Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2021 29.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3112
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining qarori, 29.12.2018 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3112
Кучга кириш санаси
31.12.2018
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.06.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 29-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3112]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2021-yil 18-iyundagi 22-mh-sonli va Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 9-mh-sonli ““Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3112-1, 23.06.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabrdagi PF-5538-son “Xalq taʼlimini boshqarish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻi U. TAShKENBAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri Sh. ShERMATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va Xalq taʼlimi vazirligining 2018-yil 17-dekabrdagi 9-mh va 14-mh-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAHOLASh MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Ball

Koʻrsatkichlar uchun ballarni hisoblash metodikasi

1.

Bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha tayyorgarligi va taʼlim sifati darajasi*

35

Bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha tayyorgarligi va taʼlim sifati darajasi koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

bunda

— bitiruvchilarning umumtaʼlim fanlari boʻyicha tayyorgarlik darajasi koʻrsatkichi;

— bitiruvchilarning taʼlim sifati darajasi koʻrsatkichi;

P1.1 — soʻnggi oʻquv yili yakunida oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish


imtihonlarida bitiruvchilar tomonidan toʻplangan ballar �igʻindisi;

P1.2 — soʻnggi oʻquv yili yakunida oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul


qilingan bitiruvchilar soni;

P11 — umumtaʼlim muassasasidagi 11-sinf bitiruvchilarining umumiy soni.

a) Bitiruvchilarning taʼlim tayyorgarlik darajasi
(11-sinf bitiruvchilari tomonidan oliy taʼlim muassasalariga kirishda toʻplangan ballar asosida)

20

b) Bitiruvchilarning taʼlim sifati darajasi
(11-sinf bitiruvchilari orasidan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirganlar salmogʻi asosida)

15

2.

Umumtaʼlim muassasasi 9-sinf oʻquvchilarining bilim darajasi koʻrsatkichi**

(nazorat ishlari asosida)

25

Umumtaʼlim muassasasi 9-sinf oʻquvchilari bilim darajasi koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

bunda,

P2 — nazorat ishida ishtirok etgan 9-sinf oʻquvchilarining umumiy toʻplagan balli;


P9 — nazorat ishida ishtirok etgan 9-sinf oʻquvchilarining umumiy soni.

3.

Umumʼtaʼlim muassasasining oliy va birinchi toifali pedagog xodimlari ulushi***

(oliy va birinchi malaka toifali pedagog xodimlar sonini aniqlash asosida)

20

Umumtaʼlim muassasasining oliy va birinchi toifali pedagog xodimlari ulushi koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

bunda,

P3 — umumtaʼlim muassasasidagi oliy va birinchi toifali pedagog xodimlar soni;


P — umumtaʼlim muassasasidagi pedagog xodimlarning umumiy soni.

4.

Ijtimoiy soʻrovnoma natijalari***

20

Umumtaʼlim muassasasining oʻquvchilari va pedagogik jamoasi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalari koʻrsatkichi quyidagi formula orqali aniqlanadi:

bunda,

— pedagog va rahbar xodimlar faoliyati samaradorligi koʻrsatkichi;

— umumtaʼlim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va oʻqitish muhitining holati koʻrsatkichi;

P4.1 — oʻquvchilar tomonidan berilgan ijobiy javoblar soni;


Poʻ — ijtimoiy soʻrovnomada ishtirok etgan oʻquvchilar soni;


P4.2 — pedagog xodimlar tomonidan berilgan ijobiy javoblar soni;


Pp— ijtimoiy soʻrovnomada ishtirok etgan pedagog xodimlar soni.

a) Pedagog va rahbar xodimlar faoliyati samaradorligi
(oʻquvchilar oʻrtasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovnoma asosida)

10

b) Umumtaʼlim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va oʻqitish muhiti holati
(pedagogik jamoa orasida oʻtkaziladigan ijtimoiy soʻrovnoma asosida)

