10.02.2020 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3220
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 10-fevralda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3220]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais M. AZIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/15-71-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 26-dekabrdagi 01-02/15-71-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish hamda bekor qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I bo‘lim. Elektron shakldagi BYDni o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, qaytarib olish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza — vakolatli shaxsning BYDga o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish bo‘yicha yozma yoki elektron shakldagi murojaati;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organi — BYDni rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish, bekor qilish, unga o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va tegishli harakatlarni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi (bundan buyon matnda Bojxona qo‘mitasi deb yuritiladi), Bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi va bojxona postlari;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymati deklaratsiyasi (bundan buyon matnda BQD deb yuritiladi) — BYDning ajralmas qismi bo‘lib, tovarning bojxona qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga BYD bilan bir paytda topshiriladigan hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDni tuzatish shakli (bundan buyon matnda BDT) — Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan format va tuzilishga muvofiq tayyorlangan BYD hamda BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish haqidagi elektron hujjat;
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDdagi xato — bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan hujjatlardagi axborot va (yoki) bojxona organlarida mavjud axborot bilan BYD va (yoki) BQDdagi ma’lumotlar orasidagi tafovut, shuningdek BYD yoki BQD grafalaridagi noto‘g‘ri ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDdagi kamchilik — bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarning yetishmasligi yoki BYD bilan birga taqdim etilishi lozim bo‘lgan hujjatlarning to‘liq bo‘lmasligi bilan bog‘liq holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga o‘zgartirish kiritish — BYD va (yoki) BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga qo‘shimcha kiritish — BYD va (yoki) BQDga yangi ma’lumotlarni kiritish yohud tegishli hujjatlarni qo‘shish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDni qayta rasmiylashtirish — rasmiylashtirilgan qog‘oz shaklidagi BYDni bekor qilib, uning o‘rniga yangi BYDni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDni qaytarib olish — BYDni bojxona organida ro‘yxatga olinganidan so‘ng uni qaytarish orqali yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishini to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDni bekor qilish — BYDni bojxona organida ro‘yxatga olinganidan so‘ng bekor qilish orqali yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishini to‘xtatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini o‘z nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BYDni o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BYDni to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati — deklarant tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining “Deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati” interaktiv xizmatiga(dan) qo‘shish va chiqarish yo‘li bilan shakllantiriladigan deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan BYD — bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan va “D” grafasiga bojxona organining tegishli belgilari qo‘yilgan BYD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYD — bojxona organi tomonidan BYDning 7-grafasiga BYD raqami va qabul qilingan sana ko‘rsatilgan, ammo “D” grafasiga bojxona organining tegishli belgilari qo‘yilmagan BYD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni elektron deklaratsiyalashning avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bundan buyon matnda TEDAAT deb yuritiladi) — vazirlik va idoralarning tegishli axborot tizimlarining aloqasini ta’minlovchi dasturiy-texnik vositalar kompleksi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron shakldagi BYD — deklaratsiyalovchi shaxsning elektron raqamli imzosi (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) bilan tasdiqlangan, Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda TEDAAT vositasida elektron hujjat ko‘rinishida taqdim etilgan BYD;
(1-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot almashish tizimi — axborot tizimlari orqali ERIdan foydalangan holda bojxona organlari va deklaratsiyalovchi shaxslar o‘rtasida elektron xabarlarni almashish, tegishli hujjatlarni taqdim etish va qabul qilib olish vositasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi BDT — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga taqdim etilib ro‘yxatga olinmagan yoki avval ro‘yxatga olingan BDTdagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun taqdim etilgan BDT;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi BYD — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga taqdim etilib ro‘yxatga olinmagan yoki avval ro‘yxatga olinib, undagi xato va kamchiliklar bartaraf etilib, qayta taqdim etilgan BYD;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta rasmiylashtirilgan BYD — yangi BYD rasmiylashtirilib, yuridik kuchga ega hujjat sifatida amal qilishi to‘xtatilgan avvalgi BYD;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy bojxona boshqarmalari — Bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi;
(1-bandning yigirma to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qo‘mitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlar va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va ma’lumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Bojxona qo‘mitasining avtomatlashtirilgan tizimi.
(1-bandning yigirma beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan va tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin BYD qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida BYDga bojxona organining talabi bilan yoki vakolatli shaxsning arizasiga ko‘ra, mazkur Nizom talablari asosida o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, BYD tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqilayotgan tovarlarga doir BYD ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bojxona organiga kelib tushgan ariza O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 28-moddasida belgilangan muddatda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha arizachiga yozma yoxud elektron shaklda javob beriladi. Javob xati bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Bojxona organi arizani to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni hamda yozma tushuntirishlarni so‘rab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Elektron BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga BDT taqdim etish orqali mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi, zarur hollarda BQD yoki tegishli hujjatlar BDTga ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tomonidan deklaratsiyalovchi shaxsdan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilayotgan BYDda mavjud hujjatlarni takroran BDTga ilova qilinishi talab etilmaydi, sifatsiz (hira, bo‘yalgan, tushunarsiz va h.k.) hujjatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDT o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilgan elektron BYDning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron BYD yoki BQD grafalariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish talab etilmasdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur bo‘lgan tegishli hujjatlar taqdim etish lozim bo‘lgan taqdirda, deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organlariga hujjatlarni TEDAAT yoki Bojxona qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan tegishli interaktiv xizmatlar orqali taqdim etadi.
