa yoshlar orasida ekstremizm va terrorizmning buzgʻunchi gʻoyalariga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirishning muhim sharti — bu ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoyalanganlik, yuksak bilim darajasi, xususan, milliy oʻzlikning sof qadriyatlari mohiyatini va diniy konfessiyalarning birgalikda tinch-totuv hayot kechirishi gʻoyasini anglab yetishdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda xalq maʼrifatini oshirish, yanada kuchli, asoslangan va ilmiy isbotlangan mafkuraga tayangan holda ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini yoʻq qilishda sezilarli hissa qoʻshayotgan Oʻzbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy va Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil qilingan va faol ish olib bormoqda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va jamoat institutlarining diniy asoslar sababli buzgʻunchi mafkuralar taʼsiriga tushib qolgan fuqarolarni ijtimoiy va diniy reabilitatsiya qilishga qaratilgan ishlari faol davom etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi 4 yil davomida ekstremizm va terrorizmga aloqadorligi sababli ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtayotgan, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlib, tuzalish yoʻliga oʻtgan 2 ming nafardan ortiq shaxslar afv etildi va 1,5 ming nafardan ziyod shaxslar jazoni oʻtash joylaridan ozod qilindi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-2018-yillar davomida radikal diniy oqimlarning tarafdorlari deb hisoblangan yoki ularning taʼsiri ostiga tushib qolgan 20 ming nafardan ortiq shaxslar huquqni muhofaza qilish idoralari hisobidan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 — 2021-yillarda “Mehr” dasturi doirasida Afgʻoniston, Suriya va Iroqdan xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga adashib qoʻshilib qolgan 400 nafar xotin-qizlar va bolalar Oʻzbekistonga qaytarilib, ularning ijtimoiy moslashuvi va reintegratsiyasi uchun har tomonlama yordam koʻrsatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda bir qator xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Xalqaro Qizil Xoch Qoʻmitasi va BMTning Bolalar Jamgʻarmasi (YUNISEF) muhim yordam berdi. BMT Xavfsizlik Kengashining 2396-sonli rezolyutsiyasiga binoan chet el terrorchi jangarilari bilan bogʻliq va terrorizmning qurboni boʻlishi mumkin boʻlgan xotin-qizlar va bolalarga yordam berishga alohida eʼtibor qaratildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston bundan keyin ham diniy sabablarga koʻra buzgʻunchi mafkuralar taʼsiridan jabr koʻrgan shaxslarga har tomonlama ijtimoiy-huquqiy va moddiy yordam koʻrsatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni davom ettirishni maqsad qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining huquqiy madaniyati va maʼrifatini oshirish muhimligini hisobga olgan holda quyidagilar talab etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston hududida asrlar davomida shakllangan, dindorlar orasida tinchlik va bagʻrikenglikni keng yoygan anʼanaviy islom dinining asosiy gʻoyalaridan fuqarolarning xabardorligini oshirish, jumladan ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini islom diniga zid ekanligini tushuntirish boʻyicha keng axborot-maʼrifiy ishlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) normativ-huquqiy va moddiy-texnik bazani takomillashtirish, shuningdek, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash orqali Internet tarmogʻida ekstremizm va terrorizm mafkurasi tarqatilishining oldini olish, barvaqt profilaktika qilish va unga qarshi kurashish tizimini rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ekstremizm va terrorizmning buzgʻunchi mafkurasi taʼsiriga tushib qolgan fuqarolar bilan olib boriladigan ishlarni muntazam ravishda tizimli takomillashtirish, bunda keng jamoatchilikni ham jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) diniy sohada diniy va dunyoviy bilimlarni egallagan, fuqarolar orasida diniy asosdagi ekstremizm mafkurasiga qarshi immunitetni shakllantira oladigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hamkorlikdagi ishlarning samarali va ochiq mexanizmlarini yaratish orqali fuqarolik jamiyatining institutlari, shu jumladan ommaviy axborot vositalarini ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish ishlariga faol jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) aholi oʻrtasida, ayniqsa yoshlar orasida ekstremizmning buzgʻunchi mafkurasiga qarshi immunitetni shakllantirishda xalqaro tajribani joriy etish va keng qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ekstremizm va terrorizmning oqibatlarini tushuntirish orqali aholining huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek, javobgarlik