09.06.2021 yildagi PF-6244-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi yillarda mamlakatimiz sanoat salohiyatini mustahkamlash va hududlarni kompleks rivojlantirish, shahar va viloyatlarda yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish hisobiga aholini ish bilan band qilishni kengaytirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi va amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Natijada, soʻnggi toʻrt yil ichida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 23 foizga, shu jumladan elektrotexnika, toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika, zargarlik sanoati, qurilish materiallari, mebel, uy-roʻzgʻor buyumlari va boshqa isteʼmol mollari ishlab chiqarish singari sanoatning hududlarda jadal rivojlanayotgan tarmoqlari 1,3 barobardan koʻproq oʻsdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, hududlarda mavjud sanoat salohiyatidan, ayniqsa, qurilish industriyasini rivojlantirishda noruda minerallarning xomashyo bazasini oʻzlashtirish imkoniyatlaridan toʻliq foydalanilmayapti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, keramzit, silikat qumi, shisha xomashyosi, qurilish va qoplama toshlarga ega oʻrganilgan konlarning yarmidan koʻpi oʻzlashtirilmay qolmoqda. Natijada, sanitariya-texnik vositalar boʻyicha mahalliy ishlab chiqarish ichki bozorning faqatgina 40 foizini, gazbeton bloklar — 51 foizini, lok-boʻyoq mahsulotlari — 65 foizini, qurilish oynalari — 70 foizini, devor gulqogʻozlari — 30 foizini tashkil etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektrotexnika, toʻqimachilik, charm-poyabzal, oziq-ovqat, farmatsevtika, zargarlik buyumlari, qogʻoz sanoati, qurilish materiallari, mebel, uy-roʻzgʻor buyumlari ishlab chiqarish va boshqa mahalliy sanoat tarmoqlarini (keyingi oʻrinlarda — mahalliy sanoat) jadal rivojlantirishga koʻmaklashuvchi yaxlit tizimni yaratish, shuningdek, hududlarning sanoat salohiyatini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy sanoatni jadal rivojlantirishni taʼminlash boʻyicha quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mavjud tabiiy va iqtisodiy resurslarni jalb qilish, tumanlar (shaharlar) salohiyatini ishga solish va ularning nisbiy ustunliklaridan foydalanish asosida mahalliy sanoatni rivojlantirish “drayverlari” boʻlgan tarmoqlarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlarning ichki va tarmoqlararo kooperatsiya aloqalarini kengaytirish va chuqurlashtirish, korxonalarni global ishlab chiqarish zanjirlariga jalb qilish va ishlab chiqarilgan mahsulotlarni uchinchi davlatlarga hamkorlikda eksport qilishni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni taʼminlaydigan xususiy va xorijiy investitsiyalar hamda zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“qoʻshimcha qiymat zanjirlari”ni kengaytirish, ishlab chiqarish tannarxi va xarajatlarini kamaytirish, tayyor mahsulotlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish asosida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik sanoat va maxsus iqtisodiy zonalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish va faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy tendensiyalarni hisobga olgan holda mahalliy sanoat korxonalari uchun professional kadrlar tayyorlash, trening dasturlaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqlar va hududlarning sanoat salohiyatini oshirish maqsadida tartibga solish muhiti va standartlarni takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-ilovaga muvofiq 24 ta tumanlar (shaharlar)ni qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish (keyingi oʻrinlarda — ixtisoslashtirilgan tumanlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzurida 3-ilovaga muvofiq tarkibda Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tumanlarda zarur yer uchastkalarini ajratgan holda, shu jumladan “Oʻzsanoatqurilishbank” ATB huzuridagi “PSB Capital” MChJ investitsiya kompaniyasi ishtirokida, qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida “kichik sanoat zonalari”ni tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasi (S. Umurzakov) “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzuridagi Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash (S. Annaklichev), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda, ikki oy muddatda ixtisoslashuv