11.05.2021 yildagi PF-6224-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 18.08.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy taʼminotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda keksalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish, Vatan obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga faol qatnashayotgan qariyalarni eʼzozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan faxriylarning moddiy taʼminotini yanada kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2021-yil 1-sentabrdan boshlab 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — 2,75 million soʻm etib belgilansin.
(1-bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-avgustdagi PF-6279-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/6279/0802-son — 2021-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan sarf-xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi va respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6224-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 06/21/6224/0449-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/6279/0802-son; 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)