04.05.2021 yildagi 273-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutini tashkil etish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetik xavfsizlik, energetik samaradorlik va energetikaning barqaror rivojlanishi — energetika sohasining asosiy strategik yo‘nalishlari hisoblanib, istiqbolda respublika energetika majmuasida innovatsion vektorning amalga oshirilishi doirasidagi vazifalarning bajarilishini ta’minlaydi va mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari bilan uzviy bog‘liqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sanoatning energiya ko‘p iste’mol qilinadigan tarmoqlarida ilmiy-innovatsion infratuzilmani yaratish, iqtisodiyot tarmoqlariga an’anaviy va muqobil energiya manbalarini keng joriy etish hisobiga energiya balansini diversifikatsiya qilish, sohada xorijiy ilmiy muassasalar bilan hamkorlikni kengaytirish, yuqori malakali ilmiy kadrlar darajasini oshirish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Energetika vazirligining “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi” MCHJ negizida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Energetika muammolari institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada energetika barqaror rivojlanishining kelajak strategiyasini ishlab chiqish, o‘rta va uzoq istiqbolda yoqilg‘i-energetika kompleksining rivojlanishi va modernizatsiyasi bo‘yicha dasturlarni tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muqobil (noan’anaviy) energiya asosidagi yangi texnologiyalar, energetik uskunalar va tizimlarning respublika iqlim sharoitlarida resurs ko‘rsatkichlarini o‘rganish maqsadida sinovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari energiya sarfini pasaytirish bo‘yicha kompleks tadqiqotlarni o‘tkazish va aniq tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika sohasida raqamli iqtisodiyot rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, “intellektual tarmoqlar” nazariyasini rivojlantirish va energetika sohasiga joriy etish usullarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatning energetik xavfsizligini ta’minlash, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarda yoqilg‘i-energetika kompleksi obyektlarining barqaror faoliyatini ta’minlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning qo‘shni davlatlari o‘rtasida yoqilg‘i-energiya manbalaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning turli sohalarida an’anaviy, shuningdek muqobil va qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish bilan bog‘liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika resurslaridan ularni hosil qilish, saqlash, yetkazib berish va foydalanish bosqichlarida samarali foydalanish usullarining ilmiy-texnik darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika resurslarini hosil qilish, saqlash, yetkazib berish va taqsimlash tannarxini pasaytirish maqsadida zamonaviy energetik texnologiyalarni transfer qilish va respublika sharoitiga moslashtirishni asoslash, energetika sohasiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatda energetik mashinasozlik va elektrotexnika sanoati, unga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar rivojiga ilmiy-texnik jihatdan ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohadagi xorijiy muassasalar bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, muvaffaqiyatli tajribalar va aniq innovatsiya modellardan keng foydalanish, jadal axborot almashinuvini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohada fan va ta’lim integratsiyasini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim tashkilotlarining energetika yo‘nalishidagi fakultet va kafedralari o‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqishda ishtirok etish, talabalarning laboratoriya ishlarini bajarish uchun Institut laboratoriyalaridan foydalanish, Institut ilmiy xodimlarining dars jarayonlarida ishtirok etishini ta’minlash orqali yuqori malakali kadrlarni tayyorlashda, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika sohasidagi ilmiy yo‘nalishlar va tegishli ixtisosliklar bo‘yicha ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Institut:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda Institut nomi davlat tilida yozilgan muhrga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilot sifatida davlat buyurtmalari va dasturlarini amalga oshirishda hamda fundamental va amaliy tadqiqotlarni olib borishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligining “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi” MCHJning barcha huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Institutga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ustavida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi hamda u Fanlar akademiyasining tegishli vitse-prezidenti bilan kelishgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, jumladan, direktorning ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari hamda direktorning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosariga ega bo‘ladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Institut faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun zarur saqlash xarajatlari, shu jumladan, boshqaruv, texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari 2021-yilda O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida qoplanadi, 2022-yildan boshlab esa O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari institutining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2026-yil 1-yanvargacha bosqichma-bosqich maqbullashtirish jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi 891-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidentiga, zarurat bo‘lganda, Institut tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Quyidagilar Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari (Institut bino va inshootlarini saqlab turish, shuningdek, xodimlar ish haqi uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar (davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladigan ilmiy-tadqiqot loyihalarini moliyalashtirish uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Institutga yuklangan vazifalarni bajarish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq budjetdan tashqari mablag‘lari doirasida unga quyidagi huquqlar berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadqiqotlarni amalga oshirishga respublika ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini, oliy ta’lim tashkilotlari professor-o‘qituvchilari tarkibidan xodimlarni, shuningdek, xorijlik olimlar va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro tashkilotlar, jumladan, jamg‘armalar, xorijiy tadqiqot markazlari, shuningdek, ta’lim tashkilotlari bilan tadqiqotlar o‘tkazish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha shartnomalar tuzish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut ustavini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnika markazi” MCHJning uskunalari, mebellari, moddiy boyliklari va boshqa mol-mulklarini Institutga belgilangan tartibda berish maqsadida xatlovdan o‘tkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Innovatsion rivojlanish vazirligiga davlat buyurtmasini bajarish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot loyihalari tanlovini e’lon qilish uchun energetika sohasidagi mavjud muammolarning ilmiy yechimini ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan tartibda asoslangan taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda Institutning 2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan ilmiy-tadqiqot ishlari dasturini ishlab chiqsin hamda Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashida tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Institut Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Chingiz Aytmatov ko‘chasi 2B-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i O.M. Umarov hamda Fanlar akademiyasi prezidenti B.S. Yuldashev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 4-maydagi 273-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari institutining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ilmiy kengash

