19.04.2021 yildagi 883-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanovning javobi haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2021-yil 25-mart kuni yuborilgan parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirining yozma javobini koʻrib chiqib, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha, shu jumladan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini yoʻlga qoʻyish maqsadida tashqi mehnat bozorini oʻrganish hamda xorijda salohiyatli ish beruvchilarni qidirib topish va vakolatli organlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha vazirlik tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi mehnat migratsiyasi sohasidagi vakolatli organlarning faoliyati takomillashtirildi, shu jumladan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) hududiy filiallarining huquqiy maqomi oshirildi. Vazirlik, idoralar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining fuqarolarni chet elga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborish borasidagi vazifa va vakolatlari doirasi kengaytirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hozirda xorijda ishlamoqchi boʻlgan shaxslar talab yuqori boʻlgan kasblarga oʻqitilmoqda, chet elda boʻlishi davrida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish, qaytib kelgan mehnat migrantlarining bandligini taʼminlash, shuningdek ularning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik bilan hamkorlik kelishuviga ega ish beruvchi va rekruting agentliklari soni 162 taga yetkazilgan. Xorijiy ish beruvchilar bilan hamkorlik oʻrnatish natijasida Oʻzbekiston bozori uchun 65 mingta boʻsh ish oʻrinlari aniqlangan. Fuqarolarni tashkiliy tanlov asosida vaqtinchalik mehnat faoliyatiga jalb qilish boʻyicha Rossiyaning 26 ta, Qozogʻistonning 14 ta, BAA va Chexiya Respublikasining 1 tadan ish beruvchi korxonalari bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agentlik va uning xorijdagi 7 ta vakolatxonasiga 2020-yilda murojaat etgan 31 ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiga tegishli huquqiy maslahat, ijtimoiy va moddiy yordam koʻrsatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, deputatlarning saylov okruglarida aholi bilan boʻlgan uchrashuvlari yakunlari shuni koʻrsatmoqdaki, fuqarolarning chet elga ishlash uchun noqonuniy yoʻllar bilan chiqib ketishga majbur boʻlayotganligi, baʼzi holatlarda bajargan ishiga yarasha ularga ish haqlari toʻliq toʻlanmayotganligi, huquqiy va ijtimoiy yordam yetarli darajada koʻrsatilmayotganligi ularning haqli eʼtirozlariga sabab boʻlmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda chet elga ishlash uchun ketgan migrantlarning soni 1 840 ming nafardan ortiqni tashkil etgan boʻlsa-da, ularning atigi 11 ming nafari, yaʼni 0,6 foizi Agentlik yoki xususiy bandlik agentliklari orqali yuborilgan, xolos. Bu esa, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emasligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek aksariyat mehnat migrantlari Rossiya davlatida mehnat qilayotgan boʻlsa-da, biroq u yerda Agentlik bilan hamkorlik kelishuviga ega ish beruvchi va rekruting agentliklari soni faqat 69 tani tashkil etmoqda. Shuningdek Oʻzbekiston bozori uchun Rossiyaning 121 ta korxonasida 59,5 mingta boʻsh ish oʻrinlari aniqlangan, xolos.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan axborotda, Agentlik va xorijiy vakolatxonalarga murojaat qilgan jami 31 ming nafar fuqaroning atigi 2 750 nafariga koʻrsatilgan yordam haqida maʼlumot keltirilgan boʻlib, qolgan 28 mingdan ortiq murojaatlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumotlar mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joriy yilning birinchi choragida 16 ming nafar fuqaroni xorijda ishga joylashtirish rejalashtirilgan boʻlsada, Agentlik tomonidan faqat 9 465 nafar fuqaro xorijda ishga joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha, shu jumladan xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini yoʻlga qoʻyish hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish kabi vazifalar yuzasidan toʻliq maʼlumotlar keltirilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib hamda “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida”gi parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. Xusanov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan fuqarolarni xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish, kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish, mehnat migrantlarini huquqiy, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yetarli emasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga (N. Xusanov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarni xorijda ishga joylashtirish, ularni xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida huquqiy va ijtimoiy himoya qilish, shuningdek mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-sentabrdagi “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4829-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini toʻliq taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijga ishlashga ketishidan oldin kasb-hunarga va xorijiy tillarga oʻqitish amaliyoti, ularga kasbiy malakani tasdiqlovchi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni berish tizimi joriy qilinishi hamda mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslarni reintegratsiya qilish, shu jumladan ularning bandligini taʼminlash, kasbiy malakasini oshirish va tadbirkorlik tashabbuslarini ragʻbatlantirish yuzasidan vazirlik tomonidan olib borilgan ishlar toʻgʻrisida joriy yil toʻqqiz oyi yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga qoʻshimcha maʼlumot kiritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasiga (M. Xodjayeva) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktorining joriy yilning olti oyi yakunlari boʻyicha mazkur masaladagi hisobotini qoʻmita yigʻilishida eshitish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot uchun yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 19-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
883-IV-son