05.05.2021 yildagi 278-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qaroriga asosan xalqimizning maʼnaviy saviyasini oshirish, oʻsib kelayotgan avlodni musiqa sanʼati orqali tarbiyalash tizimini takomillashtirish hamda milliy, mumtoz va zamonaviy sanʼatni targʻib qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4768-son qarorining 10-bandiga muvofiq Toshkent shahar “Yoshlar ijod saroyi” qoshidagi Yoshlar simfonik orkestri negizida Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri tashkil etilganligi va amaldagi mehnatga haq toʻlash shartlari saqlanib qolgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tuzilmasiga oʻtkazilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Orkestrning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon klassik musiqasi va xor ijrochiligi sohasidagi yutuqlarni Oʻzbekistonda va xorijda targʻib qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholining jahon klassik musiqasi va xor ijrochiligiga boʻlgan maʼnaviy ehtiyojini konsert faoliyati hamda musiqiy-maʼrifiy ishlar orqali qondirib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz repertuarini jahon va oʻzbek bastakorlari tomonidan yaratilgan musiqiy asarlarning eng sara namunalari bilan toʻldirish va ijro orqali boyitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon klassik musiqasi va xor ijrochiligi sohasi ijodkorlarining samarali ijod qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratish hamda isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va hukumat darajasida oʻtkaziladigan tadbirlar, marosimlar va qabullarda ishtirok etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orkestr Yoshlar simfonik orkestrining barcha huquq, majburiyat va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orkestrning direktori va badiiy rahbari Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga asosan Orkestr qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilgan holda, konsert-tomosha faoliyatini tegishli litsenziya olmasdan amalga oshirishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orkestrning moddiy-texnik bazasini shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orkestr faoliyatini takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
simfonik musiqa sanʼati boʻyicha kadrlar malakasini oshirish, ularning faoliyatini baholash va ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Orkestr faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda pullik xizmatlar koʻrsatishdan tushgan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mol-mulklarni ijaraga berishdan olingan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha budjetdan tashqari boʻsh mablagʻlarini belgilangan tartibda tijorat banklariga depozitga joylashtirishdan olingan daromadlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metsenatlik koʻmagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda Orkestrni Yoshlar ijod saroyining Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Mustaqillik shoh koʻchasi, 2-uy manzilida joylashgan binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Orkestr uchun bitta yengil va ikkita maxsus (bitta katta sigʻimdagi avtobus va bitta yuk tashishga moʻljallangan) avtotransport vositalarini xarid qilish uchun mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin hamda ularni saqlash uchun limit belgilash choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Orkestr tomonidan mamlakatimiz aholisini simfonik musiqa sanʼatidan bahramand etish, oʻsib kelayotgan yoshlar orasida ushbu sanʼat turini keng targʻib maqsadida respublikaning barcha hududlarida konsert dasturlari tashkil etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 5-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
278-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 278-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Badiiy kengash

Direktor

Badiiy rahbar — Bosh dirijyor

Kadrlar boʻyicha inspektor

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va matbuot xizmati boʻlimi

1

Bosh dirijyor assistenti

Yuriskonsult

Xor jamoasi rahbari

Bosh hisobchi

Ovoz rejissori

1

Ijodiy xodimlar (artistlar)

185

Maʼmur

Libosxona mudiri

Kutubxonachi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni — 167 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 278-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbir nomi

Ijro muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrining moddiy-texnik bazasini shakllantirish

1.

Yoshlar simfonik orkestriga tegishli boʻlgan va doimiy ravishda foydalanib kelingan barcha mol-mulklarni belgilangan tartibda topshirish-qabul qilish ishlarini amalga oshirish.

2021-yil may

Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi

2.

Davlat simfonik orkestriga (keyingi oʻrinlarda — orkestr) Yoshlar ijod saroyining 1-zali, mashgʻulot xonalari, raqqosalar mashgʻulot xonasi hamda ovoz yozish studiyasidan tekin foydalanish huquqini berish.

2021-yil maydan boshlab

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi, Madaniyat vazirligi

3.

Toshkent shahridagi Oʻzbekiston xalqaro anjumanlar saroyini bir yilda kamida ikki marta Orkestrga konsert dasturlar�ni namoyish qilish uchun tekin foydalanishga berish.

bir yilda kamida ikki marotaba

Toshkent shahar hokimligi

4.

