OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI SENATI KENGAShINING
1-ILOVA
2-ILOVA
| T/r | Tadbir nomi | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddati | Masʼul ijrochilar |
| I. Fuqarolarning, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning saylov qonunchiligi va saylov jarayonlaridan xabardorligini hamda elektoral madaniyatini oshirish | ||||
| 1. | Yoshlarga, shu jumladan saylovlarda ilk marotaba ishtirok etuvchilarga, xotin-qizlarga va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga saylov institutining hamda uning davlat hokimiyatini shakllantirishdagi ahamiyatini tushuntirish. | 1. Tushuntirish ishlari uchun zarur materiallarni tayyorlash. 2. Reja asosida tadbirlarni oʻtkazish. | Doimiy | Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, siyosiy partiyalar, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi |
| 2. | Yoshlar va xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini yuksaltirish masalalariga bagʻishlangan tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish. | 1. Reja asosida yoshlar forumlari, ilmiy-amaliy anjumanlar, munozaralar, tok-shoular tashkil etish. 2. Saylov savodxonligini oshirish boʻyicha tanlovlar oʻtkazish. | 2021 — 2023-yillar | Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, siyosiy partiyalar, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari |
| 3. | 2022-yildan boshlab har yili yoshlarning elektoral madaniyati va siyosiy faolligini oshirish maqsadida “Yosh parlamentariylar forumlari”ni oʻtkazish. | 1. Forumlarni oʻtkazishning tartib-taomillarini belgilovchi hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Forumlarni oʻtkazishni tashkiliy va texnik jihatdan taʼminlash. 3. Forumlarni respublika va hududlar miqyosida oʻtkazish. | 2022-yildan boshlab, doimiy | Yoshlar ishlari agentligi, siyosiy partiyalar, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi |
| 4. | Taʼlim tashkilotlarida oʻquvchilarning va talabalarning saylov savodxonligini oshirish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalarini va media-taʼlim resurslarini tayyorlash. | 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Reja asosida saylov savodxonligini oshirish boʻyicha oʻquv qoʻllanmalari ishlab chiqish. 3. Saylov savodxonligi boʻyicha media-taʼlim resurslarini yaratish. | 2021-yil sentyabr boshlab, chora-tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari |
| 5. | 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari 10-11-sinf oʻquvchilari uchun bir yilda kamida ikki marotaba “Saylov huquqlarini amalga oshirish” mavzusida ochiq darslar tashkil etish. | 1. Tegishli hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish. 2. Ochiq darslarni oʻtkazishni tashkiliy va uslubiy jihatdan taʼminlash. | 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab | Xalq taʼlimi vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi Oʻquv markazi, vazirlik va idoralar |
| 6. | 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilari uchun har ikki yilda bir marotaba oʻtkaziladigan “Saylov huquqlarini amalga oshirish” mavzusidagi malaka oshirish va qayta tayyorlash qisqa muddatli kurslari (10 soatlik) dasturini tasdiqlash. | 1. Malaka oshirish va qayta tayyorlash qisqa muddatli kurslari dasturini tasdiqlash. 2. Malaka oshirish va qayta tayyorlash qisqa muddatli kurslarini tashkiliy va uslubiy jihatdan taʼminlash. | 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab | Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi Oʻquv markazi, vazirlik va idoralar |
| 7. | 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab professional taʼlim va oliy taʼlim tashkilotlarida “Saylov huquqi va saylov jarayoni” mavzularida mashgʻulotlar oʻtkazish. | 1. Tegishli hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish. 2. Mavzu boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazishni tashkiliy va uslubiy jihatdan taʼminlash. | 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi Oʻquv markazi, vazirlik va idoralar |