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Qog‘oz shakldagi BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish BYDning barcha nusxalaridagi tegishli grafalariga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish yohud uni qayta rasmiylashtirish orqali mazkur Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. BYDning faqat bojxona organi tomonidan to‘ldiriladigan grafalaridagi yozuvlarga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lgan taqdirda, o‘zgartirish kiritish bojxona organi xodimi tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va shaxsiy raqamli muhri (elektron BYDda ERI) bilan tasdiqlanadi. Bojxona organi tomonidan to‘ldiriladigan grafalaridagi yozuvlarga o‘zgartirish kiritilganligi haqida deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs yozma shakldagi xat yoki axborot almashish tizimi orqali xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, bekor qilish yoki qaytarib olish quyidagi hollarda mazkur Nizom talablari asosida amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymati va (yoki) bojxona to‘lovlari summasini to‘g‘rilash zarurati yuzaga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni tashishga mo‘ljallangan transport vositalari texnik jihatdan nosoz bo‘lganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar ularni olib chiqishga ruxsat berilgan sanadan so‘ng avtotransport vositasi tashuvida o‘n kunga qadar, boshqa transport vositalari tashuvida yigirma kunga qadar olib chiqilmagan holatlarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYD yoki uning bir qismi bo‘yicha rasmiylashtirilgan tovarga egalik qilish huquqi tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa subyektiga berilganida, bundan eksport yoki erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari to‘liq bajarilgan va (yoki) shartli chiqarilmagan tovarlar, shuningdek tovardan foydalanish huquqi cheklangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 96-moddasiga ko‘ra bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq holatlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari o‘zgarganda, bundan eksport yoki erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirilib, kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari to‘liq bajarilgan va (yoki) shartli chiqarilmagan tovarlar, shuningdek tovardan foydalanish huquqi cheklangan holatlar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYD erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga rasmiylashtirilgandan so‘ng, undagi tovarlar bo‘yicha tuzilgan kontraktlarga qo‘shimcha kelishuvlar kiritilib, ularga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xorijiy hamkorlar va ularning rekvizitlari o‘zgargan taqdirda;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYD qabul qilingan holat aniqlanganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladigan hamda taqdim etilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan, qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa hollarda.
(8-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan elektron shakldagi BYDga o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish va (yoki) bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — to‘rtinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagi hollarda BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan BYDda ma’lum qilingan tovarlarga nisbatan hujjatlar va (yoki) ma’lumotlar talab qilinib, bu bo‘yicha tekshiruv yakuniga yetmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDda ma’lum qilingan tovarlarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish belgilanib, bu jarayon yakuniga yetmagan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDdagi tovarlarni bojxona ekspertizasidan o‘tkazish tayinlanib, bu jarayon yakuniga yetkazilmagan bo‘lsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelganda, deklaratsiyalovchi shaxs BYD ro‘yxatga olingan bojxona organiga axborot almashish tizimi orqali murojaat qiladi. Murojaatda bojxona organi tomonidan berilgan BYDning ro‘yxat raqami, mazkur BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishning aniq sabablari ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Bojxona organi bir ish kuni ichida BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bo‘yicha murojaatni ko‘rib chiqadi va natijasi bo‘yicha axborot almashish tizimi orqali ma’lum qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bojxona organi tomonidan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asoslar mavjud deb topilganda, axborot almashish tizimida qo‘shimcha ravishda BYDdagi xato va (yoki) kamchiliklar bo‘yicha taqdim etilishi lozim bo‘lgan BDT va (yoki) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tegishli hujjatlar hamda ularni taqdim etish muddati ko‘rsatiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. BDT yoki tegishli hujjatlarni taqdim etish muddati deklaratsiyalovchi shaxsga axborot almashish tizimi orqali ma’lum qilingan kundan keyingi ish kuni yakuniga qadar etib belgilanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDT axborot almashish tizimida bayon etilgan muddatda taqdim etilganida, bojxona organi taqdim etilgan BDTni mazkur Nizomda belgilangan tartibda ro‘yxatga oladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli hujjatlar axborot almashish tizimida bayon etilgan muddatda taqdim etilganida, bojxona organi taqdim etilgan hujjatni qabul qilib oladi, bundan talab etilmagan (asossiz taqdim etilgan) yoki sifatsiz (hira, bo‘yalgan, tushunarsiz va h.k.) hujjatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDT yoki tegishli hujjatlar axborot almashish tizimida belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, bojxona organi BYDni bekor qiladi, bundan mazkur Nizomning 26-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Bojxona organi murojaatni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asoslar mavjud emas yoxud taqdim etilgan hujjatlar to‘liq emas deb topsa, BYDga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritishni rad etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari axborot almashish tizimi orqali ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan deklarant ariza bilan BYD ro‘yxatga olingan bojxona organiga murojaat qilishi mumkin. Bunday hollarda bojxona organi tomonidan arizani ko‘rib chiqib, o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asoslar muvjud emas deb topilganda, arizachiga o‘zining asoslantirilgan javob xatini yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bojxona organi tashabbusi bilan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDga bojxona organi tashabbusi bilan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — to‘rtinchi hamda o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bojxona organi tomonidan aniqlangan BYDdagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish zarur bo‘lganda, bojxona organi deklaratsiyalovchi shaxsni axborot almashish tizimi orqali xabardor qiladi. Bunda bojxona organi BYDdagi xato va (yoki) kamchiliklar to‘g‘risida aniq ma’lumotlar hamda ularni bartaraf etish uchun taqdim etiladigan BDT yoki tegishli hujjatlarni taqdim etish muddati ko‘rasatilishi shart. BDT yoki tegishli hujjatlarni taqdim etish muddati mazkur Nizomning 14-bandiga asosan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Bojxona organi taqdim etilgan BDTni ro‘yxatga olish, tegishli hujjatlarni qabul qilish yoki BYDni bekor qilish mazkur Nizomning 15-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Deklarantning murojaatiga asosan BYDni qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDni qaytarib olish uchun deklarant BYD ro‘yxatga olingan bojxona organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYDni qaytarib olish uchun asoslar mavjud deb topilsa, bir ish kuni davomida Bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimida BYD qaytariladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYDni qaytarib olish uchun asoslar mavjud emas deb topsa, BYDni qaytarishni rad etishga haqli. Bunda rad etishning asoslangan sabablari yozma yoki elektron shaklda arizachiga ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. BYDni qaytarib olish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarlik holatlari aniqlangan BYD bo‘yicha ish ko‘rib chiqilib, sud yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ qarori chiqqunga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. BYDni bojxona organi tashabbusi bilan bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDni bojxona organi tashabbusi bilan bekor qilish bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYD qabul qilingan holati aniqlanganda yoki xato va kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan BDT va (yoki) tegishli hujjatlar mazkur Nizomning 14-bandida belgilangan muddatda taqdim etilmaganda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Bojxona organi tashabbusi bilan BYDni bekor qilish quyidagi hollarda taqiqlanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida va 24-bandining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYD ilgari rasmiylashtirilgan muvaqqat, to‘liq bo‘lmagan, davriy va dastlabki BYDlar bo‘yicha taqdim etilganda, bundan ilgari rasmiylashtirilgan ushbu BYDlar bekor qilinadigan holatlar mustasno.