sohasini inobatga olib, loyihalar amalga oshirilishi taklif qilinadigan tumanlar (shaharlar) roʻyxatini shakllantirgan holda 2022 — 2026-yillarda mahalliy sanoat tarmoqlarini jadal rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBga qurilish materiallari sanoatidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 200 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasi (J. Qoʻchqorov) va Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun koʻzda tutilgan mablagʻlar hisobidan 2021-yilda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashtirilgan tumanlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish uchun 400 milliard soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun 100 milliard soʻm mablagʻ ajratilishini nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asoslantirilgan takliflariga binoan ixtisoslashtirilgan tumanlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha ishlarning manzilli roʻyxatini tasdiqlasin va ushbu manzilli roʻyxatga muvofiq ishlarning moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi 2021-yil 1-oktabrga qadar kim oshdi savdolari natijalariga koʻra 500 ta noruda foydali qazilmalar konlarining investorlarga foydalanishga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Belgilansinki, 2021-yil 1-iyuldan boshlab 4-ilovada koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan qurilish materiallarining muvofiqligini tasdiqlash ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan deklaratsiya qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining mahalliy sanoat tarmoqlarini va qurilish materiallari ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga koʻmaklashishga qaratilgan yangi yaxlit tizimni joriy etish toʻgʻrisidagi, quyidagilarning shaxsiy javobgarligini nazarda tutuvchi takliflari maʼqullansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S. Umurzakovga — mahalliy sanoatni jadal rivojlantirishga koʻmaklashishning vertikal tizimini joriy qilish yuzasidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlariga — “ichki bozor ehtiyojlarini oʻrganish — importni tahlil qilish — resurs bazasini aniqlash — yangi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish” tamoyili asosida mahalliy sanoatni rivojlantirish yuzasidan.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish boʻyicha yordamchisi lavozimi mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi lavozimiga oʻzgartirilsin. Bunda, ularning kotibiyatlari shtati Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining hududiy boʻlinmalaridan 2 ta shtat birligini oʻtkazish hisobiga 3 ta shtat birligigacha kengaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari zimmasiga Kotibiyat hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining mahalliy sanoatni rivojlantirish masalalari boʻyicha yordamchisi faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 2021-yil 1-iyuldan Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va viloyatlar iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish bosh boshqarmalari huzuridagi Kichik sanoat zonalari direksiyalari Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tizimiga toʻligʻicha mavjud shtat birliklari va moddiy-texnika bazasi bilan birgalikda oʻtkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov bir hafta muddatda ushbu Farmon talablaridan kelib chiqqan holda, Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisidagi qaror loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi tuzilmasini ushbu Farmonda belgilangan talablarga muvofiq qayta koʻrib chiqish, uning yangi tuzilmasi va boshqaruv xodimlari shtat jadvalini tasdiqlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari A.B. Voitov, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzuridagi Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash raisi S.S. Annaklichev hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi R.A. Gulyamov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 9-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6244-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-noyabrdagi PF-193-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son Farmoniga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan tumanlar (shaharlar)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tumanlar (shaharlar)

