12.06.2021 yildagi 28/142-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtkoʻl tumani qabristonlariga nom berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 41-son, 448-modda), Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarnn tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 4142-son, 483-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-mart kungi 01-30/1-3425-sonli bayoni ijrosini taʼminlash, shuningdek geografik obyektlarni nomlash sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan kun tartibidagi masala deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib Xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tuman Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻrtkoʻl tumani hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻiicha tuman komissiyasining bayonnomasiga asosan Toʻrtkoʻl tumani hududidagi nomlanadigan va qayta nomlanadigan qabristonlar nomlari roʻyxati 1-ilovaga asosan tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tuman statistika boʻlimi (U. Yerdjanov), tuman davlat soliq inspeksiyasi (A. Abdalov) va tegishli mutasaddi tashkilotlarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur qaror 1-ilovasida amalga oshirilayotgan oʻzgarishlarni eʼtiborga olsin va mazkur qarordan kelib chiqqan holda tegishli idoraviy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman hokimining oʻrinbosari, Toʻrtkoʻl tumani geografik obyektlariga nom berish toʻgʻrisidagi masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari (X. Matnazarov)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir hafta muddatda hududlardagi nomlari oʻzgartirilgan va qayta nomlangan tumandagi ayrim hududlardagi qabristonlarning nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, belgilangan tartibda zamonaviy koʻrinishda, lotin yozuvida, peshlavhalarga yozib oʻrnatish ishlarini tashkil etish vazifalari yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman hokimligi huzuridagi geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi aʼzolari, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi va fuqarolar yigʻini raislariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda hududlarda qabriston nomlari oʻzgarganlik holatlari boʻyicha aholi oʻrtasida keng targʻib etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toʻrtkoʻl tumani hokimligi matbuot kotibi (M. Bekchanova)ga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda nomlari oʻzgartirilgan qabristonlarning yangi nomlarini aholi oʻrtasida keng targʻib qilish hamda mazkur qarorni “Toʻrtkoʻlnoma” gazetasida va hokimlik veb-saytlariga joylashtirish vazifasi yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qaror bilan bogʻliq hujjatlar geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasiga taqdim etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash bilan bogʻliq moliyalashtirish yuzasidan tuman moliya boʻlimi 3 kun muddatda tuman hokimligiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu qaror rasmiy nashrda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari, Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari boʻyicha tuman komissiyasi raisi oʻrinbosari (X. Matnazarov)ga, Xalq deputatlari Toʻrtkoʻl tumani Kengashining “Ijtimoiy madaniy rivojlantirish va yoshlar masalalari” boʻyicha doimiy komissiya raisi (Z. Xodjaniyazova)lar zimmalariga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash raisi R. ShAMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻrtkoʻl t.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 12-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28/142-son