26.12.1996 yildagi 337-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.07.2004 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Siyosiy partiya tushunchasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini roʻyobga chiqarishga intiluvchi hamda oʻz vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi koʻngilli birlashmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Siyosiy partiyalar faoliyatining huquqiy asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar oʻz faoliyatlarini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq, shuningdek oʻz ustavlari asosida amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatish prinsiplari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirish maqsadida, xohish-irodani erkin bildirish, partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish, aʼzolarining teng huquqliligi, oʻzini oʻzi boshqarish, qonuniylik va oshkoralik asosida tuziladi va faoliyat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat koʻrsatishi taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstitutsiyaviy tuzumni zoʻrlik bilan oʻzgartirishni maqsad qilib qoʻyuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targʻib qiluvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqning sogʻligʻi va maʼnaviyatiga tajovuz qiluvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy va diniy ruhdagi partiyalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Siyosiy partiyalarga aʼzolik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi bir paytning oʻzida faqat bitta siyosiy partiyaga aʼzo boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Partiyaga mansubligiga koʻra fuqaroning huquqlarini har qanday cheklash, xuddi shuningdek unga imtiyozlar yoki ustunliklar berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti respublika barcha fuqarolarining huquq va erkinliklariga rioya qilinishining kafili sifatida prezidentlik vakolatlarini bajarish muddati davomida siyosiy partiyaga aʼzolikni yoki unda ishtirok etishni toʻxtatib turishi yoxud butunlay toʻxtatishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar siyosiy partiyalarga aʼzo boʻla olmaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prokurorlar va prokuratura tergovchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organlari, milliy xavfsizlik xizmati xodimlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarga aʼzolik yakka tartibda qayd etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Siyosiy partiyalar faoliyatining kafolatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat siyosiy partiyalar huquqlari va qonuniy manfaatlari muhofaza etilishini kafolatlaydi, ustavda belgilangan oʻz maqsadlari va vazifalarini bajarishlari uchun ularga teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va ular mansabdor shaxslarining siyosiy partiyalar ichki ishlariga aralashishlari yoxud, agar faoliyat qonunga hamda oʻz ustavlariga muvofiq amalga oshirilayotgan boʻlsa, ular faoliyatiga u yoki bu tarzda toʻsqinlik qilishlari man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar tashkilotlarining tadbirlari asosan ular aʼzolarining ishdan tashqari vaqtida va ana shu partiyalar mablagʻi hisobidan amalga oshiriladi. Xususiy ish beruvchilarning oʻz xodimlaridan ular mehnat vazifalarini bajarayotgan paytda partiya nomidan siyosiy faoliyat bilan shugʻullanishni talab qilishi man etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar apparati xodimlariga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta haqidagi qonun hujjatlari tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Siyosiy partiyani tuzish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy subyektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida boʻlgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi boʻlishi talab etiladi.
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat boʻlishi, ular partiya taʼsis hujjatlarini tayyorlash, aʼzolar tarkibini shakllantirish hamda taʼsis syezdi yoki konferensiyasini chaqirish boʻyicha tashkiliy qoʻmitani tuzishlari lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita oʻzi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik muddatdan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga oʻz tashabbusi, qoʻmitaning tarkibi, rahbari (yetakchisi), joylashgan manzili hamda taʼsis syezdi yoki konferensiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkiliy qoʻmita tuzilgan kundan boshlab uzogʻi bilan uch oy faoliyat koʻrsatish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya taʼsis syezdida yoki konferensiyasida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis syezdi yoki konferensiyasi partiya ustavi va dasturini qabul qiladi, uning saylab qoʻyiladigan organlarini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Siyosiy partiyaning ustavi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning ustavida quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiyaning nomi, maqsadi va vazifalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiyaning tuzilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya aʼzoligiga qabul qilish va undan chiqish shartlari va tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya aʼzolarining huquq va majburiyatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya va uning tashkilotlari rahbar organlarining vakolatlari hamda ularni tuzish (chaqirish) tartibi, ularning vakolat muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya rahbar organlarining faoliyatini nazorat qilish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya va uning tashkilotlari mablagʻlarini shakllantirish hamda boshqa mol-mulkini sotib olish manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya rahbar organi joylashgan manzil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya ustavi va dasturini qabul qilish, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya faoliyatini qayta tashkil etish yoki toʻxtatish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ustavda partiya faoliyatiga oid boshqa qoidalar ham nazarda tutilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Siyosiy partiyalarni roʻyxatga olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyani roʻyxatdan oʻtkazish uchun ustav qabul qilingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida quyidagilar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya rahbar organining kamida uch aʼzosi imzolagan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav;

dastur;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsis syezdi yoki konferensiyasining bayoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtish yigʻimi qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi bank hujjati;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Qonun talablari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan mazkur partiyaga birlashish istagini bildirgan yigirma ming nafar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining oʻzlari imzo qoʻygan roʻyxati, saylab qoʻyiladigan organlarning aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tugʻilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon raqami), rahbar organ aʼzolariga vakolatlar, shu jumladan roʻyxatdan oʻtkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda partiya nomidan ishtirok etish huquqi berilganligi toʻgʻrisidagi partiya oliy organining qarori.