Tuman (shahar)ning ixtisoslashuvi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoraoʻzak tumani

Sement va undan qurilish materiallarini ishlab chiqarish, vermikulitni qayta ishlash

2.

Andijon viloyati Buloqboshi tumani

Marmar buyumlar, gazbeton bloklari va pardozbop gʻishtlarni ishlab chiqarish

3.

Buxoro viloyati Peshku tumani

Tabiiy toshlarni qayta ishlash va pardozbop plitalarni ishlab chiqarish

4.

Buxoro viloyati Qorovulbozor tumani

Silikat mahsulotlar, qurilish plitalari va sement ishlab chiqarish

5.

Jizzax viloyati Forish tumani

Bazalt xomashyosini qayta ishlash asosida qurilish materiallarini ishlab chiqarish

6.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani

Sement ishlab chiqarish va tabiiy tosh (marmar)ni qayta ishlash

7.

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani

Qurilish toshi va shagʻalni qayta ishlash asosida qurilish materiallarini ishlab chiqarish

8.

Navoiy viloyati Zarafshon shahri

Gazbeton bloklarini ishlab chiqarish

9.

Navoiy viloyati Gʻozgʻon shahri

Mineral momiq (vata), tabiiy toshlardan pardozbop va qurilish plitalarini ishlab chiqarish

10.

Navoiy viloyati Uchquduq tumani

Kaolinni qayta ishlash, temirbeton buyumlarni ishlab chiqarish

11.

Namangan viloyati Uychi tumani

Pardozbop gʻisht ishlab chiqarish

12.

Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani

Pardozbop gʻisht ishlab chiqarish

13.

Namangan viloyati Chust tumani

Pardozbop gʻisht ishlab chiqarish

14.

Namangan viloyati Pop tumani

Tabiiy toshni qayta ishlash, pardozbop plitalarni ishlab chiqarish

15.

Samarqand viloyati Nurobod tumani

Gips va silikat materiallar, sement ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash

16.

Samarqand viloyati Paxtachi tumani

Gips buyumlar va mineral momiq (vata) ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash

17.

Sirdaryo viloyati Xovos tumani

Temirbeton buyumlar ishlab chiqarish

18.

Surxondaryo viloyati Boysun tumani

Sement va gipsokarton buyumlar ishlab chiqarish

19.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani

Gips buyumlar, sement, temirbeton buyumlar ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash

20.

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani

Gips buyumlar, sement, temirbeton buyumlar ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash

21.

Toshkent viloyati Ohangaron tumani

Gips buyumlar, sement, temirbeton buyumlar, mineral momiq (vata) ishlab chiqarish, tabiiy toshni qayta ishlash

22.

Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani

Gips va keramik buyumlar, sement, temirbeton buyumlar, tabiiy boʻyoqlar ishlab chiqarish

23.

Xorazm viloyati Hazorasp tumani

Pardozbop gʻisht va gulqogʻoz (oboy) ishlab chiqarish

24.

Xorazm viloyati Tuproqqalʼa tumani

Gulqogʻoz (oboy) va keramik plitalar ishlab chiqarish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son Farmoniga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi huzuridagi Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish boʻyicha kengash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

S. Annaklichev

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisi, kengash raisi

lavozimi boʻyicha

“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi, kengash aʼzosi

A. Kadirxodjayev

Davlat geologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, kengash aʼzosi

A. Akbarjonov

“Oʻzsanoatqurilishbank” ATB boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari, kengash aʼzosi

B. Mamatov

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi boshqarma boshligʻi, kengash aʼzosi

A. Xamidov

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarma boshligʻi, kengash aʼzosi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi PF-6244-son Farmoniga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvofiqligi ishlab chiqaruvchi (yetkazib beruvchi) tomonidan deklaratsiya qilish orqali tasdiqlanadigan qurilish materiallari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qurilish materiallari

TIF TN kodlari

1.

Kvars

2506100000

2.

Bentonit

2508100000

3.

Marmar

2515110000, 2515120000

2515200000

4.

Granit

2516110000, 2516120000

2516200000, 2516900000

5.

Mayda toshlar, mayda shagʻal va shagʻal

2517101000, 2517102000

6.

Gips

2520100000, 2520200000

7.

Asbest

2524100000, 2524900000

8.

Sement, gips yoki boshqa mineral bogʻlovchi moddalar bilan aglomeratlangan oʻsimlik tolalari, somon yoki paraxa, payraha, boʻlakchalar, qirindilar va boshqa yogʻoch chiqindilaridan tayyorlangan panellar, plitalar, plitkalar, bloklar va shunga oʻxshash buyumlar

6808000000

9.

Gips yoki uning asosidagi qorishmalardan tayyorlangan buyumlar

6809110000, 6809190000

6809900000

10.

Asbotsement, sellyuloza tolali sement yoki shunga oʻxshash materiallardan tayyorlangan buyumlar

6811400001, 6811400002

6811400009, 6811810000

6811820000, 6811890000

11.

