14.06.2021 yildagi PQ-5146-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 10.06.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, parrandachilikni rivojlantirish va tarmoq ozuqa bazasini yanada mustahkamlash hamda parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda “Parrandasanoat” uyushmasining 2021-yil 1-iyundan boshlab qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi boʻlgan parrandachilik xoʻjaliklariga — oʻz xoʻjaliklarida yetishtirilib, realizatsiya qilingan tuxumning har bir donasi uchun 50 soʻm hamda parranda goʻshtining har bir kilogrammi uchun 1 000 soʻm miqdorida respublika budjetidan subsidiya ajratish taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tijorat banklari tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar quyidagilar uchun ajratilayotgan kredit boʻyicha Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
omuxta yem va parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kichik tadbirkorlik subyektlariga umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilik loyihalarini amalga oshirish uchun umumiy qiymati 5 milliard soʻmdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan tijorat banklarining milliy valyutada ajratiladigan kredit va lizinglari boʻyicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun uch yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi;
(2-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-iyundagi PF-150-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son — 2022-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kushxona va muzlatkichlarni oʻz ichiga olgan parrandalarni soʻyishga moʻljallangan zamonaviy kompleksni (keyingi oʻrinlarda — zamonaviy kompleks) ishga tushirgan tadbirkorlik subyektiga loyiha qiymati 40 milliard soʻmdan oshmaydigan qismining 10 foizi miqdorida Moliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan subsidiya beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, ushbu bandning “b” kichik bandida belgilangan subsidiya toʻlovi 1-ilovaga muvofiq hududlarda tashkil etiladigan sanitariya va ekologiya talablariga, shu jumladan ISO 22000 NACCP standartiga javob beradigan dastlabki 14 ta zamonaviy kompleksga ular ishga tushirilgandan soʻng beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning 2-bandida nazarda tutilgan kompensatsiya toʻlovlarini qoplash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 15 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻ Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga oʻtkazib berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltirilsin. Bunda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqichda — 50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar 2021-yil 1-iyulga qadar, shundan 15 million AQSH dollari “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqichda — 35 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar, 1-bosqich mablagʻlarining ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari boʻyicha Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashining qaroriga asosan yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur mablagʻlarning 70 million AQSH dollari ekvivalentidagi qismi tadbirkorlik subyektlariga Markaziy bank asosiy stavkasida kreditlar berish uchun “Mikrokreditbank” ATBga 7 yil muddatga 3 yillik imtiyozli davr bilan Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punktdan past foiz stavkada ajratiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltiriladigan maqsadli mablagʻlar quyidagilarni moliyalashtirish uchun ajratiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bugʻdoy, makkajoʻxori, soya doni va shroti, kungaboqar shroti kabi ozuqa-yem mahsulotlarini eng arzon boʻlgan yigʻim-terim davrlarida zaxira qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parrandachilik xoʻjaliklari va ozuqa-yem mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarda mavjud quvvatlarni toʻliq ishga tushirish uchun 24 oygacha boʻlgan muddatga aylanma mablagʻ ajratish va modernizatsiya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltiriladigan maqsadli mablagʻlar hisobiga boshqa tijorat banklari orqali tadbirkorlik subyektlariga ajratiladigan kreditlar ham moliyalashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyuldan boshlab 2024-yil 1-iyulga qadar asosiy faoliyat turi parrandachilik boʻlgan tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda soligʻi (tijorat banklarida joylashtirilgan mablagʻlardan olingan foizlardan tashqari), mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 50 foiz miqdorida qoʻllaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyulga qadar tuxum, parranda goʻshti va mahsulotlarini eksport qiluvchi hamda soya donini import qiluvchi tadbirkorlik subyektlari (ularning vakolatli vakillari)ga avtomobil, temir yoʻl va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Parrandasanoat” uyushmasiga aʼzo korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlardan parrandachilik sohasi ekspert va mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari hamda ularning 6 oylik ish haqi miqdorining 50 foizi, biroq oyiga 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi qoplab beriladi. Bunda, mazkur xarajatlar uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hisobidan 5 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining parrandachilik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimi joriy etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, “Parrandasanoat” uyushmasi raisi bir vaqtning oʻzida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining parrandachilik masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi bilan birgalikda 2021-yil yakuniga qadar 2-ilovaga muvofiq parranda mahsulotlari yetishtirishning prognoz koʻrsatkichlarini bajarish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qurilish vazirligi va boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda 2021-yil 1-dekabrga qadar veterinariya-sanitariya talablarining xalqaro tajribasiga asosan parrandachilik korxonalarini texnologik loyihalashtirish meʼyorlarini ishlab chiqsin va 2022-yil 1-yanvardan boshlab tashkil etilayotgan parrandachilik loyihalarining ushbu meʼyorlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Parrandasanoat” uyushmasi bir oy muddatda parrandachilik tarmogʻiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha loyiha takliflarini ishlab chiqsin va 2022-yil 1-yanvarga qadar rivojlangan xorijiy davlatlardagi tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikda respublikada naslchilik va omuxta yem yoʻnalishida loyihalar amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-mavze, 35a-uyda joylashgan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi sobiq Toshkent transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi (asosiy vositalari) bilan birgalikda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tomorqa xoʻjaliklarida parrandalarning anʼanaviy va kasalliklarga chidamli zot va turlari parvarishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutiga quyidagi vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mahsuldor xonaki parrandalarning reproduktiv podalarini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
naslli tuxum inkubatsiyasini yoʻlga qoʻyish hamda parranda zotlarini sinovdan oʻtkazish va takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy tomorqa xoʻjaliklariga mos, ixcham parvarishlash texnologiyalari va organik ozuqalar turlarini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholida parranda boqish va organik mahsulot yetishtirish koʻnikmalarini shakllantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida bazaviy moliyalashtirish shartlari asosida faoliyat yurituvchi 4 ta shtat birligidan iborat “Parrandachilik seleksiyasi va texnologiyasi” boʻlimini tashkil etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. “Parrandasanoat” uyushmasi Toshkent shahri, Kichik halqa yoʻli koʻchasi, 21-“A” uy manziliga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. “Oʻzdonmahsulot” AK boshqaruv organining Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish guruhlarini “Oʻzdonmahsulot” AKga tegishli boʻlgan Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 36-uyda joylashgan binoda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda yetishtirilgan va realizatsiya qilingan parranda goʻshti va tuxum uchun subsidiyalar ajratish tartibini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Parrandachilikni rivojlantirish va parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi B.T. Norqobilov, moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari Sh.M. Gʻaniyev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5146-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarda ishga tushiriladigan kushxona va muzlatkichlarni oʻz ichiga olgan parrandalarni soʻyishga moʻljallangan namunaviy loyihadagi zamonaviy komplekslar dislokatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Kompleks soni, dona