| 8. | 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab har yili oliy taʼlim tashkilotlari talabalari oʻrtasida saylov huquqi hamda saylov jarayonining mazmun-mohiyati, fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlari, saylov komissiyalari va saylov jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari masalalariga bagʻishlangan eng yaxshi ilmiy ishlar tanlovini oʻtkazish. | 1. Tegishli hujjatni ishlab chiqish va qabul qilish. 2. Tanlov shartlari va talablarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 3. Tanlov boʻyicha ishlarni qabul qilish va koʻrib chiqish hamda toʻplam shaklida chop etish. 4. Tanlov ishtirokchilari va gʻoliblarini ragʻbatlantirish. | 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
| 9. | Saylovchilarni, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan hamda xorijdagi fuqarolarni elektron axborot resurslari, mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar orqali saylovga oid maʼlumotlar va huquqiy axborotlar bilan taʼminlashni yoʻlga qoʻyish. | 1. Internet jahon axborot tarmogʻi hamda ijtimoiy tarmoqlarda saylovga va saylov qonunchiligiga oid elektron maʼlumot�ar bazasini yaratish. 2. Saylovga oid maʼlumotlarni beruvchi mobil ilovalar yaratish. | Saylov kampaniyasi davrida | Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi |
| 10. | Siyosiy partiyalar tomonidan fuqarolarning, shu jumladan, yoshlar, xotin-qizlar va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar bilan saylov madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan uchrashuvlar oʻtkazish. | 1. Aniq yoʻnaltirilgan tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Yoshlar, xotin-qizlar va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar bilan uchrashuvlar oʻtkazish. 3. Saylovlarda siyosiy partiyalarning ishtiroki va uning ahamiyati haqida tushuntirishlar berish. | 2021-2022-yillar | Siyosiy partiyalar, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari |
| 11. | “Saylov qonunchiligi bilimdoni” tanlovini oʻtkazish. | 1. Tanlov shartlari va talablarini ishlab chiqish hamda tasdiqlash. 2. Tanlovni test savollari asosida Internet jahon axborot tarmogʻi orqali on-layn tarzda tashkil etish. 3. Tanlovni yoshlar, xotin qizlar hamda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar oʻrtasida alohida tartibda oʻtkazish. | Har yili dekabrda | Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, vazirlik va idoralar |
| 12. | Aholining elektoral madaniyatiga taʼsir etuvchi omillarni sotsiologik tadqiqotlar asosida oʻrganish. | 1. Elektoral madaniyatga taʼsir etuvchi omillarni oʻrganish metodlarini ishlab chiqish. 2. Sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish. 3. Tadqiqot yakunlari boʻyicha axborot-tahliliy maʼlumot tayyorlash. | 2021-yil iyul-avgust | “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi |
| 13. | Oʻzbekiston Respublikasining kodekslarini, shu jumladan Saylov kodeksini qayta nashr qilish va koʻp nusxada chop etish. | 1. Tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqish. 2. Hujjat loyihasini qabul qilish uchun kiritish. 3. Kodekslarni, shu jumladan Saylov kodeksini qayta nashr etish va koʻp nusxada chop etish. | 2021-yil 1-avgustgacha | Adliya vazirligi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
| II. Saylov jarayonlarida axborot-tushuntirish ishlarini yanada faollashtirish | ||||
| 14. | Saylov qonunchiligi va amaliyoti boʻyicha oʻquv-amaliy qoʻllanma nashr etish. | Tashkiliy chora-tadbirlar. | 2021-yil davomida | Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Davlat boshqaruvi akademiyasi |
| 15. | Quyidagilarda: davlat organlari va tashkilotlarida hamda ularning hududiy tuzilmalarida; Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida; fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida; oliy, professional, oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlarida; sanatoriylar, dam olish uylari, kasalxonalar va boshqa statsionar davolash muassasalarida, olis va borish qiyin boʻlgan aholi punktlarida; harbiy qismlarda; vaqtincha saqlash va tergov hibsxonalari, jazoni ijro etish muassasalarida saylov qonunchiligini tushuntirish ishlarini tashkil etish. | 1. Tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Tushuntirish ishlari uchun saylov qonunchiligi mazmun-mohiyati, qonunchilikdagi soʻnggi yangiliklar hamda fuqarolarning saylov huquqlari kafolatlariga doir materiallarni tayyorlash. 3. Saylov qonunchiligi hamda saylovda ishtirok etish bilan bogʻliq huquqiy axborot materiallarini tayyorlash va tarqatish. 4. Reja asosida seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, viktorina va tanlovlar oʻtkazish. | Tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda | Adliya vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), vazirlik va idoralar |
