Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2025 07.05.2021 yildagi 288-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.06.2025
Hujjat 07.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-maydagi 333-sonli “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filiali faoliyatini tugatish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-fevraldagi “2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-6155-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nurafshon filialini (keyingi oʻrinlarda — Filial) tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining (keyingi oʻrinlarda — Universitet) Axborot-resurs markazida “Raqamli kutubxona” tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirishga hissa qoʻshadigan, zamonaviy talablarga javob beradigan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ilgʻor texnologiyalar boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash jarayonida oʻquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish hamda ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllagan holda oʻquv jarayonini taʼlimning kredit-modul tizimi asosida tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni olib borish hamda ularning natijalarini ishlab chiqarishga keng joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga biriktirilgan informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktablar faoliyatini metodik qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining barcha qatlamlarida raqamli koʻnikmalarni oshirish maqsadida dasturlash, robototexnika, “Buyumlar interneti”, sunʼiy intellekt texnologiyalarini qoʻllash va oʻrganish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Universitet huzurida faoliyat yurituvchi, oliy taʼlim tizimi bilan integratsiyalashgan oʻrta maxsus professional taʼlim bosqichida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan texnikumlar (keyingi oʻrinlarda — Texnikumlar) ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorga ilovada belgilangan taʼlim muassasalarining bino va inshootlari Vazirlikka operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berilsin hamda Texnikumlarning moddiy-texnik vositalari va axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlashga oid oʻquv ustaxona jihozlari belgilangan tartibda topshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarorga ilovada nazarda tutilgan taʼlim muassasalarining bino va inshootlari berilishi hamda boshqa moddiy-texnika vositalarining topshirilishi va qabul qilinishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial va Texnikumlar yuridik shaxs maqomiga ega Universitetning tarkibiy boʻlinmalari hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial va Texnikumlarda oʻquv jarayoni 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda har yili tasdiqlanadigan respublika oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi va qoʻshimcha qabul parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur saqlash xarajatlari, shu jumladan maʼmuriy boshqaruv, texnik va oʻquv-yordamchi xodimlar mehnatiga haq toʻlash xarajatlari 2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchi sifatida Vazirlikka ajratilgan mablagʻlar doirasida, 2022-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarda taʼlim dasturlari Taʼlimning xalqaro standart tasniflagichi 5-darajasi asosida tashkil etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarga 2020/2021 oʻquv yilida qabul qilingan oʻquvchilar belgilangan tartibda amaldagi taʼlim dasturlari boʻyicha mazkur texnikumlarning bino va inshootlarida oʻqishni yakunlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta navbatchi yengil avtotransport vositalarini saqlash uchun limit ajratiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Filial faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Texnikumlarni joriy saqlash, ularning faoliyat yuritishi, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va kadrlar tayyorlash hamda “Raqamli kutubxona”ni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlar Vazirlik hamda Universitet va uning hududiy filiallarining budjetdan tashqari mablagʻlari, oʻquvchilarni davlat buyurtmasi va toʻlov-kontrakt asosida oʻqitishdan tushadigan mablagʻlar hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Toshkent viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial hamda Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi binosini qurish uchun yer maydonini Toshkent viloyatining Nurafshon shahri “Nurafshon business city” hududidan belgilangan tartibda ajratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filialga faoliyat yuritish uchun boshqa hududlardan taklif etilgan professor-oʻqituvchilarni uy-joy bilan, shu jumladan 4 ta ikki xonali xizmat uyi bilan taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik va Toshkent viloyati hokimligi 2022/2023 oʻquv yiliga qadar Filialning zamonaviy oʻquv binosi, sport zali va talabalar turar joyi binosi hamda Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi oʻquv binosining qurib bitkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Filial va Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumining oʻquv binolari qurib bitkazilguniga qadar Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrtachirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabining oʻquv binosiga tekin foydalanish huquqi asosida vaqtincha joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan 2021/2022 oʻquv yili boshlanguniga qadar Texnikumlarning bino va inshootlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash, hududlarini obodonlashtirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ikki hafta muddatda Filialni yuqori malakali pedagog kadrlar bilan toʻldirish uchun respublikaning yetakchi oliy taʼlim muassasalarida tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha maqsadli qabul parametrlariga takliflarni belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga taqdim etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Filial va Texnikumlarning ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial va Texnikumlarni oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqarish tashkilotlarining katta amaliy tajribaga ega mutaxassislaridan iborat boʻlgan yuqori malakali kadrlar bilan toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial va Texnikumlarni zamonaviy oʻquv-laboratoriya jihozlari va ilgʻor kompyuter texnikasi bilan taʼminlash hamda uning shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial va Texnikumlar professor-oʻqituvchilarining respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalarida, ilmiy-tadqiqot markazlarida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ishlab chiqarish tashkilotlarida davriy ravishda stajirovkasini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Filial va Texnikumlarning axborot-resurs markazini oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan toʻldirib borish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Toshkent viloyati hokimligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yili boshlanguniga qadar sohaning innovatsion rivojlanishdagi istiqbollarini inobatga olgan holda Filialda oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, uning moddiy-texnik bazasini shakllantirish, zamonaviy oʻquv adabiyotlari, laboratoriya va ishlab chiqarish trenajyorlari bilan butlash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabalarning amaliy koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida soha mutaxassislarini dars jarayonlariga jalb etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
professor-oʻqituvchilar va talabalarning ilmiy-tadqiqot institutlari hamda yetakchi tashkilotlarning laboratoriyalaridan foydalanishi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Raqamli kutubxona”ni 2022-yil 1-sentabrga qadar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga oid zamonaviy milliy va xorijiy maʼlumotlar bazalariga, ularda maʼlumotlar qidirish imkonini yaratgan holda, ulanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlik Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va tegishli viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda axborot texnologiyalari sohasidagi ish beruvchi tashkilotlarni Texnikumlarga biriktirish va oʻquvchilarning ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish boʻyicha quyidagilarni nazarda tutuvchi “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarda oʻquvchilarni, shu jumladan axborot texnologiyalari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha korxonalarning yillik tarmoq buyurtmasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnikumlarda Universitet va uning filiallari, Toshkent shahridagi Inxa universiteti, Toshkent shahridagi Amiti universiteti hamda tegishli oliy taʼlim muassasalarining talabalarini jalb qilgan holda, shu jumladan masofaviy oʻqitish orqali oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga koʻmaklashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 24-iyuldagi “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 569-son qaroriga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Filiallar” bloki “Nurafshon” bloki bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Akademik litsey” blokidan keyin “Texnikumlar” bloki bilan toʻldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 7-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-maydagi 288-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan yangi tashkil etilayotgan texnikumlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Texnikum nomi

