Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 10.12.1996 yildagi 437-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 07.06.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOLALI OILALARNI IJTIMOIY QOʻLLAB-QUVVATLASHNI KUCHAYTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi Farmonini bajarish va aholini ijtimoiy muhofaza qilishning muayyan shaxsga qaratilganligini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash zimmasiga yuklanadigan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari (shaharcha, qishloq, ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari)ning joylashishini, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish ushbu organlari hududlarida yashaydigan oilalar sonidan kelib chiqqan holda, ikki hafta muddatda aniqlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahallalarning fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)ga va kotiblariga mahalliy budjetdan mehnat haqi toʻlashni taʼminlasinlar. Bunda shunga amal qilinsinki, ish haqi (maosh) hududlarida kamida 500 oila yashaydigan mahallalarning fuqarolar yigʻinlari raisi (oqsoqol)lariga va kotiblariga tayinlanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi va “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi bilan birgalikda 1997-yil 1-yanvargacha joylarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil etish va bunday qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlash masalalari boʻyicha oʻquvini amalga oshirsinlar.
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda 16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlash tartibini bir hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bolali oilalarga nafaqalar toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlardan belgilangan maqsadda va samarali foydalanishni nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari, Makroiqtisodiyot va statistika vaziri R.S. Azimov, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. Obidov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga shaxsan yuklansin.
(3 va 4-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga ular tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj oilalarni aniqlashda, ularga nafaqalar toʻlashda va oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tartibga soluvchi meʼyoriy hujjatlarning izchil bajarilishini taʼminlashda har tomonlama amaliy va uslubiy yordam koʻrsatsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu maqsadda:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) Bandlikka koʻmaklashish markazlari xodimlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida Nizom ishlab chiqilsin va tasdiqlansin, bunda ularga oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni tashkil qilish masalalarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha yangi funksiyalarni yuklash hisobga olinsin;
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2001-y., 7-son, 36-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori bilan chiqarilgan — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tuman (shahar)lar Bandlikka koʻmaklashish markazlarining fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish hududiy organlariga biriktirilgan xodimlari uchun mehnatga haq toʻlash boʻyicha Yagona tarif setkasi razryadlarini amaldagi razryadga nisbatan ikki razryadga oshirish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 8-maydagi 95-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 19-20-son, 195-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga 3-ilovaning tuman (shaharlar mehnat, aholini ish bilan taʼminlash va ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlarining xodimlari soni normativiga doir qismi, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 20-iyundagi 308-son qarorining 2-bandi 1997-yil 1-yanvardan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar boʻyicha 10 kun muddatda takliflar tayyorlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 10-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
437-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
10-dekabrdagi 437-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash toʻgʻrisida
(Nizomning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bolali oilalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish toʻgʻrisida” 1996-yil 10-dekabrdagi PF–1657-son va “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish toʻgʻrisida” 2002-yil 25-yanvardagi PF–3107-son Farmonlariga muvofiq 16 yoshgacha bolalari boʻlgan, shuningdek umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa (bundan keyin “nafaqa” deb yuritiladi) tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oilalarga nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi qaror shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi) yoki fuqarolar yigʻini tomonidan shunday masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻini tomonidan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiya tarkibi fuqarolar yigʻini (vakillar yigʻilishi) tomonidan fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi eng obroʻ-eʼtiborli va hurmatga sazovor fuqarolar orasidan saylanadi. Ushbu Komissiyaga fuqarolar yigʻinining raisi boshchilik qiladi. Komissiya aʼzolari 2 yil muddatga, fuqarolar