25.06.2021 yildagi PQ-5161-son
Bunda, mazkur bandning uchinchi xatboshisida belgilangan kurslarni tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan jalb qilingan o‘qituvchilarning ish haqi xarajatlarining bir qismi oyiga bazaviy hisoblash miqdorining 6 barobarigacha miqdorida tegishli mahalliy budjetlar hisobidan 2024-yil 1-yanvarga qadar kompensatsiya qilinadi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5117-son qarori bilan qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlik subyektlariga 50 mln so‘mgacha mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Moliya vazirligi (T. Ishmetov) ikki oy muddatda mazkur bandning birinchi xatboshisi bilan joriy qilinayotgan tartibni amaliyotda to‘liq qo‘llash uchun tegishli qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.