va qonun oldida tenglik hissini tarbiyalash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Voyaga yetmaganlar va yoshlar orasida ekstremistik gʻoyalar tarqalishining oldini olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻp yillik tajribalar koʻrsatmoqdaki, yoshlar muhiti, shu jumladan voyaga yetmaganlar oʻzining ijtimoiy himoyalanmaganligi va oʻta taʼsirchanligi tufayli, ekstremizm va terrorizmning tajovuzkor mafkurasi oldida eng zaif qatlam boʻlib qolyapti, bu esa asossiz ravishda norozilik kayfiyatidagilarning ortib borishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XXRning Sindao shahrida 2018-yil 10-iyunida boʻlib oʻtgan SHHT mamlakatlari Davlat rahbarlari kengashining 18-sessiyasi yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan SHHT davlat rahbarlarining yoshlarga qoʻshma murojaati va uni amalga oshirish boʻyicha Harakatlar dasturi Yoshlar oʻrtasida ekstremizm va terrorizm mafkurasiga qarshi barqaror immunitetni shakllantirish yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi PQ-3907-son qarori asosida mamlakatda Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismonan barkamol etib tarbiyalash va oʻqitish tizimini yangi bosqichga koʻtarish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda Yoshlar ishlari agentligi va yoshlarning nodavlat notijorat tashkiloti — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda ular tomonidan yoshlarning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklariga rioya etilishini taʼminlash, ularga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatda ekstremizm va terrorizmning har qanday koʻrinishda namoyon boʻlishiga nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, buzgʻunchi mafkuralarga qarshi immunitetni shakllantirish, huquqiy savodxonlik va ijtimoiy javobgarlik hissini oshirish maqsadida NNT, OAV, kinoindustriya, madaniyat va sanʼat arboblarini jalb qilgan holda keng qamrovli kompleks maʼrifiy tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar muhitida ekstremistik va terroristik holatlarining paydo boʻlishi va tarqalishining asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yoshlar muhitida ijtimoiy taranglikning kuchayishi (taʼlim darajasi va sifatidagi muammolar, ish oʻrinlarining yetishmasligi, ish haqining pastligi, korrupsiya va boshqalarni oʻz ichiga jamlagan kompleks ijtimoiy muammolar bilan tavsiflanadi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qadriyat yoʻnalishlarining oʻzgarishi (ekstremizm va terrorizm, dunyoviy meʼyorlar va ijtimoiy qadriyatlarni rad etuvchi gʻoyalarni singdiruvchi diniy tashkilotlar va mazhablar jiddiy xavf tugʻdiradi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) buzgʻunchi maqsadlarda psixologik omilni qoʻllash (yoshlar psixologiyasiga xos boʻlgan nigilizm va maksimalizmdan ekstremizm va terrorizmning mafkuraviy rahnamolari tomonidan faol foydalaniladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Internet jahon axborot tarmogʻidan noqonuniy maqsadlarda foydalanish (radikal tashkilotlarga keng auditoriyadan foydalanish va oʻz faoliyatini targʻib qilish, oʻz niyatlari va rejalashtirilayotgan harakatlariga oid maʼlumotlarni joylashtirish imkoniyatini beradi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) yoshlarning xorijiy mamlakatlarda faoliyat yuritayotgan ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari vakillari va emissarlarining taʼsiriga tushib qolishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlar, shu jumladan voyaga yetmaganlar oʻrtasida ekstremistik va terrorchilik gʻoyalari tarqalishining oldini olish uchun taʼlim va yoshlar siyosati sohasida quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻsib kelayotgan avlodda qonunga hurmat, huquqiy savodxonlik, konfessiyalararo va millatlararo bagʻrikenglik, mamlakatimiz xalqlarining tarixi, madaniyati, maʼnaviy merosi va urf-odatlariga qiziqishni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) toʻgaraklar faoliyatini jadallashtirish orqali yoshlar, shu jumladan bolalar va oʻsmirlarning boʻsh vaqtni mazmunli tashkil etish, aholining madaniy, sport va dam olish maskanlaridan foydalanishi uchun shart-sharoit va qulayliklarni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yoshlarni anʼanaviy, maʼnaviy, axloqiy va vatanparvarlik qadriyatlari asosida tarbiyalash tizimini davlat tomonidan uzluksiz qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) taʼlim tashkilotlarida vatanparvarlik, bagʻrikenglikni tarbiyalash, ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga jalb etilishining oldini olish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) pedagogik xodimlarning kasbiy mahoratini oshirish, ekstremizm va terrorizm gʻoyalariga qarshi kurashishga qaratilgan