Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining
Qarori
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 14-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2038-5]
Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 01/19-18/24, 43-sonli Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga (roʻyxat raqami 2038, 2009-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 501-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Raisi Sh. ShARAXMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 12-iyun,
08/15-05/01-son
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti boshligʻi D. RAXIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 11-iyun,
20-son
Kelishildi:
“Oʻzbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ Boshqaruv raisi Z. BADRIDDINOV
2021-yil 10-iyun
“Respublika universal agrosanoat birjasi” AJ bosh direktori T. VALITOV
2021-yil 10-iyun
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 2021-yil 12-iyundagi 08/15-05/01-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 2021-yil 11-iyundagi 20-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. 1-bandda:
oʻn beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuqori mansabdor shaxslar — chet davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida, shu jumladan harbiy tuzilmalarida, yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv funksiyalarni bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslar, shuningdek xorijiy davlat korxonalarining rahbarlari, xorijiy taniqli siyosatchilar va siyosiy partiyalarining taniqli aʼzolari (shu jumladan sobiq);”;
quyidagi mazmundagi oʻn oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yuqori mansabdor shaxslarga yaqin boʻlgan shaxslar — yuqori mansabdor shaxslarga ijtimoiy va kasbiy jihatdan bevosita bogʻliq boʻlgan jismoniy shaxslar;”;
oʻn oltinchi — oʻn toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha oʻn yettinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyish — pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni oʻtkazishni, konversiyalashni, tasarruf etishni yoxud koʻchirishni taqiqlash;
yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmasi — chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq yuridik shaxs tashkil etmagan holda tashkil etilgan va oʻz ishtirokchilarining (paychilarning, ishonch bildiruvchilarning yoki boshqa shaxslarning) yoxud boshqa benefitsiarlarning manfaatlarini koʻzlab daromad (foyda) olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan tashkiliy tuzilmadir (fondlar, sherikliklar, shirkatlar, trastlar, jamoaviy investitsiyalar va (yoki) ishonchli boshqaruvning boshqa shakllari);
uchinchi tomon — Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasida koʻrsatilgan tashkilotlar.”.
2. 4-bandda:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Roʻyxatga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarni kechiktirmasdan va oldindan xabardor qilmasdan toʻxtatib turish, bundan yuridik yoki jismoniy shaxsning shaxsiy hisobvaragʻiga tushayotgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish, va toʻxtatib turilgan kunning oʻzida bunday operatsiyalar haqida maxsus vakolatli davlat organini xabardor qilish;”;
oʻn uchinchi xatboshidagi “va ularning yaqin qarindoshlari” degan soʻzlar “ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslarning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida ijro etish.”.
3. Quyidagi mazmundagi 41-band bilan toʻldirilsin:
“41. Birjalar birja aʼzolariga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni mustaqil ravishda toʻxtatib turish, bunda yuridik yoki jismoniy shaxsning shaxsiy hisobiga tushadigan mablagʻlarni oʻtkazish boʻyicha operatsiyalar mustasno, va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay toʻxtatib qoʻyish hamda ulardan foydalanishga ruxsat berish va toʻxtatib turilgan operatsiyalarni tiklash imkoniyatini yaratib berishi shart.”.
4. 6-bandda:
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha qonunchilik talablarini bajarmayotgan birja aʼzolariga nisbatan mutanosib ravishda sanksiyalarni qoʻllash;”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“birja tomonidan monitoring va nazoratni amalga oshirish maqsadida birja aʼzosining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatiga aralashmasdan birjaning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha zarur hujjatlar va maʼlumotni talab qilish huquqini;”;
oʻn birinchi xatboshisi tegishlicha oʻn ikkinchi xatboshisi deb hisoblansin.
5. Quyidagi mazmundagi 71 va 72-bandlar bilan toʻldirilsin:
“71. Birja aʼzolarining chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.
Agarda birja aʼzolarining chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari joylashgan mamlakatning qonunchilik bilan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi yengilroq ichki nazorat chora-tadbirlari nazarda tutilgan boʻlsa, ular mazkur Qoidalarga amal qilishlari kerak.
72. Birja aʼzosi oʻzining chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarga rioya qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, birja aʼzosining bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida birja aʼzosining bosh ofisi bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga xabar berishi shart.”.
6. Quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
“81. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida birjaning vakolatli xodimi birja aʼzolarining rahbarlarini, benefitsiar mulkdorlarini va affillangan shaxslarini (agar mavjud boʻlsa) identifikatsiyalashi va ularni Roʻyxat bilan solishtirishi kerak.
