17.06.2021 yildagi 377-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 17.06.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut va soliq texnikumlari faoliyatini tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tizimidagi taʼlim muassasalari faoliyatini samarali tashkil etish hamda davlat soliq xizmati organlari tizimi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzurida Fiskal institutni tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 4-noyabrdagi PQ-4879-son qaroriga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat soliq qoʻmitasi) huzuridagi Malaka oshirish markazi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut (keyingi oʻrinlarda — Institut) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fargʻona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlari 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab Institut huzuridagi Fargʻona, Toshkent va Buxoro soliq texnikumlari (keyingi oʻrinlarda — soliq texnikumlari) etib qayta tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab quyidagi tartib joriy etilishi inobatga olinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishi kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish davomiyligi toʻrt yil, sirtqi taʼlim shakli boʻyicha besh yil etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning magistratura mutaxassisliklari kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha oʻqish davomiyligi bir yil hamda masofaviy, sirtqi va kechki taʼlim shakli oʻqish davomiyligi ikki yil etib belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning bakalavriat va magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga qabul qilishda test sinovlarini ochiq va oshkora oʻtkazish, oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyuldagi 393-son va “Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarorlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining markaziy apparatida soliqlar va soliqqa tortish, moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, shuningdek iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan rahbar xodimlarni Institut magistraturasiga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda masofaviy, sirtqi va kechki taʼlim oʻqitish dasturlari boʻyicha oʻqishi uchun qabul qilish tegishli davlat organining birinchi rahbari tavsiyasiga koʻra kirish test sinovlarisiz, toʻlov-shartnoma asosida qabul parametrlaridan tashqari amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda bakalavriatni imtiyozli tugatgan bitiruvchilar, istisno tariqasida, Institut magistraturasiga test sinovlarisiz, toʻlov-shartnoma asosida, oʻqish qiymatining 50 foizini toʻlab, qabul parametrlaridan tashqari, oʻqishni tugatgandan soʻng davlat soliq xizmati organlarida kamida uch yil uzluksiz ishlash majburiyatini yuklagan holda qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari tavsiyasiga muvofiq “temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari boʻlgan hamda Institutga talabalikka tavsiya etilgan yoshlar uchun xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari, homiylik xayriyalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlov-shartnomasi yoki subsidiya ajratish orqali moliyalashtiriladigan alohida qabul parametrlarini belgilashga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat soliq qoʻmitasining Institut faoliyati va ilmiy oʻquv jarayonini tashkil etish yuzasidan quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim dasturlariga, xalqaro professional assotsiatsiyalar va birlashmalarning malaka sertifikatlari boʻyicha kasbiy koʻnikmalar va maxsus bilimlarni oʻzlashtirishga doir fanlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi buyurtmasi asosida davlat soliq xizmati organlari xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari boʻyicha shartnoma asosida rahbar va xodimlarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirish kurslarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasining buyurtmasiga asosan soliqqa tortish hamda moliyaviy nazorat sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqotlar olib borishni joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Institut rektoriga budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan quyidagi tadbirlarni amalga oshirish huquqi berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut istiqbolli kunduzgi taʼlim bitiruvchilari va xodimlarining xorijiy taʼlim va ilmiy tashkilotlari magistratura va doktoranturasida oʻqish qiymati va u bilan bogʻliq xarajatlar uchun toʻlovlarni ular oʻqish tugatgandan soʻng Institutda kamida besh yil uzluksiz ishlash sharti bilan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut va soliq texnikumlarining iqtidorli talaba hamda oʻquvchilariga stipendiya ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy va mahalliy malakali mutaxassislarni Institutda taʼlim jarayonlariga konsultant, maʼruzachi va oʻqituvchi sifatida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlarini yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga va boshqa tashkilotlarga stajirovka oʻtash uchun yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) soliq texnikumlari bitiruvchilari, shuningdek Davlat soliq qoʻmitasi tizimidagi Fargʻona, Toshkent va Buxoro soliq kollejlarining davlat soliq xizmati organlarida kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlgan bitiruvchilari Institutning bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga oʻqishning ikkinchi yilidan boshlab oʻqishga qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilar soliq texnikumlari faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-shartnoma asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyati va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Institut va soliq texnikumlariga oʻz idoralaridagi statistik, arxiv va boshqa maʼlumotlardan (axborotdan foydalanish qonun bilan cheklangan holatlar bundan mustasno) foydalanish imkoniyatini yaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik kengashining vazifalari va vakolatlarini belgilash, faoliyatini tashkil etish va tugatish hamda qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etishni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyundagi 377-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.

Sh.D. Kudbiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliqqoʻmitasi raisi, Vasiylik kengashi raisi

2.

M.M. Maxkamov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari

3.

I.I. Norqulov

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari

4.

D.Sh. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari

5.

O.A. Pekos

Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi

6.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari

7.

I.M. Muxtorov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari

8.

N.F. Karimov

Oʻzbekiston auditorlar palatasi kengashi raisi

9.