Orkestr faoliyatini targʻib qilish maqsadida Toshkent shahrining markaziy koʻchalaridan kamida 10 dona reklama peshlavhalari (reklama bilbordlari) uchun maxsus joylar ajratish.

2022-yil davomida

Toshkent shahar hokimligi

5.

Orkestrning ijod�y jamoasi uchun musiqa cholgʻu sozlari, sahna liboslari, maxsus anjom va boshqa zarur vositalar xarid qilish.

2022-yil davomida

Madaniyat vazirligi va Orkestrga ajratilgan budjet mablagʻlari, oʻz mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

6.

Ovoz va chiroq uskunalari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa jihozlarni xarid qilish.

2022-2023-yillar

Madaniyat vazirligi va Orkestrga ajratilgan budjet mablagʻlari, oʻz mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi

II. Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri faoliyatini takomillashtirish

7.

Milliy va jahon simfonik musiqa sanʼati kompozitorlik ijodiyotining nodir asarlari asosida repertuar shakllantirib borish.

doimiy

Madaniyat vazirligi

8.

Respublikaning barcha hududlarida simfonik musiqa sanʼatidan aholini bahramand etish, oʻsib kelayotgan yoshlar orasida ushbu sanʼat turini keng targʻib qilish maqsadida har yili eng kamida bir marotaba Orkestrning konsert dasturini tashkil etish.

reja ishlab chiqish — har yili 10-yanvarga qadar, amalga oshirish — reja asosida

Ijrochilar mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

9.

Oʻzbek milliy simfonik musiqa sanʼatining oʻziga xos durdona asarlarini dunyo miqyosida keng targʻib etish maqsadida Orkestrning xalqaro koʻrik-tanlov, festivallarda ishtirokini taʼminlash va chet ellarda konsert dasturlarini tashkil qilish.

reja ishlab chiqish — har yili 10-yanvarga qadar, amalga oshirish — reja asosida

Madaniyat vazirligi va Orkestrga ajratilgan budjet mablagʻlari, oʻz mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Madaniyat vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

10.

Orkestrning ijodiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish va targʻib qilish.

reja ishlab chiqish — 2021-yil 1-iyunga qadar, amalga oshirish — reja asosida

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi

III. Simfonik musiqa sanʼati boʻyicha kadrlarning malakasini oshirish, ularning faoliyatini baholash va ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish

11.

Orkestrning rahbar xodimlari va mutaxassislarining malakasini oshirishni tashkil etish.

reja ishlab chiqish — har yili 10-yanvarga qadar, amalga oshirish — reja asosida

Ijrochilar mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Madaniyat vazirligi

12.

Orkestrning ijodiy xodimlarining faoliyatini baholash hamda ragʻbatlantirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

tizimni yoʻlga qoʻyish — 2021-yil 1-avgustga qadar, amalga oshirish — har yili

Ijrochilar mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, metsenatlik koʻmagi

Madaniyat vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-maydagi 278-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari roʻyxatining “Toshkent shahri” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlaridan keyin “Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri” davlat muassasasi” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-ilovaga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Izoh. Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri maʼmuriy-boshqaruv va badiiy-rahbar xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,7 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-ilova (Konsert tashkilotlari, musiqa va raqs jamoalari, shuningdek sirklardagi artist xodimlarining mehnatiga haq toʻlash boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari)da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bobning 1-pozitsiyasidagi “artisti” soʻzi “artisti**” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“* Yirtqich hayvonlarni oʻrgatuvchi artistlarning tegishli toifasi boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,05 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** Oʻzbekiston davlat simfonik orkestrining Orkestr artistlari tegishli toifasi boʻyicha bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 2,0 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari, Oʻzbekiston davlat simfonik orkestri xor artistlari, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansamblining artist xodimlari bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari 1,17 koeffitsiyentga oshirilgan holda belgilanadi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda yengil xizmat avtomashinalaridan foydalanishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 26-maydagi 153-son qarorining rus tilidagi matnidagi 1-ilovasining 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

12.

Ministerstvo kulturi

179

139

21

39

79

28

16

Sentralniy apparat

4

8

4

4

Oblastnie zvenya

14

14

14

Rayonnie zvenya

19

19

100

Podvedomstvennie organizatsii

142

117

3

35

79

9

6

.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 09/21/278/0423-son)