|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Bajarish muddati |
Moliyalashtirish manbalari |
Bajarish uchun masʼullar |
|
I. Institut faoliyatini tashkil etish | ||||
|
1. |
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar institutining ustavi va tuzilmasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish. |
Bir oy muddatda |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
2. |
Institutda rahbarlik faoliyatini (prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari) olib borish uchun nomzodlar roʻyxatini shakllantirish. |
2021-yil may |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
3. |
Institutning 2021/2022 oʻquv yiliga moʻljallangan xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini ishlab chiqish hamda belgilangan tartibda tasdiqlash. |
2021-yil iyun |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli vazirlik va idoralar |
|
II. Institutda 2021/2022 oʻquv yilini samarali tashkil etish | ||||
|
4. |
2020/2021 oʻquv yilidan boshlab birinchi bosqich talabalarini oʻqitishda kredit-modul tizimini bosqichma-bosqich joriy etish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
5. |
Talabalarning mustaqil taʼlim olishlari uchun masofaviy elektron taʼlim platformasini tashkil etish hamda elektron axborot resurs manbalari (taqdimotlar, tarqatma materiallar, maʼruza matnlari, video va audio darslar) bilan boyitib borish. |
2021/2022 oʻquv yili davomida |
Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
6. |
Institutning talabalari uchun oʻquv va ishlab chiqarish amaliyotlari bazasini yaratish maqsadida Institut mutaxassis kadrlarining isteʼmolchilari hisoblangan hududiy tashkilotlar, klasterlar, kooperatsiyalar, xoʻjalik birlashmalari bilan ishga joylashtirish va amaliyotlarni tashkil etish boʻyicha hamkorlik shartnomalarini tuzish hamda talabalarning amaliyotlarini zamonaviy texnoparklarga va ilgʻor tajribaga ega tashkilotlarda tashkil etish. |
Oʻquv jarayoni jadvali asosida |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti |
|
7. |
Institutning axborot-resurs markazini oʻzbek va qoraqalpoq tilidagi oʻquv, ilmiy va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish hamda yetishmayotgan oʻquv adabiyotlarini, shuningdek, yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalarini yaratish rejasini ishlab chiqish. |
2021/2022 oʻquv yili davomida |
Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta ma�sus taʼlim vazirligi |
|
8. |
Qishloq xoʻjaligi sohasi rivojlangan xorijiy davlatlarning xalqaro reytingda yetakchi oliy taʼlim va ilmiy tashkilotlari roʻyxatini shakllantirish hamda ular bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. |
Doimiy |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
9. |
Institut professor-oʻqituvchilari ilmiy-tadqiqot ishlari va amaliy mashgʻulotlar olib borishi va talabalar malakaviy amaliyotlarini oʻtashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida soha korxonalarida oʻquv-amaliyot markazlarini tashkil etish hamda ularning faoliyatini takomillashtirish. |
2022-yil fevral |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti |
|
III. Institutning taʼlim xizmatini koʻrsatish faoliyatini tizimli tashkil etish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar | ||||
|
Oʻquv jarayoni boʻyicha | ||||
|
10. |
Oʻquv jarayoni va qishloq xoʻjaligiga raqamli texnologiyalarni joriy etish maqsadida tor ixtisosliklar boʻyicha xorijiy davlatlarning nufuzli oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlariga institutning professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish hamda stajirovka oʻtash uchun yuborish, shuningdek, qishloq xoʻjaligining dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha vebinar dars mashgʻulotlarini tashkil etish. |
2021 — 2025-yillar davomida kelishuv asosida |
Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
11. |
Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv taʼlim usullarini hamda talabalarning mustaqil oʻquv va amaliy faoliyatini rivojlantirish orqali amaliyot oʻtash, shuningdek, oʻqituvchi va talabaning oʻzaro masofaviy hamkorligini taʼminlashga, ularda innovatsion va tahliliy fikrlashni rivojlantirishga moʻljallangan modulli, obyektga yoʻnaltirilgan va dinamik taʼlim muhitini keng joriy qilish. |
2021 — 2023-yillar |
Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
12. |
Xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etgan holda, yangi avlod darsliklari va oʻquv qoʻllanmalari turkumini tayyorlash hamda axborot-resurs markazi fondini doimiy yangilab borish maqsadida Institutning xarajatlar smetasiga oʻquv adabiyotlarini xarid qilish hamda chop etish, shuningdek, mualliflar mehnatini ragʻbatlantirish uchun mablagʻlar ajratilishini nazarda tutish. |
2021 — 2025-yillar |
Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi |
|
13. |
Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari hamda qishloq xoʻjaligida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni inobatga olgan holda, yangi taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlash yuzasidan takliflar tayyorlash. |
Har yili 1-noyabrga qadar |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
Ilmiy-tadqiqot ishlari boʻyicha | ||||
|
14. |
Institut huzuridagi “Moyli ekinlar seleksiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari” oʻquv-ilmiy markazining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. |
2021-2022-yillar davomida |
Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
15. |
Har yili qishloq xoʻjaligi sohasidagi oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli bitiruvchilarini tanlash va pedagogik faoliyatga faol jalb qilish. |