yigʻini raisi esa — uning butun vakolati davriga saylanadi. Mazkur komissiya aʼzolarining tarkibi — kamida 20 kishi. Bunda komissiya tarkibi, raisdan tashqari, har yili 50 foizga yangilanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nafaqa ushbu nafaqani olishga muhtoj boʻlgan, tugʻilgan, bolalikka va xomiylikka (vasiylikka) olingan 16 yoshgacha (umumtaʼlim maktablarida, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotgan 16 yoshdan 18 yoshgacha) bolalari boʻlgan oilalarga tayinlanadi va toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa ota-onalardan birining shaxsiy arizasi asosida 6 oy muddatga tayinlanadi va toʻlanadi, ushbu muddat tugagach arizachi yangi muddatga nafaqa toʻlashni davom ettirish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Nafaqa har oyda toʻlanadi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oilaga nafaqa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir bolali oilalar uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki bolali oilalar uchun — 100 foizi miqdorida;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch va undan koʻp bolali oilalar uchun — 140 foiz;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar belgilangan tartibda nafaqa belgilangan davr mobaynida eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgarsa nafaqa miqdori eng kam oylik ish haqi miqdori oʻzgargan oydan boshlab tegishli ravishda koʻpayadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar nafaqalar olishda imtiyozli huquqqa egadirlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogiron chaqaloqli (bolali) oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onaning ikkalasi ham boʻlmagan, bolalar tarbiyasi bilan esa qarindoshlari shugʻullanishadigan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalarning ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham nogiron boʻlgan oilalar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onadan biri yoki ikkalasi ham ishsiz boʻlgan, Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlarida ish qidiruvchi sifatida hisobda turgan oilalar.
(5-bandning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallaning fuqarolar yigʻinlari (bundan keyin fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi deb ataladi) yoki Komissiyalar nafaqalarni tayinlashda va toʻlashda quyidagi asosiy qoidalarga amal qilishlari kerak:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy adolat qoidalariga qatʼiy amal qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oshkoralikni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta yoshdagi mehnatga layoqatli aholi oʻrtasida boqimandalikka, oʻzining iqtisodiy faolligi hisobiga emas, balki davlat yordami hisobiga yashashga intilishga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar tarbiyasi uchun oila masʼuliyatini kuchaytirish, ularga jismoniy, aqliy va maʼnaviy-axloqiy rivojlanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashsiz daromadlarini jiddiy oshirishning aniq imkoniyati mavjud boʻlmagan, kam daromadli oilalarga nafaqalar berish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilarga nafaqa tayinlanmaydi va berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalari toʻliq davlat taʼminotida boʻlgan oilalarga. Agar oiladagi bolalarning hammasi ham toʻliq davlat taʼminotida boʻlmasa, u holda nafaqa davlat taʼminotida boʻlmagan bolalarni hisobga olgan holda toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ota-onasi qonunchilikda belgilangan tartibda ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan oilalarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy boyligi (daromadi) bolalarining jismoniy, aqliy va maʼnaviy-axloqiy jihatdan maqbul rivojlanishini taʼminlash imkonini beradigan oilalarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilar nafaqalarni toʻlashni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy budjetlar mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
budjetdan tashqari manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqalar toʻlash uchun moʻljallangan mablagʻlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining Xalq bankining mahalliy boʻlimlaridagi “Bolalar nafaqalari” maxsus schyotlariga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu schyotlardagi pul mablagʻlaridan faqat nafaqalar toʻlash maqsadida, ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan hollarda esa bolali oilalarga natura bilan yordam berish sifatida foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlarni boshqa maqsadlarga sarflashga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga yoʻnaltiriladigan va nafaqalar toʻlashda foydalanilmagan qoldigʻi olib qoʻyilmaydi va ular kelgusi davrda nafaqalar toʻlashga yoʻnaltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Olingan nafaqalardan soliq undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu nafaqalarning toʻlanishi oilaga boshqa nafaqalar tayinlashni, shu jumladan kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishni rad etish uchun asos boʻlib hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING NAFAQA TAYINLASH UCHUN MUROJAATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Nafaqa doimiy yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga nafaqa tayinlash toʻgʻrisida yozma ariza bilan murojaat qilishgan oilalarga, alohida hollarda esa ushbu organning raisi (oqsoqoli) taqdimnomasiga binoan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi ariza bolalarning ota-onasidan biri tomonidan oilaning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish tegishli organiga ushbu organning raisi nomiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada nafaqa olish uchun murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Nafaqa olish uchun murojaat qilgan shaxs, arizadan tashqari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tasdiqlangan shakl boʻyicha oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
