06.05.2021 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2547-4
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
buyrugʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 6-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2547-4]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-avgustdagi 514-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlari faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tizimida samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 31-dekabrdagi 400-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2547, 2013-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 1-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir R. DAVLETOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 5-maydagi 6-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ish yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2-bandning ikkinchi xatboshisi, 3 va 4-bandlari, 6-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari, 42-bandning birinchi xatboshisi, 178 va 186-bandlari, 1-ilovaning “Arxiv boʻyicha” boʻlimi VIII/12-pozitsiyasi, 1a-ilovaning “Arxiv boʻyicha” boʻlimi IV/8-pozitsiyasi va 1b-ilovaning “Arxiv boʻyicha” boʻlimi VII/12-pozitsiyalaridagi “qonun” degan soʻz “qonunchilik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshidagi “adliya vazirining buyrugʻi bilan vazirlikning Ishlar boshqarmasi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) direktorining buyrugʻi bilan Agentlik” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidagi “Ishlar boshqarmasi” degan soʻzlar “Agentlik masʼul xodimi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshi uchinchi xatboshi deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshidan “tuman (shahar) hokimliklarida, tuman (shahar) hokimliklaridan qabul qilingan gerbli guvohnomalar” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik boʻlimlarining (bundan buyon matnda konsullik muassasalari deb yuritiladi) gerbli guvohnomalar bilan, ehtiyojiga qarab, Toshkent shahri uchun tayyorlangan seriyadagi gerbli guvohnomalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali taʼminlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“12. Agentlikning hududiy boshqarmasida gerbli guvohnomalarni FHDY organlariga (Agentlikning Toshkent shahar hududiy boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga ham), FHDY organlarida esa QFYlarga tarqatish daftarlari yuritiladi. Qogʻoz shaklidagi daftarlar raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va Agentlikning hududiy boshqarmasi rahbari yoki oʻrinbosari tomonidan uning familiyasi, ismi, otasining ismi va sana koʻrsatilgan holda imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 13-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Gerbli guvohnomalar Agentlikning hududiy boshqarmasidan toʻgʻridan toʻgʻri FHDY organlari rahbarlariga, ular vaqtincha boʻlmaganida (xizmat safari, mehnat taʼtili, kasallik va h. k.) tegishli buyruq bilan ularning vazifasini bajarish vaqtincha yuklatilgan xodimga Gerbli guvohnomalarni tarqatish daftariga (5-ilova) yuk xati talabnomasi asosida ularning lavozimi, familiyasi yozilib, imzo qoʻydirgan holda topshiriladi va bu haqda elektron axborot tizimiga maʼlumot kiritiladi. Yuk xati talabnoma bilan berilgan gerbli guvohnoma blankalari sarf qilinganidan keyin hisobdan chiqariladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 15-banddan “hokimlikda hokimning masʼul oʻrinbosari,” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16. FHDY organlari tomonidan Agentlikning hududiy boshqarmasidan gerbli guvohnomalarni qabul qilib olishda komissiya aʼzolari ishtirokida har bir guvohnoma oʻrami alohida ochilgan holda tekshirib koʻriladi. Guvohnomalarning yetishmasligi yoki nuqsonlar borligi (himoya kataklarining va bosma matnning yoʻqligi yoki buzilganligi, tartib raqamlarining takroriyligi yoxud boshqa seriyalar yoki tartib raqamlari boʻlgan, notoʻgʻri shriftli, notoʻgʻri kesilgan va notoʻgʻri shaklli, seriya va tartib raqamlari yoʻq boʻlgan yoki oʻram yorligʻiga boshqacha tarzda nomuvofiq boʻlgan guvohnomalar) aniqlangan taqdirda, komissiya tomonidan uch nusxada dalolatnoma tuziladi va shu kunning oʻzida Agentlikka bu haqda xabar yuboriladi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi oʻram yorligʻining kseronusxasi bilan Agentlikning hududiy boshqarmasida qoldiriladi. Dalolatnomaning ikkinchi va uchinchi nusxalari nuqsonli guvohnomalar chiqqan oʻram yorligʻi, nuqsoni bor guvohnomalar ilova qilingan xat bilan uch kun ichida Agentlikka joʻnatiladi. Bunda dalolatnomaning ikkinchi nusxasi Agentlikning Moddiy-texnika taʼminoti boʻlimida qoldiriladi, uchinchi nusxasi oʻram yorligʻi va nuqsoni bor guvohnomalar bilan “Davlat belgisi” DIChBga yuboriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. 