yangi taʼlim standartlari hamda pedagogik uslubiyotlar ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) ekstremistik va terrorchilik mafkuraning tarqalishiga olib keladigan omillarni aniqlash maqsadida yoshlar oʻrtasida bandlik, ijtimoiy va iqtisodiy farovonlik, yoshlar submadaniyatlari faoliyatiga oid tahlillar oʻtkazishga qaratilgan ijtimoiy/sotsiologik tadqiqotlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mustahkam fuqarolik pozitsiyasi va oʻzlikni shakllantirishga qaratilgan faoliyatda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ekstremizm va terrorizm gʻoyalari tarqalishining oldini olish va profilaktika qilish maqsadida yoshlar jamoat birlashmalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) yoshlar oʻrtasida fuqarolik pozitsiyasi va huquqiy savodxonlikni ragʻbatlantiruvchi maxsus forum va uchrashuvlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) oʻzlarining ish uslublarini tubdan oʻzgartirilishi lozim boʻlgan Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, “Maʼnaviyat va maʼrifat” markazlari faoliyatini jonlantirish hamda ularning faoliyatini yoshlar oʻrtasida eng koʻp ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa muammolar mavjud boʻlgan hududlarga manzilli yoʻnaltirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish va ularning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishdagi rolini kuchaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro aktlarni, xususan, BMTning xotin-qizlar huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga doir Konvensiya va Deklaratsiyalarini ratifikatsiya qildi va oʻz vaqtida bajarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi gender tenglik huquqini kafolatlaydi, ushbu huquqlar Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari bilan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, aksariyat hollarda xotin-qizlar oʻz turmush oʻrtogʻi va yaqin qarindoshlarining taʼsiri ostida ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari tarafdoriga aylanmoqda, ammo shu bilan birga, xotin-qizlarning oʻz oila aʼzolari yoki qarindoshlarini ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari saflariga yollashda faol rol oʻynashi holatlari ham aniqlanmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining radikallashuv jarayonida xotin-qizlar oʻrnini faqatgina qurbon boʻlgan ayollar yoki terrorchilarning turmush oʻrtogʻi kabi gender stereotiplari bilan cheklanmaslik kerakligini tushunish muhimdir. Xotin-qizlar terrorchilarga hamdardlik bildiruvchi, ularni safarbar etuvchi hamda ixtiyoriy ravishda terrorchilik harakatini ham amalga oshiruvchi boʻlishlari ham mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilarni inobatga olib, Strategiyada ekstremistik va terroristik tashkilotlarning passiv va faol ishtirokchilari boʻlgan xotin-qizlar oʻrtasidagi farq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, yosh avlod tarbiyasi bilan bogʻliq muammolarning paydo boʻlishida, oilalarda erlarning chet elda boʻlishi muhim omil hisoblanadi. Bunday hollarda ayol bolalar tarbiyasi bilan shugʻullanuvchi yagona tarbiyachi boʻlib qolmoqda. Bolalarni nazorat qilish bilan bogʻliq muammolar yuzaga kelmoqda. Bunda odatda fuqarolik jamiyatining eng samarali boʻgʻini hisoblangan mahallaning ahamiyati kattadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi hukumati, xususan, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini kengaytirish, ularni zoʻravonlikdan himoya qilish va jamiyatdagi rolini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, yoshlar ekstremistik va terroristik gʻoyalar taʼsiriga tushib qolishining oldini olishda xotin-qizlarning ulkan imkoniyatlarini anglagan holda, ayollarning oilaviy, ijtimoiy maqomini quyidagi yoʻllar bilan qoʻllash muhimdir:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xotin-qizlar huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etish, ularni qoʻllab-quvvatlashning xalqaro standartlarga javob beradigan huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qiyin hayotiy vaziyatlarga tushib qolgan xotin-qizlar va ularning farzandlariga maʼnaviy-ruhiy va moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari uchun ekstremistik va terrorchilik faoliyati safiga qoʻshilib qolgan xotin-qizlar bilan ishlashning oʻziga xos jihatlari boʻyicha maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) muammoli oilalar bilan ishlashda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi boʻlinmalarining roli va javobgarligini kuchaytirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, shuningdek, xotin-qizlarni ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish sohasida tajriba almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Uzoq muddat xorijda boʻlgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm gʻoyalari taʼsiridan himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda chet elda uzoq muddat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari koʻpincha ekstremistik va terroristik tashkilotlar emissarlarining mafkuraviy taʼsiri ostiga tushib qolmoqdalar. Bunda uchinchi davlat hududi xalqaro terrorchilik tashkilotlari tarkibida jangovar harakatlarda ishtirok etish maqsadida yollash va faol terroristik harakatlar olib borilayotgan hududlarga yuborish uchun “asosiy makon” vazifasini bajarmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorijda uzoq vaqt boʻlgan fuqarolarning xalqaro ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar safiga yollash jarayonini oʻrganish bunday salbiy hodisaga olib keladigan quyidagi sabab va shart-sharoitlarni aniqlash imkonini berdi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) chet elda boʻlgan fuqarolarda, ayniqsa yoshlarda begonalashuv va psixologik noqulayliklarni vujudga keltiruvchi ijtimoiy, huquqiy va iqtisodiy moslashuv bilan bogʻliq qiyinchiliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shakllangan anʼanalar yordamida xulq-atvor va ijtimoiy axloqni saqlashga, shuningdek, gʻoyaviy immunitet shakllanishiga yordam beradigan odatiy ijtimoiy aloqalardan, qarindosh va yaqinlar, mahalla va jamoatchilikning nazoratidan uzilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) chet elda uzoq muddat yurgan fuqarolarni himoya qilishga oid normativ-huquqiy bazaning zamonaviy talablarga javob bermasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turli xil kanallar orqali Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib turgan ayrim davlatlarda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha olib borilayotgan profilaktik choralarning samaradorligi pastligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Oʻzbekiston Respublikasi va fuqarolarimiz boʻlib turgan mamlakatlarning davlat organlari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikda mavjud muammolar va boshqalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda xorijdagi fuqarolarimizning huquq va erkinliklarini, ayniqsa band boʻlganlarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq masalalar, shuningdek, ularni ekstremizm va terrorizm mafkuralarining salbiy taʼsiridan himoya qilish tizimini takomillashtirishga barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va keng jamoatchilikni jalb etishni nazarda tutuvchi kompleks choralar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiyani amalga oshirish jarayonida mazkur yoʻnalishda quyidagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun uzoq vaqt chet elda boʻlgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm mafkurasi taʼsiri ostiga tushib qolishlarining sabab va shart-sharoitlari hisobga olinishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uzoq vaqt chet elda boʻlgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm mafkurasi taʼsiri ostiga tushib qolish muammosini hal etish uchun tizimli va muvofiqlashgan yagona yondashuvni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) uzoq vaqt chet elda boʻlgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm mafkurasi taʼsiridan himoya qilish masalalariga oid normativ-huquqiy bazani, shu jumladan xalqaro shartnomalarni takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ushbu toifadagi shaxslar va oila aʼzolariga ruhiy hamda moddiy yordam koʻrsatish maqsadida ular orasidan ijtimoiy zaiflarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) chet elga ketayotgan fuqarolarni borgan joyida ijtimoiy-madaniy moslashuvi, shuningdek ularga ekstremizm va terrorizm mafkuralari tahdidlarini tushuntirish boʻyicha profilaktik ishlarning yangi mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) chet eldan Oʻzbekistonga qaytgan fuqarolar bilan tizimli filtr-profilaktik ishlarini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xorijiy mamlakatlarning davlat organlari bilan ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilish va ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) uzoq vaqt chet elda boʻlgan fuqarolarni ekstremizm va terrorizm gʻoyalari taʼsiridan himoya qilish ishlariga davlat va jamoat tashkilotlarining toʻplangan ilmiy salohiyatini jalb qilish va ulardan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Ekstremistik va terrorchilik maqsadlarida Internet jahon axborot tarmogʻidan foydalanishga qarshi kurashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Internet foydalanuvchilari soni 20 milliondan ortib ketgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etish lozimki, bugungi kunda ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari saflariga