(13-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bolalarning tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalari nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vasiylik (homiylik)da boʻlgan bolalarga nafaqa tayinlash chogʻida vasiylik (homiylik) huquqini belgilovchi organning qaroridan koʻchirma;
Oldingi tahrirga qarang.
(13-bandning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 16 dan 18 yoshgacha boʻlgan bolalarga — mazkur shaxs haqiqatan ham oʻquv yurtida oʻqiyotganligi va stipendiya olmasligi toʻgʻrisida oʻquv yurtidan maʼlumotnoma.
(Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qaroriga muvofiq 13-band “d” kichik band bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqa tayinlash uchun zarur boʻlgan hujjatlarning asl nusxalari yoki belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma nusxalari taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi arizalarni roʻyxatdan oʻtkazish maxsus roʻyxatga olish daftarida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning kotibi tomonidan amalga oshiriladi, daftarda ariza tushgan sana, iltimosnomaning qisqacha mazmuni va fuqarolar yigʻini qarori qabul qilingandan soʻng, qaror sanasi va raqami koʻrsatilgan holda qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi maʼlumot yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAFAQA TAYINLASH HAQIDAGI ARIZALARNI KOʻRIB CHIQISH VA UNI TAYINLASH TOʻGʻRISIDA QAROR QABUL QILISH TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oilaning nafaqaga muhtojligini aniqlash uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi huzurida maxsus komissiya tuziladi, uning tarkibi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya tarkibiga oʻzini oʻzi boshqarish organining maslahatchilari va kotibi, tuman (shahar) hokimligi tomonidan vakil qilingan, nafaqalar tayinlash va ularni toʻlash qismi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organiga amaliy yordam koʻrsatuvchi tuman (shahar) “Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi, shuningdek tuman (shahar) soliq va moliya organlarining vakillari kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida, agar ularning hududlarida uch yuzdan ortiq oila yashasa, bir nechta komissiya tuzilishi mumkin. Bunday hollarda Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimining har bir komissiya ishida qatnashishi majburiydir.
(15-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maxsus Komissiya nafaqa olish uchun murojaat qilgan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini ariza berilgan sanadan boshlab ikki hafta muddatda tekshiradi hamda arizani va taqdim etilgan hujjatlarni har tomonlama koʻrib chiqish asosida nafaqa tayinlash toʻgʻrisida yoki nafaqa tayinlashni rad etish haqida fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillari majlisi)ga yoki fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan komissiyaga ikki hafta muddatda taklif kiritadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish natijalari yuzasidan Tekshirish dalolatnomasi tuziladi (1-ilova), unda quyidagilar majburiy tartibda koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan oilaning tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekshirilayotgan oila umumiy daromadining miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila aʼzolari daromadlari shakllanishining asosiy manbalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta yoshdagi (mehnatga layoqatli) oila aʼzolarining ish bilan taʼminlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oilaning nafaqaga muhtojligini aniqlash uchun mazkur oilaning har bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq aniqlangan oila umumiy daromadining miqdori asos sifatida qabul qilinadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi mezonlarni va nafaqa tayinlash uchun asoslarni oʻzini oʻzi boshqarish organi schyotlaridagi mablagʻlar miqdoridan va nafaqaning belgilangan miqdorlaridan kelib chiqqan holda mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda nafaqa tayinlash uchun oilaning bir aʼzosiga toʻgʻri keladigan oʻrtacha oylik jami daromad miqdori jami daromad aniqlanadigan davrda belgilangan eng kam oylik ish haqining 1,5 baravaridan koʻp boʻlmasligi kerak.