| 16. | Saylov qonunchiligi va saylovlar haqida tushuntirish berish boʻyicha yagona qisqa raqam orqali ishlovchi Markaziy saylov komissiyasining “Call-center”i faoliyatini yoʻlga qoʻyish. | 1. “Call-center” faoliyatini tashkiliy va texnik jihatdan taʼminlash. 2. Saylov bilan bogʻliq soʻrovlarga tezkor javob berish tizimini ishga tushirish. | Saylov kampaniyasi davrida | Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 17. | Ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmogʻi, ijtimoiy tarmoqlarga saylov qonunchiligi boʻyicha axborot materiallarini joylashtirib borish, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda huquqiy-axborot kanalini yaratish. | 1. Bosma va elektron nashrlar orqali saylov qonunchiligi boʻyicha axborot materiallarini berib borish. 2. Ijtimoiy tarmoqlar orqali saylov qonunchiligi boʻyicha qisqa va kichik hajmli axborot materiallarini uzatib borish; 3. Ijtimoiy tarmoqlarda saylov qonunchiligi boʻyicha huquqiy-axborot kanalini yaratish va yuritish. | Saylov kampaniyasi davrida | Ma�kaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston axborot agentligi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Adliya vazirligi |
| 18. | Saylov jarayonining barcha ishtirokchilarini saylovga oid qonunchilik va soʻnggi oʻzgartish va qoʻshimchalar haqida xabardor qilish boʻyicha elektron platforma yaratish. | 1. Elektron platforma faoliyatini tashkiliy va texnik jihatdan taʼminlash. 2. Elektron platforma orqali oʻzbek, rus va qoraqalpoq tillarida axborot berishni yoʻlga qoʻyish. 3. Elektron platformani ishga tushirish. | Doimiy | Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Davlat boshqaruvi akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, |
| 19. | Siyosiy partiyalar faoliyati va ularning saylovdagi ishtirokini tezkor va qulay tarzda yoritib borish. | 1. Siyosiy partiyalar tomonidan tezkor va qulay tarzda axborot yetkazishni joriy qilish. 2. Siyosiy partiyalarning rasmiy veb-saytlarida saylovlar boʻyicha maxsus ruknlar yaratish. 3. Siyosiy partiyalarning saylovlardagi ishtirokini bosma va elektron nashrlar, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritib borish. | Doimiy | Siyosiy partiyalar |
| 20. | Saylov jarayonida “teledebat” institutini bosq�chma-bosqich shakllantirib borish va rivojlantirish. | 1. Saylov jarayonidagi “teledebat”lar boʻyicha rivojlangan demokratik davlatlar tajribasini oʻrganish. 2. Oʻrganish asosida “teledebat”larni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha taklif va loyihalar ishlab chiqish. 3. “Teledebat”lar boʻyicha taklif va loyihalarni amalga oshirish. | Saylov kampaniyasi davrida | Siyosiy partiyalar, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya, “Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Xalqaro press klub |
| 21. | Oʻzbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron roʻyxati axborot tizimi imkoniyatlarini keng jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish. | 1. Tizim imkoniyatlarini yoritish boʻyicha audio va video materiallar tayyorlash. 2. Tizim imkoniyatlari haqida tushuntirish beruvchi maqolalar tayyorlash. 3. Tizim haqida tushuntirish beruvchi axborot materiallarini tayyorlash. 4. Tayyorlangan materiallarni axborot manbalarida yoritish. | Doimiy | Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
| 22. | Saylovlar va ularning mamlakat siyosiy hayotidagi ahamiyati, “Bir saylovchi — bir ovoz” tamoyili, saylov va ovoz berish jarayonlarida fuqarolar ishtirokini kuchaytirish kabi mavzularda ijtimoiy reklamalar tayyorlash hamda tarqatish. | 1. Ijtimoiy reklamalar mavzularini shakllantirish. 2. Mavzular asosida ijtimoiy reklamalar tayyorlash. 3. Ijtimoiy reklamalarni ommaviy axborot vositalari va axborot manbalari orqali yoritish. | Saylov kampaniyasi davrida | Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston axborot agentligi, Adliya vazirligi |
