Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2024 20.06.2008 yildagi 137-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 21.11.2024
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ADVOKATLAR TOMONIDAN KOʻRSATILGAN YURIDIK YORDAM UCHUN DAVLAT HISOBIDAN HAQ TOʻLASH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-sonli “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga, “Advokatura toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 1-maydagi PF-3993-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda kam taʼminlangan shaxslarning advokatlar tomonidan koʻrsatiladigan yuridik yordamdan foydalanishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaroni yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning qarori, sudning ajrimi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish uchun asos hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilasida har bir oila aʼzosiga toʻgʻri keladigan yalpi oylik daromad yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilish toʻgʻrisida qaror (ajrim) qabul qilingan kundagi mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 52,70 foizidan ortiq boʻlmagan shaxslar advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilinadi va xarajatlar davlat hisobiga oʻtkaziladi;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchi himoyachidan voz kechishi bilan bogʻliq protsessual harakatda advokat ishtirok etishi hollarida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 52-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq jinoyat ishida himoyachining qatnashishi majburiy deb hisoblangan hollarda ham yuridik yordam uchun haq toʻlash boʻyicha xarajatlar davlat hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har yili Davlat budjetining xarajatlari parametrlarida advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun haq toʻlashga mablagʻlarni nazarda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun advokatlik tuzilmasi tegishli moliya organiga murojaat qilgandan keyin oʻttiz kundan kechikmay Moliya vazirligining qaror (ajrim) chiqargan organ joylashgan joydagi Gʻaznachiligi hududiy boʻlinmasi orqali haq toʻlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun toʻlanadigan haqning amaldagi miqdorini 25 foizga koʻpaytirishni nazarda tutgan holda Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokatlar tomonidan yuridik yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning belgilangan tartibda ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchiga advokat tomonidan huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni davlat hisobiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida” 1997-yil 16-iyundagi 297-son qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat budjetining gʻazna ijrosi tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 28-fevraldagi PQ-594-son qarori)” 2007-yil 26-iyundagi 129-son qaroriga ilovaning 3-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 6-son, 35-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 20-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 26-27-son, 250-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)