08.05.2021 yildagi 289-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzurida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 17-noyabrdagi PQ-4896-son qarori bilan Gidrometeorologiya xizmati markazi (keyingi oʻrinlarda — Oʻzgidromet) huzuridagi “Meteoinfosistem” axborot-texnik boshqarmasi negizida “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) tashkil etilganligi, uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari hamda xodimlariga Oʻzgidromet xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va mukofotlash tartibi qoʻllanilishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya xizmati samaradorligini oshirish, elektron xizmatlarning oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlaydigan zamonaviy intellektual tizimlar, axborot resurslari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya xizmatining texnologik infratuzilmasini rivojlantirish, elektron oʻzaro hamkorlikni tashkil etish va gidrometeorologik hamda sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlari bilan almashish uchun yagona telekommunikatsiya tarmogʻini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta hajmdagi raqamli maʼlumotlarga ishlov berish va tahlil qilish, gidrometeorologik va sunʼiy yoʻldosh maʼlumotlarini modellashtirish uchun yuqori tezlikka ega kompyuter markazlaridan keng foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gidrometeorologiya xizmati xodimlarining, ayniqsa, katta hajmdagi raqamli maʼlumotlar, kompyuter modellashtirish, sunʼiy yoʻldosh texnologiyalari va axborot xavfsizligi sohasidagi koʻnikmalarini oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzuridagi “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasining tuzilmasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Markaz direktori Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Markazga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali mutaxassislarni jalb etgan holda gidrometeorologiya sohasidagi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida mehnatga ishbay haq toʻlanadigan dasturchilar jamoasini shakllantirishga, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarni maslahatchi sifatida jalb qilishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklatilgan qoʻshimcha vazifalar doirasida koʻrsatiladigan pullik xizmatlardan tushgan mablagʻlarning kamida 50 foizi Markaz xodimlarining ish haqi uchun, ularni ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish tadbirlariga sarflanishiga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzgidromet:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning ustavini qoʻshimcha vazifalarni inobatga olgan holda ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda Markaz tomonidan faoliyat ixtisosligi boʻyicha qoʻshimcha pullik xizmatlar koʻrsatish tartibini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2021-yil 1-iyulga qadar Moliya vazirligi bilan birgalikda Markazni 2022-yil 1-yanvardan boshlab toʻliq xoʻjalik hisobiga oʻtkazish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzgidromet bosh direktori Sh.H. Habibullayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 8-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 8-maydagi 289-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi huzuridagi “Gidrometeorologiyada axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi” davlat muassasasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Direktor

Direktorning birinchi oʻrinbosari

Direktor oʻrinbosari — Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va dasturiy taʼminotlarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi

Moliya-iqtisod boʻlimi

3

Raqamli infratuzilma va elektron hukumat loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi

8

Axborot xavfsizligini taʼminlash va ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish boshqarmasi

12

Xodimlar bilan ishlash boʻlimi

2

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va dasturiy taʼminotlarni texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi

18

Bosh yuriskonsult

1

Raqamli infratuzilma va biznes jarayonlarini, davlat xizmatlari koʻrsatish tartibotlarini maqbullashtirish boʻlimi

3

Ixtisoslashtirilgan axbo�ot tizimlari, server qurilmalari va aloqa kanallari xavfsizligini taʼminlash boʻlimi

7

Ish yuritish va umumiy xoʻjalik boshqarmasi

6

Muhandislik va radio-telekommunikatsiya tarmoqlarini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

9

 

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalari texnik hujjatlarini loyihalashtirish boʻlimi

4

Masofaviy zondlash va operativ maʼlumotlarni qayta ishlash boʻlimi

4

Ijro nazorati va devonxona boʻlimi

2

Moddiy-texnik taʼminot va xoʻjalik boʻlimi

3

 

Axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻlimi

8

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xodimlarning umumiy cheklangan soni (texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) — 53 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni belgilangan meʼyorlarga muvofiq aniqlanadi.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.05.2021-y., 09/21/289/0454-son)