(26-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYD qabul qilingan holati aniqlanganda, bojxona organi bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsni axborot almashish tizimi orqali xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Deklaratsiyalovchi shaxs xabarnoma kelib tushgan kundan keyingi ish kuni yakuniga qadar aniqlangan holat bo‘yicha bojxona organiga batafsil tushuntirish berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYD qabul qilingan holati tasdiqlanganda yoki mazkur Nizomning 28-bandida belgilangan muddatda tushuntirish berilmaganda BYD bojxona organi tomonidan bekor qilinadi, bundan mazkur Nizomning 26-bandida belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYD bekor qilinganda, bojxona organi bu xaqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Rasmiylashtirilgan elektron shakldagi BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Deklarantning murojaatiga asosan BYDga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Rasmiylashtirilgan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish deklarant yoki uning nomidan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish to‘g‘risidagi ishonchnomasi asosida deklaratsiyalovchi shaxs arizasiga asosan mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida va 24-bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda BYDga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. BYDga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish uchun deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etilayotgan yilda rasmiylashtirilgan BYDga bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish bilan bog‘liq bo‘lmagan yoki BYDga eksport shartnomalari bo‘yicha olib chiqilgan tovarlarning xalqaro tovar birjalarida qiymati o‘zgarishi sababli uning qiymati va (yoki) bojxona to‘lovlari summalari o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan BYD ro‘yxatga olingan bojxona posti boshlig‘iga;
(32-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan boshqa hollarda BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan BYD rasmiylashtirilgan hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosariga yozma yohud elektron shaklda ariza bilan murojaat qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada BYDning ro‘yxat raqami, unga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zaruriyatining aniq sabablari ko‘rsatiladi va ularni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik arizachi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asoslar mavjud emas yoxud taqdim etilgan hujjatlar to‘liq emas deb topsa, BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari arizachiga yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun asosli deb topsa, BYDdagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha BDT va (yoki) qonunchilik hujjatlarida belgilangan tegishli hujjatlarni taqdim etish yuzasidan arizachiga yozma yoki elektron shaklda javob xatini yuboradi.
(34-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bo‘yicha javob xatini olgandan so‘ng besh kundan kechiktirmay bojxona organiga BDT va (yoki) tegishli hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga o‘zgartirish yoki qo‘shimcha kiritish uchun BDT va (yoki) tegishli hujjatlarni taqdim qila olmasa, bu haqida yozma yoki elektron ravishda bojxona organiga o‘zining asoslantirilgan xatini yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bojxona organi tashabbusi bilan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Bojxona organi tashabbusi bilan rasmiylashtirilgan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelganda, bojxona organi bu haqda deklarant va (yoki) deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi, zarur hollarda bojxona organi boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlarni hamda yozma tushuntirishlarni so‘rab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Bojxona organi tomonidan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bo‘yicha bojxona organining xatini olgandan so‘ng deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs besh kundan kechiktirmay quyidagilardan birini amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun bojxona organiga BDT va (yoki) tegishli hujjatlarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun BDT yoki tegishli hujjatlarni taqdim qila olmasa yoki BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun zarurat yo‘q deb hisoblasa, bu haqida yozma yoki elektron shaklda bojxona organiga o‘zining asoslantirilgan xatini yuborishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs asoslangan sabablarga ko‘ra BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun BDT taqdim qila olmasa, bojxona organi tomonidan mustaqil ravishda bojxona maqsadlari uchun BYDga o‘zgartirish (va) yoki qo‘shimcha kiritilishi mumkin, bundan kiritiladigan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar bojxona to‘lovlariga yoki tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi)dagi ma’lumotlarga ta’sir etadigan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi BYDga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar haqidagi asoslantirilgan xatni deklarantga yuborishi shart, bundan deklarant faoliyati tugatilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Deklarantning murojaatiga asosan BYDni qaytarib olish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Deklarantning arizasi bilan BYDni bekor qilish faqat bitta tovar yuzasidan bir nechta BYD qabul qilingan holatlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Bojxona organi deklarant tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, olib chiqilayotgan tovarlarga doir BYD ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin, mazkur Nizomning 24-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. BYD rasmiylashtirilgandan keyin uni qaytarib olish yoki bekor qilish uchun deklarant BYD rasmiylashtirilgan hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosariga ariza bilan murojaat qiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Agar arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYDni qaytarib olish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud deb topilsa, uch ish kuni davomida Bojxona qo‘mitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali BYD qaytariladi yoki bekor qilinadi.