M.M. Tulaxodjayeva

Oʻzbekiston buxgaltyerlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi

10.

B.S. Nabijonov

Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi boshqaruvi raisi

11.

Sh.S. Qayumov

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi” DUK direktori

12.

A.S. Linnikov

Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti xalqaro masalalar boʻyicha prorektori (kelishuv asosida)

13.

M. Kaselyauskas

Xalqaro valyuta jamgʻarmasi eksperti (kelishuv asosida)

14.

Lavozimiga koʻra

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut rektori, Vasiylik kengashi kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Vasiylik kengashi aʼzolari boshqa ishga oʻtganda, uning tarkibiga mazkur lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyundagi 377-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institutning Vasiylik kengashi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institutning (keyingi oʻrinlarda — Institut) Vasiylik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyatini tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengash Institutning jamoatchilik organi boʻlib, yuridik shaxs hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengash oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Taʼlim jarayonida ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, taʼlim sifatini yaxshilash, Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va taʼlim jarayonini takomillashtirish Kengashning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kengash tarkibiga davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillari, homiylar, shuningdek, Institut faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan boshqa shaxslar kirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Kengash vazifalari va vakolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim jarayonini hamda talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini samarali tashkil etish va takomillashtirish, shuningdek, Institut bitiruvchilarini kelgusida ishlab chiqarish, fan va taʼlimni integratsiyalashni rivojlantirish orqali ishga joylashtirishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bakalavrlar va magistrlar tayyorlash sifatini hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusida mehnat bozori rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlashda Institutga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar tayyorlash sifatiga koʻmaklashadigan istiqbolli dasturlarni moliyalashtirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rivojlantirish, fundamental (amaliy) ilmiy-texnik ishlanmalarni amalga oshirish, oʻquv va ilmiy jarayonlarni oqilona integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning bevosita ishlab chiqarishdagi amaliy mashgʻulotlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi malakali va tajribali mutaxassislarni taʼlim jarayoniga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut pedagog kadrlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularning malaka oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut faoliyatining izchil rivojlantirilishini taʼminlash uchun homiylik xayriyalarini, grantlar va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ehtiyojmand talabalarni ijtimoiy himoyalashni taʼminlash, iqtidorli talabalarga stipendiyalar ajratish, ijarada turuvchi talabalar uchun yashash va hordiq chiqarish sharoitlarini yaxshilash, shuningdek, taʼtillar davrida talabalarning dam olishini tashkil etishga koʻmaklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutni zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, Institutning zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini shakllantirish va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda sogʻlom intellektual va maʼnaviy-psixologik, pedagoglar va talabalar oʻrtasida oʻzaro hamfikrlik muhitini shakllantirishga, ularda kasbiy, maʼnaviy, intellektual va jismoniy takomillashuvga doimiy intilishni tarbiyalashga yoʻnaltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mualliflik oʻquv dasturlari, metodik qoʻllanmalar, tavsiyanomalar, didaktik materiallar hamda boshqa oʻquv-metodik hujjatlarni ishlab chiqish va nashr etishga homiylik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtidorli talabalarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga tajriba orttirishga yuborish boʻyicha takliflarni shakllantirish, ular uchun maxsus stipendiyalar taʼsis etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning professor-oʻqituvchilar tarkibi, katta ilmiy xodimlari — izlanuvchilari va talabalari uchun xalqaro tajriba almashishni tashkil etishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutdan zarur maʼlumotlar va axborotlarni belgilangan tartibda oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutning ish rejalarini, tadbirlar rejalarini, dasturlarini va boshqa hujjatlarini muhokama etishda qatnashadi, ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritadi, shuningdek, Institut rektoriga Institut xodimlari va talabalarini moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida tavsiyanomalar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning mablagʻ tushumlari va mablagʻlarining sarflanishi boʻyicha moliyaviy rejani tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash mablagʻlari boʻyicha moliyaviy rejaning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishini tekshirish uchun nazorat-taftish komissiyasini tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qonunchilik hujjatlariga va Institut ustaviga muvofiq boshqa vakolatlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash ishtirok etishning ixtiyoriyligi va Kengash vakolatiga tegishli masalalarni hal etishda uning barcha aʼzolarining teng huquqliligi tamoyillari asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash, qoidaga koʻra, Kengash raisi, raisning oʻrinbosari, kotib va aʼzolardan iborat tarkibda shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut rektori lavozimiga koʻra Kengash kotibi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Kengashga raislik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻz vakolatlarini Institut rektoriga berish huquqiga ega emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kengash raisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlisi kun tartibini belgilaydi va uni chaqiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi nazorat qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning yillik ish rejasi bajarilishi toʻgʻrisidagi hisobotni Kengashga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolariga yuklangan vazifalar bajarilishi yuzasidan ularning ishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlarda Kengash nomidan vakillik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning samarali ishlashini taʼminlash uchun boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kengash raisi oʻrinbosarining vakolatlari Kengashning qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kengash aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institutda taʼlim jarayonini rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash tomonidan koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha xulosa taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari Kengash tarkibida oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari majlisda shaxsan qatnashishi kerak. Bunday qatnashishning imkoni boʻlmagan taqdirda, Kengash aʼzosi majlisning kun tartibi boʻyicha oʻz fikrini Kengashga yozma ravishda taqdim etishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kengash oʻz majlislarini zaruriyatga koʻra, biroq yil choragida kamida bir marta oʻtkazadi. Kengash raisi tomonidan uning aʼzolarining yozma iltimosnomalari asosida navbatdan tashqari majlislar chaqirilishi mumkin. Iltimosnomalarda navbatdan tashqari majlisni chaqirishning sabablari va asoslari bayon qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kengash majlisini Kengash raisi, u boʻlmagan taqdirda esa — Kengash raisining oʻrinbosari boshqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlisi unda Kengash aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Majlisni oʻtkazish uchun kvorum yoki rais va uning oʻrinbosari boʻlmaganda, Kengash majlisini oʻtkazishning yangi sanasi eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Kengash majlisiga koʻrib chiqiladigan masalalarning xususiyatiga koʻra davlat organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislari, oliy taʼlim muassasasining xodimlari, ayrim jismoniy shaxslar taklif etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kengash kotibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash majlislarga barcha zarur hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majlislarni oʻtkazish muddatlari va joyini Kengash raisi bilan kelishadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibi masalalari boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlisning sanasi, kun tartibi loyihasi, majlisni oʻtkazish vaqti va joyidan xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qarorlari bajarilishi monitoringini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash bayonnomalarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonnomalarni Kengash aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash kotibi Kengash aʼzosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kengash oʻz faoliyatini Institut rektori bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kengash qarori Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda, Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashi aʼzolari tomonidan Institutga taqdim etilgan mablagʻlar boʻyicha tushumlar va sarflarning yillik moliyaviy rejasini, shuningdek, vasiylik mablagʻlaridan foydalanilishini tasdiqlash masalalari boʻyicha qaror Kengashning majlisda qatnashgan aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kengash qarorlari Kengash majlisining bayonnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisining bayonnomasi Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Kengash aʼzolariga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Kengash bayonnomasining asl nusxasi va uning materiallari Institutda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut rektori Kengash hujjatlarining saqlanishini taʼminlash uchun shart-sharoitlar yaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Kengash kotibi Kengash aʼzolarining yordamida Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadi va koʻrib chiqadi, zaruriyat boʻlganda, Kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash qabul qilingan qarorlarning ijro etilishi holatini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Kengashning ish tartibi Kengash tasdiqlaydigan reglamentda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Vasiylik mablagʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Vasiylik mablagʻlari vakillari Kengash aʼzolari hisoblanadigan tashkilotlarning, shuningdek, Kengash aʼzolarining xayriyalari, ixtiyoriy badallari shaklida Kengash tomonidan Institutga jalb etiladigan qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablagʻlar hisobiga shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik mablagʻlari mol-mulk, pul mablagʻlari, boshqa moddiy va nomoddiy aktivlar shaklida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Vasiylik mablagʻlaridan Kengashning maqsadlari, vazifalari va vakolatlarini amalga oshirish va ularga erishish uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vasiylik mablagʻlari Institutning alohida hisobvaragʻida jamlanadi va ulardan belgilangan tartibda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vasiylik mablagʻlari sarflanishining yoʻnalishi, maqsadi va hajmi Kengash majlisida tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik mablagʻlari sarfining moliyaviy rejasiga Institutdagi Kengash faoliyati bilan bogʻliq joriy xarajatlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vasiylik mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasi Kengashning qarori asosida Institut rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaruratga koʻra vasiylik mablagʻlari xarajatlar smetasiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vasiylik mablagʻlarining buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, mablagʻlar zarur tarzda rasmiylashtirilishi va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish uchun Institutning rektori va bosh buxgalteri javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vasiylik mablagʻlarining joriy yilda foydalanilmagan qoldigʻi olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Kengash vasiylik mablagʻlaridan toʻgʻri, maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan moliyaviy nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazoratni amalga oshirish uchun Kengashning nazorat-taftish komissiyasi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash nazorat-taftish komissiyasining raisi va aʼzolarini tayinlash tartibi, ularning vakolatlari muddatlari va taftishlarni oʻtkazish davriyligi Kengash qarori bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Kengashning nazorat-taftish komissiyasi bir yilda bir marta vasiylik mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan sarf-xarajatlarni taftish qiladi hamda vasiylik mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilganligi yuzasidan Kengash oldida hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Moliya-xoʻjalik faoliyati bilan bogʻliq kelishmovchiliklar qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Kengash faoliyatini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Kengash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tarqatib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Kengash tarqatib yuborilgan taqdirda, uning vasiylik mablagʻlarini boshqarish boʻyicha vakolati vaqtincha Institutning Kengashiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-iyundagi 377-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq kollejini tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 14-iyuldagi 298-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qaroriga 1-ilovaning 20-bandi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.06.2021-y., 09/21/377/0565-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)