Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 6 mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3221-2]
Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-659-son “2021-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 28-yanvardagi 2020-03-son “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3221, 2020-yil 24-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.02.2020-y., 10/20/3221/0203-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2020-yil uchun soliq hisoboti 2020-yilda amal qilgan tartib va shakllar asosida taqdim etiladi.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais Sh. KUDBIYEV
Toshkent sh.,
2021-yil 15-aprel,
2021-20-son
Kelishildi:
Moliya vaziri T. IShMETOV
Toshkent sh.,
2021-yil 1-aprel
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2021-yil 15-apreldagi 2021-20-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovada:
a) Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobida:
4 — 6-satrlar chiqarib tashlansin;
izoh chiqarib tashlansin;
b) Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobining 1-ilovasida:
01023-satr chiqarib tashlansin;
01024-satrning “Satr kodi” ustunidagi “01024” raqami “01023” raqamiga almashtirilsin;
izohda:
ikkinchi — oltinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda ikkinchi va uchinchi xatboshilar deb hisoblansin;
v) Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobining 3-ilovasida:
012-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
|
Soliq toʻlovchi boʻlmagan shaxs soliq toʻlovchi sifatida maxsus roʻyxatga olish hisobiga qoʻyilganda, shuningdek soliq toʻlashdan ozod etish bekor qilingan taqdirda hisobga olinadigan QQS summasiga kiritiladigan tuzatish (6-ilova) |
012 |
”;
7 — 9-satrlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 0608-satr bilan toʻldirilsin:
“
|
toʻlanmagan soliqlarni hisobdan chiqarish |
0608 |
”;
izohda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;
g) Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobining 4-ilovasi mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
d) Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobining 5-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;
e) Qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitobining 6-ilovasi mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 2-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
2. 2-ilovadagi Qatʼiy stavkalar qoʻllaniladigan aksiz soligʻi hisob-kitobiga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. 3, 4 va 6-ilovalar mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 3 — 5-ilovalariga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
4. 5-ilovadagi Yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq toʻlovchi toʻgʻrisida maʼlumotlardagi “Foydali qazilmalarni qazib olish uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya” degan soʻzlar “Foydali qazilmalarni qazib olish uchastkasidan foydalanish huquqini beruvchi litsenziya (yoki tegishli shartnoma raqami va sanasi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 7-ilovada:
a) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlarni hisoblash boʻyicha maʼlumotnoma mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 6-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
b) Mol-mulk soligʻi toʻlovchi yuridik shaxs toʻgʻrisida maʼlumotda:
“1-maʼlumotlar” degan soʻzlar “1-hisobot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“Pochta manzili” qatoridan keyin quyidagi mazmundagi qatorlar bilan toʻldirilsin:
|
|
“obyekt soni
Obyektning kadastr kodi (har bitta obyekt kodi alohida yoziladi)
|
|
”;
v) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobida:
010-satr quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“
|
Soliq bazasi (Hisob-kitobiga 1-ilovaning 010-satri 15-ustuni) |
010 |
|
”;
“Soliq bazasi (Hisob-kitobiga 1-ilovaning 010-satri 15-ustuni)” degan tahrirda bayon etilsin;
2 — 4, 6 — 8 va 27 — 35-satrlar chiqarib tashlansin;
Izohning toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“010-satrdan 200-satrgacha avtomat shakllanadi.”
g) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobining 1-ilovasida:
010-satrning “Koʻrsatkichlar” ustunidagi “Koʻchmas mulk (040 va 050-satrlardan tashqari)” degan soʻzlar “Soliq bazasi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
0101 va 0201-satrlarning “Koʻrsatkichlar” ustunidan “Buxgalteriya balansining 010-satri” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
0202-satrning “Koʻrsatkichlar” ustunidan “Buxgalteriya balansining 011-satri” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
d) Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisob-kitobining 3-ilovasida:
020-satrning “Soliq solinmaydigan mol-mulk” ustunidan “, shu jumladan (0201-satr + 0202-satr)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
0201-satrning “Soliq solinmaydigan mol-mulk” ustunidan “madaniyat va sanʼat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy taʼminot obyektlari;” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
0202-satrning “Soliq solinmaydigan mol-mulk” ustunidan “qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va saqlash uchun, shuningdek ipak qurti yetishtirish uchun foydalaniladigan qishloq xoʻjaligi korxonalari balansida boʻlgan mol-mulk;” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 0203 va 0204-satrlar bilan toʻldirilsin:
“
|
|
0203 |
||
|
0204 |
”;
6. 8-ilovada:
Joriy yilning 1-yanvar holatiga meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarining meva-sabzavot mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band boʻlgan sugʻoriladigan va lalmi yerlari uchun toʻlanadigan yer soligʻi hisob-kitobi chiqarib tashlansin;
Meva-sabzavotchilik yoʻnalishidagi qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilarining meva-sabzavot mahsulotlari (sabzavotlar, poliz ekinlari, mevalar, tokzorlar) bilan band boʻlgan sugʻoriladigan va lalmi yerlari uchun toʻlanadigan yer soligʻi hisob-kitobiga ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
7. 9-ilova mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 7-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
8. 10-ilovada:
a) Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisob-kitob mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning 8-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin;
b) Maqsadli mablagʻlar beruvchi subyektlar toʻgʻrisida maʼlumot quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh:
8-ustun summasi Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisob-kitobning 020-satriga teng boʻlishi lozim.”;
v) Maqsadli mablagʻlar yoʻnaltirilgan subyektlar toʻgʻrisida maʼlumotda:
“Mablagʻning sarflanishi asosi” degan soʻzlar “Mablagʻni yoʻnaltirish asosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi izoh bilan toʻldirilsin:
“Izoh:
8-ustun summasi Olingan maqsadli mablagʻlardan foydalanganlik toʻgʻrisidagi hisob-kitobning 070-satriga teng boʻlishi lozim.”.
9. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3221-2/0439-son)