10

Umumiy ball

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) har yili 31-dekabrga qadar 11-sinfni bitirib, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish imtihonlarida qatnashgan oʻquvchilar soni va ular toʻplagan ballar yigʻindisi hamda talabalikka qabul qilinganlar soni haqidagi maʼlumotlarni tumanlar (shaharlar) va umumtaʼlim muassasalari kesimida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazidan va Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy oʻquv yurtlarining filiallaridan soʻrov asosida oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Umumtaʼlim muassasasi 9-sinf oʻquvchilarining bilim darajasi Davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻtkaziladigan nazorat ishlari orqali aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** Umumtaʼlim muassasasidagi oliy va birinchi malaka toifali pedagog xodimlar soni tegishliligiga koʻra tasarrufida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idora yoki ularning hududiy boʻlinmalari tomonidan Davlat inspeksiyasiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
**** Umumtaʼlim muassasasining rahbar va pedagog xodimlari faoliyati hamda pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va u yerdagi oʻqitish muhitining holati Davlat inspeksiyasi va uning hududiy boʻlimlari tomonidan oʻquvchilar va pedagog xodimlar oʻrtasida ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarining reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish masalalari mazkur Baholash mezonlariga ilovaga muvofiq Umumtaʼlim muassasalarining reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda reyting ballarini hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori M. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2018-yil 17-dekabr
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlariga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumtaʼlim muassasalarining reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda reyting ballarini hisoblash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
METODIKASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Metodika umumtaʼlim muassasalari faoliyati samaradorligi boʻyicha reytingini (bundan buyon matnda reyting deb yuritiladi) tuzishda umumtaʼlim muassasalarining faoliyati samaradorligini baholash mezonlari uchun asos hisoblanadigan zarur maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat inspeksiyasi deb yuritiladi) tomonidan reyting tumanlar (shaharlar) kesimida tanlash asosida har yili tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish oʻquv yili davomida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumtaʼlim muassasalari reytingini tuzish maqsadida har yili 10-yanvarga qadar Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi asosida reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, umumtaʼlim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish boʻyicha komissiya (bundan buyon matnda komissiya deb yuritiladi) tuziladi. Komissiya tarkibiga kelishuv asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va boshqa davlat organlari va tashkilotlarining vakillari kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi bilan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda har yili 20-yanvargacha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda Davlat inspeksiyasining hududiy boʻlimlari va tasarrufida umumtaʼlim muassasasi boʻlgan vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalari (bundan buyon matnda hududiy boʻlinmalar deb yuritiladi) xodimlaridan iborat tegishli hududdagi umumtaʼlim muassasalari reytingini aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish, umumtaʼlim muassasalarida nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalarni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlar (bundan buyon matnda ishchi guruhlar deb yuritiladi) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Reytingda qatnashadigan tumanlar (shaharlar) va umumtaʼlim muassasalari roʻyxati komissiya tomonidan belgilanadi hamda har yili 1-fevralgacha Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqilgan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha jadvallar har yili 1-martga qadar ishchi guruhlar orqali hududiy boʻlinmalarga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hududiy boʻlinmalar tomonidan reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha jadvallarga tegishli maʼlumotlar kiritilib, mazkur maʼlumotlar asoslantiruvchi hujjatlari bilan birgalikda har yili 1-iyunga qadar ishchi guruhlarga taqdim etiladi. Maʼlumotlarning ishchi guruhlarga belgilangan muddatdan kechikmay, sifatli va toʻgʻri taqdim etilishi uchun hududiy boʻlinmalar rahbarlari shaxsan javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish jarayonida hududiy boʻlinmalar tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan qoʻshimcha oʻrganilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Asoslantiruvchi hujjatlari mavjud boʻlmagan, shuningdek yolgʻon yoki notoʻgʻri maʼlumotlar reytingni hisoblashda inobatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar va ularning asoslantiruvchi hujjatlari ishchi guruhlar tomonidan Davlat inspeksiyasiga har yili 15-iyungacha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Reytingni aniqlashga oid nazorat ishlari va ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar bazasini shakllantirish jarayonida ishchi guruhlar tomonidan har yili mart-may oylarida umumtaʼlim muassasalari 9-sinf oʻquvchilarining umumtaʼlim fanlari boʻyicha bilim darajasini aniqlash maqsadida yozma ish yoki test sinovlaridan iborat nazorat ishlari oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Nazorat ishlari oʻtkaziladigan fanlar va savollar miqdori komissiya tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nazorat ishlari oʻtkazish uchun ishchi guruhlar tomonidan kamida bitta sinf qurʼa tashlash orqali aniqlab olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nazorat ishlari boshlanishidan oldin bitiruvchi sinflar oʻquvchilari va pedagogik jamoa bilan ijtimoiy soʻrovnoma oʻtkaziladi. Bunda pedagog va rahbar xodimlar faoliyati, taʼlim muassasasidagi ijtimoiy-maʼnaviy muhit va pedagog xodimlarning dars berish mahorati haqida oʻquvchilar fikri, shuningdek umumtaʼlim muassasasida pedagog xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar va oʻqitish muhitining holati haqida pedagog xodimlar fikri oʻrganiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijtimoiy soʻrovnoma savollari xalq taʼlimi tizimidan mutaxassislarni jalb qilgan holda Davlat inspeksiyasi tomonidan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Pedagogik jamoa bilan oʻtkaziladigan soʻrovnomada umumtaʼlim muassasasining barcha pedagog xodimlari qatnashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Reyting ballarini hisoblash metodikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Reytingni aniqlash quyidagi hisoblash metodikasi asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli formula asosida reytingda ishtirok etayotgan barcha umumtaʼlim muassasalarining ballari har bir koʻrsatkich boʻyicha alohida hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli koʻrsatkich boʻyicha eng katta natijaga ega boʻlgan umumtaʼlim muassasasiga mazkur koʻrsatkich uchun belgilangan eng yuqori ball beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qolgan barcha umumtaʼlim muassasalarining ballari eng yuqori ballga ega boʻlgan umumtaʼlim muassasasining balliga nisbatan hisoblab chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir koʻrsatkich boʻyicha hisoblangan ballar yigʻindisi asosida umumtaʼlim muassasasining reytingi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Reyting natijalari ommaviy axborot vositalarida va Davlat inspeksiyasining veb-saytida keyingi oʻquv yili boshlanishidan kechiktirmay joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Reytingni aniqlashga oid maʼlumotlar Davlat inspeksiyasida besh yil davomida saqlanadi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2018-y., 10/18/3112/2420-son)