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati

1

2.

Andijon viloyati

1

3.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

1

4.

Jizzax va Sirdaryo viloyatlari

1

5.

Qashqadaryo viloyati

1

6.

Namangan viloyati

2

7.

Samarqand viloyati

2

8.

Surxondaryo viloyati

1

9.

Toshkent viloyati

3

10.

Fargʻona viloyati

1

Jami

14

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yilda parranda mahsulotlari yetishtirishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PROGNOZ KOʻRSATKICHLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Hududlar nomi

Inkubatsion tuxum

(mln dona)

1 kunli joʻja

(mln bosh)

Broyler goʻsht

(ming tonna)

Boshqa turdagi parranda goʻshti

(ming tonna)

Jami parranda goʻshti

(ming tonna)

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

13,6

3,5

17,1

2.

Andijon viloyati

2,7

2,2

28,3

6,5

34,8

3.

Buxoro viloyati

4,7

3,8

12,8

4,0

16,8

4.

Jizzax viloyati

8,7

2,8

11,5

5.

Qashqadaryo viloyati

0,7

0,6

13,7

4,0

17,7

6.

Navoiy viloyati

6,5

2,8

9,3

7.

Namangan viloyati

19,1

15,3

24,7

4,7

29,4

8.

Samarqand viloyati

147,0

117,7

108,4

11,0

119,4

9.

Surxondaryo viloyati

8,2

3,5

11,7

10.

Sirdaryo viloyati

31,8

25,4

25,7

2,0

27,7

11.

Toshkent viloyati

45,8

36,7

87,4

12,3

99,7

12.

Fargʻona viloyati

13,1

10,5

38,3

5,2

43,5

13.

