Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 18-noyabrdagi OʻRQ-647-son Qonuni)
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi toʻgʻrisida” 2020-yil 18-noyabrdagi OʻRQ-647-son Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni R.M. Djurayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 10-iyun,
363-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 10-iyundagi 363-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya va Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilariga, oʻquv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlariga tibbiy xizmat koʻrsatishni tartibga solish toʻgʻrisida” 1996-yil 27-sentabrdagi 336-son qarori 1-bandining birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-davolash muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy xizmatchilarini, katta ofitserlarining oila aʼzolarini (eri, xotini, oʻn sakkiz yoshga toʻlmasidan oldin nogiron boʻlib qolgan oʻn sakkiz yoshdan oshgan farzandlari, taʼlim muassasalarida taʼlimning kunduzgi shaklida tahsil olayotgan yigirma uch yoshgacha boʻlgan farzandlarini), oʻquv muassasalari tinglovchilari hamda kursantlarini belgilangan tartibda tuziladigan shartnomalarga asosan statsionar davolash vazifasi yuklansin”.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-martdagi 119-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini harbiy roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaning harbiy xizmatga majburlarini roʻyxatga olish tegishlicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi”;
b) 5-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilarni harbiy roʻyxatga kiritish va undan chiqarish tartibi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi organlari va harbiy tuzilmalariga roʻyxatga olish uchun berilgan, shuningdek, Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi kadrlariga oʻtkazilgan harbiy xizmatga majburlar tegishli vazirliklar va idoralarning roʻyxatida turadi.
Ular xizmatdan boʻshatilgandan keyin boʻshatish paytidagi lavozimlari va unvonlari boʻyicha yashash joyidagi mudofaa ishlari boʻlimlariga roʻyxatga olish uchun beriladilar, xizmatni Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati organlarida oʻtagan shaxslar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi organlariga roʻyxatga olish uchun berilayotgan harbiy xizmatga majburlarni, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiyasi va Davlat bojxona qoʻmitasi kadrlariga oʻtkazilgan harbiy xizmatga majburlarni harbiy roʻyxatdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri va favqulodda vaziyatlar vazirining, Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi boshligʻining, Milliy gvardiyasi qoʻmondonining, Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni va Davlat bojxona qoʻmitasi raisining buyrugʻidan koʻchirma asosida amalga oshiriladi”;
v) 7-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiyaning harbiy xizmatga majburlarini roʻyxatga olishni tashkil etish va yuritish tartibi masalalari boʻyicha yoʻriqnomalar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, roʻyxatga olish va hisobot berishning tegishli blanklari tegishliligi boʻyicha Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi”.
3. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻ ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovaning 39-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
39. |
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi |
Oz miqdorda talon-toroj qilish uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi. |
25 |
”. | |
|
Oʻta muhim va toifalangan obyektlarga kirish-chiqish rejimini buzish yoki ushbu obyektlarning qoʻriqlanishini taʼminlashga doir majburiyatlarni bajarmaslik uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi. |
25 | ||||
|
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzish bilan bogʻliq huquqbuzarliklardan tashqari)uchun belgilangan tartibda solinadigan jarimalar summasi. |
25 |
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-iyuldagi 354-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2022-y., 09/22/354/0593-son)
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 26-sentabrdagi 764-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarida tibbiy tekshiruvni tashkil etish va harbiy-tibbiy ekspertizani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga quyidagi mazmundagi 21-band qoʻshilsin:
“21. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlari va ularning oila aʼzolarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga xodimlar xizmat qiladigan lavozimlarga qabul qilinayotgan nomzodlarni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining zaxiradagi yoki sobiq xodimlarini tibbiy tekshiruv va harbiy-tibbiy ekspertizadan oʻtkazish, ichki ishlar organlari xodimlari, ularning oila aʼzolari, ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinayotgan nomzodlar hamda ichki ishlar organlarining zaxiradagi yoki sobiq xodimlari uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimidagi harbiy-tibbiy komissiya tomonidan amalga oshiriladi”.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Sport kurashlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 16-yanvardagi 38-son qarorining 3-bandi yettinchi xatboshidagi “eng kam ish haqi miqdoriga” soʻzlari “bazaviy hisoblash miqdoriga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 320-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati organlarida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaga “Ichki ishlar organlarining maxsus unvonlari” ustunidan keyin quyidagi mazmundagi ustun qoʻshilsin:
|
Milliy gvardiya organlarining maxsus unvonlari |
||
|
Leytenant |
||
|
Katta leytenant |
||
|
Kapitan |
||
|
Mayor |
||
|
Podpolkovnik |
||
|
Polkovnik |
”. |
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2021-y., 09/21/363/0549-son; 05.07.2022-y., 09/22/354/0593-son; 25.06.2024-y., 09/24/352/0444-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)