11.05.2021 yildagi PF-6224-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining moddiy ta’minotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda keksalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini shakllantirish, Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga faol qatnashayotgan qariyalarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga munosib hissa qo‘shgan faxriylarning moddiy ta’minotini yanada kuchaytirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2022-yil 1-maydan boshlab 1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron bo‘lgan shaxslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — 3 080 000 so‘m etib belgilansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-apreldagi PF-128-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi va respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlarga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 11-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-6224-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2021-y., 06/21/6224/0449-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.08.2021-y., 09/21/6279/0802-son; 30.04.2022-y., 06/22/128/0369-son)