2022 — 2025-yillar |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
16. |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi ilmiy tashkilotlar Fanlar akademiyasining ilmiy tashkilotlari bilan birgalikda qoʻshma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishi va ilmiy-metodik ishlanmalarni ishlab chiqishi uchun sharoitlar yaratib berish. |
Doimiy |
Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
17. |
Professor-oʻqituvchilar, ilmiy-tadqiqotchilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratish hamda joriy etish borasidagi tashabbuskorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida davlat xususiy-sheriklik shartlari asosida kichik innovatsion tashkilotlarni tashkil etish. |
2022 — 2025-yillarda |
Tashabbuskorlarning mablagʻalari hisobidan |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
18. |
Hududlarning tuproq-iqlim sharoitini yaxshilashga doir muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy loyihalar tanlovini eʼlon qilish uchun takliflar tayyorlash. |
2021-yil iyun |
Davlat ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
19. |
Institutning professor-oʻqituvchilarini har yili Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlarning yetakchi taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarida, agroklasterlarda, kooperatsiyalarda, yirik ishlab chiqarish korxonalarida stajirovka oʻtashi boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish. |
2021-yil noyabr |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, “El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha | ||||
|
20. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 tashabbusni amaliyotga keng joriy etish: 1-tashabbus boʻyicha — talaba yoshlarni musiqa va sanʼatga jalb qilish, ularda estetik did va kasbiy etikani shakllantirish maqsadida tanlovlar, koʻrgazmalar, sanʼat va madaniyat maskanlarida ochiq darslar oʻtkazish, teatr va muzeylarga tashriflarni uyushtirish, iqtidorli talabalardan tashkil topgan “Yosh havaskorlar” ashula va raqs ansamblini tuzish; 2-tashabbus boʻyicha — sport majmualarida toʻgaraklar faoliyatini samarali tashkil etish va ularga talaba qizlarni yanada kengroq jalb qilish, talabalarning qiziqish va takliflari asosida yangi sport toʻgaraklarini ochish, “Salomatlik sari mustahkam qadam” aksiyasi va sport turlari boʻyicha oliy taʼlim muassasalariaro uch bosqichli oʻyinlarni oʻtkazish; 3-tashabbus boʻyicha — talaba yoshlarda Internet jahon axborot tarmogʻidan toʻgʻri foydalanish madaniyatini rivojlantirish maqsadida ularning qiziqishlari boʻyicha klublar, kompyuter texnologiyalari, loyiha va dasturlash boʻyicha kompyuter dasturlari, internet savodxonligi toʻgaraklari, onlayn-viktorinalar, IT-olimpiadalar tashkil etish, taʼlim faoliyati bilan bogʻliq elektron dasturlar, QR-kod elektron kutubxonalar joriy etish; 4-tashabbus boʻyicha — talaba yoshlarni badiiy adabiyotga qiziqtirish, ularda vatanparvarlik, vatan taqdiriga daxldorlik, fidoyilik tuygʻusini tarbiyalash maqsadida “Bir talabaga — bir kitob” aksiyasi, “Eng faol kitobxon” tanlovi, “Yosh adabiyotchilar” klublarini, turli mavzulardagi tanlovlarni tashkil etish; 5-tashabbus boʻyicha — talaba qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, “Biznes ledi” maktabi (biznes reja tuzishga oʻrgatish), “Tadbirkor talaba” klubi, “Oila maktabi” treninglari, tikuvchilik, kashtachilik, milliy hunarmandchilik kurslarini yoʻlga qoʻyish, qizlarni ichki salohiyatini ochishga koʻmaklashadigan ijodiy va fan toʻgaraklarini tashkil qilish. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab doimiy |
Institutning mazkur maqsadlar uchun nazarda tutilgan budjetdan tashqari mablagʻlari doirasida, homiylik mablagʻlari hisobidan |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
21. |
Institutda tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning Oʻzbekiston Prezidenti va nomdor stipendiyalarga eʼlon qilingan tanlovlarda hamda respublika va xalqaro tanlovlarda ishtirokini taʼminlash. |
2021/2022 oʻquv yilidan boshlab |
- |
Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
Xalqaro hamkorlik boʻyicha | ||||
|
22. |
Xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi sohasi boʻyicha kadrlarni tayyorlash borasida qoʻshma taʼlim dasturlarini (double degree) amalga oshirish, oʻquv-taʼlim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qilish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish boʻyicha hamkorlik aloqalarini kengaytirish. |
2021-yildan boshlab doimiy |
Xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va xorijiy donor tashkilotlari grantlari |
Qishloq �oʻjaligi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
23. |
Istiqbolli bitiruvchilarni respublika va xorijiy davlatlarning yetakchi oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlariga magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali Institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish. |
2021 — 2025-yillar |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi |
“El-yurt umidi” jamgʻarmasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi |
|
|
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktor |
Ilmiy-texnik |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Direktorning oʻquv, ilmiy ishlanmalar |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moyli ekinlarni yetishtirishda 2 |
Oʻsimliklarni himoya qilishda 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Moyli ekinlarning yangi 2 |
Malaka oshirish hamda oʻquv 2 |
||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||
|
Ilmiy tadqiqotlarni moliyalashtirish 1 |
|||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||||