09.07.1997 yildagi 343-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“IJTIMOIY FIKR” JAMOATCHILIK MARKAZINI KOʻLLAB-QUVVATLASH TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini oʻrganish ishini yaxshilash haqida” 1997-yil 25-iyundagi Farmoniga muvofiq, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlarini taʼminlash, fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini uygʻunlashtirish va jamoatchilik fikrini oʻrganish ishlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Respublika jamoat tashkilotlari tomonidan hukumatga qarashli boʻlmagan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi taʼsis etilganligi maʼqullansin. Markazning Nizomi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilganligi, uning faoliyati fuqarolarning siyosiy faolligini oshirishga qaratilganligi va keng jamoatchilik tomonidan qoʻllab-quvvatlanayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markaz Nizomida uning quyidagi asosiy vazifalari belgilanganligi alohida eʼtiborga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolari, shuningdek ijtimoiy munosabatlar rivojining boshqa dolzarb masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— mamlakat ijtimoiy, iqtisodiy hayoti, davlat siyosati va hukumat faoliyati toʻgʻrisidagi jamoatchilik fikrini umumlashtirish va tahlil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning dolzarb muammolari, aholining davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori idoralari qarorlarini tushunishlari yuzasidan jamoatchilik fikrining ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— kishilar dunyoqarashining shakllanishidagi asosiy yoʻnalishlar, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, axloqiy, huquqiy ongning holati va mazmunini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— aholining siyosiy, huquqiy madaniyati saviyasini oʻrganish va ularni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— jamoatchilik fikrini oʻrganishning uslubiy asoslarini takomillashtirish sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— ijtimoiy tadqiqotlar oʻtkazishning ilmiy-uslubiy talablariga muvofiq. jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha soʻrovlar oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi va boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari Markazga oʻz faoliyatini amalga oshirishida samarali yordam koʻrsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 Respublika vazirliklari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Markazning ishini tashkil etishda jamoatchilik fikrini oʻrganish boʻyicha soʻrovlar oʻtkazishni uyushtirishda keng koʻlamli yordam koʻrsatsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Markaz uchun zarur boʻlgan barcha turdagi axborotlar olishiga shart-sharoitlar yaratsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Markazga chet eldagi sotsiologik oʻquv-ilmiy muassasalar va sotsiologiya sohasida ishlovchi xalqaro tashkilotlar bilan ish yuzasidan aloqalar oʻrnatishda yordam bersinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Toshkentda faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari va chet davlatlar Elchixonalari bilan xalqaro aloqalarni amalga oshirishga koʻmaklashsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Markazni xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotiga oid zarur axborotlar bilan doimiy ravishda taʼminlab tursinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
— Markazning sotsiologik tadqiqotlari natijalari va nashrlari chet elda tarqatilishida yaqindan yordam bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi Markazning davlatning ilmiy-texnika dasturlari roʻyxatiga kiritilgan ilmiy-tadqiqot dasturlarini amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari va statistik toʻplamlari, respublika, viloyat va tumanlar gazetalari va jurnallari majburiy ravishda yuboriluvchi tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi Markaz buyurtmasiga asosan “Oʻzbekistonda jamoatchilik fikri” maxsus davriy jurnali oʻzbek, ingliz va rus tillarida nashr etilishini, shuningdek boshqa tegishli uslubiy va ilmiy nashrlar oʻz vaqtida chop etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Markazning maqsad va vazifalarini hamda amaliy faoliyatini keng jamoatchilik orasida targʻib qilishda ommaviy axborot vositalari, jurnalistlarning taʼsir kuchi muhim ekanligi alohida taʼkidlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Markaz oʻz Nizomida nazarda tutilgan ishlab chiqarish va boshqa tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega ekanligi taʼkidlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Markazni tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazsinlar hamda milliy va xorijiy valyutada operatsiyalarni amalga oshirish uchun Markazning tegishli hisob raqamlarini ochsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz oʻzining yuridik maqomiga koʻra soliq toʻlovi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xayriya jamgʻarmalariga tenglashtirilsin hamda unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligida nazarda tutilgan imtiyozlar tatbiq etilsin.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Belgilansinki, korxonalar, tashkilotlar, birlashmalar, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, jismoniy shaxslarning, shuningdek xalqaro va chet el tashkilotlarining “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markazi dasturlarini moddiy taʼminlashga yoʻnaltirilgan mablagʻlari uch yil muddatga foyda (daromad) soligʻidan ozod qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan Markazga 50 (ellik) million soʻm ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzavtosanoat” uyushmasiga Markazga ikkita “Neksiya” va bitta “Damas” avtomashinasini budjet tashkilotlari uchun nazarda tutilgan narxlarda sotishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi belgilangan tartibda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik Markaziga zarur zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat telefoni oʻrnatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Toshkent shahar hokimligi Markazni bir oy muddatda bino bilan taʼminlasin va taʼmirlash ishlarini amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi B. Fulomov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 9-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343-son