Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiNING
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiNING
Qarori
“Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 23-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3112-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-son “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari reytingini aniqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining 2018-yil 17-dekabrdagi 9-mh va 14-mh-son “Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 3112, 2018-yil 29-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/3112/2420-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 18-iyun,
22-mh-son
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-iyun,
9-mh-son
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2021-y., 10/21/3112-1/0589-son)