Texnikumlar tashkil etilayotgan bino va inshoot

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Agro IT texnikumi

Nukus shahri, Toʻrtkoʻl guzari koʻchasi

(Nukus kompyuter lingvistikasi texnikumi)

2.

Andijon axborot texnologiyalari texnikumi

Andijon tumani, “Xartum” QFY, “Islomobod” MFY, Islomobod koʻchasi, 163-uy

(Andijon mashinasozlik texnikumi)

3.

Buxoro axborot texnologiyalari texnikumi

Shofirkon tumani, “Iskogare” QFY

(Buxoro davlat tibbiyot institutiga oʻquv poligoni)

4.

Jizzax axborot texnologiyalari texnikumi

Forish tumani, Fayzobod koʻchasi, 25- uy

(Jizzax davlat pedagogika instituti oʻquv paligoni)

5.

Qashqadaryo axborot texnologiyalari texnikumi

Nishon tumani, “Yangi Nishon” QFY

(TATU Qarshi filiali oʻquv paligoni)

6.

Navoiy axborot texnologiyalari texnikumi

Karmana tumani, Jaloyir mahallasi, Quyibugʻ qishlogʻi, 57-uy

(Karmana sanoat va iqtisodiyot texnikumi)

7.

Sirdaryo axborot texnologiyalari texnikumi

Sayxun shaharchasi, Ravonlik shoh koʻchasi, 49-uy

(Guliston davlat universiteti oʻquv poligoni)

8.

Surxondaryo axborot texnologiyalari texnikumi

Angor tumani, Yuqori Xoʻjaqiya mahallasi, 34-uy

(Angor iqtisodiyot va tadbirkorlik texnikumi)

9.

Toshkent viloyati axborot texnologiyalari texnikumi

Toshkent viloyati, Oʻrtachirchiq tumani, “Navoiy” QFY, Yangihayot mahallasi, Ibn Sino koʻchasi

(Oʻrtachirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabi)*

10.

Fargʻona axborot texnologiyalari texnikumi

Qoʻqon shahar, Guzar koʻchasi, 2-uy

(Qoʻqon noshirlik va axborot texnologiyalari texnikumi)

11.

Urganch axborot texnologiyalari texnikumi

Urganch shahar, Tinchlik koʻchasi, 6-uyda joylashgan binoning 3- va 6-bloklari

(Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining operativ boshqaruvida)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda ushbu roʻyxatga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2021/2022 oʻquv yilida Oʻrtachirchiq tumani 2-son kasb-hunar maktabiga vaqtinchalik joylashtiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2021-y., 09/21/288/0435-son, 25.12.2021-y., 07/21/60/1177-son)