Xorazm viloyati

3,8

3,1

7,1

4,3

11,4

Jami:

268,7

215,3

383,3

66,6

450,0

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parrandachilikni rivojlantirish va parrandachilik yoʻnalishidagi tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Amalga oshirish uchun masʼullar

I. Parrandachilik sohasini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash

1.

Kompensatsiya toʻlovlarini qoplash uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 15 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablagʻni Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga oʻtkazib berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-iyul

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ishmetov)

2.

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan parrandachilik loyihalarini moliyalashtirish uchun 85 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻni “Mikrokreditbank” ATBga yoʻnaltirish. Bunda:

Tashkiliy chora-tadbirlar

Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi (Vafayev), Moliya vazirligi (Ishmetov), Markaziy bank (Nurmuratov), “Mikrokreditbank” ATB (Butayev)

1-bosqichda50 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar, shundan 15 million AQSH dollari “Mikrokreditbank” ATBning ustav kapitalini oshirish uchun;

2021-yil 1-iyul

2-bosqichda35 million AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlar, 1-bosqich mablagʻlarining ishlatilishi samaradorligini baholash natijalari boʻyicha Chorvachilik va uning tarmoqlarini rivojlantirish Respublika kengashining qaroriga asosan yoʻnaltirish.

1-bosqich natijasi boʻyicha

3.

Mazkur qarorda belgilangan hududlarda kushxona va muzlatkichlarni oʻz ichiga olgan 14 ta parrandalarni soʻyishga moʻljallangan zamonaviy komplekslarni ishga tushirish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021 — 2023-yillarda

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Maqsudov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (Yusupaliyev), “Parrandasanoat” uyushmasi (Isayev)

II. Parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash

4.

Respublikada mavjud parrandachilik korxonalarining quvvatlardan toʻliq foydalanish va yangi loyihalarni ishga tushirish hisobiga parranda goʻshti yetishtirish hajmini 450 ming tonnaga yetkazish choralarini koʻrish. Jumladan:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi — 17 ming tonna;

Andijon viloyati — 35 ming tonna;

Buxoro viloyati — 17 ming tonna;

Jizzax viloyati — 12 ming tonna;

Qashqadaryo viloyati — 18 ming tonna;

Navoiy viloyati — 10 ming tonna;

Namangan viloyati — 30 ming tonna;

Samarqand viloyati — 120 ming tonna;

Sirdaryo viloyati — 28 ming tonna;

Surxondaryo viloyati — 12 ming tonna;

Toshkent viloyati — 100 ming tonna;

Fargʻona viloyati — 44 ming tonna;

Xorazm viloyati — 11 ming tonna.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil 31-dekabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (Yusupaliyev), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Maqsudov), “Mikrokreditbank” ATB (Butayev), “Parrandasanoat” uyushmasi (Isayev)

5.

Quvvati kamida 20 ming tonna boʻlgan parranda goʻshti ishlab chiqarish loyihalarini boshlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-yil 1-sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev), Jizzax viloyati hokimligi (Soliyev), Navoiy viloyati hokimligi (Tursunov), Qashqadaryo viloyati hokimligi (Mirzayev), Surxondaryo viloyati hokimligi (Bobolov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), “Parrandasanoat” uyushmasi (Isayev), “Mikrokreditbank” ATB (Boʻtayev)

6.

Respublika boʻylab har bir tumanda aholi xonadonlariga parranda (tovuq, kurka, oʻrdak, gʻoz) tarqatish, yetishtirilgan mahsulotlarni sotib olish boʻyicha kooperatsiya ishlarini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021-2022-yillar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Sariyev), viloyatlar hokimliklari, “Mikrokreditbank” ATB (Boʻtayev), “Parrandasanoat” uyushmasi (Isayev)

III. Parrandachilik sohasida ilmiy salohiyatni oshirish

7.

Parranda soʻyish korxonalariga qoʻyiladigan minimal talablarni nazarda tutuvchi qoidalarni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (Yusupaliyev), Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi (Xaitmetov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (Sattarov)

8.

Veterinariya-sanitariya talablarining xalqaro tajribasiga asosan parrandachilik korxonalarini texnologik loyihalashtirish meʼyorlarini ishlab chiqish va tashkil etilayotgan parrandachilik loyihalarini ushbu meʼyorlarga rioya qilgan holda amalga oshirilishini taʼminlash.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2022-yil 1-yanvar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (Maqsudov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (Xadjibayev), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (Xudaybergenov), Qurilish vazirligi (Zokirov), “Parrandasanoat” uyushmasi (Isayev)

9.