17-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Agentlikning hududiy boshqarmasidan qabul qilingan gerbli guvohnomalar FHDY organlari tomonidan va FHDY organlaridan qabul qilingan gerbli guvohnomalar QFYlar tomonidan shu kunning oʻzida ularning hisobga olinishi, sarflanishi va saqlanishi uchun masʼul shaxs tomonidan kirim qilinadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“18. FHDY organida gerbli guvohnomalarning hisobga olinishi, sarflanishi va saqlanishi uchun masʼul shaxs oʻzgargan hollarda gerbli guvohnomalarni va ularning hisobot hujjatlarini qabul qilish-topshirish ishlari Agentlikning hududiy boshqarmasi rahbarining oʻrinbosari ishtirokida amalga oshiriladi va bu haqda ikki nusxada dalolatnoma tuzilgan paytdan boshlab gerbli guvohnomalarni hisobga olish, saqlash va sarflash masʼuliyati yangi masʼul xodim zimmasiga yuklatiladi. Dalolatnomaning bir nusxasi FHDY organida, ikkinchi nusxasi Agentlikning hududiy boshqarmasida saqlanadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. 19-bandning ikkinchi xatboshisidan “, tuman (shahar) hokimliklari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. 21-bandning ikkinchi xatboshisidagi “davlat notarial idoralari” degan soʻzlar “notarial idoralar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“49. 16 yoshdan oshgan tibbiy muassasadan tashqarida va tibbiy yordamsiz tugʻilgan bolaga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan tugʻilganlik haqidagi maʼlumotnoma rasmiylashtirilmagan shaxslarning tugʻilganligini qayd etish sudning hal qiluv qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bola 16 va undan katta yoshda boʻlsa va unga nisbatan tibbiyot muassasasi tomonidan rasmiylashtirilgan tugʻilganlik haqidagi tibbiy maʼlumotnoma mavjud boʻlsa, uning tugʻilishi ota-ona yoki ulardan biri va voyaga yetgan bolaning arizasiga koʻra qayd etiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“52. Tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi toʻldirilgach, ariza beruvchi tomonidan oʻqib chiqilib imzolanadi va unga shu vaqtning oʻzida tugʻilganlik haqida guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, belgilangan tartibda tegishli nafaqa tayinlanishi uchun tugʻilganlik haqida xabarnoma masʼul xodim tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga elektron axborot tizimi orqali yuboriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. 61-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“61. Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganligini qayd etish ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa maʼmuriyati yoki tibbiyot muassasasining arizasiga binoan amalga oshiriladi. Bolani topib olgan shaxs bu haqda yigirma toʻrt soat mobaynida ushbu tumandagi ichki ishlar organiga yoki vasiylik va homiylik organiga xabar berishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar, vasiylik va homiylik organlari, bola joylashgan muassasa yoki tibbiyot muassasasi maʼmuriyati bola topilganidan keyin yetti ish kunidan kechikmagan muddatda shu hududdagi FHDY organlariga topib olingan (tashlab ketilgan) bolani qayd etish haqida murojaat etishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topib olingan (tashlab ketilgan) bola tugʻilganligini qayd etish haqidagi ariza (18-ilova) bilan bir paytda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki ishlar organi yoki vasiylik va homiylik organining bolaning topib olingan vaqti, joyi va topib olingan paytdagi holati toʻgʻrisida bola topib olingan vaqtda tuzilgan dalolatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiy muassasaning topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning yoshi, jinsi, vazni va boʻyi haqidagi maʼlumotnomasi (xulosasi) taqdim etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Topib olingan (tashlab ketilgan) bolaning tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga ota-onasining familiyasi, ismi va millati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ushbu bandning ikkinchi xatboshisida sanab oʻtilgan organlarning koʻrsatmalari asosida kiritiladi. Bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida koʻrsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolani qayd etish bola joylashgan tibbiyot muassasasi yoxud bola joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organi arizasiga muvofiq, bolaning onasi tomonidan tashlab ketilganidan 7 kun oʻtmasdan amalga oshiriladi. Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolani qayd etish uchun ariza bilan bir paytda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻruq boʻlib oʻtgan yoki tugʻruqdan keyin ona murojaat qilgan tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan tugʻilganlik haqida belgilangan shakldagi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bola joylashgan tibbiyot muassasasi tomonidan berilgan bolani tashlab ketish toʻgʻrisidagi dalolatnoma taqdim etilishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onasi tomonidan tashlab ketilgan bolaning familiyasi, ismi, ota ismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek ota-ona toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga yuqorida koʻrsatilgan organlarning koʻrsatmasiga binoan kiritiladi. Bunday holda bolaning va uning ota-onasi sifatida koʻrsatilgan shaxslarning familiyasi bir xilda yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Belgilar uchun” ustuniga “Bola topilgan” yoki “Tashlab ketilgan” deb yoziladi va ota-onasi haqidagi maʼlumotlar kimning koʻrsatmasiga asosan yozilganligi koʻrsatiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. 81-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ariza daftarda qayd etilgandan soʻng FHDY organi nikohlanuvchi shaxslarning yashash joyidagi mahalla fuqarolari yigʻinini xabardor qilish uchun shu kunning oʻzida maʼlumotnoma taqdim etadi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. 107-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“FHDY organi er-xotinni yarashtirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish uchun er-xotinning birga yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini, agar ular birga yashamayotgan boʻlsa, har birining yashash joyidagi fuqarolar yigʻinining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasini nikohdan ajratish toʻgʻrisidagi ariza berilgan kundan eʼtiboran uch kundan kechiktirmay yozma ravishda xabardor qilishi kerak.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. 111-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. 113-band quyidagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar voyaga yetmagan vafot etgan shaxsga nisbatan FHDY organida tugʻilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilmagan boʻlsa, vafot etgan shaxsga tugʻilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilib, bu haqda ariza bergan shaxsga maʼlumotnoma beriladi, shundan soʻng vafot etgan shaxsga nisbatan belgilangan tartibda oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etiladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. 117-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“117. Oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilgach ariza beruvchiga oʻlim haqida gerbli guvohnoma hamda dafn etish joyiga topshirish uchun maʼlumotnoma (43-ilova) rasmiylashtiriladi va murojaat qilgan shaxsga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, belgilangan tartibda tegishli nafaqa tayinlanishi uchun oʻlim haqida xabarnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining tuman (shahar) boʻlimiga elektron axborot tizimi orqali yuboriladi.”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. 1631-banddagi “konsullik muassasasiga” degan soʻzlar “konsullik muassasalariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. 166-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dalolatnoma yozuvlaridan nusxalar (koʻchirmalar) hokimliklar, Agentlik, sud, huquqni muhofaza qiluvchi organlari, ish yurituvida mavjud boʻlgan ishlar munosabati bilan notariuslar, shuningdek FHDY organlari, vasiylik va homiylik organlari va konsullik muassasalarining soʻroviga koʻra beriladi (yuboriladi).”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. 176-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalarining” degan soʻzlar “konsullik muassasalarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. 178-banddan “hokimlik va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. 180-banddan, 1-ilovaning “Ish rejalar, topshiriqlar va ularning ijrosi boʻyicha” boʻlimi X/3-pozitsiyasidan va 1a-ilovaning “VI. Ish rejalar, topshiriqlar va ularning ijrosi boʻyicha” boʻlimi VI/3-pozitsiyasidan “hokimlik,” degan soʻz chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. 42a-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/2547-4/0426)