(42-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYDni bekor qilish yoki qaytarib olish uchun asoslar mavjud emas deb topsa, BYDni bekor qilish yoki qaytarishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari arizachiga yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. BYDni bojxona organi tashabbusi bilan bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Rasmiylashtirilgan BYDni bojxona organi tashabbusi bilan bekor qilish mazkur Nizomning 8-bandi beshinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. BYD yuzasidan huquqbuzarlik holati aniqlanib, bu bo‘yicha ish sud yoki tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarida ko‘rib chiqilib, tegishli qaror qabul qilinmagan bo‘lsa mazkur BYDni bekor qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Bitta tovar yuzasidan takroran bir nechta BYD qabul qilingan holati aniqlanganda, bojxona organi bu haqda deklarant va (yoki) deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi, zarur hollarda bojxona organi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organining xatini olgandan so‘ng besh kun ichida aniqlangan holat bo‘yicha tushuntirish berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Mazkur Nizomning 8-bandi beshinchi va to‘qqizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan holatlar tasdiqlangan hollarda BYD bojxona organi tomonidan bekor qilinadi va bu xaqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II bo‘lim. Qog‘oz shakldagi BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish, uni qaytarib olish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan qog‘oz shakldagi BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — to‘rtinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hollarda taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. BYD bojxona organida ro‘yxatga olingandan so‘ng, BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarurati yuzaga kelganda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs BYD ro‘yxatga olingan bojxona organiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Murojaatda BYDning bojxona organida ro‘yxatga olingan raqami, unga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishning aniq sabablari ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. BYDga o‘zgartirish kiritish BYDning barcha nusxalaridagi tegishli grafalari matnini “X” belgisi bilan o‘chirish va yangi matnni yozish, qo‘shimcha kiritish esa tegishli grafaga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. BYDning o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilishi lozim bo‘lgan grafalarida o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalarni kiritish uchun yetarli joy bo‘lmagan taqdirda, kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha haqidagi yozuv BYDning orqa tomoniga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda BYD nusxalarining orqa tomonida kim tomonidan, qachon, nimaga asoslanib, qaysi grafada va nima o‘zgartirilganligi haqida yozuv qayd qilinadi. Yozuv o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritgan deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. BYDning faqat bojxona organi xodimi tomonidan to‘ldiriladigan grafalaridagi yozuvlarga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lgan taqdirda, o‘zgartirish kiritish bojxona organi xodimi tomonidan amalga oshiriladi hamda uning imzosi va shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. BYDga kiritilgan o‘zgartirishlarning umumiy soni (to‘ldirish vaqtida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga) to‘rttadan oshgan taqdirda, BYDning o‘rniga xato va (yoki) kamchiliklari bartaraf etilgan yangi BYD taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. BYD ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran besh kun ichida o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritilmasa yohud uning o‘rniga xato va (yoki) kamchiliklari bartaraf etilgan yangi BYD taqdim etilmasa — bojxona organi BYDni bekor qiladi, bundan mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Bojxona organi tashabbusi bilan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDga bojxona organi tashabbusi bilan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — to‘rtinchi hamda o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Bojxona organi tomonidan BYDda xato va kamchiliklar aniqlanganda bu haqda bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi. Bunda bojxona organi xodimi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga BYDdagi xato va kamchiliklar to‘g‘risida aniq ma’lumot berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Ro‘yxatga olingan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar mazkur Nizomning 50 — 53-bandlariga muvofiq tartibda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Deklarantning murojaati asosida BYDni qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58. Bojxona organi deklarant tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYD deklarant tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59. BYDni qaytarib olish mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan hollarda taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60. BYD ro‘yxatga olingandan keyin uni qaytarib olish uchun deklarant BYD ro‘yxatga olingan bojxona organiga ariza bilan murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasida BYDni qaytarib olish uchun asoslar mavjud emas deb topsa, BYDni qaytarishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari arizachiga yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYDni qaytarib olish uchun asoslar mavjud deb topilsa, bojxona organi xodimi tomonidan BYD qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61. BYD qaytarilayotganda bojxona organi xodimi tomonidan mazkur BYDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “QAYTARILDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYD kim tomonidan va nima asosida qaytarilganligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. BYDni bojxona organi tashabbusi bilan bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDni bojxona organi tashabbusi bilan bekor qilish belgilangan muddatda BYDdagi xato va kamchiliklar bartaraf etilmagan holatlarda amalga oshirilishi mumkin, bundan mazkur Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63. Ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDni bekor qilish unga berilgan ro‘yxat raqamini bekor qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi va bu xaqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYD bekor qilinayotganda bojxona organi xodimi tomonidan mazkur BYDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “BEKOR QILINDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYD kim tomonidan va nima asosida bekor qilinganligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Rasmiylashtirilgan qog‘oz shakldagi BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish, bekor qilish bo‘yicha ariza berish va uni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64. Rasmiylashtirilgan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirish mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi — sakkizinchi va o‘ninchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65. BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish mazkur Nizomning 10-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida hamda 24-bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66. BYDni bekor qilish faqat bitta tovar yuzasidan bir nechta BYD qabul qilingan holatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67. Bojxona organi deklarant tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, olib chiqilayotgan tovarlar bo‘yicha BYD ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin, bundan mazkur Nizomning 24-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68. BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish talab etilganida deklarant ariza bilan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
