Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 4-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3296]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyundagi PF-6005-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini isloh etish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan keyin uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2021-yil 31-mart,
01-02/13-20-son
Kelishildi:
Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
2021-yil 31-mart
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 31 matrdagi 01-02/13-20-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq tovarlarni dastlabki, davriy va toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyalari (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) orqali deklaratsiyalash tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ayni bir xil tovarlar — ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi (bundan buyon matnda TIF TN deb yuritiladi) boʻyicha tovar kodining oʻnta belgili darajasi bir xil boʻlgan tovarlar;
ayni bir shaxs tomonidan doimiy olib oʻtish — bir xil tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan koʻp marotaba bitta yuk joʻnatuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir shartnoma (kelishuv, bitim) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib oʻtilishi;
dastlabki bojxona deklaratsiyasi (bundan buyon matnda DBD deb yuritiladi) — chet el tovarlari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga yetib kelguniga qadar “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga muvofiq bojxona organiga taqdim etiladigan va ular haqidagi toʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat;
davriy bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda DBYUD deb yuritiladi) –ayni bir xil tovarlar bojxona chegarasi orqali ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib oʻtilgan paytda bojxona organiga taqdim etiladigan va ular haqidagi toʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat;
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BYDni oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BYDni toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi shaxsiy kabineti (bundan buyon matnda TIF qatnashchisi kabineti deb yuritiladi) — tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisining bojxona organlari bilan personallashtirilgan oʻzaro aloqa va axborot almashinuvi asosida roʻyxatdan oʻtgan holda bojxona organlarining interaktiv xizmatlaridan foydalanish uchun moʻljallangan davlat bojxona xizmatining elektron platformasi;
tovarlarni bojxona maqsadlari uchun identifikatsiyalash — bu TIF TNdagi ekvivalent tovar pozitsiyalaridan ajratib olishga imkon beradigan va tovarlarning maʼlum bir hil guruhiga mansubligini koʻrsatib beradigan tovarning individual xususiyatlarini aniqlash va belgilash;
toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi (bundan buyon matnda TBBYUD deb yuritiladi) — bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun barcha zarur axborotga ega boʻlmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 269-moddasiga asosan bojxona organiga taqdim etiladigan hujjat;
tovarlarni davriy deklaratsiyalash — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan bir tashqi savdo shartnomasi doirasida aynan bir xil tovarlarning (jismoniy xususiyati, sifati, ishlab chiqaruvchisi, TIF TN kodi boʻyicha) bojxona rasmiylashtiruvini DBYUD taqdim qilish yoʻli bilan amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash — chet el tovarlari Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga yetib kelguniga qadar ularga nisbatan DBDni va tovarlar yetib kelganidan soʻng DBD raqami qayd etilgan tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish orqali erkin muomalaga chiqarish;
(1-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan joʻnatilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan bitta jismoniy shaxsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi.
2. DBD, DBYUD va TBBYUDlarning bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:
a) birinchi bosqichda — deklaratsiyalovchi shaxs tovarlar boʻyicha DBD, DBYUD va TBBYUDlarni bojxona organlariga elektron yoki qogʻoz shaklda taqdim etadi. Taqdim etilgan DBD, DBYUD va TBBYUDlar bojxona organlarida roʻyxatga olinadi.
DBD, DBYUD va TBBYUDlarda koʻrsatilgan tovarlarga tegishli bojxona rejimiga muvofiq undirilishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari va yigʻimlari toʻlanadi yoki bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash qoʻllaniladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
b) ikkinchi bosqichda — Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar boʻyicha deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga toʻliq BYD taqdim etiladi va bojxona organlarida rasmiylashtiriladi, bundan tovarlar uchun ilgari DBD taqdim etilgan hollar mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlar uchun ilgari DBD taqdim etilgan hollarda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan DBDning roʻyxat raqami tranzit deklaratsiyasida koʻrsatiladi va hujjatlar bojxona organi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlarning DBYUD va TBBYUDlari rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va undirilgan yigʻim keyingi bosqichda toʻliq BYD taqdim etilganida takroran undirilmaydi.