(8-moddaning ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyani roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi ariza u tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalariga binoan siyosiy partiyani roʻyxatga olish yoki roʻyxatga olishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Qaror qabul qilingach, uzogʻi bilan uch kun muddat ichida u siyosiy partiya rahbar organiga beriladi yoki pochta orqali joʻnatiladi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustdagi 832-I-son Qonuni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 1999-y., 9-son, 229-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran yuridik shaxs maqomini oladi va u oʻz faoliyatini amalga oshirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar ustavlariga kiritilgan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar ularning ustavlarini roʻyxatga olish uchun ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi xabar ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Siyosiy partiyani roʻyxatga olishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar siyosiy partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga hamda boshqa qonun hujjatlariga zid boʻlsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati roʻyxatga olingan boʻlsa, bu partiya roʻyxatga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyani roʻyxatga olish rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan hujjatlar qonun hujjatlarining qaysi qoidalariga zid ekanligini koʻrsatgan holda bu xususda partiya rahbar organining vakolatli aʼzosiga yozma tarzda xabar qiladi. Ushbu siyosiy partiya rahbar organining vakolatli aʼzolari roʻyxatga olish rad etilganligi toʻgʻrisida xabarnoma olingan kundan eʼtiboran bir oy ichida hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonun hujjatlariga butunlay muvofiq holga keltirgan taqdirdagina partiyani roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga takror murojaat etishga haqlidirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyani roʻyxatga olishni rad etish ustidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Siyosiy partiyaning faoliyatini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini, ushbu Qonunni, boshqa qonun hujjatlarini yoki oʻz ustavini buzgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonun hujjatlarining yoki ustavning qaysi normalari buzilganligini koʻrsatgan holda bu xususda partiya rahbar organlariga yozma tarzda xabar qiladi va bunday buzishlarni bartaraf etish uchun muddat belgilaydi. Agar buzishlar belgilangan muddat davomida bartaraf etilmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi siyosiy partiyaning faoliyatini olti oygacha muddatga toʻxtatib turishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning faoliyati toʻxtatib turilgan taqdirda, shu muddat davomida partiyaning har qanday ommaviy axborot vositalaridan foydalanishi, targʻibot va tashviqot ishlarini olib borishi, saylovlarda ishtirok etishi man qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Siyosiy partiyaning faoliyatini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyaning faoliyati quyidagi tarzda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiyaning oʻz ustaviga muvofiq tarqalib ketishi orqali, bu haqda partiya oliy organi uch kunlik muddat ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xabar qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya ushbu Qonun 3-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan xatti-harakatlarni sodir etgan hollarda yoki oʻz faoliyati toʻxtatib qoʻyilganidan soʻng bir yil muddat ichida oʻsha xatti-harakatlarni takror sodir etgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qarori bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining siyosiy partiya faoliyati tugatilganligi toʻgʻrisidagi rasmiy xabari ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan kundan boshlab siyosiy partiyaning faoliyati tugaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Siyosiy partiyalarning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni erkin tarqatish, oʻz gʻoyalari, maqsadlari va qarorlarini targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saylab qoʻyiladigan davlat organlaridagi oʻz vakillari orqali tegishli qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, davlat hokimiyati organlari saylovlarida ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
