Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI IQTISODIY NOChOR KORXONALAR IShLARI QOʻMITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita deb ataladi) toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻmita boshqaruvi tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati tuzilmasi va qoʻmitaning hududiy boshqarmalari namunaviy tuzilmasi 2 — 4-ilovalarga muvofiq;
Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qoʻmita va uning hududiy organlari xodimlarining cheklangan soni 240 nafardan iborat etib, shu jumladan markaziy apparat xodimlari soni — 40 nafardan iborat etib belgilansin (binoni qoʻriqlash va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari).
Belgilab qoʻyilsinki, Qoʻmita raisi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi hamda lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi kotibi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qoʻmitaga raisning ikki oʻrinbosariga ega boʻlishga ruxsat berilsin, ular lavozimga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Qoʻmita xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy-maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish shartlari joriy etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari hududiy boshqarmalari rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining tegishli hududiy boshqarmalari rahbarlarining taqdimnomasiga koʻra Qoʻmita raisi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari joriy faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbai etib respublika budjeti mablagʻlari belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi respublika budjetini shakllantirishda Qoʻmita markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalariga zarur mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin.
Qoʻmita mablagʻlarini toʻldirish uchun bankrot korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kimoshdi savdosi orqali tushuvchi mablagʻlarning bir qismini kreditorlarning talablari qondirilishi sharti bilan mulkni sotish va baholash qiymati oʻrtasidagi farq hisobidan foydalanish huquqi berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qoʻmita:
Qoʻmita hududiy boshqarmasi toʻgʻrisidagi namunaviy Nizomni;
qarzdor korxonani ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish tartibi haqidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Mehnat vazirligi Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Qoʻmitaga joriy faoliyatni amalga oshirish va moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun teng ulushlarda 20 mln. soʻm miqdorida bir martalik tekin yordam koʻrsatsinlar.
7. Qoʻmita Toshkent shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasidagi 53-uyga joylashtirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi yuqorida koʻrsatilgan manzildagi bino qurilishi tugallangunga va ishga tushirilgunga qadar Qoʻmitani vaqtincha oʻz binosida joylashtirsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Qoʻmita hududiy boshqarmalari ijro etuvchi apparatlarini joylashtirish masalasini hal etsinlar.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Qoʻmitani belgilangan tartibda telefon va teleks aloqasi, shu jumladan Hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoʻmitaga ikkita yengil avtomobil uchun zarur limit ajratsin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish bosh vazirning oʻrinbosarlari V.A. Chjen va B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 28-dekabr,
465-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi toʻgʻrisida
NIZOM
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat Qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Qoʻmita deb ataladi) oʻz funksiyalarini kreditorlarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) haqini toʻlash boʻyicha talablarini qondirishga, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir boʻlmagan, korxonalarning iqtisodiy nochorligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan tashkiliy, iqtisodiy va boshqa sharoitlarni tashkil etish maqsadida amalga oshiradi.
3. Qoʻmita oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qoʻmitasi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki Qoʻmitasining davlat boshqaruvi organi huquqiga ega boʻlgan mustaqil tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
Bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining (keyingi oʻrinlarda — Komissiya deb ataladi) ishchi organi boʻlib xizmat qiladi;
mol-mulkida davlat mulki ulushi boʻlgan iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish chogʻida davlat manfaatlarini ifodalaydi;
mulkchilikning barcha shakllaridagi iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish yoki sanatsiyalash jarayonida kreditorlarning manfaatlari va aksionyerlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi.
5. Qoʻmita yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
6. Quyidagilar Qoʻmitaning asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
korxonalar va tashkilotlar moliya-xoʻjalik ahvoli monitoringi ular faoliyatining moliyaviy natijalarini tahlil qilish hamda iqtisodiy nochor xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha takliflar tayyorlash;
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllanishdan kelib chiqadigan jarayonlarni amalga oshirish maqsadida normativ va uslubiy bazani yaratish borasidagi ishlarni tashkil etish;
iqtisodiy nochor xoʻjalik yuritish subyektini bankrot deb topish yoki qarzdor korxonani sanatsiyalash toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni bankrotlikning tashqi belgilariga ega boʻlgan korxonalarni qayta tashkil etish va tugatish mexanizmiga doir takliflarni Komissiyaga kiritish;
xoʻjalik sudining qarorlariga muvofiq iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash yoki tugatish jarayonini tashkil etish, kreditorlarning bankrot korxonaga nisbatan daʼvolari qondirilishiga koʻmaklashish, tugatish hamda sanatsiyalash jarayonida aksionyerlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash;
iqtisodiy nochor korxonani qayta tashkil etish davrida Komissiyaning qaroriga binoan shu korxona mulkini boshqarishga vakil qilingan organ vazifalarini bajarish;
bankrot korxonaning mol-mulkini kimoshdi savdolari orqali sotish borasidagi ishlarni tashkil etish;
iqtisodiy nochor korxonalar, ularning qarz miqdorlari hamda yigʻilib qolgan qarzlarning turlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini yaratish;
nochor qarzdorning mulkini roʻyxatga olish va qiymatini baholash hamda uning kreditorlar oldidagi, budjetga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarini roʻyxatdan oʻtkazib baholash borasidagi ishlarni tashkil qilish;
bankrotlik xavfini bartaraf etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga yordam koʻrsatish.
