ILOVA
|
Oʻzbekiston Respublikasi Haqiqiy davlat adliya maslahatchisi |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziriga |
|
|
1-darajali davlat adliya maslahatchisi |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi oʻrinbosariga |
|
|
2-darajali davlat adliya maslahatchisi |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosarlariga; Davlat xizmatlari agentligi direktoriga |
|
|
3-darajali davlat adliya maslahatchisi |
— |
Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligʻiga, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hayʼati aʼzolari boʻlgan boshqarma boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziriga, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligi direktori oʻrinbosariga |
|
|
1-darajali adliya maslahatchisi |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarmalari vamustaqil boʻlimlari boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligi boshqarmalari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining birinchi oʻrinbosarlariga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktoriga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktoriga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktoriga, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektorlariga |
|
|
2-darajali adliya maslahatchisi |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi boshqarma boshliqlarining oʻrinbosarlariga, boshqarmalar boʻlimlari boshliqlariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirining hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktoriga; X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi direktorining oʻrinbosariga; Respublika yuristlar malakasini oshirish markazi direktorining oʻrinbosarlariga; Huquqiy siyosat tadqiqoti instituti direktori oʻrinbosariga; “Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi” DUK direktoriga; “Adolat” huquqiy axborot markazi” DUK direktoriga; “Inson va qonun” gazetasi tahririyati DUK bosh muharririga |
|
|
3-darajali adliya maslahatchisi |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligining bosh maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari boʻlim boshliqlariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining boʻlim boshliqlariga, FHDY boʻlimlari va nikoh uylari mudirlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslariga; Yuridik texnikum direktorining oʻrinbosariga; Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litsey direktorining oʻrinbosariga |
|
|
1-darajali yurist |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligining yetakchi maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining bosh maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining boshliqlariga; davlat xizmatlari markazlari direktorlariga; davlat notarial idoralarining katta notariuslari oʻrinbosarlariga; idoraviy notarial arxivlar mudirlariga; FHDY arxivlari mudirlariga |
|
|
2-darajali yurist |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi katta maslahatchilariga; Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining yetakchi maslahatchilariga, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining bosh maslahatchilariga, davlat xizmatlari markazlari boʻlim boshliqlari va bosh maslahatchilariga, davlat notarial idoralarining notariuslariga; FHDY organlarining 1-toifali inspektorlariga |
|
|
3-darajali yurist |
— |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarining katta maslahatchilari va maslahatchilariga; Davlat xizmatlari agentligining hududiy boshqarmalarining katta maslahatchilariga; tuman (shahar) adliya boʻlimlarining yetakchi va katta maslahatchilariga; notariuslar yordamchilariga; FHDY organlarining 2-toifali inspektorlariga |
”. |