03.06.2021 yildagi 344-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.09.2025 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash hamda respublika oliy taʼlim muassasalarining ijtimoiy muhofazaga muhtoj talabalarini himoya qilish, ularga uzluksiz mustaqil taʼlim olish uchun imkoniyat yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga muvofiq, akademik taʼtil berishning quyidagilarni nazarda tutuvchi yangicha tartibi oʻrnatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik taʼtil olishni istagan talabalar oʻz ixtiyoriga koʻra akademik taʼtil muddatiga taʼlimning sirtqi va masofaviy shakliga oʻtkazilib (agar oliy taʼlim muassasasida bunday taʼlimning shakllari mavjud boʻlsa), ularga uzluksiz mustaqil taʼlim olish imkoniyati yaratiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilasining betob aʼzosini parvarish qilish sababli anʼanaviy shakldagi taʼlimni davom ettirish imkoniyati boʻlmagan talabalarga ham akademik taʼtilni olish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarga oʻqish davomida akademik taʼtil berilishi boʻyicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik taʼtildan qaytgan talabalarni ilgari oʻzlashtirilgan fanlar boʻyicha qaytadan oʻqitish amaliyoti bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish, akademik taʼtil muddatlari hamda akademik taʼtildan soʻng oʻqishni davom ettirish tartibini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik taʼtil berish talabani oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish hisoblanmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabaning akademik taʼtil olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi hamda oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik taʼtil beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) koʻra oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻiga muvofiq, uning oʻqishi akademik taʼtil muddatiga taʼlimning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat taʼlim shakliga oʻtkazilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talaba akademik taʼtildan belgilangan muddat tamom boʻlgandan soʻng oʻqishga qaytish boʻyicha oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilgan taqdirda uning arizasini asossiz ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri A.X. Toshkulov hamda Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 344-son qaroriga

1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish va akademik taʼtildan soʻng ularning oʻqishini davom ettirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil quyidagi hollarda berilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatni oʻtash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligini tiklash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiladorlik va tugʻish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

bolalarni parvarish qilish uchun;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Akademik taʼtil oʻquv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatni oʻtash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni oʻtash muddatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʼtillari muddatiga;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligini tiklash hamda oilasining betob aʼzosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan toʻliq oʻzlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar boʻlgan muddatga (agar mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq talaba akademik taʼtil muddatiga taʼlimning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat taʼlim shakliga oʻtkazilsa, navbatdagi semestrning boshlanguniga qadar boʻlgan muddatga). Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Talabaga akademik taʼtil berilishi uni oliy taʼlim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Talabalarga akademik taʼtil davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Akademik taʼtil berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Akademik taʼtil olish uchun talaba (sogʻligʻi holatiga koʻra talaba shaxsan murojaat etish imkoniyatiga ega boʻlmasa, uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki turmush oʻrtogʻi) tomonidan oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Akademik taʼtil olishni soʻrab murojaat qilgan talabaning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatni oʻtash uchun — tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlarining talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qogʻozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilasining betob aʼzosini parvarish qilish uchun — oilasining betob aʼzosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Talaba surunkali kasalligi sababli bir oydan ortiq vaqt davomida darslarda qatnasha olmasa, talaba yoki uning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar yoki turmush oʻrtogʻining arizasiga asosan talabaga akademik taʼtil berilishi mumkin. Bunda, akademik taʼtil muddati oʻtishining boshlanishi talaba darslarda qatnasha olmayotgan kundan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Talabaga salomatligini tiklash hamda oilasining betob aʼzosini parvarish qilish uchun akademik taʼtilning berilishi mazkur Nizomning ilovasida keltirilgan Oliy taʼlim muassasalari talabalariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik taʼtil berishga oid kasalliklar roʻyxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Talabaning akademik taʼtil olish haqidagi murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaga akademik taʼtil berish oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu buyruqda akademik taʼtilning boshlanish