murojaat etilayotgan yilda rasmiylashtirilgan BYDga bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish bilan bog‘liq bo‘lmagan (eksport shartnomalari bo‘yicha olib chiqilgan tovarning xalqaro tovar birjalarida qiymati o‘zgarishi sababli bojxona to‘lovlari summalarini qaytarish bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno) o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirish yuzasidan BYD ro‘yxatga olingan bojxona posti boshlig‘iga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilmagan boshqa hollarda BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish yuzasidan BYD rasmiylashtirilgan hududiy bojxona boshqarmasi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosariga ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizada BYDning ro‘yxat raqami, unga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilishning aniq sabablari ko‘rsatiladi va arizaga buni tasdiqlovchi hujjatlar hamda BYDning bojxona brokeri va deklarant uchun tayyorlab berilgan dastlabki rasmiylashtirilgan asl nusxalari ilova qilinadi. Taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgarlik arizachi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69. Bojxona organi arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish uchun asoslar mavjud emas yoxud taqdim etilgan hujjatlar to‘liq emas deb topsa, BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilishni rad etishga haqli. Bunday holatlarda rad etishning asoslangan sabablari arizachiga yozma yoki elektron shaklda ma’lum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish bo‘yicha bojxona organi tomonidan aniqlangan holatlarni ko‘rib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70. Bojxona organi tashabbusi bilan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan hollarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi tashabbusi bilan BYDni bekor qilish bitta tovar yuzasidan bir nechta BYD qabul qilingan holatlarda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish lozim deb topilganda bojxona organi bu haqda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsni xabardor qiladi, zarur hollarda bojxona organi boshlig‘i yohud uning o‘rinbosari tomonidan imzolangan xat yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsdan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yuzasidan qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni hamda yozma tushuntirishlarni so‘rab olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona organining BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish bo‘yicha xatini olgandan so‘ng besh kundan kechiktirmay quyidagilardan birini amalga oshirishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish uchun bojxona organiga BYD va unga tegishli hujjatlarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish uchun BYD va unga tegishli hujjatlarni taqdim qila olmasa yoki BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoki bekor qilish uchun asos mavjud emas deb hisoblasa, bu haqida yozma ravishda bojxona organiga o‘zining asoslantirilgan xatini yuborishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73. Rasmiylashtirilgan BYDga o‘zgartirish kiritish BYDning barcha nusxalaridagi tegishli grafalari matnini “X” belgisi bilan o‘chirish va yangi matnni yozish, qo‘shimcha kiritish esa tegishli grafaga qo‘shimcha ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi. BYDning o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilishi lozim bo‘lgan grafalarida o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish uchun yetarli joy bo‘lmagan taqdirda, kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha haqidagi yozuv BYDning orqa tomoniga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda BYD nusxalarining orqa tomonida kim tomonidan, qachon, nimaga asoslanib, qaysi grafada va nima o‘zgartirilganligi haqida yozuv qayd qilinadi. Yozuv o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritgan deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi, bojxona organi xodimi imzosi va shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74. BYDning faqat bojxona organi tomonidan to‘ldiriladigan grafalaridagi yozuvlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan taqdirda, o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi hamda bojxona organi xodimi imzosi va shaxsiy raqamli muhri bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75. BYDga kiritilgan o‘zgartirishlarning umumiy soni (to‘ldirish vaqtida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan kiritilgan o‘zgartirishlar bilan birga) to‘rttadan oshgan taqdirda, mazkur BYD qayta rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76. BYD qayta rasmiylashtirilganda qayta rasmiylashtirilgan BYDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “QAYTA RASMIYLASHTIRILDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYD kim tomonidan va nima asosida qayta rasmiylashtirilganligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda yangi BYDga qayta rasmiylashtirilgan avvalgi BYDning ro‘yxat raqami va yuk chiqarish sanasi beriladi. Yangi BYDning 50-grafasida BYDni qayta rasmiylashtirishga asos bo‘lgan hujjat raqami va uning sanasi ko‘rsatiladi. Ushbu grafada yetarli joy bo‘lmagan taqdirda bunday yozuv BYDning orqa tomoniga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77. Rasmiylashtirilgan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish yoki uni qayta rasmiylashtirish deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYD va unga tegishli zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs asoslangan sabablarga ko‘ra BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun BYD taqdim qila olmasa, bojxona organi tomonidan mustaqil ravishda bojxona maqsadlari uchun BYDga o‘zgartirish (va) yoki qo‘shimcha kiritilishi mumkin, bundan kiritiladigan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar bojxona to‘lovlariga yoki tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvini) ma’lumotlariga ta’sir etadigan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi BYDga kiritilgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar haqidagi asoslantirilgan xatni deklarantga yuborishi shart, bundan deklarant faoliyati tugatilgan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79. BYD qaytarilayotganda bojxona organi xodimi tomonidan mazkur BYDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “QAYTARILDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYD kim tomonidan va nima asosida qaytarilganligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80. BYD bekor qilinayotganda bojxona organi xodimi tomonidan mazkur BYDning barcha nusxalarida pastki chap burchakdan boshlab diagonal bo‘yicha “BEKOR QILINDI” yozuvi qayd qilinadi. Nusxalarning orqa tomonida mazkur BYD kim tomonidan va nima asosida bekor qilinganligi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Qayta rasmiylashtirilgan yoki bekor qilingan BYDning barcha nusxalari bojxona organida saqlanadi, bundan eksport bojxona rejimida yuk mo‘ljallangan mamlakatga yuborish uchun tayyorlab berilgan nusxa mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III bo‘lim. BDTni to‘ldirish, taqdim etish, rasmiylashtirish, tuzatish kiritish yoki qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. BDTni to‘ldirish
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTning 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 10, 14, 27, 28, 32, 50, 54, “A” va “B” grafalari bilan birga faqat BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan grafalari to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDTning 1, 2, 8, 9-grafalari va BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafalari Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) (bundan buyon matnda Yo‘riqnoma deb yuritiladi) belgilangan tartibga muvofiq to‘ldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDTning 3, 5, 7, 7a, 10, 14, 27, 28, 32, 50, 54, “A”, “B” va “D” grafalari mazkur Nizomning 85-bandiga muvofiq tartibda to‘ldiriladi.
(82-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83. BYDning 1, 2, 3, 5, 8, 9, 14, 28, 50, 54-grafalariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan taqdirda, BDTning “A” grafasida o‘zgartiriladigan grafalar ro‘yxati ko‘rsatiladi va ushbu grafalari o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilgan holda taqdim etiladi. Mazkur grafalarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish lozim bo‘lmaganda yoki BDTning ushbu grafalarida boshqa ma’lumotlar ko‘rsatish zarurati yuzaga kelmaganda, BYDning tegishli grafalaridagi ma’lumotlar takrorlanadi.