DBYUD va TBBYUDlarni bojxona organlariga taqdim etish orqali tovarlarni deklaratsiyalashda toʻlangan bojxona toʻlovlari toʻliq BYD rasmiylashtirilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tovarlar uchun DBD taqdim etilgan hollarda toʻlangan bojxona toʻlovlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazish lozim darajada toʻldirilgan DBD rasmiylashtirilganidan soʻng amalga oshiriladi.
(2-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Keyingi tahrirga qarang.
2-bob. Dastlabki bojxona yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish
1-§. Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash shartlari
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
tovar Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga amalda yetib kelganda;
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinishi taqiqlangan tovar boʻlganda;
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni erkin muomalaga chiqarishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan vakolatli organlar tomonidan beriladigan hujjatlar (ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar, muvofiqlik sertifikati, ekologik sertifikat va boshqalar) talab etiladigan hollarda, bundan mazkur hujjatlar mavjud boʻlgan hollar mustasno;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
DBDdagi tovar bir transport hujjati boʻyicha bir transport vositasida bitta joʻnatuvchining manzilidan bitta qabul qiluvchining manziliga yuborilayotgan boʻlmasa;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
litsenziyalar boʻyicha import qilinadigan tovar boʻlsa.
Keyingi tahrirga qarang.
2-§. Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalashning birinchi bosqichi
Keyingi tahrirga qarang.
4. Deklaratsiyalovchi shaxs mazkur Nizomning 6-7-bandlariga muvofiq toʻldirilgan va oʻzining elektron raqamli imzosi (qogʻoz shaklda uning shaxsiy imzosi) bilan tasdiqlagan holda tovarlar boʻyicha DBDni bojxona organiga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. DBD bilan birga yoki bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida deklaratsiyalovchi shaxs tijorat va transport hujjatlarini “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda TED AAT deb yuritiladi) orqali taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 165-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-3, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3296-3/0659-son)
6. DBD Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 5-bobiga muvofiq tartibda toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
DBDning 1-grafasi birinchi boʻlmasida “IM” belgisi, uchinchi boʻlmasida “PR” belgisi koʻrsatiladi hamda 18, 26, 30-grafalari va “S” grafasining 2 raqami ostidagi satri toʻldirilmaydi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
7. DBD bojxona organi tomonidan roʻyxatga olinadi hamda DBD va unga ilova qilingan hujjatlar tekshiruvdan oʻtkaziladi.
Agar tekshiruv davomida DBD va unga ilova qilingan hujjatlarda xato va (yoki) kamchiliklar aniqlansa, DBDga Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) talablariga muvofiq oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi.
Xato va (yoki) kamchiliklar aniqlanmagan hollarda DBDning tekshiruvi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 248-moddasida belgilangan muddat doirasida amalga oshiriladi.
Bojxona organi tomonidan DBD va unga ilova qilingan hujjatlar tekshiruvi yakunlanganligi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda Bojxona qoʻmitasi YAAT deb yuritiladi) orqali maʼlum qilinadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
8. DBDda koʻrsatilgan tovarlar bojxona organiga DBD qabul qilingan kundan (DBDning 7-grafasida koʻrsatilgan sanadan) eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida taqdim etilmagan taqdirda DBD berilmagan deb hisoblanadi.
Bunda, ushbu DBD Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) talablariga muvofiq bojxona organi tomonidan bekor qilinadi hamda bu haqida Bojxona qoʻmitasi YAAT orqali deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs xabardor qilinadi.
Tovarning taqdim etilganligini tasdiqlash bojxona organi tomonidan tranzit deklaratsiyani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. Dastlabki deklaratsiyalashning ikkinchi bosqichi
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs DBDda koʻrsatilgan tovarlar bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular toʻgʻrisida bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini yoki dastlabki axborotni taqdim etishda DBD raqamini koʻrsatishi shart.