va tugash sanasi koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Akademik taʼtil beriladigan talabalar arizasiga (ixtiyoriga) koʻra oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻiga muvofiq, uning oʻqishi akademik taʼtil muddatiga taʼlimning sirtqi yoki masofaviy yoki eksternat taʼlim shakliga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda oliy taʼlim muassasasida muayyan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi) boʻyicha sirtqi yoki masofaviy taʼlim shakli mavjud boʻlgan taqdirda talabaning oʻqishi arizasiga koʻra belgilangan muddatga ushbu taʼlim shakliga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaning oʻqishini akademik taʼtil muddatiga taʼlimning eksternat taʼlim shakliga oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalar oʻqishining akademik taʼtil muddatiga eksternat taʼlim shakliga oʻtkazilishi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining (magistratura mutaxassisliklarining) xususiyatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akademik taʼtil muddatiga oʻqishni eksternat taʼlim shakliga oʻtkazish boʻyicha arizalar 15 kun muddatda oliy taʼlim muassasasi kengashida koʻrib chiqiladi va bakalavriat taʼlim yoʻnalishining (magistratura mutaxassisligining) xususiyatlaridan kelib chiqib, talabaning belgilangan muddatga eksternat taʼlim shaklida oʻqishi maqsadga muvofiq yoki maqsadga muvofiq emasligi boʻyicha qaror qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi kengashining qarori besh kun muddatda ariza muallifiga (talabaga) maʼlum qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim muassasasi kengashining qaroriga asosan oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan akademik taʼtil muddatiga eksternat taʼlim shaklida oʻqishga ruxsat etilgan talaba tomonidan akademik taʼtildan qaytgandan soʻng muayyan oʻquv semestrida (semestrlarida) oʻqitilgan fanlar boʻyicha bir martalik imtihonlar topshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonlar oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻiga asosan fanlar boʻyicha tashkil etilgan komissiya tomonidan oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonlar natijalariga koʻra barcha fanlardan talaba koʻrsatkichi belgilangan oʻtish balidan yuqori boʻlgan taqdirda talabaga navbatdagi oʻquv semestridan (kursdan) oʻqishini davom ettirishiga ruxsat etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtihonlar natijalariga koʻra bir yoki undan koʻp fanlardan talaba koʻrsatkichi belgilangan oʻtish balidan past boʻlgan taqdirda talabaning oʻzlashtirilmagan oʻquv semestrining boshidan oʻqishini davom ettirishi belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan tartib harbiy xizmatni oʻtash uchun akademik taʼtil berish holatiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Salomatligini tiklash yoki oilasining betob aʼzosini parvarish qilish uchun akademik taʼtilda boʻlgan talabalarda homiladorlik va tugʻish holatlari yuzaga kelgan taqdirda, akademik taʼtilning muddati homiladorlik va tugʻish uchun mazkur Nizomda belgilangan akademik taʼtilning muddatiga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabaning salomatligi yoki oilasining betob aʼzosi salomatligi tiklanmaganda talabaning arizasiga koʻra oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi asosida akademik taʼtil muddati ushbu toifadagi holatlar uchun belgilangan muddatlarga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻquv semestri yakunlanishiga bir oy muddat qolgandan boshlab mazkur semestr uchun turmush oʻrtogʻi yoki ota-onasi Hukumat qarorlari va topshiriqlariga muvofiq xorijiy davlatga uzoq muddatli xizmat safariga yuborilganligi sababli talabaga uning arizasiga asosan alohida grafik asosida darslarni oʻzlashtirish imkoniyati yaratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navbatdagi semestrda ushbu talaba dars mashgʻulotlarida bevosita ishtirok etishi yoki akademik taʼtil olishi yoki oʻz arizasiga koʻra talabalar safidan chetlashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Akademik taʼtildan qaytish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Talaba akademik taʼtilga chiqqan kundan boshlab bir oy oʻtmagan boʻlsa, akademik taʼtilni bekor qilish va oʻqishga qaytishni soʻrab oliy taʼlim muassasasiga ariza bilan murojaat etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Talaba akademik taʼtilning muddati tamom boʻlgandan soʻng oʻqishga qaytish boʻyicha oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talaba akademik taʼtildan belgilangan muddat tamom boʻlgandan soʻng oʻqishga qaytish boʻyicha oliy taʼlim muassasasining rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilgan taqdirda uning arizasini asossiz ravishda rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ushbu holat boʻyicha masʼuliyat shaxsan oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agar akademik taʼtil davrida talaba tahsil olgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi) tugatilgan boʻlsa, talabaning oʻqishini mazkur oliy taʼlim muassasasining turdosh bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi) boʻyicha, agar bunday bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi) mavjud boʻlmasa, turdosh boʻlmagan bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga (magistratura mutaxassisligiga) koʻchirib tiklash masalasi ariza bilan birga koʻrib chiqiladi va Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun akademik taʼtilda boʻlgan talabalar kamida keyingi oʻquv yilining talaba tomonidan toʻliq oʻzlashtirilmagan semestri boshlanishi muddatiga oʻqishga qaytishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Akademik