(83-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84. Yo‘riqnoma talablariga muvofiq BYDning to‘ldirilishi majburiy bo‘lgan barcha grafalari BDTda quyidagi holatlarda to‘ldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar BYDning 5-grafasidagi tovarlar soniga ta’sir etsa yoki 32-grafasi o‘zgartirilayotgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rasmiylashtirilgan bitta BYDdagi tovarlar bir nechta BYDlar bilan rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan, BYD qismlarga bo‘linayotgan yoki aksi bo‘lgan holatlarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85. BDTning 3, 5, 7, 7a, 10, 14, 27, 28, 32, 50, 54, “A”, “B” va “D” grafalari quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
(85-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 3-grafa. “Qo‘shimcha varaqlar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning birinchi bo‘lmasida varaqning tartib raqami, ikkinchi bo‘lmasida taqdim etilayotgan BDT varaqlarining umumiy soni (asosiy va qo‘shimcha varaqlari yig‘indisi) ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan, agar BDT ikkita qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lsa BDTning asosiy varag‘ida “1/3”; birinchi qo‘shimcha varag‘ida “2/3”; ikkinchi qo‘shimcha varag‘ida “3/3” ko‘rsatiladi. Agar BDT qo‘shimcha varaqlarga ega bo‘lmasa “1/1” ko‘rsatiladi.
(85-bandning 1-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) 5-grafa. “Tovarlar nomlarining umumiy soni”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada BDTning 31-grafalarida ko‘rsatilgan tovarlar nomlarining umumiy soni yoziladi. Bu son BDTning to‘ldirilgan 31-grafalari soniga muvofiq bo‘lishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) 7-grafa. “BYDning ro‘yxat raqami”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi lozim bo‘lgan BYDning 7-grafasidagi BYDning ro‘yxat raqami ko‘rsatiladi;
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) asosan 11 va 12-kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 7a-grafa. “BDTning ro‘yxat raqami”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafa bojxona organi tomonidan quyidagi tartibda to‘ldiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99999 /99.99.9999 / 9999999
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 2 3 4 5
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-element — BDT ro‘yxatga olingan bojxona postining Yo‘riqnomaning 4-ilovasidagi Bojxona postlari tasniflagichiga muvofiq beshta belgili kodi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2, 3 va 4-elementlar — BDT ro‘yxatga olingan kun, oy va yil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-element — tegishli bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan BDTning tartib raqami (joriy yilda o‘sish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi). BDTning tartib raqami qaytarilmasligi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 10-grafa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning chap bo‘lmasida kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar turining ikkita raqamli kodi ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“01” — bojxona organi tomonidan aniqlangan holatlar asosida bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“02” — deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaati asosida bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“03” — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa idoralar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari asosida bo‘lsa.
(85-band 3-kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning o‘ng bo‘lmasida bojxona to‘lovlari va bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlarga ta’sir turining ikkita raqamli kodi ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“01” — o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlariga ta’sir etmasdan faqat to‘lanishi uchun hisoblangan bojxona to‘lovlariga ta’sir etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“02” — o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar to‘lanishi uchun hisoblangan bojxona to‘lovlariga ta’sir etmasdan faqat bojxona to‘lovlaridan berilgan imtiyozlariga ta’sir etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“03” — o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar to‘lanishi va imtiyoz qo‘llanilishi uchun hisoblangan bojxona to‘lovlariga ta’sir etsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“04” — o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar to‘lanishi va imtiyoz qo‘llanilishi uchun hisoblangan bojxona to‘lovlariga ta’sir etmasa;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31) 14-grafa. “Deklarant/bojxona brokeri”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada BDTni to‘ldirgan va bojxona organlariga taqdim etayotgan bojxona brokeri yoki deklarantning qisqacha nomi, joylashgan yeri (yuridik manzili), telefon raqami va elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa) ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning yuqori qismida “№” belgisidan so‘ng ushbu bojxona brokeri yoki deklarantni STIRi ko‘rsatiladi;
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) asosan 31-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) 27-grafa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“0” — agar BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilmayotgan bo‘lsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“1” — agar BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41) 28-grafa. “Moliya va bank ma’lumotlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada bojxona to‘lovlarini to‘lovchi shaxsning moliyaviy va bank ma’lumotlari ko‘rsatiladi, bunda ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — to‘lovchining STIRi/bank STIRi (bojxona to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasi norezidenti tomonidan to‘langanda bojxona brokeri yoki deklarantning STIRi ko‘rsatiladi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 — bankning to‘liq nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun bojxona yig‘imi undirilmaydigan hollarda grafani to‘ldirish talab etilmaydi, bundan BYDning 28- grafasiga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish zarur bo‘lgan hollar mustasno.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) asosan 41-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 32-grafa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning chap bo‘lmasida BDTdagi tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDTda bitta nomdagi tovarga oid ma’lumotlar ko‘rsatilgan bo‘lsa, grafada “1” raqami ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafaning o‘ng bo‘lmasida BYDdagi o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar BYDning birinchi tovaridagi tegishli ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, grafada “1/1” ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar BYDning faqat ikkinchi tovaridagi tegishli ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan bo‘lsa, grafada “1/2” ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar uning tovarga oid qismiga (masalan, BYDning 3, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47-grafalariga) ta’sir etmasa grafaning o‘ng va chap bo‘lmalarida “0” raqamlari ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51) 50-grafa. “Ishonch bildirgan shaxs”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada quyidagi mazmundagi yozuv yoziladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar ......” deb yozilgandan so‘ng BDTni to‘ldirishga asos bo‘lib xizmat qiluvchi taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarga javobgar hisoblangan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, telefon raqami (mavjud bo‘lsa) va STIRi (alohida maydonda) ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar etib deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar deklarant ishonch bildirgan shaxs bo‘lsa, uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatning (shartnomaning, ishonchnomaning) raqami, sanasi va amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlar uchun javobgar shaxs STIRi mavjud bo‘lmagan norezident bo‘lsa, u holda shaxsning STIRi qayd etiladigan joyda “999999999” kodi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDTni to‘ldirishda deklarant yoki u ishonch bildirgan shaxs tomonidan qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilmagan bo‘lsa BDTning 7-grafasida ro‘yxat raqami ko‘rsatilgan BYDning 50-grafasidagi ma’lumotlar takrorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52) 54-grafa. “Joy va sana”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada 14-grafada ko‘rsatilgan shaxs nomidan BDTni taqdim etayotgan deklaratsiyalovchi shaxs haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi hamda ma’lumotlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va ulardan har birining oldiga tartib raqami qo‘yiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — BDT to‘ldirilgan joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2 — deklaratsiyalovchi shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi, shuningdek elektron pochta manzili (mavjud bo‘lsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3 — deklaratsiyalovchi shaxsning telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4 — agar tovarlarni deklaratsiyalash bojxona brokeri tomonidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa, bojxona brokeri va deklarant o‘rtasidagi bitim raqami va sanasi ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5 — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTga berilgan raqam quyidagi tartibda ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
999999999/99.99.9999/999999, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 2 3
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-element — deklaratsiyalovchi shaxsning STIRi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-element — BDT to‘ldirilgan sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-element — deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTga berilgan tartib raqami (joriy yilda o‘sish tartibida, yil yakunlangach raqamlash yangidan boshlanadi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BDTga berilgan raqam qaytarilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDTda bayon etilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) asosan 51 va 52-kichik bandlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) “A” grafa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada BYDning o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafasi yoki maxsus kod ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafalar soni bir nechta bo‘lsa ularning barchasi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11, 20, C;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) BYDning tovarga oid qismiga (masalan, BYDning 3, 31, 32, 33, 34, 35, 36, 37, 38, 39, 40, 41, 42, 43, 44, 45, 46, 47-grafalariga) o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotganda o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafadan so‘ng “/” ajratish belgisi qo‘yilgan holda o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafalarga oid tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11, 20, C, 46/1, 46/2, 42/2.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDTda elektron shakldagi tuzilishiga asosan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotgan grafalarning har biri hech qanday ajratib turuvchi belgilar qo‘yilmasdan alohida ajratilgan maydonchalarda ko‘rsatiladi. Harfli grafalar lotin alifbosida qayd etilishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) BYDga kiritilayotgan o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar BYDning 5-grafasidagi tovarlar soniga ta’sir etsa yoki 32-grafasi o‘zgartirilayotgan bo‘lsa bunday holatlarda grafada “60” kodi ko‘rsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Rasmiylashtirilgan bitta BYDdagi tovarlar bir nechta BYD bilan rasmiylashtirilishi lozim bo‘lgan, BYD qismlarga bo‘linayotgan yoki aksi bo‘lgan holatlarda “61” kodi ko‘rsatiladi va “/” ajratish belgisi qo‘yilgan holda BYDning shartli tartib raqami (“1” raqamidan boshlab o‘sish tartibida) ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Masalan bitta BYDdagi tovarlar bo‘yicha ikkita BYD rasmiylashtirilishi lozim bo‘lganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlab taqdim etiladigan BYDga “61/1”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
keyingi taqdim etiladigan BYDga “61/2” ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYD qismlarga bo‘linayotgan holatlarda birinchi qismga tegishli BYDning ro‘yxat raqami dastlabki BYDning tartib raqami bilan bir xilda shakllanadi. Keyingi qismlarga tegishli BYDning ro‘yxat raqami bojxona organi tomonidan shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) BYDning grafalariga o‘zgartirish kiritilmasdan faqat BQDdagi ma’lumotlarga o‘zgartirish kiritilayotgan holatlarda grafada “62” kodi ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61) “V” grafa. “Hisob-kitob tafsilotlari”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafada rasmiylashtirilgan BYDni o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun undiriladigan bojxona yig‘imi ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yig‘imi BDTning formati va tuzilishidan kelib chiqib, Yo‘riqnomaning 13-ilovasidagi Bojxona to‘lovlari tasniflagichiga muvofiq “43” to‘lov kodi ostida ko‘rsatiladi.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) asosan 61-kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “D” grafa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Grafa bojxona organi tomonidan to‘ldiriladi va grafada bojxona organining BDTga nisbatan qabul qilgan qarori haqidagi bojxona organi belgilari (yozuvlari) ko‘rsatiladi. Bojxona organi belgilari (yozuvlari) bojxona organi xodimining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. BDTni bojxona organlariga taqdim etish, bojxona organlarida ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. BDTni bojxona organlariga taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86. BYDning asosiy varag‘iga yoki bitta tovariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lganda, mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq BDTning asosiy varag‘i, BYDning bir nechta tovarlariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilayotganda esa BDTning asosiy varag‘iga qo‘shimcha ravishda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq BDTning qo‘shimcha varag‘i taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDT bojxona organlariga belgilangan format va tuzilishga muvofiq taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87. Deklaratsiyalovchi shaxs BDTni o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va bojxona organlariga elektron shaklda TEDAAT orqali bojxona organiga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88. Deklarant tomonidan deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga deklaratsiyalovchi shaxs yoki bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilishi hamda uning bojxona organlariga BDTni taqdim etish vakolat muddati ko‘rsatilishi kerak, bundan xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik muassasalari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar BDT xorijiy davlatlarning diplomatik va konsullik vakolatxonalari nomidan taqdim etilsa bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis yoki boshqa shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89. Bojxona organida asoslangan sabablarga ko‘ra, mazkur Nizomning 8-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar yuzaga kelib, bojxona maqsadlari uchun BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish zarurati mavjud bo‘lganda, hududiy bojxona boshqarmasining ruxsati bilan BDT deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda elektron BYDning faqat 2 (shaxsning STIRi, yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi), 8 (shaxsning STIRi, yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi), 9 (shaxsning STIRi, yuridik manzili (jismoniy shaxsning doimiy yashash manzili) bo‘yicha tuman (shahar) kodi), 11, 13, 15, 15a, 17, 17a, 18, 19, 20, 21, 23, 24, 25, 26, 29, 37 (birinchi ikkita raqamdan tashqari), 40, 41, 44, 46-grafalariga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilishi mumkin, bundan hisoblangan bojxona to‘lovlariga yoki tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvini) ma’lumotlariga ta’sir etadigan holatlar mustasno.