Bunda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan DBD raqami Tranzit deklaratsiyasini toʻldirish, rasmiylashtirish, unga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish hamda bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 3382, 2022-yil 31-avgust) belgilangan tartibda “E-Tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimida “Yuk toʻgʻrisida maʼlumot” boʻlimining “Yuk kuzatuv hujjatlari” qismidagi 10-maydonda BYDni toʻldirishda foydalaniladigan hujjatlar va maʼlumotlar turlari tasniflagichidan tanlash orqali 805 tartib raqami ostida koʻrsatiladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
10. DBDda koʻrsatilgan tovarlar tranzit deklaratsiyasini roʻyxatdan oʻtkazgan chegara bojxona postiga yetib kelgandan soʻng, tashuvchi tomonidan ushbu tovarlar va unga tegishli kuzatuv hujjatlari hamda tranzit deklaratsiyasining roʻyxat raqami bojxona organiga taqdim etiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Bojxona organi tovarlar chegara bojxona posti hududiga yetib kelgandan soʻng, DBD bilan birga taqdim etilgan tovarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni tashuvchi tomonidan taqdim etilgan asl hamda elektron hujjatlardagi maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Bunda, bojxona organi tomonidan DBDga ilova qilingan tovarning kuzatuv hujjatlari raqami, sanasi, shakli, undagi maʼlumotlar, shu jumladan joʻnatuvchi va qabul qiluvchining rekvizitlari, tovarning nomi, miqdori (soni, vazni, boshqa qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori), qiymati, TIF TN kodi, yetkazib berish shartlarida oʻzaro tafovut aniqlansa, DBD taqdim etilmagan deb hisoblanadi, bundan tovarlarni qayta yuklash jarayonida transport hujjatlari oʻzgarganligi natijasida yuzaga kelgan tafovutlar boʻyicha tovar qayta yuklanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holatlar mustasno.
Bunday holatlarda DBD bojxona organi tomonidan bekor qilinadi hamda tovarlarni deklaratsiyalash BYD rasmiylashtiruvi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Chegara bojxona posti tomonidan tovarlar boʻyicha bojxona nazorati amalga oshirilganidan soʻng, DBD rasmiylashtiriladi va tovarlar erkin muomalaga chiqariladi, bundan mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Bojxona organi tomonidan DBDning 18, 26, 29 va “S” grafalariga tranzit deklaratsiyasi asosida oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Bojxona hududiga kirib kelishda DBD taqdim etilgan tovarlarga nisbatan quyidagi hollarda chegara bojxona posti tomonidan chet el tovari bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari qoʻllaniladi:
xavfni boshqarish tizimi tomonidan xavf darajasi yuqori koʻrsatkich (“qizil” yoʻlak) bilan tasniflangan boʻlsa;
DBD rasmiylashtirilgan tovarlarga bojxona toʻlovlari toʻliq toʻlanmagan yoki toʻlanishi taʼminlanmagan boʻlsa;
tovarning tijorat va transport hujjatlaridagi maʼlumotlarda oʻzaro nomuvofiqliklar aniqlanganda;
bojxona nazoratining texnik vositalarini qoʻllash boʻyicha maʼlumotlar tovarlarga ilova qilingan hujjatlardagi maʼlumotlar bilan toʻgʻri kelmasa;
transport vositasining yuk boʻlmasiga bevosita (erkin) kirish imkoniyati mavjud boʻlganda;
huquqni muhofaza qilish yoki boshqa davlat nazorat organlaridan tushgan materiallar, shuningdek xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlaridan olingan tovarlarni bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozimligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlganda.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) asosan 14-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 5-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) asosan 15-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 5-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) asosan 16-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 5-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) asosan 17-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 5-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) asosan 18-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 5-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006)
Oldingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) asosan 19-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2026-yil 5-fevral — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006)
Oldingi tahrirga qarang.
4-§. Tovarlarni manzil (tashqi iqtisodiy faoliyat) bojxona postlarida erkin muomalaga chiqarish shartlari
(4-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Quyidagi hollarda tovarlar DBDda koʻrsatilgan TIF bojxona postiga tranzit deklaratsiyasi asosida yoʻnaltiriladi:
chegara bojxona posti hududida tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazishning imkoni boʻlmaganda;
DBDda xato va kamchiliklar aniqlanib, unga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish zarurati yuzaga kelganda, bundan mazkur Nizomning 11-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno;
tovarlar chegara bojxona posti orqali avtotransportda olib kirilmagan hollarda;
DBDni bekor qilish yoki qaytarib olish zarurati yuzaga kelganda;
vakolatli shaxsning arizasiga koʻra.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tovarlar DBDda koʻrsatilgan TIF bojxona postiga yetib kelgandan soʻng, tashuvchi yoxud boshqa manfaatdor shaxs tomonidan ushbu tovarlar va ularga tegishli kuzatuv hujjatlari bojxona organiga taqdim etiladi.
