ILOVA
| T/r | Tadbirlar nomi | Amalga | Ijro muddatlari | Moliyalashtirish manbalari | Masʼul ijrochilar |
| I. Institut faoliyatini samarali tashkil etish | |||||
| 1. | Institut ustavini ishlab chiqish va tasdiqlash. | Ustav loyihasi | ikki oy muddatda | - | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I. Majidov) |
| 2. | Institut Vasiylik kengashi tarkibi, nizomi va ish rejasini tasdiqlash. | Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi | ikki oy muddatda | - | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
| 3. | Institutni malakali kadrlar, shu jumladan oʻquv, ilmiy-metodik ishlarni tashkil etish maqsadida boshqa taʼlim, tadqiqot muassasalarining mutaxassislari bilan toʻldirish. | Kompleks tashkiliy | ikki oy muddatda | - | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 4. | Quyidagilarni ishlab chiqish va tasdiqlash: Institutning tegishli taʼlim dasturlarini yakunlagan shaxslarga qoʻyiladigan malaka talablari; Institutning zamonaviy talablar va standartlarga javob beradigan, shuningdek, taʼlim jarayonini soliq organlari faoliyatining asosiy vazifa hamda yoʻnalishlari bilan bogʻliqligini taʼminlaydigan oʻquv rejalari va dasturlari. | Kompleks tashkiliy | 2021-yil | - | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 5. | Institutning Axborot-resurs markazi fondini zamonaviy oʻquv, ilmiy va boshqa adabiyotlar bilan toʻldirish, shu jumladan, mahalliy va xorijiy huquqiy hamda axborot-tahliliy nashrlarga muntazam obunasini taʼminlash. | Amaliy | 2021-yil 1-iyunga qadar | Institut mablagʻlari | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 6. | Institutni “Elektron taʼlim” milliy tarmogʻiga, A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxonaning elektron axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlariga ulash. | Kompleks tashkiliy | 2021-yil 1-fevralga qadar | Institut mablagʻlari | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 7. | Institutning oʻquv dasturlariga (rejalariga) kiritilgan fanlar boʻyicha oʻquv qoʻllanmalar va oʻquv-uslubiy materiallarni tayyorlash va nashr etish dasturini tasdiqlash. | Dastur loyihasi | 2021-yil | Institut mablagʻlari | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 8. | Institutning “Soliq va hayot” ilmiy-amaliy huquqiy jurnalini tashkil etish, roʻyxatdan oʻtkazish hamda uni Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan iqtisod va yurisprudensiya sohasida asosiy ilmiy-amaliy natijalarni nashr qilish uchun tavsiya qilinadigan ilmiy nashrlar roʻyxatiga kiritish. | Tashkiliy | uch oy muddatda | Institut mablagʻlari | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi |
| 9. | Institutning xalqaro hamkorligini rivojlantirish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish: yetakchi ilmiy-tadqiqot va boshqa muassasalar bilan memorandumlar va oʻzaro hamkorlik kelishuvlarini tuzish, qoʻshma dasturlarni amalga oshirish; Institut professor-oʻqituvchilar tarkibining malakasini oshirish va talabalarni oʻqitish jarayoniga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish amaliyotini joriy etish; Institut oʻqituvchilari va xodimlarini xorijiy mamlakatlar taʼlim muassasalarida stajirovka oʻtashi, shuningdek, doimiy ravishda soliq maʼmuriyatchiligining dolzarb masalalari boʻyicha xalqaro ilmiy-amaliy forumlarda ishtirok etishini tashkil etish. | Kompleks tashkiliy | 2021-yil 1-iyunga qadar | - | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 10. | Institut oʻqituvchilarining Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universitetida malaka oshirish va kasbiy qayta tayyorlash dasturlariga jalb qilish. Institut talabalari va abituriyentlarini 2021/2022 oʻquv yilida Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universitetining bakalavriati va magistraturasiga qabulini tashkillashtirish. | Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan birgalikda ishlab chiqiladigan “Yoʻl xaritasi” | 2021-yil 1-martga qadar | Institut mablagʻlari | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
| 11. | Institutning rasmiy internet veb-sayti va sahifasini yaratish. | Kompleks tashkiliy | 2021-yil 1-aprelga qadar | Institut mablagʻlari, boshqa manbalar | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev) |
| 12. | Buxoro, Fargʻona va Toshkent soliq texnikumlari faoliyatini samarali tashkil qilish boʻyicha Kompleks dasturni ishlab chiqish. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi | 2021-yil 1-aprelga qadar | - | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| II. Institutning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash | |||||
| 13. | Masofaviy (elektron) taʼlimni tashkil etish va videokonferensiyalar oʻtkazish uchun uskunalarni xarid qilish va oʻrnatish, shuningdek, masofaviy taʼlim tizimini videokonferensaloqa, onlayn testlar va soʻrovlarni oʻtkazish orqali tegishli dasturiy mahsulotlardan foydalangan holda ishlab chiqish va joriy etish. | Kompleks tashkiliy | 2021-yil 1-iyunga qadar | Institut mablagʻlari | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 14. | Institutning Axborot-resurs markazini zamonaviy texnika, zarur jihozlar va qoʻshimcha vositalar bilan jihozlash. | Kompleks tashkiliy | 2021-yil 1-iyunga qadar | Institut mablagʻlari | Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), |
| 15. | Institutni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulanishini taʼminlash. | Kompleks tashkiliy | 2021-yil 1-yanvarga qadar | Institut mablagʻlari | Axborot texnologiyalari |