03.06.2021 yildagi 341-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining (keyingi oʻrinlarda — Milliy markaz) Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish manbalari hamda ulardan foydalanish yoʻnalishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda sarflash tartibi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanishni hisobga olish, hisobot berish va Jamgʻarmaning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish ustidan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazoratni amalga oshirish tartibi.
(1-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti, mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasidan ajratmalar;

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy tashkilotlar va kichik innovatsion korxonalarning xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan yillik tushumning 3 foizi miqdoridagi ajratmalar;

jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari;

ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish va ularning yakuniy natijasidan foydalanish istagini bildirgan qishloq xoʻjaligi subyektlari va boshqa shaxslarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasida ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishini taʼminlashga, raqobatbardosh ilmiy hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan dolzarb yoʻnalishlardagi ilmiy loyihalarni tanlovlar asosida moliyalashtirish;

belgilangan smetalar va mavjud mablagʻlar doirasida yuqori texnologik va energiya tejaydigan asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish hamda tajriba (sinov)larni oʻtkazish uchun zarur material va ehtiyot qismlar sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish;

Milliy markaz va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, laboratoriya, maʼmuriy binolar, ijtimoiy-muhandislik infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qilish va joriy taʼmirlash tadbirlarini moliyalashtirish;

tanlov asosida ilmiy xodimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarida ilmiy stajirovkalar tashkil etish tadbirlarini moliyalashtirish;

Milliy markaz boshqaruv apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, xodimlarning oylik lavozim maoshlariga qoʻshimchalar toʻlash (mukofotlar, moddiy yordam, transport va ovqatlanish xarajatlari, xizmat muddati uchun toʻlovlar), Milliy markaz xodimlarining xizmat safarlari hamda madaniy-ommaviy tadbirlarni moliyalashtirish, moddiy ragʻbatlantirish xarajatlarini qoplash;

Milliy markazga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun tuzilgan shartnomalar asosida xorijdan jalb qilingan olim va mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;

Milliy markaz va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlarini qoplash;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va taʼlim muassasalari hamda xalqaro tashkilotlarning konsultant va ekspert sifatida jalb etilgan yuqori malakali mutaxassislariga belgilangan tartibda gonorar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlarni (shu jumladan, davriy nashrlar, eʼlonlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallar) tayyorlash, nashr qilish, shuningdek, qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar boʻyicha videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr qilish va Milliy markaz tizimida onlayn elektron jurnalni chop etishga sarflangan xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz tizimida faoliyat yuritadigan olimlarning mualliflik huquqlarini, shuningdek, intellektual mulk obyektlarini xalqaro miqyosda muhofaza qilish (xalqaro patent tashkilotlarida rasmiylashtirish) bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;

mamlakat qishloq xoʻjaligi sohasi uchun zarur boʻlgan va davlat grantlari doirasida moliyalashtirish iloji boʻlmagan ilmiy tadqiqotlarni Milliy markaz tizimidagi ilmiy tashkilotlar hamda xususiy sektorlar bilan hamkorlikda moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Jamgʻarma mablagʻlari budjetdan moliyalashtirilmagan yoki toʻliq moliyalashtirilmagan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlarining qishloq xoʻjaligi sohasida ilm-fan va texnologiyalarning jadal rivojlanishini taʼminlashga, raqobatbardosh ilmiy hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan dolzarb yoʻnalishlardagi ilmiy loyihalarini tanlovlar asosida moliyalashtirish uchun ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 3-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 341-son qaroriga

ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Jamgʻarma yuridik shaxs hisoblanmaydi va uning mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining (keyingi oʻrinlarda — Milliy markaz) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligidagi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida jamgʻariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jamgʻarma qishloq xoʻjaligida ilm-fan bilan bogʻliq ustuvor yoʻnalishlar, global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy yechimlarini tadqiq qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoni 5-bandida belgilangan Qishloq xoʻjaligining ustuvor yoʻnalishlari, global, mintaqaviy va hududiy muammolarning ilmiy yechimlarini tadqiq qilish boʻyicha keyingi besh yilga moʻljallangan dasturda nazarda tutilgan, budjetdan moliyalashtirilmagan yoki toʻliq moliyalashtirilmagan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar va boshqa qishloq xoʻjaligi subyektlarining qishloq xoʻjaligi sohasi dolzarb yoʻnalishlaridagi ilmiy loyihalarini moliyalashtirish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish, nazorat va tasarruf qilish Milliy markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagi manbalardan shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti, mahalliy budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasidan ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimidagi ilmiy tashkilotlar va kichik innovatsion korxonalarning xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan yillik tushumning 3 foizi miqdoridagi ajratmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarini moliyalashtirish va ularning yakuniy natijasidan foydalanish xohishini bildirgan qishloq xoʻjaligi subyektlari va boshqa shaxslarning mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Jamgʻarma mablagʻlaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi sohasida ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishini taʼminlashga, raqobatbardosh ilmiy hajmdor mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarishni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan dolzarb yoʻnalishlardagi ilmiy loyihalarni tanlovlar asosida moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan smetalar va mavjud mablagʻlar doirasida yuqori texnologik va energiya tejaydigan asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish hamda tajriba (sinov)larni oʻtkazish uchun zarur material va ehtiyot qismlar sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz va uning tizimidagi tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, laboratoriya, maʼmuriy binolar, ijtimoiy-muhandislik infratuzilma obyektlarini rekonstruksiya qilish va joriy taʼmirlash tadbirlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlov asosida ilmiy xodimlarning yetakchi xorijiy ilmiy markazlarida ilmiy stajirovkalar tashkil etish tadbirlarini moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz boshqaruv apparati xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish, xodimlarning oylik lavozim maoshlariga qoʻshimchalar toʻlash (mukofotlar, moddiy yordam, transport va ovqatlanish xarajatlari, xizmat muddati uchun toʻlovlar), Milliy markaz xodimlarining xizmat safarlari hamda madaniy-ommaviy tadbirlarni moliyalashtirish, moddiy ragʻbatlantirish xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazga yuklangan vazifa va funksiyalarni samarali bajarish uchun tuzilgan shartnomalar asosida xorijdan jalb qilingan olim va mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq toʻlash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz va uning tizimidagi tashkilotlar xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlarini qoplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar, ilmiy va taʼlim tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlarning konsultant va ekspert sifatida jalb etilgan yuqori malakali mutaxassislariga belgilangan tartibda gonorar toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-texnik va ilmiy-metodik adabiyotlarni (shu jumladan, davriy nashrlar, eʼlonlar, risolalar, bukletlar, kitoblar, toʻplamlar va boshqa axborot-maʼrifiy materiallar) tayyorlash, nashr qilish, shuningdek, qishloq xoʻjaligi sohasida bilim va innovatsiyalar boʻyicha videoroliklar va taqdimot materiallarini yaratish, qishloq xoʻjaligi sohasidagi ilmiy tadqiqotlar natijalarini nashr qilish va Milliy markaz tizimida onlayn elektron jurnalni chop etishga sarflangan xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markaz tizimida faoliyat yuritadigan olimlarning mualliflik huquqlarini, shuningdek, intellektual mulk obyektlarini xalqaro miqyosda muhofaza qilish (xalqaro patent tashkilotlarida rasmiylashtirish) bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat qishloq xoʻjaligi sohasi uchun zarur boʻlgan va davlat grantlari doirasida moliyalashtirish iloji boʻlmagan ilmiy tadqiqotlarni Milliy markaz tizimidagi ilmiy tashkilotlar hamda xususiy sektorlar bilan hamkorlikda moliyalashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jamgʻarma mablagʻlari boʻyicha daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlash hamda sarflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish uning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasi budjet tashkilotlari uchun budjetdan tashqari mablagʻlar boʻyicha qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari — Milliy markaz bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga Milliy markaz tomonidan yil davomida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Milliy markaz tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasiga asosan Jamgʻarma mablagʻlarini tasarruf etuvchi organ hisoblanadi va xarajatlar sarfi Jamgʻarmaning tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yil yakunida Jamgʻarma mablagʻlarining qoldiqlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadiga kiritilmaydi va kelgusi moliya yili uchun Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va foydalanishni hisobga olish, hisobot berish va monitoring yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Jamgʻarmaning mablagʻlarini shakllantirish va foydalanishni hisobga olish, hisobot berish va monitoring yuritish Milliy markazning Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy markazning Moliyalashtirish, buxgalteriya hisobi va hisoboti boʻlimi quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlarining yillik moliyaviy rejasini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasini tayyorlaydi, shuningdek, ularga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning tushumlarini koʻpaytirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan mablagʻ ajratishga oid murojaatlarni umumlashtiradi va Qishloq xoʻjaligi sohasida taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning uzviy integratsiyasini taʼminlash boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengashda koʻrib chiqish uchun materiallar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning tushumlari manbalari boʻyicha daromadlari hamda asosiy xarajatlar yoʻnalishlari boʻyicha hisobini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha Jamgʻarmaning mablagʻlarini foydalanilishi toʻgʻrisida hisobotni tayyorlaydi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Moliya vazirligiga koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan foydalanuvchilar Jamgʻarmaning mablagʻlaridan foydalanganlik va bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarni Milliy markazga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Milliy markaz Jamgʻarmaning Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan olingan mablagʻlar boʻyicha daromadlar va xarajatlar toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga hisobot davridan keyingi oyning 25-sanasigacha har chorakda, yillik hisobotni keyingi yilning 30-yanvaridan kechiktirmasdan taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Jamgʻarmaning mablagʻlaridan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizomni amalga oshirishda yuzaga keladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/341/0518-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)