Tovarlar yetib kelganligi bu toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan tovar kuzatuv hujjatlariga va Bojxona qoʻmitasi YAATda tegishli belgilarni qoʻyish orqali tasdiqlanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Bojxona organi tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda DBDdagi tovarlarning kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni keyin taqdim etilgan asl hamda elektron hujjatlardagi maʼlumotlar bilan solishtiradi.
Agarda taqdim qilingan hujjatlar (shu jumladan, elektron koʻrinishdagi) bilan asl hujjatlardagi maʼlumotlarda nomuvofiqliklar mavjud boʻlsa yoki DBDda kerakli maʼlumotlar yetishmasa, bojxona organi tomonidan deklaratsiyalovchi shaxsning ushbu masaladagi murojaatini koʻrib chiqish natijalari yoki bojxona organining talablari asosida DBDga tegishli oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritiladi.
Bunda, bojxona organi tomonidan DBDga ilova qilingan tovarning kuzatuv hujjatlari raqami, sanasi, shakli, undagi maʼlumotlar, shu jumladan joʻnatuvchi va qabul qiluvchining rekvizitlari, tovarning nomi, miqdori (soni, vazni, boshqa qoʻshimcha oʻlchov birligidagi miqdori), qiymati, TIF TN kodi, yetkazib berish shartlarida oʻzaro tafovut aniqlansa, DBD taqdim etilmagan deb hisoblanadi, bundan tovarlarni qayta yuklash jarayonida transport hujjatlari oʻzgarganligi natijasida yuzaga kelgan tafovutlar boʻyicha tovar qayta yuklanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan holatlar mustasno.
Bunday holatlarda DBD bojxona organi tomonidan bekor qilinadi hamda tovarlarni deklaratsiyalash BYD rasmiylashtiruvi uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Oldingi tahrirga qarang.
221. DBDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish va bekor qilish Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
222. Bojxona organi tomonidan tovarlar boʻyicha bojxona nazoratining belgilangan tartib-taomillari amalga oshirilganidan soʻng, DBD rasmiylashtirilib, tovarlar erkin muomalaga chiqariladi, bundan mazkur Nizomning 22-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(221 va 222-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 13-oktabrdagi 296-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3296-4, 03.11.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 5-fevral)
Keyingi tahrirga qarang.
3-bob. DBYUDni rasmiylashtirish tartibi
1-§. Tovarlarni davriy deklaratsiyalash shartlari
23. DBYUD aynan bir xil turdagi tovarlarni bir tashqi savdo shartnomasi (kelishuv, bitim) doirasida ayni bir shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda rasmiylashtiriladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun bitta BYD beriladi.
DBYUDni rasmiylashtirish tovarlarni vaqtincha saqlashning eng koʻp muddati yoki bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Aynan bir xil turdagi tovarlarga bir tashqi savdo shartnomasi (kelishuv, bitim) doirasida karantin ruxsatnomalar, oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlarini, ozon yemiruvchi moddalar va ulardan tashkil topgan mahsulotlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish uchun ruxsatnomalar, muvofiqlik sertifikati, veterinar, gigiyenik va ekologik sertifikatlar, bir kalendar yilidan oshmagan muddatga bir marotaba taqdim etilishi mumkin.
2-§. Tovarlarni davriy deklaratsiyalashning birinchi bosqichi
25. DBYUD shartnoma (kelishuv, bitim) doirasida tovarlarning maʼlum bir turkumi uchun amalda bojxona organiga taqdim etilganda rasmiylashtiriladi.
Deklaratsiyalovchi shaxs DBYUD bilan birga unda koʻrsatilgan tovarlarning toʻliq miqdorini tegishli bojxona rejimiga joylashtirishda zarur boʻladigan hujjatlarni bojxona organiga taqdim etadi.