jalb qilishda Internet jahon axborot tarmogʻidan keng foydalanilmoqda, uning yordamida ekstremizm va terrorizm mafkurasi faol singdirilib, aholining dindor qismi oʻrtasida jamiyatga qarshi kayfiyat shakllantirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tomonidan ekstremistik va terroristik materiallarni tarqatuvchi veb-resurslar va ijtimoiy tarmoqlarning faoliyatini aniqlash va oldini olish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekstremistik va terroristik tashkilotlarning Internet jahon axborot tarmogʻi orqali yollash harakatlarida kuzatilayotgan faollik sababli, ularni zararsizlantirish boʻyicha quyidagi qoʻshimcha choralar koʻrilishi zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Internet jahon axborot tarmogʻida ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini tarqatuvchilarni, shuningdek, respublikadagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish niyatida boʻlgan shaxslar va guruhlarni oʻz vaqtida aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) respublika aholisiga xos boʻlgan bagʻrikenglik va diniy anʼanalarni oʻzida mujassam qilgan ilmiy asoslangan mafkuraga tayanib Internet tarmogʻida ekstremizm va terrorizm gʻoyalariga qarshi tashviqot va targʻibot ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) buzgʻunchi kontentni aniqlash va yoʻq qilish maqsadida Internet jahon axborot tarmogʻini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Internet jahon axborot tarmogʻida ekstremizm va terrorizm gʻoyalariga axborot orqali qarshi kurashish sohasida malakali kadrlar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) huquqni muhofaza qiluvchi organlarning maxsus boʻlinmalarini zarur boʻlgan ilgʻor dasturiy mahsulotlar hamda texnika bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Internet jahon axborot tarmogʻidan ekstremistik va terrorchilik maqsadida foydalanishga qarshi kurashish masalalarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-§. Fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarning ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda ishtiroki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlashga alohida eʼtibor qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyat olib bormoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ommaviy axborot vositalari ham ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish tizimining muhim tarkibiy qismidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari va OAV bilan quyidagi yoʻnalishlarda keng koʻlamli hamkorlik oʻrnatish zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) aholi oʻrtasida ekstremistik va terroristik gʻoyalar tarqalishining oldini olish uchun doimiy ravishda tajriba va bilim, tadqiqot natijalari va nou-xau bilan almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aholi oʻrtasida ekstremistik va terroristik tashkilotlar targʻibotchilarining buzgʻunchi maqsadlarini fosh etuvchi tashviqot va targʻibot chora-tadbirlarini oʻtkazishda ilmiy-tadqiqot institutlari, OAV va NNTning imkoniyatlaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar va ularning natijalarini xolisona yoritishga OAVni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ushbu yoʻnalishda oʻqitishni tashkil qilish orqali media sohadagi amaliyotchi mutaxassislarning malakasini oshirish, shuningdek, ekstremizm va terrorizmning koʻrinishlarini masʼuliyat bilan yoritish boʻyicha amaliy qoʻllanma ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu Strategiyani amalga oshirish va baholashda fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, NNT, ilmiy jamoatchilik va OAV bilan hamkorlik qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-§. Ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun huquqiy taʼqib va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekstremizm va terrorizmning barvaqt oldini olish, aniqlash va bartaraf etish tizimini doimiy takomillashtirib borish ushbu salbiy ijtimoiy hodisaga qarshi kurashishning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekstremistik va terrorchilik harakatlari, shuningdek, ularni moliyalashtirganlik uchun taʼqib qilish va javobgarlikka tortish choralarini takomillashtirishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha davlat hokimiyati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, siyosiy partiyalar, jamoat va diniy birlashmalarning harakatlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ekstremizm va terrorizm mafkurasi taʼsiriga tushib qolgan shaxslar bilan profilaktika va ijtimoiy-reabilitatsiya ishlari samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ekstremistik va terrorchilik faoliyatini amalga oshirganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) jazoni ijro etish muassasalarning