7. Qoʻmita oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:
ijroiya hokimiyat respublika va mahalliy organlari bilan birgalikda korxonalarning bankrotligining oldini olishga qaratilgan davlat siyosati oʻtkazilishini taʼminlaydi;
davlat korxonasining va qarzdor korxonaga nisbatan qoʻllaniladigan ish tartiblari bilan qarzdor korxonaning egasi qatnashishi nazarda tutilgan hollarda ustav fondida davlat ulushi boʻlgan korxona egasining vakolat berilgan vakili sifatida ish koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda bankrotlikning tashqi belgilariga ega boʻlgan korxonalarning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini tahlil qiladi hamda iqtisodiy nochor korxonalar boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sanatsiyalashni oʻtkazishni boshlash toʻgʻrisida ajrim chiqarilishida xoʻjalik sudlariga koʻmaklashish maqsadida sanatsiya qatnashchilarining takliflari samaradorligini baholash prinsiplari, mezonlari, shuningdek usullarini ishlab chiqish ishlarini olib boradi;
iqtisodiy nochor korxonalar masalalari boʻyicha normativ hujjatlar, hukumat qarorlari va farmoyishlari loyihalarini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Komissiyaga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarning yoki davlat korxonalari rahbar organlarining takliflari asosida qarzdor korxona tomonidan iqtisodiy nochorlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ariza berilishi haqidagi taklifni Komissiyaga kiritadi;
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va muassasalar ishtirokida tegishli dasturlarni ishlab chiqadi hamda bankrotlik va korxonalar sanatsiyasi masalalari boʻyicha mutaxassislar tayyorlash tizimini tashkil etadi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yangi ish joylari tashkil etish, qarzdor korxonalar tugatilishi natijasida boʻshab qolgan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va qayta tayyorlash boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari qoʻllanilishiga doir xorijiy amaliyotini oʻrganadi;
toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan qarzdor xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisobini yuritadi;
vazirliklar, idoralar va ijroiya hokimiyat mahalliy organlari ishtirokida korxonalar bankrotligining oldini olishga qaratilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqadi va ularning bajarilishini tashkil etadi;
xoʻjalik sudlari tomonidan bankrot deb topilgan va belgilangan tartibda tugatilishi kerak boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarning mol-mulkini baholashga doir tavsiyalarni tayyorlaydi;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda korxonalarni sanatsiyalashni oʻtkazishga doir takliflarni ishlab chiqadi;
korxonalarni sanatsiyalash jamgʻarmasi shakllanishida va Komissiyaning qaroriga koʻra ushbu jamgʻarma mablagʻlaridan toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan korxonalar sanatsiyasini oʻtkazish yoki bankrot deb topilgan korxonalarni tugatish uchun foydalanishda belgilangan tartibda qatnashadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki Qoʻmitasi va uning hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda qatnashadi;
mol-mulkida davlatga qarashli mulk ulushi mavjud boʻlgan iqtisodiy nochor korxonalarga nisbatan qayta tashkil etish tartiblari qoʻllanilishi bilan bogʻliq masalalar boʻyicha manfaatdor shaxslarning murojaatlari va takliflarini koʻrib chiqadi.