Kremniyga boy tosh qumidan tayyorlangan gʻishtlar, bloklar, plitkalar va boshqa keramika buyumlar

6901000000

12.

Oʻtga chidamli boshqa keramika buyumlar

6903100000, 6903201000

6903209000, 6903901000

6903909000

13.

Cherepitsa, deflektorlar, tutun quvurlari ustidagi soyabonlar, dudburonlar qismlari, keramikadan yasalgan meʼmoriy bezaklar va boshqa qurilish qismlari

6905100000, 6905900000

14.

Keramik quvurlar, izolatsiya quvurlari, oqova suv quvurlari va quvurlar fitinglari

6906000000

15.

Koʻchaga yotqizish uchun moʻljallangan plitalar, pollar uchun, pechlar, kaminlar yoki devorlar uchun keramik koshinlar (pardozlash plitkalari); mozaika ishlari uchun keramik kubiklar va uning asosida yoki usiz shunga oʻxshash buyumlar; keramik pardozlash buyumlari

6907211000 6907219001

6907219002, 6907219003

6907219009, 6907221000

6907229001, 6907229002

6907229003, 6907229004

6907229005, 6907229009

6907231000, 6907239001

6907239002, 6907239003

6907239004, 6907239005

6907239009, 6907301000

6907309001, 6907309009

6907401000, 6907409001

6907409002, 6907409003

6907409004, 6907409005

6907409009

16.

Keramika rakovinalar, bet-qoʻl yuvgichlar, rakovina konsollari, vannalar, bide, chanoqlar (unitazlar), suv quyish bachoklari, pissuarlar va shunga oʻxshash sanitar-texnik buyumlar

6910100000, 6910900000

17.

Issiq holatda prokatlangan, plakirovkalanmagan, galvanik yoki boshqa qoplamasi boʻlmagan eni 600 mm yoki undan koʻp boʻlgan, temir yoki legirlanmagan poʻlatdan yassi prokat

7208100000, 7208250000

7208260000, 7208270000

7208360000, 7208370000

7208380000, 7208390000

7208400000, 7208512001

7208512009, 7208519100

7208519800, 7208521000

7208529100, 7208529900

7208531000, 7208539000

7208540000, 7208902000

7208908000

18.

Sovuq holatda prokatlangan (sovuq holatda siqilgan), plakirovkalanmagan, galvanik yoki boshqa qoplamasi boʻlmagan eni 600 mm yoki undan koʻp boʻlgan temir yoki legirlanmagan poʻlatdan yassi prokat

7209150000, 7209161000

7209169000, 7209171000

7209179000, 7209181000

7209189100, 7209189900

7209250000, 7209261000

7209269000, 7209271000

7209279000, 7209281000

7209289000, 7209902000

7209908000

19.

Plakirovkalangan, galvanik yoki boshqa qoplamali eni 600 mm yoki undan qalinroq temir yoki legirlanmagan poʻlatdan yassi prokat

7210110000, 7210122000

7210128000, 7210200000

7210300000, 7210410000

7210490000, 7210500000

7210610000, 7210690000

7210701000, 7210708000

7210903000, 7210904000

7210908000

20.

Plakirovkalanmagan, galvanik yoki boshqa qoplamasi boʻlmagan eni 600 mm dan kam boʻlgan temir yoki legirlanmagan poʻlatdan yassi prokat

7211130000, 7211140000

7211190000, 7211232000

7211233000, 7211238000

7211290000, 7211902000

7211908000

21.

Plakirovkalangan, galvanik yoki boshqa qoplamali eni 600 mm dan kam boʻlgan temir yoki legirlanmagan poʻlatdan yassi prokat

7212101000, 7212109000

7212200000, 7212300000

7212402000, 7212408000

7212502000, 7212503000

7212504000, 7212506100

7212506900, 7212509000

7212600000

22.