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ariza bergan oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish natijalari hamda maxsus komissiyaning xulosasi boʻyicha nafaqa olishga muhtoj boʻlgan oilalarning roʻyxati tuziladi va shaharcha, qishloq, ovul, mahallalar fuqarolar yigʻini yoki Komissiya koʻrib chiqishi uchun taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Nafaqa tayinlash yoki uni tayinlashni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ochiq ovoz berish yoʻli bilan shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallalar fuqarolar yigʻini yoxud fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiya tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar qarorga shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallalar fuqarolar yigʻini (vakillar majlisi) yoxud fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni xal etish uchun vakil qilingan Komissiya aʼzolarining oddiy koʻpchiligi ovoz bersalar, u qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallalar fuqarolar yigʻini (vakillar majlisi) yoxud fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish uchun vakil qilingan Komissiyaning qarori protokol bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Nafaqa tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish chogʻida arizachining fuqarolar yigʻinida (Komissiya yigʻilishida) ishtirok etishi majburiydir. Arizachi uzrli sabab (kasallik yoki boshqa uzrli sabablar) bilan qatnashmagan hollarda fuqarolar yigʻinida yoki Komissiya yigʻilishida oilaning balogʻat yoshiga yetgan boshqa aʼzosi qatnashishi shart. Arizachi yoki oilaning boshqa vakili qatnashmagan xollarda mazkur oilaga nafaqa tayinlash toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqilmaydi va u fuqarolarning keyingi yigʻinida yoki Komissiya yigʻilishida koʻrib chiqish uchun qoldiriladi.
(20-22-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Nafaqa tayinlash rad etilgan hollarda rad etish sababi koʻrsatilgan holda tegishli qaror qabul qilingandan soʻng 5 kun muddatda arizachi bu haqda yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Mehnat faoliyatidan boʻyin tovlab yurgan va jamiyatga xilof ravishda turmush kechirayotgan ota-onalarning bolalariga ota-onalarining yozma arizalarisiz fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning taqdimnomasiga binoan fuqarolar yigʻini tomonidan nafaqa tayinlanishi mumkin. Bunday hollarda nafaqa natura shaklida berilishi mumkin. Bunda komissiya aʼzolaridan hisob beruvchi shaxs tayinlanadi. U patronaj tartibida, aytib oʻtilgan oilalarning bolalariga zarur boʻlgan tovarlar (xizmatlar) sotib olishni va berishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nafaqani natura shaklida berish savdo tashkiloti hisobiga pul mablagʻlari oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunday tarzda sotib olingan tovarlar (xizmatlar) fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi va hisob beruvchi shaxs tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma boʻyicha oluvchiga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Nafaqa tayinlangan davr davomida oilada bir yoki bir necha bola 16 yoshga (umumtaʼlim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotganlar—18 yoshga) yetsa, unda oilaga tayinlangan nafaqa miqdori mazkur Nizomning 4-moddasiga muvofiqlashtiriladi. 16 yoshgacha (umumtuʼlim maktablarida, akademik litseylarda va kasb-hunar kollejlarida taʼlim olayotganlar—18 yoshgacha) boʻlgan bolalar soni oʻzgarishi munosabati bilan fuqarolar yigʻinining yoki Komissiyaning qarori boʻlishi shart emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi miqdordagi nafaqa bola (bolalar) 16 yoshga toʻlgan oyning keyingi oyidan boshlab toʻlanadi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAFAQANI TOʻLASH TARTIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Nafaqa fuqarolar yigʻini yoki Komissiya qarorining protokoli asosida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi yoki Komissiyaning kotibi har oyning 1 (birinchi) kuniga fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi qarorining protokollari asosida nafaqa toʻlash uchun vedomost tuzadi, unda oluvchining familiyasi, pasporti raqami va manzili, shuningdek, toʻlanadigan summa koʻrsatilgan boʻladi. Oʻzini oʻzi boshqarish organi raisining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan vedomost nafaqalar tayinlangan oyning 5-kunigacha boʻlgan muddatda Xalq bankining tuman boʻlimiga joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) moliya organlari zarur mablagʻlarni toʻlov oyining 5-kunidan 25-kunigacha oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻlov topshiriqnomalarini Xalq banki boʻlimlariga mablagʻlarning kelib tushishiga koʻra taqdim etadilar.
(26 va 27-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Nafaqa shaharcha, qishloq, ovul yoki mahallalar fuqarolar yigʻini qaror qabul qilgan oyning keyingi oyidan boshlab oila yashab turgan joydagi Xalq banki tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tayinlangan, ammo oʻz vaqtida talab qilib olinmagan (toʻlanmagan) nafaqalar oʻtgan vaqt uchun toʻliq miqdorda toʻlanadi. Bunday hollarda ushbu nafaqa olinmagan barcha davr uchun nafaqa bir yoʻla toʻlanadi. Bunda agar arizachi mazkur nafaqaga zarurati boʻlmaganligidan uni oʻz vaqtida olmaganligi aniqlansa, yaʼni oila nafaqaga muhtoj boʻlmasa, oʻzini-oʻzi boshqarish organi raisi (oqsoqoli)ning taqdimnomasiga koʻra, fuqarolar yigʻini yoki Komissiya bundan keyin nafaqa berishni bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291. Oila aʼzolarining daromadlari toʻgʻrisidagi yoki boshqa maʼlumotlarning ishonchliligini tekshirishda fuqarolar yigʻinining yoki Nafaqa tayinlash komissiyasining qaroriga taʼsir etgan buzib koʻrsatilgan va ishonchsiz maʼlumotlar aniqlanganda nafaqa toʻlash toʻxtatiladi, asossiz toʻlangan pul mablagʻlari esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining hisob raqamiga qaytarilishi kerak.