Birjaning vakolatli xodimi birja aʼzolarining rahbarlari, benefitsiar mulkdorlari yoki affillangan shaxslari (agar mavjud boʻlsa) Roʻyxat bilan toʻliq mos kelgan taqdirda, bu haqida darhol maxsus vakolatli davlat organiga, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasiga hamda birja rahbariga xabar berishi shart.”.
7. Quyidagi mazmundagi 91-band bilan toʻldirilsin:
“91. Masʼul shaxs lavozimiga tayinlanayotgan shaxs jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligini hamda birja savdosi qoidalarini bilishi kerak.”.
8. 13-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagicha bayon etilsin:
“benefitsiar mulkdorlarni identifikatsiyalash va ularning shaxsini tekshirish boʻyicha mumkin boʻlgan chora-tadbirlarini koʻrish;”;
quyidagi mazmundagi oʻn birinchi-oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“maxsus vakolatli davlat organining pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni oʻttiz ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarini oʻz vaqtida bajarish;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha oʻquv tadbirlarida ishtirok etish va oʻquv tadbirlarida olingan maʼlumotlarni birja faoliyatida ishtirok etuvchi birja aʼzosi xodimlarga yetkazish.”;
oʻn birinchi xatboshisi tegishlicha oʻn uchinchi xatboshisi deb hisoblansin.
9. 14-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻqitish muntazam ravishda, yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi.”.
10. 162-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha” degan soʻzlar “mijoz nomidan ish yurituvchi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Agar mijozning benefitsiar mulkdorini aniqlashning imkoni boʻlmasa, birja aʼzolari mijozning rahbarini identifikatsiyalashlari kerak.”;
beshinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishlicha oltinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha yuqorida koʻrsatib oʻtilgan choralarni koʻrish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslar va ularning oila aʼzolari yoki benefitsiar egasi boʻlgan yuqori mansabdor shaxslarning yaqin shaxslariga nisbatan birja aʼzolarining xodimlari:”;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuqori mansabdor shaxs, uning oila aʼzolari yoki yuqori mansabdor shaxsga yaqin shaxslar bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina birja aʼzosining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi (yoki mavjud mijozlar uchun davom ettirish);”.
11. Quyidagi mazmundagi 163-band bilan toʻldirilsin:
“163. Birja aʼzolari mazkur Qoidalarning 162-bandi ikkinchi — beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirgan uchinchi tomonlarning lozim darajada tekshirish natijalariga ishonishlari mumkin. Mazkur hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish natijalari boʻyicha soʻnggi javobgarlik birja aʼzosining zimmasida qoladi. Bunda birja aʼzosi:
mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha identifikatsiyalash maʼlumotlari va boshqa tegishli hujjatlar nusxalarini soʻrov asosida darhol olish imkoniyatiga ega boʻlishiga;
uchinchi tomon mazkur Qoidalar asosida ishlashiga ishonch hosil qilishi kerak.
Mazkur bandning yuqorida koʻrsatilgan talablaridan biriga rioya qilinmagan taqdirda, birja aʼzolari mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni mustaqil ravishda amalga oshirishlari kerak.”.
12. 17-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mijoz va mijozning benefitsiar mulkdori identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.”;
ikkinchi xatboshisi tegishlicha uchinchi xatboshisi hisoblansin.
13. Quyidagi mazmundagi 171-band bilan toʻldirilsin:
“171. Birjaning aʼzosi, agar mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni qoʻllash imkoni boʻlmasa, mijoz bilan ish munosabatlariga kirishni rad etishi va (yoki) mavjudlarini toʻxtatishi, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar yuborishi shart.”.
14. 23-band ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mijozlarni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar ahamiyati va tavakkalchiliklardan kelib chiqqan holda hamda mijoz maʼlumotlarida oʻzgarishlar boʻlganda, biroq birja aʼzosi tomonidan tavakkalchilik yuqori baholanganda yiliga kamida bir marotaba, boshqa hollarda ikki yilda kamida bir marotaba yangilanishi lozim.”.
15. Quyidagi mazmundagi 231-band bilan toʻldirilsin:
“231. Agar, mavjud mijozning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga aloqasi borligi haqida asoslantirilgan shubhalar mavjud boʻlganida va unga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirayotganligi oshkor boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha choralar amalga oshirmasdan maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya haqida xabar yuborilishiga yoʻl qoʻyiladi.”.
16. Quyidagi mazmundagi 251-band bilan toʻldirilsin:
“251. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi birjalar bilan birgalikda yiliga kamida bir marta, shuningdek birja savdolaridagi yoki jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilik oʻzgarishi munosabati bilan birja aʼzolari faoliyatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tavakkalchilik darajasini oʻrganadi.”.
