1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.20.00.00 Davlat mukofotlari. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi”da belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasining buyurtmasiga asosan “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi R.D. Qurbanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335-son

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 335-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom “Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻkrak nishoni bilan yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning vakillari oʻrtasida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitining mustahkamlanishiga munosib hissa qoʻshgan, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida fidokorona mehnat qilgan, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan doʻstlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirishda samarali natijalarga erishgan mahalliy va xorijiy davlat organlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, ijtimoiy soha va ommaviy axborot vositalari vakillari hamda chet eldagi vatandoshlar taqdirlanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ijodiy jamoalar hamda boshqa yuridik shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el fuqarolari va chet el yuridik shaxslarini taqdirlashga doir taqdimnoma tashabbuskor tashkilot tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda komissiyaga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Hududiy millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, shuningdek, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari har yili 1-mayga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda yuqori turuvchi respublika organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Respublika darajasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari takliflarni belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi hamda har yili 1-iyunga qadar koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha taqdimnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda — qoʻmita) taqdim etadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha taqdimnomalarga nomzod haqida quyidagi hujjatlar bosma va elektron shaklda ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlumotnoma-obyektivka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tavsifnoma (annotatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport nusxasi (16 yoshga toʻlmagan shaxslar uchun tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fotosurat (3x4 sm oʻlchamli) — 2 dona;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxslar va tashkilotlarning soʻnggi uch yil davomida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlash, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan doʻstlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari boʻyicha maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qoʻmita raisi tomonidan qoʻmita, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari kabi tashkilotlarning vakillaridan iborat Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasining koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid taqdimnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — komissiya) tashkil etiladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar oʻrganilib, har yili 1-iyulga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiyaning asosiy vazifasi mukofotga nomzodlarni tanlashda yuzaki yondashuvlarga yoʻl qoʻymasdan, adolat va xolislik mezonlariga koʻra komissiya yigʻilishlarining haqiqiy muhokamalar asosida oʻtkazilishini taʼminlagan holda mukofotga nomzodlar boʻyicha hujjatlarni Nizomda belgilangan muddatlarda sifatli va toʻliq tayyorlab, taqdim etishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tomonidan nomzodlarni koʻrib chiqishda quyidagilar inobatga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomzodlarning mamlakatimizda millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlikni taʼminlash, shuningdek aholi oʻrtasida millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlash maqsadida amalga oshirgan faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirishdagi ishtiroki;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy mamlakatlar xalqlari bilan doʻstlik va har taraflama hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jamiyatda millatlararo totuvlik, bagʻrikenglik va hamjihatlik muhitini shakllantirishni targʻib qilish boʻyicha turli innovatsion samarali usullarning ishlab chiqilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qoʻmita raisi oʻz tashabbusiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda qoʻmitaning xorijlik hamkorlari, chet eldagi turdosh tashkilotlar, xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillarini millatlararo doʻstlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qoʻshgan munosib hissasi uchun koʻkrak nishoni bilan taqdirlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qoʻmita raisining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 20-iyulga qadar chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻkrak nishoni har yili 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni arafasida qoʻmita raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti qoʻmitaga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlar roʻyxati qoʻmitaning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Qoʻmita ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoniga nomzodlarni taqdim etish va ularni oʻrganish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Hududiy millatlararo munosabatlar sohasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli mahalliy hokimliklar bilan kelishadi.
Kelishilgan nomzodlarni yuqori turuvchi respublika organiga taqdim etadi.
Har yili 1-mayga qadar
2-bosqich
Respublika darajasidagi davlat va nodavlat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari
Takliflarni belgilangan tartibda oʻrganib chiqadi hamda koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha taqdimnomalarni Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasiga taqdim etadi.
Har yili 1-iyunga qadar
3-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi
Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, respublika hududida joylashgan milliy madaniy markazlar va doʻstlik jamiyatlari kabi tashkilotlarning vakillaridan iborat koʻkrak nishoni bilan taqdirlashga oid taqdimnomalarni koʻrib chiqish boʻyicha komissiyani tashkil etadi.
Komissiya yigʻilishida nomzodlar boʻyicha hujjatlar oʻrganib, eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qiladi.
Har yili 1-iyulga qadar
4-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida buyruq chiqaradi
Har yili 20-iyulga qadar
5-bosqich
Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisi (yoki uning topshirigʻiga muvofiq boshqa masʼul shaxslar)
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlaydi.
Har yili 30-iyul — Xalqlar doʻstligi kuni arafasida
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 335-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining old tomoni pastki qismi markazida koʻtarilayotgan quyosh nurlari hamda hilpirab turgan Oʻzbekiston Respublikasining rangli bayrogʻi fonida zarhallangan Oʻzbekiston Respublikasi xaritasi hamda meridianlari va parallellarini aks ettirgan koʻk rangdagi Yer shari tasviri joylashgan. Uning yuqori qismida doʻstlik va erksevarlik ramzi boʻlgan Humo qushi tilla rangda tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni aylanasi boʻylab zarhal hoshiyali oq emal fonidagi doira bilan oʻralgan. Aylananing yuqori qismida harflarining balandligi 3 millimetr boʻlgan “XALQLAR DOʻSTLIGI” soʻzlari yozilgan. Uning pastki chetlari boʻylab faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaprogʻi joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining qalinligi — 2,5 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qabariqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni old va orqa tomonlarining chetlari qavariq doira bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni halqa va ilmoqchalar yordamida pastki qismida dafna barglari tasvirlangan toʻgʻri toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan. Qadagʻichning eni — 26 millimetr, boʻyi — 24 millimetrdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻich eni 22 millimetrli shoyi lenta bilan qoplangan boʻlib, har birining eni 4,4 millimetrli 5 xil rangdagi yoʻllardan iborat. Lentaning markazida oq rang, uning oʻng tomonida yashil va sariq ranglar, chap tomonida esa moviy va toʻq yashil ranglardagi yoʻllar ifodalangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 1-iyundagi 335-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160 x 110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda oraligʻi 3,5 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQLAR”, ikkinchi satrda “DOʻSTLIGI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvlar toʻq koʻk rangda aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnomaning tartib raqami uchun “№” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GUVONNOMA” soʻzidan 11 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pastki chiziqdan 4 millimetr quyida, markazda oraligʻi 2 millimetrli ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʻzbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va”, ikkinchi satrda “xorijdagi vatandoshlar masalalari boʻyicha qoʻmitasi raisining” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan;
(oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__ y. “___” ___________dagi”, ikkinchi satrda “____-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda, markazda oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “XALQLAR”, ikkinchi satrda “DOʻSTLIGI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda “Qoʻmita raisi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalqlar doʻstligi” koʻkrak nishoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(guvohnoma Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-noyabrdagi 740-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.06.2021-y., 09/21/335/0511-son; 26.11.2025-y., 09/25/740/1090-son)