Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirining
buyrugʻi
“Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini oʻzlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3036-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-aprelda 222-son “Ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanib kelayotgan iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining 2018-yil 4-iyundagi 14/5-son “Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy tashkilotlarda (markazlar, universitetlar va boshqalar), shu jumladan ilmiy laboratoriyalarni jihozlash uchun sotib olinadigan yuqori texnologik asbob-uskunalarda ishlash metodikasini oʻzlashtirish uchun qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish maqsadida ularni tanlov asosida saralash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3036, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/3036/1472-son) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Fanlar Akademiyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir I. ABDURAXMONOV
Toshkent sh.,
2021-yil 14-iyun,
148-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B. YULDASHEV
2021-yil 3-iyun
Vazir A. TOShKULOV
2021-yil 28-may
Moliya vaziri T. IShMETOV
2021-yil 9-iyun
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/3036-1/0573-son)