26. DBYUDda koʻrsatilgan tovarlarning toʻliq miqdori uchun bojxona rejimi shartlariga muvofiq amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari boʻyicha bojxona toʻlovlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. DBYUD doirasida rasmiylashtirilgan tovarlarning bojxona nazorati va hisobini yuritish uchun tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari Bojxona qoʻmitasi YAAATda faqat DBYUD uchun shakllanadigan har bir tovar turkumiga alohida tartib raqamli darchaga bojxona organi mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda tegishli maʼlumotlar yuklanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Tovarlarning bojxona nazoratini amalga oshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxsi Bojxona qoʻmitasi YAAATda faqat DBYUD uchun shakllanadigan, har bir tovar turkumiga alohida tartib raqamli elektron jadvalda DBYUD boʻyicha tovarning tartib raqami, TIF TN kodi, miqdori va bojxona koʻrigi (agar shunday bojxona nazorati shakli qoʻllanilgan boʻlsa) dalolatnomasi tartib raqami boʻyicha maʼlumotlar bojxona organi mansabdor shaxsining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda qayd etib boriladi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Keyingi tahrirga qarang.
29. DBYUD doirasida tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan har bir tovar turkumi uchun bojxona nazorati boshlanishidan oldin taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. DBYUD doirasida rasmiylashtirilgan tovarlarning qolgan turkumi hamda ular boʻyicha tovar va transport vositasi kuzatuv hujjatlari DBYUD rasmiylashtirilgan bojxona organiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. DBYUD Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) talablariga muvofiq quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
a) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi boʻlmasida “PE” belgisi koʻrsatiladi.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamdan iborat kodi koʻrsatiladi.
Grafaning uchinchi boʻlmasi toʻldirilmaydi;
b) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
“Taqdim etilgan maʼlumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan soʻng deklaratsiyalovchi shaxsga DBYUDga kiritish uchun zarur maʼlumotlarni taqdim etgan, yukni qabul qiluvchi tomonidan ishonchnoma berilgan shaxsning yoki tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtayotgan jismoniy shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi va telefon raqami) koʻrsatiladi.
Soʻngra grafada qoʻshimcha ravishda quyidagilar qayd etiladi: “Toʻliq BYDni XX.XX.XXXXgacha bojxona organiga taqdim etish majburiyatini olaman” (bunda XX.XX.XXXX tegishlicha kun, oy, yilni anglatadi).
Agar ishonch bildirgan shaxs BYDni toʻldirgan deklaratsiyalovchi shaxs boʻlsa, ushbu deklaratsiyalovchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.
Mazkur grafada xoʻjalik yurituvchi subyekt ishonch bildirgan shaxsning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning raqami, sanasi va amal qilish muddati koʻrsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. DBYUD asosida olib kelingan tovarlarning tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxsning ixtiyoriga berilishi, ularni bojxona nazoratidan oʻtkazilgandan hamda mazkur Nizomning 27 — 31-bandlariga muvofiq harakatlar yakunlangandan soʻng amalga oshiriladi.
3-§. Tovarlarni davriy deklaratsiyalashning ikkinchi bosqichi
33. DBYUD uchun belgilangan muddat tugaguniga qadar tovarlar bojxona chegarasidan toʻliq olib oʻtilgan taqdirda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan toʻliq BYD taqdim etiladi.
34. DBYUD rasmiylashtirilgan sanadan oltmish kalendar kundan oshmagan muddatda toʻliq BYD taqdim etilishi lozim.
DBYUD uchun belgilangan muddat tugaguniga qadar tovarlar bojxona chegarasi orqali toʻliq olib oʻtilmagan hollarda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ushbu muddatga qadar bojxona chegarasi orqali haqiqatda olib oʻtilgan tovarlarga nisbatan toʻliq BYD taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Ikkinchi bosqichda rasmiylashtiriladigan BYDda bojxona toʻlovlari summasini hisoblashda DBYUD qabul qilingan kunda amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari va xorijiy valyutalar kurslari qoʻllaniladi.