Xalqaro moliya institutlarining grant mablagʻlari hisobidan “Parrandasanoat” uyushmasi huzurida zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan parrandalar ozuqasi tarkibini tahlil qilish hamda parrandalar kasalliklari tashxisini aniqlash laboratoriyasini tashkil etish.

Tashkiliy tadbirlar

2022-yil 1-aprel

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), “Parrandasanoat” uyushmasi (Isayev)

10.

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-mavze, 35a-uyda joylashgan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi sobiq Toshkent transport kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududi (asosiy vositalari) bilan birgalikda Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkent filialiga operativ boshqaruv huquqi asosida berish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-avgust

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Ortiqov)

11.

2023-yil va kelgusi yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturlarini shakllantirishda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent filialining bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash hamda jihozlash loyihalarini ushbu dasturlarga belgilangan tartibda kiritish.

Kompleks chora-tadbirlar

2022-yil 1-oktabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (Norqulov), Moliya vazirligi (Ishmetov)

12.

Tomorqa xoʻjaliklarida parrandalarning anʼanaviy va kasalliklarga chidamli zot va turlari parvarishini tizimli yoʻlga qoʻyish maqsadida Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti huzurida Xonaki parrandalar markaziy reproduktori” ilmiy-ishlab chiqarish tajriba markazini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yil 1-yanvar

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti (Nurmatov)

13.

10 ming bosh ona podani import qilish va ozuqa mahsulotlarini xarid qilish uchun talab etiladigan mablagʻlarni Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-noyabr

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov)

14.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida bazaviy moliyalashtirish shartlari asosida faoliyat yurituvchi 4 ta shtat birligidan iborat “Parrandachilik seleksiyasi va texnologiyasi” boʻlimini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-avgust

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov)

15.

Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy salohiyatini oshirish uchun oliy taʼlimdan keyingi taʼlim (doktorantura)ga “Parrandachilik seleksiyasi” va “Parrandachilik texnologiyasi” ixtisosliklari boʻyicha har yili 2 ta oʻrin ajratish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2022-yildan boshlab

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Moliya vazirligi (Ishmetov), Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (Toshkulov)

16.

“Parrandasanoat” uyushmasi rahbarlari, soha olimlari va tadbirkorlarning parrandachilik tarmogʻi rivojlangan davlatlarda ilgʻor tajribalarni oʻrganishi va malaka oshirishini tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-oktabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), “Parrandasanoat” uyushmasi (Isayev)

17.

Vengriyaning parrandachilik korxonalari bilan birgalikda naslli parranda tayyorlash va ozuqa bazasini mustahkamlash boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni tashkil etish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

2021-yil 1-noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Qudratov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Xodjayev), Namangan viloyati hokimligi (Abdurazzaqov), Samarqand viloyati hokimligi (Turdimov), Surxondaryo viloyati hokimligi (Bobolov)

18.

Chorvachilik va parrandachilikni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan respublikaning tabiiy-iqlim sharoitiga mos, naslli xonaki parranda zotlarini yaratish boʻyicha ilmiy loyihalarni amalga oshirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimiy ravishda

Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (Norqobilov), “Mikrokreditbank” ATB (Boʻtayev), “Parrandasanoat” uyushmasi (Isayev)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 14-iyundagi PQ-5146-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-4254-son qarori 3-bandining oltinchi xatboshisidan “Parrandasanoat” uyushmasi,” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-yanvardagi “Chorvachilik tarmogʻini davlat tomonidan koʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4576-son qarorining 17-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Eksport faoliyatini yanada qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4707-son qaroriga 1-ilovaning 1-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi “Chorvachilik tarmoqlarini davlat tomonidan yanada qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5017-son qarori 3-bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “1-iyuldan” soʻzlari “1-iyundan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “800 soʻm” soʻzlari “1 000 soʻm” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.06.2021-y., 07/21/5146/0555-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son, 16.06.2022-y., 07/22/281/0526-son; 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 16.02.2024-y., 06/24/36/0130-son; 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son; 30.12.2024-y., 06/24/228/1091-son)