Direktor

Ilmiy kotib

Direktorning ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari

Direktorning umumiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari

Moliya-iqtisodiyot bo‘limi

3

“Energetikaning rivojlanish istiqbollari va energetik xavfsizlik” ilmiy laboratoriyasi

3

Injener-texnik va xo‘jalik xizmati*

Bosh yuriskonsult

1

Xodimlar bo‘yicha inspektor va devonxona

2

“Elektr energetika tizimlari va majmualari” ilmiy laboratoriyasi

3

“Energiya samaradorligi va energiya tejash tizimlari” ilmiy laboratoriyasi

3

AKT bo‘yicha mutaxassis

1

“Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kompleks foydalanish” ilmiy laboratoriyasi

3

“Intellektual energiya tizimlari, energetik tizimlar va quvvatlarni integratsiyalash” ilmiy laboratoriyasi

3

Maxsus bo‘lim

1

“Elektrotexnologiyalar va energetik uskunalarni ekspluatatsiya qilish” ilmiy laboratoriyasi

3

Integratsiya-resurs markazi

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut xodimlarining umumiy cheklangan soni — 31 nafar, shundan ilmiy xodimlar soni — 21 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Buyurtma asosida bajariladigan ilmiy loyihalarni amalga oshirishda qatnashadigan ilmiy xodimlar shartnoma asosida jalb etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlariga muvofiq normativlar bo‘yicha belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
2021-yil 4-maydagi 273-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Energetika muammolari
instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga
moliyalashtiriladigan ilmiy xodimlari sonini 2025-yil 1-yanvargacha
bosqichma-bosqich maqbullashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
JADVALI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Laboratoriyalar nomlari

Ilmiy xodimlar shtat birliklari soni

2021-2022 yy.

2023 — 2025 yy.

1.

Energetikaning rivojlanish istiqbollari va energetik xavfsizlik

3

2

2.

Elektr energetika tizimlari va majmualari

3

2

3.

Muqobil va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan kompleks foydalanish

3

2

4.

Elektrotexnologiyalar va energetik uskunalarni ekspluatatsiya qilish

3

2

5.

Energiya samaradorligi va energiya tejash tizimlari

3

2

6.

Intellektual energiya tizimlari, energetik tizimlar va quvvatlarni integratsiyalash

3

2

7.

Integratsiya-resurs markazi

1

1

Jami

19

13

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi PQ-390-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/273/0411-son; 04.01.2025-y., 09/25/891/0011-son; 29.12.2025-y., 07/25/390/1228-son)