Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2008 16.06.1997 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.06.2008
Hujjat 16.06.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
GUMON QILINUVChI, AYBLANUVChI YOKI SUDLANUVChIGA ADVOKAT TOMONIDAN HUQUQIY YORDAM KOʻRSATISh BOʻYIChA XARAJATLARNI DAVLAT HISOBIGA OʻTKAZISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 20-iyundagi 137-sonli “Advokatlar tomonidan koʻrsatilgan yuridik yordam uchun davlat hisobidan haq toʻlash mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surishtiruv, dastlabki tergov, sudda fuqarolarning himoya qilinishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 50-moddasi va “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, surishtiruvni olib boruvchi shaxs, tergovchi, prokurorning qarori, sudning fuqaroni huquqiy yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish haqidagi ajrimi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish uchun asos boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advokatlarga toʻlanadigan summa miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda tasdiqlaydigan Advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan huquqiy yordam uchun haq toʻlash toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mehnatga layoqatsiz va toʻlovga qobiliyatsiz shaxslar, shuningdek jami daromadi har bir boqimandaga hisoblaganda ushbu davrda belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan ortiq boʻlmagan nochor fuqarolar huquqiy yordam uchun haq toʻlashdan ozod qilinishlari kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tuman, shahar hokimligi haq toʻlashni qaror, ajrimni chiqargan organ joylashgan joy boʻyicha amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Haq qaror, ajrim va advokatlar byurosi, hayʼati va firmasi rahbari tomonidan hisoblab chiqarilgan summa koʻrsatilgan hamda qaror, ajrimni chiqargan shaxs tomonidan tasdiqlangan maʼlumotnoma taqdim etilgach toʻlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman, shahar hokimligi koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar olingach, bir oy muddatda advokatlar byurosi, hayʼati, firmasiga toʻlanishi kerak boʻlgan summani oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Advokat jinoiy ishni sudda koʻrib chiqishda uzoq vaqt qatnashgan taqdirda uning mehnatiga haq toʻlash haqidagi maʼlumotnoma har oyda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Advokatlar byurosi, hayʼati va firmasi rahbari tayinlanib jinoiy ishda qatnashgan advokatga haq toʻlangandan keyin bir hafta muddatda jinoiy ishga tirkash uchun davlatga toʻlanishi kerak boʻlgan summa haqida surishtiruvni olib borgan shaxs, tergovchi, prokurorni xabardor qiladi. Fuqaro sudning hukmi bilan aybdor deb topilganda va huquqiy yordam uchun haq toʻlashdan ozod qilish uchun asos mavjud boʻlmagan holda davlat xarajatlari hukm qilinganning hisobidan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat tomonidan haq toʻlangan huquqiy yordamga oid xarajatlarni hukm qilingandan undirib olish yuzasidan hukmning ijro etilishi (qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Advokatlar tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni moliya organlari amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan koʻrsatilgan huquqiy yordamga davlat hisobidan haq toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan huquqiy yordamga haq toʻlash haqidagi yoʻriqnomani va Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchiga davlat hisobiga oʻtkazilgan huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlarni advokatlarga toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi qoidalarni bir oy muddatda tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashining “Advokatlar tomonidan fuqarolarga huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 1990-yil 19-sentabrdagi 314-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 16-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-son