(291-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 7-iyundagi 165-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 23-24-son, 259-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BOLALI OILALARGA DAVLAT IJTIMOIY YORDAMINI UYUSHTIRISHDA YORDAMLASHISH UCHUN HOKIMLIK TOMONIDAN VAKIL QILINGAN SHAXSNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Bolali oilalarga davlat ijtimoiy yordami koʻrsatish uchun fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida, tuman (shahar) hokimligi tomonidan maxsus vakil qilingan shaxs — Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi tegishli fuqarolar yigʻinlari hududlariga doimiy biriktirib qoʻyiladi va u doimiy ishlash uchun fuqarolar yigʻini boshqaruvi binosiga joylashtiriladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirib qoʻyilgan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimining lavozim vazifalariga quyidagilar kiradi:
(31-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga oid ishlarni tashkil etishda oʻzini oʻzi boshqarish organiga koʻmaklashish, shuningdek, nafaqalar tayinlash va toʻlashning belgilangan tartibining ogʻishmay bajarilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur oʻzini oʻzi boshqarish organi hududida yashovchilar orasidan nafaqaga muhtoj boʻlgan oilalarni aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nafaqa toʻlash uchun moʻljallangan pul mablagʻlarining belgilangan maqsadda foydalanilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov hujjatlarini rasmiylashtirishda va pul mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tayyorlashda amaliy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
komissiya tarkibida oilalarning daromadlari va mulkiy ahvolini koʻrib chiqish, shuningdek, nafaqa oluvchining arizasida bayon qilingan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirib qoʻyilgan Bandlikka koʻmaklashish markazi xodimi quyidagi huquqlarga egadir:
(32-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinida yoki Komissiya yigʻilishlarida ishtirok etish va fuqarolar yigʻiniga yoki Komissiyaga bolali oilalarga nafaqa tayinlash yoki tayinlashni rad etish haqida takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻini yoki Komissiya qarorlari amaldagi meʼyoriy hujjatlarga muvofiq kelmagan hollarda ularning ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish;
(32-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 2-son, 22-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oila aʼzolari daromadlarining toʻgʻri koʻrsatilganligiga shubha paydo boʻlgan hollarda fuqarolarning daromadlarini qoʻshimcha tekshirish uchun soliq organlariga murojaat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mablagʻlardan amalda qanday foydalanilayotganligiga qarab fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari schyotlariga oʻtkaziladigan mablagʻlar summasini oʻzgartirish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimligiga takliflar kiritish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi hududiga biriktirib qoʻyilgan Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi nafaqa tayinlash va toʻlashning hamda ajratilgan mablagʻlardan belgilangan maqsadda foydalanishning belgilangan tartibiga rioya qilinishi uchun shaxsan javob beradi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NAFAQA TOʻLASH UCHUN AJRATILGAN MABLAGʻLARNI HISOBGA OLISH. OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARINING HISOBOT BERISHI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻzlarining hisob-kitob schyotlariga kelib tushgan mablagʻlarning, mazkur Nizomda nazarda tutilgan nafaqa toʻlash va boshqa toʻlovlar uchun xarajatlarning mustaqil hisobini yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ajratilgan mablagʻlar va ularni sarflash hisobini fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi kotibi yoki ushbu hisobni olib borish uchun fuqarolar yigʻini tayinlagan shaxs yuritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi nafaqa toʻlash uchun ajratilgan pul mablagʻlaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotni 2-ilovaga muvofiq har oyda tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobotga mablagʻlardan, nafaqa toʻlashdan tashqari, boshqa maqsadlar uchun foydalanilganligi koʻrsatilgan maʼlumotnoma ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining raisi va Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi tomonidan imzolangan nafaqa toʻlashga ajratilgan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobot hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha boʻlgan muddatda hokimlikning tuman moliya boʻlimiga va Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markaziga yuboriladi.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga
nafaqalar tayinlash va toʻlash
toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
‎___________________________________ Bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi xodimi
‎‎