17. 26-bandda:
yettinchi xatboshidagi “haqiqiy egasi” degan soʻzlar “benefitsiar mulkdori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
toʻqqizinchi xatboshidagi “va ularning yaqin qarindoshlari.” degan soʻzlar “ularning oila aʼzolari va yuqori mansabdor shaxslarga yaqin shaxslar.” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
18. Quyidagi mazmundagi 301-band bilan toʻldirilsin:
“301. Birja aʼzolari Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan maxsus vakolatli davlat organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladigan shubhali operatsiyani erta aniqlash boʻyicha uslubiy qoʻllanmalarni tatbiq etishlari mumkin.”.
19. 32-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan toʻxtatilishi va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni solmay toʻxtatib qoʻyilishi lozim, agarda:”;
yettinchi xatboshi “operatsiyasi toʻxtatib turilganda” degan soʻzlardan keyin “va (yoki) pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyilganda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birja aʼzolari toʻxtatilgan operatsiyani oʻtkazishni tiklashni va ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkdan foydalanishga ruxsat berishni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini toʻxtatib turish, pul mablagʻlarini yoki boshqa mol-mulkni ishga solmay toʻxtatib qoʻyilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 2833, 2016-yil 11-oktabr) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.”.
20. 37-bandda:
birinchi xatboshi “ish yozishmalarini” degan soʻzlardan keyin “va har qanday tahlil natijalarini” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi.”.
21. Quyidagi mazmundagi 371-band bilan toʻldirilsin:
“371. Birjalar oshkor qilmaslik va saqlash muddatlari boʻyicha talablarga rioya etgan holda barcha hujjatlarning elektron nusxalarini saqlashlari mumkin.”.
22. Quyidagi mazmundagi 381-band bilan toʻldirilsin:
“381. Mijozning lozim darajada tekshirilganligi haqida, shu jumladan, mijozning soʻrovnomasidan maʼlumot uchinchi tomonlarga ularning soʻroviga binoan berilishi mumkin.”.
23. 40-band quyidagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Yuridik shaxsni tashkil etmagan chet el tuzilmalariga ham mazkur Qoidalar bilan belgilangan talablar qoʻllaniladi.”.
24. Quyidagi mazmundagi 401-band bilan toʻldirilsin:
“401. Birja aʼzosining ichki audit xizmati mavjud boʻlganda, ichki nazorat tizimining samaradorligini monitoring qilish ichki audit xizmati tomonidan amalga oshiriladi.”.
25. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar ilovaga muvofiq tahrirdagi 1 — 3-ilovalar bilan toʻldirilsin.
26. Mazkur oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublika tovar xomashyo birjasi va Respublika universal agrosanoat birjasi bilan kelishilgan.
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
1-ILOVA
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
MAʼLUMOTLAR
1. Familiyasi, ismi va otasining ismi.
2. Tugʻilgan sanasi va joyi.
3. Fuqaroligi haqida maʼlumotlar.
4. Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami yoki soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami.
5. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.
6. Fuqaro pasporti yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat (hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi).
7. Mobil telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
2-ILOVA
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan
MAʼLUMOTLAR
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
a) toʻliq, shuningdek, agar davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
v) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;
g) joylashgan joyi (pochta manzili), shuningdek roʻyxatdan oʻtgan ofisining manzili va bosh ofisining manzili, agar u birinchisidan farq qilsa;
d) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
e) litsenziyalanadigan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
j) imzo huquqiga ega boʻlgan jismoniy shaxslar yoki yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsning identifikatsiyalash toʻgʻrisida maʼlumotlar;
z) yuridik shaxs taʼsischilari (yirik aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda mijozning ustav fondi (kapitali)dagi ularning ulushlari toʻgʻrisida maʼlumotlar;
i) roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
k) yuridik shaxsning boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
l) telefon raqamlari.
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻladigan maʼlumotlar:
a) Mazkur qoidalarning 1-ilovasida koʻzda tutilgan maʼlumotlar;
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
g) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
d) telefon raqamlari;
e) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar.
Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
3-ILOVA
Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan
MAʼLUMOTLAR
1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarning 1, 2-ilovalarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
2. Mijozning benefitsiar mulkdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
3. Mijozning yuqori mansabdor shaxs (uning oila aʼzosi yoki unga yaqin shaxs) ekanligi toʻgʻrisida belgi.
4. Tavakkalchilik darajasi haqida maʼlumot, shu jumladan, tavakkalchilikni baholash asoslari.
5. Birja aʼzosi tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.
6. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana.
7. Mijoz anketasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.
8. Mijoz bilan ishlashga masʼul xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
9. Qogʻoz shaklidagi mijoz anketasini toʻldirgan xodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda) yoki elektron koʻrinishdagi mijoz anketasini (birja aʼzosining elektron raqamli imzosidan foydalangan holda) toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
10. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.”.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.06.2021-y., 10/21/2038-5/0552-son)