partiya faoliyati bilan bogʻliq yigʻilishlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ommaviy axborot vositalari taʼsis etish va boshqa ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining siyosiy partiyalari bilan ittifoq (blok) tuzish, ular bilan va boshqa jamoat birlashmalari bilan shartnoma munosabatlari oʻrnatish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar ushbu Qonunda hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlarida nazarda tutilgan oʻzga huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari oʻz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun, siyosiy partiyalardan koʻrsatilgan deputatlarning taʼsis yigʻilishlarida tuziladi. Fraksiyalar fraksiyaning rahbari bergan tegishli ariza va taʼsis hujjatlariga asosan Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda fraksiya vakiliga kafolatlangan soʻz berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeriga va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga, vazirlarga, shuningdek boshqa davlat organlarining rahbarlariga soʻrov bilan murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va komissiyalari raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining majlisida muhokama qilinayotgan masala boʻyicha fraksiya fikrini deputatlar orasida tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi tarkibiga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fraksiyalarning faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy jihatdan va boshqa xizmatlar koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining devoni tomonidan taʼminlanadi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlaridagi partiya guruhlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlaridagi partiya guruhlari siyosiy partiyalar tomonidan koʻrsatilgan deputatlar taʼsis yigʻilishlarida oʻz partiyalarining siyosatini uyushqoqlik bilan oʻtkazish uchun tuziladi. Partiya guruhlari partiya guruhining rahbari bergan ariza yoki taʼsis hujjatlariga asosan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan roʻyxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Partiya guruhlari quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya kun tartibini tuzishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sessiya kun tartibidagi har bir masala boʻyicha muzokaralarda guruh vakiliga kafolatlangan soʻz berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda Joʻqorgʻi Kengesning Raisiga va Vazirlar Kengashiga, Qoraqalpogʻiston Respublikasining vazirlariga va boshqa davlat organlari rahbarlariga, hokimlarga, hokim oʻrinbosarlariga, hokimliklar boʻlimlari va boshqarmalarining rahbarlariga, shuningdek tegishli xalq deputatlari Kengashi hududida joylashgan korxona, muassasa va tashkilotlarning rahbarlariga soʻrovlar bilan murojaat etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vakillik organi qoʻmitalari yoki komissiyalari raisligiga nomzodlar boʻyicha takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi yoki xalq deputatlari Kengashining sessiyasida muhokama qilinayotgan masala boʻyicha partiya guruhining fikrini deputatlar orasida tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati tegishli vakillik organlarining deputatlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlaridagi partiya guruhlarining faoliyatiga tashkiliy, texnikaviy va boshqa xizmatlar koʻrsatish shu organning tegishli tarmoq boʻlinmalari tomonidan taʼminlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Siyosiy partiyalar mulki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, nashriyotlar, transport vositalari, shuningdek ustavida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur boshqa mol-mulk siyosiy partiyalarning mulki boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi. Siyosiy partiyaning tadbirkorlik faoliyati natijalari uning moliyaviy hisobotida aks ettirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning tadbirkorlik faoliyatidan olgan daromadlari partiya aʼzolari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va ulardan faqat ustavda nazarda tutilgan vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalar har yili barchaning eʼtibori uchun oʻz budjetlarini eʼlon qilib boradi va oʻz faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yoki u vakolat bergan organga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning mulki qonun bilan muhofaza qilinadi.
(15-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Siyosiy partiyalar faoliyatining qonun hujjatlariga va oʻz ustavlariga muvofiqligini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Siyosiy partiyalarning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonun hujjatlariga va oʻz ustavlariga muvofiqligini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 36-modda; 1999-y., 9-son, 229-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 2007-y., 15-son, 153-modda; 2008-y., 52-son, 510, 513-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son, 30.10.2019-y., 03/19/575/3972-son; 07.01.2020-y., 03/20/600/0023-son; 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 15.10.2021-y., 03/21/722/0960-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 04.07.2024-y., 03/24/934/0469-son; 31.07.2025-y., 03/25/1077/0674-son)