Metall quymasi yoki boshqa dastlabki shakllardagi korroziyaga chidamli poʻlat; korroziyaga chidamli poʻlatdan yarim tayyor mahsulotlar

7218100001, 7218100009

7218911000, 7218918000

7218991100, 7218991900

7218992000, 7218998000

23.

Korroziyaga chidamli poʻlatdan eni 600 mm yoki undan koʻp boʻlgan yassi prokat

7219110000, 7219121000

7219129000, 7219131000

7219139000, 7219141000

7219149000, 7219211001

7219211009, 7219219000

7219221001, 7219221009

7219229000, 7219230001

7219230009, 7219240001

7219240009, 7219310000

7219321001, 7219321009

7219329000, 7219331001

7219331009, 7219339000

7219341001, 7219341009

7219349001, 7219349009

7219351000, 7219359000

7219902000, 7219908001

7219908009

24.

Korroziyaga chidamli poʻlatdan eni 600 mm dan kam boʻlgan yassi prokat

7220110001, 7220110009

7220120000, 7220202100

7220202900, 7220204100

7220204900, 7220208100

7220208900, 7220902000

7220908000

25.

Korroziyaga chidamli poʻlatdan oʻramlarga erkin oʻralgan issiq holatda prokatlangan chiviqlar

7221001000, 7221009000

26.

Korroziyaga chidamli poʻlatdan boshqa chiviqlar

7222111101, 7222111109

7222111900, 7222118101

7222118109, 7222118901

7222118909, 7222191000

7222199000, 7222201101

7222201109, 7222201900

7222202100, 7222202900

7222203100, 7222203900

7222208100, 7222208900

7222305101, 7222305109

7222309100, 7222309701

7222309709

27.

Korroziyaga chidamli poʻlatdan sim

7223001100, 7223001901

7223001909, 7223009100

7223009900

28.

Metall quymasi yoki boshqa dastlabki shakllardagi legirlangan poʻlatning boshqa turla�i; legirlangan poʻlatning boshqa turlaridan yarim tayyor mahsulotlar

7224101000, 7224109000

7224900200, 7224900300

7224900500, 7224900700

7224901400, 7224901800

7224903100, 7224903800

7224909000

29.

Legirlangan poʻlatning boshqa turlaridan eni 600 mm yoki undan koʻp boʻlgan yassi prokat

7225110000, 7225191000

7225199000, 7225301000

7225303000, 7225309000

7225401201, 7225401209

7225401501, 7225401509

7225404000, 7225406000

7225409000, 7225502000

7225508000, 7225910000

7225920000, 7225990000

30.

Legirlangan poʻlatning boshqa turlaridan eni 600 mm yoki undan kam boʻlgan yassi prokat

7226110000, 7226191000

7226198000, 7226200000

7226912000, 7226919100

7226919900, 7226920000

7226991000, 7226993000

7226997000

31.

Legirlangan poʻlatning boshqa turlaridan oʻramlarga erkin oʻralgan issiq holatda prokatlangan chiviqlar

7227100000, 7227200000

7227901000, 7227905000

7227909500

32.

Legirlangan poʻlatning boshqa turlaridan yasalgan boshqa chiviqlar; legirlangan poʻlatning boshqa turlaridan burchaklar, shakldor va maxsus profillar; burgʻulash ishlari uchun legirlangan va legirlanmagan poʻlatdan ichi gʻovak chiviqlar

7228102000, 7228105000

7228109000, 7228201000

7228209100, 7228209900

7228302000, 7228304100

7228304900, 7228306100

7228306900, 7228307000

7228308900, 7228401000

7228409000, 7228502000

7228504000, 7228506100

7228506900, 7228508000

7228602000, 7228608000
7228701000, 7228709000
7228800000, 7229200000

33.

Legirlangan poʻlatning boshqa turlaridan simlar

7229902000, 7229905000, 7229909000

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6244/0539-son, 16.12.2021-y., 06/21/34/1164-son; 10.06.2022-y., 06/22/150/0516-son; 11.11.2023-y., 06/23/193/0844-son)