Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar koʻrsatishni yanada rivojlantirish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6159-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2021-yil 3-fevraldagi PQ-4975-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev va Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 4-may,
274-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamgʻarmalariga mablagʻlar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 2-apreldagi 62-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) 1-ilovaning “Vazirliklar va idoralarning nomi” ustuni 25-pozitsiyasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq va suv xoʻjaligi tarmoqlarini oliy maʼlumotli yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 3-noyabrdagi 311-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 44-son, 563-modda) 1-ilovaning “Masʼul bajaruvchilar” ustuni 9, 19, 20 va 24-pozitsiyalaridagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 10-iyuldagi 479-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 28-son, 656-modda) 2-ilovaning “Masʼul bajaruvchilar” ustuni 10 va 12-pozitsiyalaridagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik tarmogʻini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-sentabrdagi 719-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 37-son, 1001-modda) 1-ilovaning “Masʼullar” ustuni 5.1-pozitsiyasidagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Sobiq Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining haqiqiy aʼzolari va muxbir aʼzolarining salomatligini sanatoriy-sogʻlomlashtirish hamda kurort-sogʻlomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 241-modda):
a) 2 va 21-bandlardagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) Nizomga 1-ilovaning “1, 2, 5, 6 va 8-bosqich” pozitsiyalaridagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Fermer xoʻjaliklarining yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish va qoʻshimcha daromad olishni tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-yanvardagi 25-son qaroriga 4-ilovaning 13-pozitsiyasi “Masʼul ijrochilar” ustunidagi hamda 5-ilovaning 6-pozitsiyasidagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatida soya yetishtirish sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 5-iyuldagi 506-son qaroriga 3-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
8. Vazirlar Mahkamasining “Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 31-iyuldagi 606-son qarorida:
a) 2-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi direktoriga” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning “Masʼullar” ustuni 6 — 9, 14, 16, 19, 20 va 23 — 26-pozitsiyalaridagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-yanvardagi 45-son qarorida:
a) 5-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilova nomidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazining” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 17-apreldagi 327-son qarorida:
a) 4-bandning toʻrtinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning “Masʼul ijrochilar” ustuni 1 va 2-pozitsiyalaridagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 7-son, 157-modda) 1-ilovada:
a) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
Vazirlik markaziy apparati;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq xoʻjaligi boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda — hududiy boʻlinmalar), tumanlar (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — tuman (Quvasoy shahar) boʻlimlari);
Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi;
Toshkent davlat agrar universiteti;
Urugʻchilikni rivojlantirish markazi;
Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti;
Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash markazi;
Qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash davlat markazi;
“Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” davlat muassasasi;
“Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” davlat unitar korxonasi;
“Maʼmuriy-xoʻjalik xizmati” davlat muassasasi;
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi;
“Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati va tahlil markazi” davlat unitar korxonasi”;
ikkinchi xatboshisiga “birinchi navbatda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish” soʻzlaridan keyin “va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi oʻn uchinchi xatboshi qoʻshilsin:
“qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish”;
v) 11-bandda:
birinchi xatboshisiga “birinchi navbatda qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish” soʻzlaridan keyin “va sohada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish,” soʻzlari qoʻshilsin;
quyidagi mazmundagi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“agrosanoat majmuidagi tashkilotlar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarni toʻliq elektron shaklga oʻtkazish;
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish”;
uchinchi — toʻqqizinchi xatboshilar tegishlicha beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
quyidagi mazmundagi “k” kichik band bilan toʻldirilsin:
“k) qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni tashkil etish va muhofaza qilish sohasida samarali davlat nazoratini amalga oshirish sohasida:
qishloq xoʻjaligi yerlarining meʼyoriy qiymatini va sifat koʻrsatkichlarini aniqlaydi;
tuproq bonitirovkasini oʻtkazish, tuproq unumdorligini oshirish, tuproqshunoslik, geobotanikaga oid tadqiqotlarni amalga oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi yerlari va ekinlarining holatini hamda oʻtkazilgan agrotexnik tadbirlarni monitoring qiladi va ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar)dan belgilangan tartibda foydalanadi”.
12. Vazirlar Mahkamasining “Kimyolashtirish va oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan oʻtkazish va roʻyxatga olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 5-sentabrdagi 735-son qarori 2-bandidagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-yanvardagi 53-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 6-son, 150-modda) 7-ilovaning “Masʼul ijrochilar” ustuni 11-pozitsiyasidagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-iyundagi 397-son qarori bilan tasdiqlangan Paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ilovaning “Maʼlumot taqdim etuvchi subyekt” ustuni II boʻlimining 9-pozitsiyasidagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xoʻjaligi ekinlarining yoʻqolib ketish xavfi ostida boʻlgan noyob belgi va xususiyatlarga ega mahalliy navlarini qayta tiklash va ularning original urugʻchiligini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 24-avgustdagi 504-son qaroriga ilovaning “Masʼul ijrochilar” ustuni 6-pozitsiyasidagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi (B. Xalikov)” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi (A. Turayev)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining “Agrar taʼlim tizimining 2030-yilgacha innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 15-dekabrdagi 788-son qaroriga 1-ilovaning 6-bobi oltinchi xatboshisidagi “Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy ishlab chiqarish markazi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2021-y., 09/21/752/1166-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)