Agarda taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish natijasida hisoblangan bojxona toʻlovlari summasi DBYUDda koʻrsatilgan toʻlovlar summasidan ortadigan boʻlsa, ular qoʻshimcha toʻlanadi, kamayish holatlarida esa bojxona organi oʻrtadagi farqni toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartibda qaytaradi yoki toʻlovchining xohishiga koʻra uni keyingi toʻlovlar hisobiga oʻtkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan tovarlarning umumiy miqdori DBYUDda koʻrsatilgan miqdorga mos boʻlishi lozim.
Tovarlar belgilangan muddatlarda DBYUDda koʻrsatilgan miqdordan ortiq import qilinganda yoki eksportga olib chiqilishi nazarda tutilganda, tovarlarning ushbu ortiqcha qismiga nisbatan yangi BYD taqdim etilgan kuni amalda boʻlgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
37. DBYUDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
38. Toʻliq BYD quyidagi hollarda rasmiylashtirilmaydi:
DBYUDda koʻrsatilmagan tovarlar import qilinganda yoki eksportga olib chiqilishi nazarda tutilganda;
qolgan tovarlar turkumi olib kirilganda dastlabki tovarlar turkumini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda koʻrsatilmagan, iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilishiga taʼsir koʻrsatuvchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
dastlabki tovarlar turkumini rasmiylashtirishda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilishiga asos boʻlgan hujjatlarni qolgan turkum tovarlarni olib kirishda taqdim etmaganda;
DBYUD uchun belgilangan muddatga qadar toʻliq BYD taqdim etilmagan taqdirda (agar bojxona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojxona organi ishdan tashqari vaqtiga, dam olish yoki bayram kuniga toʻgʻri kelib qolsa, bojxona organining keyingi ish kuni shu muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi).
Mazkur bandda keltirilgan holatlarda rasmiylashtirilgan DBYUDni bekor qilish choralari koʻriladi hamda yangi BYD Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan muddat ichida taqdim etilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
39. BYD mazkur Nizomning 31-bandi birinchi xatboshisiga muvofiq tartibda quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1) 1-grafa. “Deklaratsiya turi”.
Grafaning birinchi boʻlmasida tovarlarni olib oʻtish yoʻnalishi koʻrsatiladi — “IM” yoki “EK”.
Grafaning ikkinchi boʻlmasida Bojxona rejimlari tasniflagichiga muvofiq bojxona rejimining ikki raqamdan iborat kodi koʻrsatiladi.
Grafaning uchinchi boʻlmasida “PPE” belgisi koʻrsatiladi.
2) BYDga aynan DBYUDga berilgan tartib raqam qoʻyiladi.
4-bob. TBBYUDni rasmiylashtirish tartibi
1-§. Tovarlarga TBBYUD taqdim etish shartlari
40. Deklarant yoki bojxona brokeri oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra deklaratsiyani toʻldirish uchun barcha zarur axborotga ega boʻlmasa, TBBYUD tovarni identifikatsiyalash imkoniyati boʻlishi sharti bilan berilishi mumkin.
TBBYUD quyidagi hollarda berilishi mumkin:
Keyingi tahrirga qarang.
bojxona toʻlovlari shartli bojxona qiymatini aniqlash asosida toʻlangan tovarlar;
Oldingi tahrirga qarang.
zarur hujjatlar (bundan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mustasno) va maʼlumotlar taqdim etilmagan tovarlar;
(40-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 10-martdagi 13/02-22-00081-son qarori (roʻyxat raqami 3296-2, 17.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2022-y., 10/22/3296-2/0221-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar;
Oldingi tahrirga qarang.
TIF TN kodiga aniqlik kiritish boʻyicha ekspertiza tayinlangan tovarlar.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 19-yanvardagi 01-02/16-00002-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3296-1, 10.02.2022-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/3296-1/0122-son)
Keyingi tahrirga qarang.