| 23. | Fuqarolarning saylov madaniyatini yuksaltirishga hamda saylov qonunchiligini va saylov institutining ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan tele va radio dasturlarni tayyorlash. | 1. Tele- va radio dasturlar ssenariylarini tayyorlash. 2. Ssenariylar boʻyicha saylov komissiyalari, siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari ishtirokida tele- va radio dasturlar tayyorlash. 3. Tele- va radio dasturlarni efirga uzatib borish. | Doimiy | Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston axborot agentligi, Adliya vazirligi |
| 24. | Saylovchilarni xabardor qilishga moʻljallangan tashqi axborot materiallarini (banner, stend, plakat va boshqalar) tayyorlash va tarqatish. | 1. Tashqi axborot materiallarini tayyorlashga boʻlgan mavjud talab va ehtiyojni oʻrganish. 2. Tashqi axborot materiallarini tayyorlash boʻyicha buyurtmalarni shakllantirish. 3. Tashqi axborot materiallarini tayyorlash va tarqatish. | Saylov kampaniyasi davrida | Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, okrug va uchastka saylov komissiyalari |
| 25. | Saylov komissiyalari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini saylov qonunchiligiga oid maʼlumotlar bilan taʼminlash. | 1. Zarur boʻlgan axborot materiallari (kitoblar, toʻplamlar, risolalar, sharhlar va boshqalar) roʻyxatini shakllantirish. 2. Axborot materiallari tayyorlash va chop etish. 3. Ularni manzilli yetkazish. | 2021-yil iyul — sentyabr | Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, saylov komissiyalari, vazirlik va idoralar |
| 26. | Saylovga oid koʻrgazmali materiallarni zamonaviy, qiziqish uygʻotadigan va eʼtiborni oʻziga jalb qiluvchi komponent asosida tayyorlash (chop etish) va tarqatish. | 1. Saylovga oid koʻrgazmali materiallar loyihalarini zamonaviy, qiziqish uygʻotadigan va eʼtiborni oʻziga jalb qiluvchi komponent asosida ishlab chiqish. 2. Koʻrgazmali materiallarni elektron shaklda tayyorlash, chop etish va tarqatish. | 2021-yil iyul — sentyabr | Adliya vazirligi, Milliy teleradiokompaniya, Yuksalish” umummilliy harakati, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, vazirlik va idoralar |
| III. Saylov jarayonini qonunchilik talablari asosida hamda xolis yoritilishini taʼminlash | ||||
| 27. | Saylov jarayonini qonunchilik talablari asosida hamda xolis yoritish boʻyicha ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlar uchun oʻquv seminarlarni tashkil etish. | 1. Oʻquv seminarlari uchun zarur materiallarni tayyorlash. 2. Oʻquvlarga davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy muassasalarning vakillarini, mutaxassislar va olimlarni jalb qilish. 3. Tadbir rejasi boʻyicha hududlar kesimida oʻquv seminarlarini oʻtkazish. | Saylov kampaniyasi davrida | Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Oʻzbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Milliy teleradiokompaniya, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Adliya vazirligi, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
| 28. | Yosh jurnalistlar oʻrtasida saylov mavzusidagi eng yaxshi material uchun tanlov oʻtkazish. | 1. Tanlovni oʻtkazish tartib-taomillarini belgilovchi hujjatni qabul qilish. 2. Tanlov shartlari va muddatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabar berish. 3. Kelib tushgan materiallarni oʻrganish, gʻoliblarni aniqlash va taqdirlash. | Saylov kampaniyasi davrida | Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida) |
| 29. | Saylov komissiyalari aʼzolarining saylovga va oʻz faoliyatiga oid axborotlarni yoritish (matbuot anjumanlari, brifinglar oʻtkazish, matbuot va axborot xabarnomalarini tayyorlash) boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirish. | 1. Oʻtgan saylovlarni tahlil qilish asosida matbuot anjumanlari, brifinglar oʻtkazish, matbuot va axborot xabarnomalarini tayyorlash. 2. Faoliyatni yoritish boʻyicha axborot materiallarining namunalarini tayyorlash va tarqatish. | Saylov kampaniyasi davrida | Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti |
| IV. Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha ijtimoiy sheriklikni rivojlantirish | ||||