8. Qoʻmita oʻz faoliyati jarayonida quyidagilarni amalga oshiradi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Davlat mulki qoʻmitasining hududiy boshqarmalari huzurida tashkil etiladigan Qoʻmitaning hududiy boshqarmalariga rahbarlik qilish;
kreditorlarning eʼtirozlarini qondirishga koʻmaklashish va xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan qarzdor korxonalarning debitorlik qarzlarini toʻlash (undirish) masalalarini hal etish;
korxonalarning moliyaviy ahvolini koʻrib chiqish hamda Komissiyaga iqtisodiy nochor Davlat korxonalarini majburiy xususiylashtirish zarurligi toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinishi toʻgʻrisida taklif kiritish;
Komissiyaning iqtisodiy nochor korxona tomonidan iqtisodiy nochorlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ariza kiritish haqidagi qarori qarzdor korxona uchun bajarilishi shartligi ustidan nazorat qilish;
toʻlov qobiliyatini yoʻqotgan korxonalarni qayta tashkil etish, sanatsiyalash va bankrot korxonalarni tugatish uchun, Komissiya qarorlari asosida, sanatsiyalash jamgʻarmasi mablagʻlarini tasarruf etish;
sanatsiyalashga ajratilgan moliyaviy resurslardan korxona tomonidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
xoʻjalik sudining korxonani bankrot deb topish toʻgʻrisidagi qarori bajarilishini tashkil etish, tugatish va sanatsiyalash jarayonlariga rahbarlik qilish;
iqtisodiy nochor xoʻjalik yuritish subyektlarini tugatish yoki sanatsiyalash rejasini tuzish, soliq organlari va kreditorlarni ularning moliyaviy ahvolidan xabardor qilish;
tugatish davomida kreditorlar, aksionyerlar (paychilar), boshqa manfaatdor tomonlarning, shu jumladan qarzdor korxona mehnat jamoasi aʼzolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash.
9. Qoʻmita quyidagi huquqlarga egadir:
iqtisodiy nochor korxonalarni qayta tashkil etish dasturlarini tuzishda, xoʻjalik sudi tomonidan bankrot deb topilgan nochor qarzdor korxonalarni tugatishda ishtirok etish;
tugatish jarayonida ishonchli shaxs sifatida qatnashish, bankrot boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektni tugatish boʻyicha tugatuvchi komissiyalarni tashkil etish;
oʻz vakolati doirasida ijro etish uchun majburiy boʻlgan qarorlar va normativ hujjatlar chiqarish;
belgilangan tartibda markaziy iqtisodiy organlardan, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlaridan, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, tijorat banklari, korxonalar va tashkilotlardan oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan axborotni olish;
ekspertizalarni oʻtkazish, nochor qarzdorlarni tugatish yoki korxonalarni sanatsiyalash rejalarini ishlab chiqish uchun belgilangan tartibda vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarning, auditorlik firmalarining mutaxassislarini jalb etish;
korxonalar tomonidan sanatsiyalash chora-tadbirlari amalga oshirilishining borishini va ushbu maqsadlar uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazorat qilish;
korxonalarning nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ishlab chiqilishi va qoʻllanilishi bilan bogʻliq boʻlgan sohalarda oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi xorijiy mamlakatlar organlari bilan bitimlar tuzilishida qatnashish;
korxonalarni sanatsiyalash va ularning mol-mulkini sotish chogʻida investorlarni, shu jumladan xorijiy investorlarni jalb etish;
sanatsiyalanishi kerak boʻlgan korxonani trast boshqarish haqida bitim tuzish.
10. Qoʻmita oʻziga yuklangan funksiyalarni va berilgan vakolatlarni bevosita oʻz hududiy boshqarmalari orqali amalga oshiradi.
11. Qoʻmitaga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki Qoʻmitasining raisi taqdimnomasiga koʻra Vazirlar Mahkamasi tayinlaydigan rais boshchilik qiladi.
Qoʻmita raisi lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki Qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari va Bankrotlik va sanatsiya masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasining kotibi hisoblanadi.
12. Qoʻmita raisi:
Qoʻmita ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Qoʻmitaga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Qoʻmita xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari etib tayinlashga nomzodlar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritadi. Qoʻmita raisi oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning va Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi;
xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmitaning tuzilmasi va shtat jadvalini, uning boʻlinmalari toʻgʻrisidagi Nizomni, shuningdek tegishli davrga ajratilgan mablagʻlar doirasida boshqaruv apparatiga sarflanadigan xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Qoʻmita hududiy organlari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi;
oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi.
13. Qoʻmita raisi Qoʻmita nomidan ishonchnomasiz ish koʻradi, uning manfaatlarini ifodalaydi, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uning mol-mulki va mablagʻlarini boshqaradi, shartnomalar, shu jumladan mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi.