taʼtildan qaytish boʻyicha talabaning murojaati bir haftalik muddatda koʻrib chiqiladi va uning oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qaytishi toʻgʻrisida oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu buyruqda talaba akademik taʼtildan qaytgandan soʻng oʻqiydigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (magistratura mutaxassisligi), oʻquv kursi va guruhi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Akademik taʼtildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari oʻzlashtirilgan fanlarni qayta oʻzlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Akademik taʼtil muddati tugagandan soʻng oʻqishga qaytmagan va natijada bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgan talaba oliy taʼlim muassasasidan chetlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu band talablari oʻquv jarayoni kredit-modul tizimiga oʻtgan oliy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizomni qoʻllashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari talabalariga akademik taʼtil berish toʻgʻrisidagi nizomga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy taʼlim muassasalari talabalariga tibbiy koʻrsatmalar boʻyicha akademik taʼtil berishga oid kasalliklar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI

1. Sil kasalligining faol va asoratlangan shakllari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surunkali kechuvchi oʻpkaning nospetsifik kasalliklari bilan bogʻliq yurak-oʻpka faoliyatlari yetishmovchiligi (III daraja).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. II va III darajali surunkali qon aylanishi buzilishi (Nyu-York klassifikatori boʻyicha III va IV daraja) bilan kechuvchi yurak klapanlari va mushaklarining organik oʻzgarishlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. II va III darajali qon bosimining oshishi, tez rivojlanuvchi qon bosim oshishi (xavfli gipertoniya).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hayot uchun xavfli yurak ritmi va oʻtkazuvchanlikning buzilishi bilan kechuvchi holatlar (MAS sindromi, AV qamal II-III darajasi, sinus tuguni zaifligi sindromi, yurak qisqarish soni kunduzi bir minutda 50 va undan past boʻlsa, nomuqim gemodinamika bilan kechuvchi paroksizmal taxikardiyalar (SAB 90 mm simob ustunidan past holat).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Barcha bosqichdagi xavfli oʻsma kasalliklari (2 yil oldin radikal davolanganlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Turgʻun buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi buyrak va boshqa aʼzolar kasalliklari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Statsionar sharoitida davolanish talab etiladigan oshqozon-ichak tizimi yara va yalligʻlanish kasalliklarining oʻtkir davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ogʻir va qoʻshma travmatik shikastlanishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Statsionar sharoitida bir oy muddatdan ortiq davolanish va reabilitatsiya qilish zarur boʻlgan turli etiologiyalik jigar kasalliklari va surunkali pankreatit (surunkali gepatitlar, jigar sirrozi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Endokrin kasalliklarining ogʻir shakli (akromegaliya, diffuz toksik buqoq, buyrak osti bezining yetishmovchiligi, gipoterioz, qandli diabet kasalligining birinchi turi, Itsenko-Kushing kasalligi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Qon tizimi kasalliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻtkir va surunkali leykozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Idiopatik trombotsitopenik purpura;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) aplastik anemiya.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Asab sistemasi surunkali organik kasalliklarining asoratlari natijasida aql zakovatning chuqur va turgʻun buzilishi hamda psixopatik buzilishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Shizofreniya barcha turlarining xuruj davri.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tez-tez takrorlanuvchi tutqanoqli, tutqanoqsiz va psixomotor xurujlari bilan, shuningdek, hushning xiralashuvi va ogʻir disforiya bilan kechuvchi epilepsiya, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) kam takrorlanuvchi xurujlar bilan shaxsning chuqur oʻzgarishi va aql-zakovat buzilishi bilan kechuvchi epilepsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) epileptik psixozlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tez-tez xurujlanuvchi siklotimiya, maniakal depressiv psixoz va tez-tez takrorlanuvchi maniakal depressiv holatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Psixopatiyaning tez-tez dekompensatsiyalanishi bilan kechuvchi turlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ogʻir, surunkali kechuvchi teri kasalliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asoratlangan psoriaz;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) pursildoq yara;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

v) Layell sindromi;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Stivens-Jonson sindromi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Zaxmning yuqumli bosqichi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Traxomaning I, II va III darajalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Giyohvandlik, toksikomaniyaning barcha turlari (tamakiga tobelik bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi (OITS/OIV).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentabrdagi 578-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/344/0521-son; 15.09.2025-y., 09/25/578/0826-son)