profilaktika imkoniyatlaridan foydalangan holda mahkumlar oʻrtasida ekstremistik va terrorchilik gʻoyalari tarqalishining oldini olish, xususan penitensiar profilaktikaning usullarini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ushbu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va bartaraf etish masalalari boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularning ijtimoiy-huquqiy himoyasini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davlat xizmatchilari oʻrtasida radikal kayfiyat paydo boʻlishining oldini oluvchi sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish, ekstremistik va terrorchilik tashkilotlar taʼsiri ostiga tushish xavfi yuqori boʻlgan xodimlar bilan individual profilaktik ishlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ekstremistik va terrorchilik tashkilotlari aʼzolarining mamlakat hududiga kirishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ekstremizm va terrorizmga qarshi chegara hududlarida kurashuvchi subyektlarning oʻzaro hamkorligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) ekstremistik va terrorchilik faoliyatini moliyalashtirish manbalari va kanallarining oldini olish, aniqlash va bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-§. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasida ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida yetarli darajada samarali qonunchilik bazasi mavjud boʻlib, davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi vakolatlari, shu jumladan fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning asosiy tamoyillari belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar fuqarolarning huquqlari himoyasini taʼminlashga, shuningdek, aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy ongi darajasini oshirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dunyodagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat jadal oʻzgarib borayotgani, shuningdek, ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishdan kelib chiqayotgan yangi xavf, tahdid va xatarlarni hisobga olgan holda, vaqti-vaqti bilan normativ-huquqiy baza baholanib, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining asosiy huquq va erkinliklari, siyosiy barqarorlik va fuqarolarning xafsizligini taʼminlash nuqtai nazaridan takomillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-§. Xalqaro va mintaqaviy hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirgi kunda ekstremizm va terrorizm dunyo xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy xatarlar qatorida qolmoqda. Shu munosabat bilan, ushbu salbiy hodisalarga qarshi kurashish nafaqat milliy darajada, balki xalqaro miqyosda hal qilinishi zarur boʻlgan umumiy muammoga aylandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi fundamental xalqaro aktlarning hamda tashkilotlarning faol ishtirokchisidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston mintaqadagi va xalqaro hamkorlar bilan Afgʻonistonda tinchlik va osoyishtalikni oʻrnatish boʻyicha faol hamkorlikni davom ettirmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, Oʻzbekiston ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlashning muhimligini hisobga olib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni zarur deb hisoblaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning xalqaro-huquqiy asoslarni takomillashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, shuningdek, chet elga uzoq vaqtga ketayotgan hamda yashab kelayotgan fuqarolar bilan shugʻullanuvchi boshqa idoralarning kadrlar salohiyati va resurslarini mustahkamlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) boshqa davlatlar, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida axborot hamda tajriba almashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) faoliyati ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga qaratilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda faol ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Markaziy Osiyoda BMTning Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish boʻyicha hamkorlikdagi saʼy-harakatlarni Birgalikdagi harakatlar rejasi doirasida muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) Markaziy Osiyoda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi ishlar doirasida axborot almashinuvi va hamkorlikni rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro tashabbuslarni amalga oshirishda Oʻzbekistonning rolini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) dunyo hamjamiyati va mintaqaviy tashkilotlar eʼtiborini Afgʻonistonda tinchlik va hamjihatlikni taʼminlashga jalb qilish borasidagi tashabbuslarni jadallashtirish va ushbu mamlakatning mintaqaviy hamkorlik jarayonlariga, shu