(89-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. BDTni bojxona organlarida ro‘yxatga olish va rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90. Bojxona organlariga taqdim etilgan BDT dastlabki tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bunda BDTda ko‘rsatilgan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish uchun bojxona organi tomonidan ruxsat berilganligi, BDTning formati va tuzilishi, delaratsiyalovchi shaxsning ERIsining haqiqiyligi, deklaratsiyalovchi shaxs deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatida mavjudligi, deklaratsiyalovchi shaxslar ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa bu bo‘yicha unga bojxona organi tomonidan ruxsat berilganligi bojxona organi tomonidan tekshiriladi. Dastlabki tekshiruvda xato va (yoki) kamchilik aniqlanmasa BDT ro‘yxatga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91. Dastlabka tekshiruvda xato va (yoki) kamchiliklar aniqlansa BDT bojxona organi tomonidan qaytariladi va bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga axborot almashish tizimi orqali axborot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92. BDT ro‘yxatga olingandan so‘ng:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDT ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish uchun taqdim etilgan bo‘lsa — uni rasmiylashtirish BYD rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BDT rasmiylashtirilgan BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish uchun taqdim etilgan bo‘lsa — uch ish kuni ichida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93. BDT rasmiylashtirilgandan so‘ng u orqali avtomatlashgan holda bojxona organlarining axborot tizimi tomonidan BYDga tegishli o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BYDga tegishli o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish jarayonida bojxona organi tomonidan uning “D” grafasida rasmiylashtirilgan BDTning ro‘yxat raqami qayd etiladi.
(93-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. BDTga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritish yoki qaytarib olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94. BDT ro‘yxatga olingandan so‘ng rasmiylashtirilgunga qadar bojxona organi tomonidan xato va (yoki) kamchilik aniqlansa BDT bojxona organi tomonidan qaytariladi va bu xaqda deklaratsiyalovchi shaxsga axborot almashish tizimi orqali xabar yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabarnomada BDTdagi xato va (yoki) kamchiliklar, qaytarilgan BDTning o‘rniga yangi BDTni taqdim etish muddati ham bayon etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95. Deklaratsiyalovchi shaxs xabardor etilgan vaqtdan boshlab bir ish kuni davomida qaytarilgan BDTning o‘rniga yangi BDTni taqdim etishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ro‘yxatga olinib, rasmiylashtirilmagan BYD bo‘yicha bojxona organiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi BDT belgilangan muddatda taqdim etiladigan bo‘lsa — bojxona organi taqdim etilgan yangi BDTni mazkur Nizom talablari asosida ro‘yxatga oladi va dastlabki tekshiruvdan o‘tkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi BDT bir ish kuni davomida taqdim etilmaydigan bo‘lsa — BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish uchun BDT taqdim etilmagan deb hisoblanadi va BYD bekor qilinadi, mazkur Nizomning 26-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97. Bojxona organi deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, BDT rasmiylashtirilgunga qadar murojaat qilgan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
98. BDT rasmiylashtirilgandan so‘ng BYDning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi va unda xato va (yoki) kamchilik aniqlangan taqdirda uni tuzatish yangi BDTni taqdim etish hamda rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi, bundan BDTning 10, 14, 28, 50, 54 va “V” grafasidagi BDTga oid ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish bilan bog‘liq holatlar mustasno.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qarori (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
981. Rasmiylashtirilgan BDTning 10, 14, 28, 50, 54 va “V” grafasidagi BDTga oid ma’lumotlarga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish deklarantning arizasiga ko‘ra hududiy bojxona boshqarmasining ruxsati bilan yoki bojxona organining talabi asosida amalga oshiriladi. Bunda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan bojxona organiga yangi BDTning 7a-grafasida o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish kerak bo‘lgan BDTning ro‘yxat raqamini ko‘rsatgan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi tomonidan taqdim etilgan BDTni rasmiylashtirish o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish lozim bo‘lgan BDTni qaytarish orqali mazkur Nizomning 91-92-bandlarida belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi.
(981-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99. BYDga rasmiylashtirilgan BDTdagi xato va (yoki) kamchiliklarni bartaraf etish mazkur Nizomga muvofiq rasmiylashtirilgan elektron BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritishga qo‘yilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV bo‘lim. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100. Bitta tovar yuzasidan takroran qabul qilingan BYDlarni bekor qilish yoki qaytarib olishda nisbatan xavf darajalari past bo‘lgan BYDlar bekor qilinadi yoki qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bitta tovar yuzasidan qabul qilingan BYDlarning xavf darajalari bir xil bo‘lsa, ularning ro‘yhatga olingan vaqti bo‘yicha oxirgilari bekor qilinadi yoki qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101. TEDAATda bojxona organlari va deklaratsiyalovchi shaxslar o‘rtasida axborot almashish tizimi orqali xabarlar bilan almashish va bu orqali tegishli hujjatlarni taqdim etish va qabul qilib olish imkoniyati Bojxona qo‘mitasi tomonidan ta’minlanadi.
(101-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102. Bojxona qo‘mitasi deklaratsiyalovchi shaxslarga TEDAAT va Bojxona qo‘mitasi tomonidan ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlar orqali taqdim etilgan BDT hamda o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimchalar kiritilgan BYDni yuklab olish, qog‘oz shaklini chop etish huquqi va imkoniyatini ta’minlaydi.
(102-band O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103. Qaytarib olingan yoki bekor qilingan BYDning 7-grafasidagi ro‘yxat raqami hamda 54-grafasida deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan BYDga berilgan raqamni boshqa BYDga berish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1031. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan so‘ng bojxona organlari tomonidan BYD va BDTlarda qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona to‘lovlarining hisoblashga yoki taqiq, cheklovlarning qo‘llanilishiga ta’sir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish huquqiga ega, bundan deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan mazkur Nizomda BYDni o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
(1031-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2021-yil 23-martdagi 01-02/15-17-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 3220-1, 06.05.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104. Deklarant bojxona postining yoki hududiy bojxona boshqarmasining BYDga o‘zgartirish va (yoki) qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish yoki bekor qilish bo‘yicha xati yuzasidan e’tiroz bildirib yuqori turuvchi bojxona organiga yoki sudga shikoyat qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
(105-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 26-dekabr

Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA

2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3220/0159-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 10/21/3220-1/0430-son, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)