| 30. | Hududlarda fuqarolik jamiyati institutlarining fuqarolarning saylov madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalari boʻyicha “Erkin saylovlarga 30 yil” mavzusida davlat granti tanlovini oʻtkazish. | 1. Tanlovni oʻtkazish tartib-taomillarini belgilovchi hujjatni qabul qilish. 2. Tanlov shartlari va muddatlari toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabar berish. 3. Kelib tushgan loyihalarni oʻrganish. 4. Tanlov gʻoliblarni aniqlash hamda ularga shartnoma asosida grantlar ajratish. | 2021-yil 1-sentabrgacha | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari |
| 31. | Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha davlat ijtimoiy buyurtmasini berish. | 1. Davlat ijtimoiy buyurtmasini shakllantirish. 2. Qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ijtimoiy buyurtmasini: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan berish; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari tomonidan berish. | Qonunchilikda belgilangan muddatda | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari |
| 32. | Fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va siyosiy partiyalarning kuzatuvchilari uchun oʻquvlarni tashkil etish. | 1. Chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Zarur shart-sharoitlarni yaratish va oʻquv materiallari bilan taʼminlash. 3. Chora-tadbirlar rejasi asosida oʻquvlarni oʻtkazish. | Chora-tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, siyosiy partiyalar, Adliya vazirligi, |
| 33. | Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning saylov huquqlarini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish boʻyicha “Saylov uchastkasiga yoʻl” ijtimoiy loyihasini amalga oshirish. | 1. Ijtimoiy loyihani ishlab chiqish va tasdiqlash. 2. Volontyorlik hamda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida faoliyat yurituvchi nodavlat notijorat tashkilotlarini loyihaga jalb qilish. | Saylov kampaniyasi davrida | Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari Milliy assotsiatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlari, vazirlik va tashkilotlar |
| 34. | Saylov tartib-taomillarining qonuniyligi va oshkoraligini taʼminlash boʻyicha siyosiy partiyalar va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan hamkorlik mexanizmlarini ishlab chiqish. | Chora-tadbirlarni belgilab olish hamda amalga oshirish. | 2021-yil davomida | Siyosiy partiyalar, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida) |
| V. Sanitariya-epidemiologik xavfsizlik va osoyishtalikni taʼminlash choralarini koʻrish | ||||
| 35. | Barcha tadbirlarni amalga oshirishda sanitariya-epidemiologik xavfsizlik va osoyishtalikni taʼminlashga doir talablarga qatʼiy rioya qilish. | Tadbirlarni amalga oshirishda sanitariya-epidemiologik xavfsizlik va osoyishtalikni taʼminlash choralarini koʻrish. | Doimiy | Sogʻliqni saqlash vazirligi va barcha masʼul ijrochilar |
3-ILOVA
Aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha Milliy harakatlar dasturi ijrosi yuzasidan “Yoʻl xaritasi” bajarilishini monitoring qiluvchi ishchi guruh
| Saidov Akmal Xolmatovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh hamrahbari |
| Safoyev Sodiq Solixovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh hamrahbari |
| Ishchi guruh aʼzolari: | ||
| Xaitov Aktam Axmadovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari |
| Kadirov Alisher Keldiyevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari |
| Ibragimova Zuxra Ametovna | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari |
| Inoyatov Ulugbek Ilyasovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari |
| Gapporov Xayrillo Lutpillayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining rahbari |
| Kuchkarov Baxrom Tulkinovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Raisining oʻrinbosari |
| Ikramov Muzraf Mubarakxodjayevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari |
| Xodjayev Asadjon Azatbekovich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori |
| Xadjayev Alisher Djurakulovich | — | Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi |
| Abduxalikov Firdavs Fridunovich | — | Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruv raisi |