Oilaning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirish

DALOLATNOMASI‎

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori bilan tasdiqlangan 16 yoshgacha bolalari boʻlgan oilalarga nafaqalar tayinlash va toʻlash toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatayotgan _____________________________________________‎

(komissiya aʼzolarining F.I.O.)‎

____________________________________________________________ dan iborat tarkibdagi‎
komissiya _______________________________________________________________ yashovchi‎
Fuqaro _______________________________ ning moddiy va mulkiy ahvolini tekshirib chiqdi.‎
Fuqaro ___________________ ning oilasi _________________ kishidan iborat, shu jumladan:‎
16 yoshgacha boʻlgan bolalar ____ kishi;‎
16 yoshgacha boʻlgan nogiron bolalar ____ kishi;‎
oilaning ishga layoqatli, balogʻat yoshidagi aʼzolari _________ kishi;‎
ulardan:‎
ish bilan taʼminlanganlari _______________________ kishi;‎
doimiy ish bilan taʼminlanmaganlari _________________ kishi;‎
ishsiz sifatida roʻyxatga olinganlari _________________ kishi;‎
bola 3 yoshga toʻlgungacha parvarish qilish boʻyicha taʼtildagi ona _____ (ha, yoʻq)‎
199__ yil _____________________________________________ oylarida oilaning daromadi ‎

(tekshirishdan oldingi oylar)‎

_______________ soʻmni tashkil etdi, shu jumladan:‎
ish haqi ___________ soʻm;‎
pensiyalar _________ soʻm;‎
_______ sotix, ga maydondagi shaxsiy yordamchi xoʻjalikdan ________ soʻm; ‎
boshqa daromadlar (manbalari koʻrsatilsin) __________________ soʻm;‎
Komissiya tavsiyasi: Fuqaro ____________________________________________ oilasining ‎
moddiy va mulkiy ahvolini hisobga olib uning oilasiga nafaqa _________________________‎

(tayinlansin/rad etilsin)‎

Komissiya aʼzolarining imzosi:‎

_________________________________‎

_________________________________‎

_________________________________‎

_________________________________‎

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16 yoshgacha bolalari boʻlgan
oilalarga nafaqalar tayinlash va
toʻlash toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlarining 199_ yil __________ oyida voyaga yetmagan bolalari boʻlgan oilalarga nafaqa toʻlashga foydalanilishi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
HISOBOT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎_________________________________ Tuman (shahar) _________________________‎‎‎‎

(oʻzini oʻzi boshqarish organining nomi)‎‎‎ (tuman, shahar nomi)‎

T/r‎

Hisobot oyida‎ Yil boshidan buyon‎
1.‎ Schyotga ajratilgan (tushgan) pul mablagʻlari, soʻm‎
1.1.‎ shu jumladan budjetdan‎
2.‎ Oilalarga jami toʻlangan, soʻm shu jumladan:‎
2.1.‎ nafaqalar, soʻm‎
2.2.‎ tovarlar va xizmatlar uchun oʻtkazilgan*, soʻm ‎
3.‎ Oy oxirida schyotdagi pul mablagʻlari qoldigʻi, soʻm ‎ X‎
4.‎ Nafaqa olayotgan oilalar soni, jami shu jumladan:‎‎ X‎
4.1.‎ bir bolali oila X‎
4.2.‎ ikki bolali oila‎ X‎
4.3.‎ uch va undan koʻp bolali oila‎ ‎ X‎
4.5.‎ bir bolali toʻliq boʻlmagan oila yoki nogiron bolali oila ‎ X‎
5.‎ Nafaqa olish uchun ariza bilan murojaat qilgan oilalar soni
‎ulardan:‎
5.1.‎ nafaqa tayinlangan oilalar‎
5.1.1.‎ shu jumladan yil davomida ikkinchi marta nafaqa tayinlangan oilalar soni ‎
5.2.‎ nafaqa tayinlash rad etilgan oilalar soni ‎
‎‎
‎199 _ yil “ ___ ” __________
M.Oʻ.‎

‎‎‎‎_________________‎‎Oʻzini oʻzi boshqarish organi raisi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Nafaqadan boshqa toʻlovlarga foydalanilgan mablagʻlarga toʻlov turlari boʻyicha alohida maʼlumotnoma taqdim etiladi.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 17-fevraldagi 22-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 6-7-son, 52-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 12-son, 35-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2002-y., 2-son, 22-modda; 2007-y., 19-20-son, 195-modda; 2010-y., 6-7-son, 52-modda; 2010-y., 13-son, 96-modda; 2012-y., 23-24-son, 259-modda; 2013-y., 8-son, 101-modda; 2017-y., 15-son, 249-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.04.2018-y., 09/18/306/1111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2023-y., 09/23/327/0549-son)