41. TBBYUDga deklarant yoki bojxona brokeri, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida alohida maʼlumotlarni taqdim etish uchun boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, TBBYUD bojxona organi tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda yetishmagan maʼlumotlarni va lozim darajada toʻldirilgan toʻliq BYDni taqdim etish haqidagi yozma majburiyatni ilova qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar ushbu Nizomning 40-bandi toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar uchun taqdim etilmagan muvofiqlik sertifikatini yoki sanitariya-epidemiologiya xulosasini olish talab etilsa, ushbu tovarlardan foydalanish, ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki oʻzga usulda boshqa shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 24-iyuldagi 165-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3296-3, 26.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2024-y., 10/24/3296-3/0659-son)
TBBYUD qoʻllanilgan holda deklaratsiyalashda lozim darajada toʻldirilgan toʻliq BYD avval boshda berilganidagi kabi bojxona organlarining zimmasiga qonunchilik hujjatlarining qaysi talablari va shartlari bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan boʻlsa, oʻsha talablar va shartlar, shu jumladan bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi qoʻllaniladi.
2-§. TBBYUDni rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
42. TBBYUD va BYDlarni hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron yoki qogʻoz shakllarda taqdim etilishi mumkin. Bunda TBBYUDda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar aks ettirilgan boʻlishi kerak.
TBBYUDda koʻrsatilgan tovarlarning toʻliq miqdori uchun bojxona rejimi shartlariga muvofiq amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari boʻyicha bojxona toʻlovlari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
421. TIF TN kodiga aniqlik kiritish boʻyicha ekspertiza tayinlangan tovarlarga nisbatan taqiq va cheklovlar belgilangan boʻlsa, TBBYUD rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(421-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 19-yanvardagi 01-02/16-00002-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3296-1, 10.02.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/3296-1/0122-son)
43. Tovarlarni TBBYUD bilan rasmiylashtirishda quyidagilar taqdim etiladi:
transport (transport turidan kelib chiqib, konosament yoki yuk xati) va tijorat (invoys) hujjatlari;
toʻliq toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini va yetishmagan maʼlumotlarni taqdim etish haqidagi yozma majburiyat.
44. Ushbu Nizomning 43-bandida koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmaganida, yoxud notoʻgʻri hujjat va maʼlumotlar taqdim etilganda TBBYUD rasmiylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3-§. TBBYUDni rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
45. TBBYUD va toʻliq BYD Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) 191-bobiga muvofiq tartibda toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Bojxona posti toʻliq BYDni taqdim etish muddatlari va TBBYUDga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlarga nisbatan taqiq va cheklov boʻyicha shartlar bajarilishini nazorat qiladi va ularning elektron hisobini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
461. Bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza natijasi yuzasidan qabul qilingan TIF TN kodi deklarant yoki bojxona brokeriga TED AAT orqali taqdim etiladi hamda toʻliq BYD ekspertiza xulosasida belgilangan TIF TN kod asosida qonunchilik hujjatlari talablari boʻyicha rasmiylashtiriladi.
(461-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 19-yanvardagi 01-02/16-00002-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3296-1, 10.02.2022-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/3296-1/0122-son)
47. TBBYUD bilan rasmiylashtirilgan tovarlar boʻyicha oltmish kalendar kun ichida toʻliq BYD rasmiylashtirilmagan taqdirda, vakolatli shaxs ixtiyoriga koʻra ushbu tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga qaytarib chiqarib yuborilishi mumkin.
Bunda, tovarlar TBBYUD rasmiylashtirilgan kuni qanday holatda boʻlsa, amalda shunday holatda bojxona hududidan olib chiqilishi lozim, bundan tovar holatining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlash normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlar mustasno.
TBBYUDni oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qaytarib olish va bekor qilish Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3220, 2020-yil 10-fevral) talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
48. Tovarlarni “eksport” bojxona rejimida rasmiylashtirishda TBBYUDni rasmiylashtirish mazkur bob talablari asosan amalga oshirilishi mumkin.
5-bob. Yakuniy qoidalar
49. Ushbu Nizom qoidalarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
50. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2021-y., 10/21/3296/0410-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 10/22/3296-1/0122-son, 17.03.2022-y., 10/22/3296-2/0221-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son; 28.08.2024-y., 10/24/3296-3/0659-son; 04.11.2025-y., № 10/25/3296-4/1006; 26.05.2026-y., 10/26/3296-5/0531-son)