14. Qoʻmitaning markaziy apparatiga, uning hududiy organlari apparatiga sarflanadigan xarajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Qoʻmitaga Qoʻmitaning mablagʻlarini toʻldirish uchun bankrot korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan kimoshdi savdosi orqali tushuvchi mablagʻlarning bir qismini kreditorlarning talablari qondirilishi sharti bilan mulkning sotish va baholash qiymati oʻrtasidagi farq hisobidan foydalanish huquqi berilgan.
15. Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa schyotlarga, shu jumladan valyuta schyotlariga ega boʻladilar.
16. Qoʻmita Toshkent shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasidagi 53-uyga joylashgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining
TAShKILIY TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi markaziy apparati
Keyingi tahrirga qarang.
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari hududiy boshqarmalari
NAMUNAVIY TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korxonalarning bankrotligi toʻgʻrisidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1996-yil 11-dekabrdagi PF-1658-con Farmoniga asosan ishlab chiqilgan va xoʻjalik yurituvchi subyektlar — qarzdorlarning toʻlov qobiliyatini cogʻlomlashtirish hamda tiklash maqsadida oʻtkaziladigan nochor korxonalarni sanatsiyalash masalalarini tartibga soladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Zarar koʻrib ishlaydigan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonani sanatsiyalash deyilganda mulkdor, kreditor (kreditorlar) yoki boshqa shaxslar, shu jumladan davlat tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish yoʻli bilan xoʻjalik subyekti faoliyatini moliyaviy sogʻlomlashtirish tushuniladi.
Xoʻjalik subyektining toʻlov qobiliyatini tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga haq toʻlash boʻyicha kreditorlar talablari, shu jumladan budjet va budjetdan tashqari toʻlovlarni taʼminlash qobiliyatini qondirish, shuningdek korxonalarning samarali faoliyatini davom ettirishi uchun moliyaviy sharoitlar yaratish sanatsiyalashning maqsadi hisoblanadi.
3. Zarar koʻrib ishlaydigan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan yoki iqtisodiy nochor korxonani sanatsiyalashning vazifasi uning barqaror moliyaviy taʼminlanishi, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish, sotishni boshqarish, tashkil etish, uning texnika va texnologiyasida zarur qayta oʻzgarishlarni oqilona va samarali amalga oshirishni taʼminlashdir.
4. Zarar koʻrib ishlaydigan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan yoki nochor korxonani davlat tomonidan sanatsiyalash korxona — qarzdorga xoʻjalik sudida uning iqtisodiy nochorligi toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatilgunga qadar, shuningdek bankrotlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatish chogʻidagi dastlabki tadbirlar jarayonida moliyaviy yordam koʻrsatish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
5. Korxonani sanatsiyalashning davomiyligi 18 oydan oshmasligi lozim.
Xoʻjalik sudining qaroriga muvofiq nodavlat korxonalari uchun sanatsiyalash davri 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.
Sanatsiyalash boshlanishidan 12 oy oʻtgach kreditorlarning talablari umumiy summasidan kamida 40 (qirq) fizi qondirilishi lozim.
II. SANATSIYALASh SUBYEKTLARI VA OBYEKTLARI
6. Zarar koʻrib ishlaydigan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan yoki iqtisodiy nochor korxonalarning mulkdorlari, kreditorlar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sanatsiyalash subyektlari hisoblanadilar. Davlat Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarning iqtisodiy nochorligi toʻgʻrisidagi ishlar Qoʻmitasi shaxsida sanatsiyalash subyekti sifatida qatnashadi.
7. Mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar Davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash asosida amalga oshiriladigan sanatsiyalash obyektlari hisoblanishi mumkin.
8. Sanatsiyalashda davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash davlat tomonidan oʻtkazilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy siyosat ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda, Bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash boʻyicha Hukumat komissiyasining qaroriga muvofiq zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalarga koʻrsatiladi. Bunda mehnat bozorini shakllantirish, va ayniqsa ish tanqis boʻlgan tumanlarda, ish bilan taʼminlash jarayonlarini tartibga solish nuqtai nazaridan korxonalar va ishlab chiqarish alohida hisobga olinadi.
9. Quyidagilar davlat ishtirokida birinchi navbatda sanatsiyalanadi:
oziq-ovqat va nooziq-ovqat xalq isteʼmol tovarlari va dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi korxonalar;
davlat mudofaa qudratini va xavfsizligini qoʻllab-quvvatlashni taʼminlovchi korxonalar;
togʻ-kon qazish, energetika, metallurgiya, kimyo, mashinasozlik sanoati va dehqonchilik sanoati majmui korxonalari;
faoliyati davlat tomonidan boshqariladigan korxonalar.
