Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2019 23.11.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 546
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligining Tushuntirishi, 23.11.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 546
Кучга кириш санаси
23.11.1998
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.05.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Mehnat vazirligi

“TASDIQLANGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Ijtimoiy taʼminot vazirligi

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston

Kasaba uyushmalari

Federatsiyasi Kengashi

“KELIShILGAN”

Oʻzbekiston Respublikasi

Tovar ishlab chiqaruvchilar

va tadbirkorlar palatasi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PENSIONERLARNI ISh QIDIRUVChI SIFATIDA ROʻYXATGA OLISh, ULAR BILAN MEHNAT ShARTNOMASI ALOHIDA ASOSLAR BOʻYIChA BEKOR QILINGANDA MODDIY MADAD BERISh KAFOLATLARI VA PENSIYA TOʻLAShGA DOIR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998-yil 23-noyabrda 546-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur tushuntirish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 30-maydagi 234-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 546-1, 30.05.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 60-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi Qonuni bilan oʻzgartirish kiritilgan) va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning, 3-moddasiga binoan oʻn olti yoshdan boshlab to pensiya bilan taʼminlanish huquqini olishgacha boʻlgan yoshdagi fuqarolargina ishsiz shaxs deb eʼtirof etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dyemak, pensiyaning turidan qatʼi nazar pensiya bilan taʼminlanish (yoshga doir pensiya, shu jumladan imtiyozli asoslarda, nogironlik pensiyasi, nogironlik guruhidan qatʼi nazar, oʻzi uchun boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi, harbiy xizmatchilarga tayinlanadigan koʻp yillik xizmatlari uchun pensiya) huquqiga ega boʻlganlar ishsiz deb eʼtirof etilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, bunday fuqarolar, mahalliy mehnat organlarida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olinish huquqini saqlab qoladilar. Bunda ularga qonun hujjatlarida belgilangan barcha zarur xizmatlar, yaʼni ishga joylashishga koʻmaklashish, ishga joylashish masalalari boʻyicha tegishli maslahatlar berish, nogiron pensionyerlarni korxonalar uchun oʻrnatilgan eng kam miqdordagi ish joylariga yuborish kabi xizmatlar koʻrsatilish lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat organlarida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatga olingan fuqarolardan farqli ravishda, pensionyerlar ishsiz deb eʼtirof etilmaydilar va ularga ishsizlik nafaqasi tayinlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra, yaʼni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi (Mehnat kodeksining 89-moddasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi (100-modda ikkinchi qismining 1-bandi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiqligi (100-modda ikkinchi qismining 2-bandi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkdorning almashishi sababli korxona rahbari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining bekor qilinganligi (100-modda ikkinchi qismining 6-bandi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodim ishga qayta tiklanishi sababli (106-moddaning 2-bandi) bekor boʻlgan hollarda, barcha xodimlar singari pensioner boʻlgan xodimlar ham ilgarigi ish joylaridan Mehnat kodeksining 67-moddasi va “Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida”gi Qonunning 25-moddasida belgilangan tartib asosida qoʻshimcha moddiy madad olish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensioner xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi yuqorida keltirilgan holatlarga koʻra bekor qilinganda, ularga barcha hisob-kitoblar bilan birga bir oylik ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar, pensioner xodim ishga joylashmagan boʻlsa, unga ikkinchi oy uchun ham oʻrtacha ish haqi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agarda, pensioner xodimlar mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin oʻn kalendar kun ichida mahalliy mehnat organlarida ish qidiruvchi shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, ishga joylashtirilmagan boʻlsalar, ularga uchinchi oy uchun ham ilgarigi ish joyidan oʻrtacha ish haqi toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-noyabrdagi “Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash toʻgʻrisida”gi PF-1289-sonli Farmoni va shu asosda ishlab chiqilib, Adliya vazirligida 1995-yil 20-dekabrda 198-son bilan roʻyxatga olingan “Ishlovchi pensionyerlarga pensiya toʻlash tartibi”ga binoan, ishlayotgan pensionyerlarga (ayrim toifadagi pensionyerlardan tashqari) pensiya 50 foiz miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun pensionyerlar bilan mehnat shartnomasi mazkur tushuntirishning 2-bandida keltirilgan asoslar boʻyicha bekor qilinganda, ular ishga joylashgunlariga qadar, shu jumladan ikkinchi va uchinchi oylar uchun moddiy madad olishlaridan qatʼi nazar, mehnat shartnomasi bekor qilingan kunning keyingi kunidan boshlab pensiya yashash joyidagi ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan 100 foiz miqdorida toʻlanishi lozim.