Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining
Qarori
Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaning 20-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 17 iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3197-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Sanitariya-epidemiologiya xizmati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining 2019-yil 17-oktabrdagi 12-son qarori (roʻyxat raqami 3197, 2019-yil 19-noyabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.11.2019-y, 10/19/3197/4037-son; 20.10.2020-y., 10/20/3197-1/1396-son) bilan tasdiqlangan Qattiq maishiy chiqindi poligonlarini loyihalashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomaning 20-bandidagi “Tuman (shahar) sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatining tuman (shahar) boʻlimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais A. MAKSUDOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-iyun,
5-son
Kelishildi:
Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2021-yil 28-may
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 10/21/3197-2/0572-son)