10. Bundan tashqari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning quyidagi guruhlariga ham davlat yordami koʻrsatilishi mumkin:
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, birinchi navbatda ishlab chiqarish infratuzilmasining ishlab chiqarishni texnologik qayta qurishni jadallashtirish uchun zarur boʻlgan qismida xoʻjalik faoliyatini faollashtirish holatida boʻlgan istiqbolli korxonalarga;
raqobatga bardoshli, eksportga yoʻnaltirilgan hamda, import oʻrnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarga;
energiya tejash texnikasini ishlab chiqarish hamda mehnat mahsuldorligini oshiruvchi, mehnatning ijtimoiy sharoitlarini yaxshilovchi, yangi materiallarni qoʻllash, ishlab chiqarishni ishlab chiqarishning ekologik xavfsizligini taʼminlovchi ishlab chiqarishni avtomatlashtirilishiga moʻljallangan yangi ilgʻor texnologiyalarni oʻzlashtirishni taʼminlovchi korxonalarga;
tarmoqlararo va mintaqalararo keng kooperatsiya aloqalari boʻlgan korxonalarga.
11. Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan va iqtisodiy nochor boʻlgan korxonalarni sanatsiyalashni oʻtkazish va ularni sanatsiyalanadigan obyektlar roʻyxatiga kiritish uchun xoʻjalik subyekti—qarzdorning faoliyatni davom ettirish uchun toʻlov qobiliyatini tiklashning real imkoniyati mavjudligi toʻgʻrisida dalolat beruvchi moliya va xoʻjalik faoliyati tahlili natijalari asos hisoblanadi.
III. IQTISODIY NOChOR KORXONALAR MONITORINGI VA ULARNING MOLIYA-XOʻJALIK FAOLIYATI NATIJALARI TAHLILI
12. Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan (qarzlarning toʻlov muddati 2 oydan ortiq oʻtkazib yuborilgan) va iqtisodiy nochor (qarzlarning toʻlov muddati 3 oydan ortiq oʻtkazib yuborilgan) korxonalar monitoringi “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi, tijorat banklari, soliq organlari va budjetdan tashqari fondlar tomonidan har oyda beriladigan muddati oʻtkazib yuborilgan kreditorlik qarzlari toʻgʻrisidagi axborotga asosan Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni hisobga olish shakllari “Oʻzistiqbolstat” davlat Qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi, ularni aniqlash tartibi va uslubi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi va maʼqullanadi.
13. Korxonalarning iqtisodiy nochorligi toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha Qoʻmita zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalar toʻgʻrisidagi, shuningdek, belgilangan tartibda Bankrot deb eʼtirof etilgan korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bankini shakllantiradi.
14. Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalarning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini baholash Bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi maʼqullagan korxonalar moliyaviy faoliyatini tahlil etish uslubi asosida Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Baholash natijalari boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlov qobiliyatini tiklashning real imkoniyati mavjudligi va sanatsiyalashning maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa beriladi.
15. Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyati boʻlmagan yoki iqtisodiy nochor qarzdorlarga nisbatan davlat ishtirokida sanatsiyalashni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosa keyinchalik xoʻjalik sudiga qaror qabul qilish uchun kiritilgan holda Bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan qabul qilinadi.
IV. SANATSIYALAShNING ShAKL VA USULLARI
16. Zarar koʻrib ishlovchi, toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalash davlat mablagʻlari ishtirokisiz va ishtiroki bilan ham pulga, ham pulsiz asosda, shu jumladan, tanlov asosida amalga oshiriladi.
17. Davlat mablagʻlarisiz sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:
zarar koʻrib ishlovchi, toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan qarzdor korxonalarga xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlov qobiliyatini tiklash va uning faoliyatining davom etishi uchun manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish;
qarzdor bilan kreditorlar oʻrtasida kreditorlarga hisoblanadigan toʻlovlar muddatini uzaytirish va ularni boʻlib-boʻlib berish toʻgʻrisidagi shartlashuvga erishish yoki xoʻjalik yurituvchi qarzdor subyektning faoliyat koʻrsatishi uchun qarzlaridan chegirma olishga qaratilgan qarzdor boʻlgan kreditorlar oʻrtasida bitimlar tuzish;
iqtisodiy nochor korxona—debitorni ixtiyoriy ravishda tugatish yoki uni oʻz kreditorlarining toʻlov qobiliyatlarini tiklash maqsadida qonunchilik bilan belgilangan tartibda bankrot deb eʼtirof etish;
iqtisodiy nochor qarzdorni kimoshdi savdosi yoki tanlov asosida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.
18. Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan va iqtisodiy nochor, davlat mablagʻlari ishtirokidagi korxonalarni sanatsiyalash quyidagi shakllarda amalga oshiriladi:
qarzlardan oʻzaro voz kechishni tashkil etish;
faktoring shaklida;
muddati uzaytirilgan qarzlarni toʻliq yoki qisman toʻlash;
soliqlar va majburiy toʻlovlarni toʻlashdagi muddatni sanatsiyalash muddatiga uzaytirish, biroq uning muddati 18 oydan oshib ketmasligi kerak;
korxonani sanatsiyalashga oid dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun korxonani sanatsiyalash fondidan mablagʻlarni maqsadli ajratish;
ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot (ishlar, xizmat)lar ishlab chiqarish uchun qayta ixtisoslashtirish;
korxonaga oʻz mahsulotlarini shartnoma asosida davlat ehtiyojlari uchun yetkazib berishni amalga oshirish imkoniyatlarini berish;
tashkiliy-ishlab chiqarish menejmentini, shu jumladan, buning uchun chetdan jalb etiladigan yuqori malakali mutaxassislarni menejment, ishlab chiqarishni tashkil etish va marketing boʻyicha haq toʻlash yoʻli bilan oʻzgartirish;
xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash.
V. KORXONALARNI SANATSIYALASh UChUN MABLAGʻLAR MANBALARI
19. Quyidagilar korxonalarni sanatsiyalashning mablagʻlari manbalari hisoblanadi:
korxonalar mulk egalarining, kreditorlar, birlashmalar (xoʻjalik uyushmalari), boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy yordami;
iqtisodiy nochor korxonalar toʻgʻrisida ishlar Qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash fondi mablagʻlari.
20. Iqtisodiy nochor korxonalar toʻgʻrisida ishlar Qoʻmitasi huzuridagi Korxonalarni sanatsiyalash fondi mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat Qoʻmitasi va Mehnat vazirligining Aholini ish bilan taʼminlashga koʻmaklashuvchi fondning teng ulushlarda boʻlgan 100 mln. soʻm miqdoridagi mablagʻlari hisobiga begʻaraz moliyaviy yordamlari;
davlat mulki obyektlarini xususiylashtirishdan tushadigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat Qoʻmitasi tasarrufida qoladigan ulush hisobidagi 5 foiz miqdoridagi mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining, xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning shartnoma asosida ixtiyoriy taqdim etiladigan mablagʻlari;
davlatga tegishli korxonalarning mulkidagi ulush boʻyicha hisoblangan va belgilangan maqsad uchun foydalanilmagan dividendlar.
VI. SANATSIYALAShNI TAShKIL ETISh VA UNING QANDAY OʻTKAZILAYOTGANLIGINI NAZORAT QILISh
21. Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash, ularning moliya-xoʻjalik faoliyatini baholash natijalarini koʻrib chiqish, sanatsiyalanganligi toʻgʻrisida xulosalar chiqarish, ularning shakllari va usullari tartibini Bankrotlik va korxonalarni sanatsiyalash qilish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qoʻmitasi taqdimnomasiga koʻra, keyinchalik qarorlar qabul qilish uchun ishlarni xoʻjalik sudiga kiritish bilan amalga oshiradi.
22. Zarar koʻrib ishlayotgan, toʻlov qobiliyatiga ega boʻlmagan va iqtisodiy nochor korxonalarni sanatsiyalashni tashkil etishni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi Nizomga muvofiq Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi amalga oshiradi.
23. Xoʻjalik yurituvchi qarzdor subyektlarni sanatsiyalashning qanday borayotganligini nazorat qilishni Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari Qoʻmitasi amalga oshiradi. Sanatsiyalash uchun mablagʻlardan qanday foydalanilayotganligini nazorat qilish Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
VII. SANATSIYALAShNI TOʻXTATISh
24. Sanatsiyalash uni oʻtkazishning belgilangan muddati tugashi, mazkur Nizom va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablari bajarilmaganligi sababli sanatsiyalash nosamarali belgilanishi sababli va amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa sabablar bilan toʻxtatilishi mumkin.
Sanatsiyalashni toʻxtatish haqidagi qarorni Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasining taqdimnomasiga koʻra chiqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 12-son, 38-modda.,Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 4-son, 42-modda., 2004-y., 7-son, 82-modda)