jumladan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishga jalb qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-BOB. STRATEGIYANI AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARI VA KUTILAYOTGAN NATIJALAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Ushbu Strategiyani amalga oshirish mexanizmlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Strategiya Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiya ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish subyektlari tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish va ijro etishda, shu jumladan xalqaro donorlar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kadrlarga oid masalalarni hal qilish yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirish hamda Oʻzbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarini qabul qilishda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ekstremistik va terroristik yoʻnalishdagi huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy va maʼmuriy javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash yoʻli bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi vaziyatni keng va xolisona yoritishda OAV koʻmagi bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlik qilish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Strategiyani uch bosqichda amalga oshirish koʻzda tutilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi bosqichda (2021-yil) quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Strategiyani amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni taʼminlash, mazkur muammoni birgalikda hal qilish uchun keng jamoatchilik va xalqaro tashkilotlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini rivojlantirish istiqbollarini belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ekstremistik va terrorchilik faoliyatiga qarshi kurashish boʻyicha davlat hokimiyati va oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining tashkiliy taʼminlanganligi va uygʻunligini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) vaziyatni monitoring va tahlil qilishning kompleks dasturlarini tashkil etish, shuningdek, muammolarni aniq belgilash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi bosqichda (2022 — 2025-yillar) quyidagi tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish sohasidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunlarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarini takomillashtirish va yangilarini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) milliy axborot makonini ekstremistik va terrorchilik mafkura kirib kelishidan qoʻshimcha himoyalashga qaratilgan tizimni yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Strategiyani amalga oshirishda erishilgan natijalarni monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ekstremizm, terrorizm va ularni moliyalashtirishdan kelib chiqadigan xavf, tahdid va xatarlarni, shuningdek, mamlakatdagi millatlararo va konfessiyalararo munosabatlarni kompleks tahlil qilib, vaziyatning rivojlanish istiqbollari boʻyicha prognozlarni hamda aniqlangan xavf, tahdid va xatarlarni kamaytirish va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi bosqichda (2026-yil) ushbu Strategiyani amalga oshirish natijalarini umumlashtirish hamda mazkur sohada strategik rejalashtirish boʻyicha yangi hujjatlarni ishlab chiqishga qaratilgan takliflarni tayyorlash, shuningdek, idoralararo darajada tashkiliy xarakterdagi choralar qabul qilinishini taʼminlash nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Kutilayotgan natijalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Strategiyaning amalga oshirilishi quyidagilarga imkon beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish boʻyicha huquqiy, tashkiliy va mafkuraviy mexanizmlarning samarali tizimini, shuningdek, jamiyatda bagʻrikenglik madaniyatini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jamiyatning turli qatlamlarida ekstremistik va terrorchilik gʻoyalarining tarqalishiga toʻsqinlik qilish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda davlat organlari faoliyatining samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ekstremizm va terrorizmning barvaqt oldini olishga davlat tashkilotlarining, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va taʼlim tashkilotlarining barcha imkoniyatlarini va keng jamoatchilikni jalb qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish, turli davlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, OAV hamda fuqarolarning faoliyatini muvofiqlashtirishni kuchaytirish.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.07.2021-y., 06/21/6255/0638-son; 08.11.2023-y., 06/23/188/0835-son; 13.01.2025-y., 06/25/1/0022-son; 11.09.2025-y., 06/25/164/0821-son)