04.05.2021 yildagi PQ-5102-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash jarayonini soddalashtirish hamda pensiya va nafaqalarni yetkazish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda pensionerlarni ijtimoiy ko‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, qariyalar va keksa yoshdagilarga har tomonlama g‘amxo‘rlik qilish, fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlashda 30 turdagi hujjat talab etiladi hamda ularni taqdim etishga mas’ul 14 dan ortiq vazirlik va tashkilotlarda idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va ma’lumotlar bazalari mavjud emasligi qog‘oz shaklida ish yuritishdan voz kechish va hujjatlarni yig‘ish jarayonini raqamlashtirishga to‘sqinlik qilib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat pensiyalarini hisoblash uchun zarur ma’lumotlar elektron bazasini shakllantirish, ushbu jarayonni soddalashtirish, fuqarolarning ovoragarchiliklarini bartaraf etish, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish tizimini yanada takomillashtirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishda sog‘lom raqobat muhiti va zamonaviy standartlarni joriy etish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2022-yil 1-yanvardan boshlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Pensiya jamg‘armasi) tomonidan moliyalashtiriladigan pensiyalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar (keyingi o‘rinlarda — pensiya va boshqa to‘lovlar)ni to‘lash AT “Xalq banki” tomonidan amalga oshiriladi. Bunda AT “Xalq banki” bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq unga pensiya to‘lovlarini naqd pulda mahalla fuqarolar yig‘inlariga, fuqarolarning yashash manzillariga yetkazib berish majburiyati yuklatiladi;
(1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Xalq banki” tomonidan pensiya va boshqa to‘lovlarni mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yoki fuqaroning yashash manziliga yetkazib berish shartlaridan kelib chiqib, xizmat haqi pensiya va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan (yetkazib beriladigan) summaning 1 foizi miqdorida bo‘lishi mumkin. Bunda pensiya va boshqa to‘lovlarni yetkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar Pensiya jamg‘armasi va O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti hisobidan to‘lab beriladi.
(1-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2023-yil 1-yanvardan boshlab:
(1-band “b” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pensiyalarini tayinlashda fuqarolardan mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi. Bunda pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘lgan vaqtda ishlamaydigan fuqarolar uchun mehnat staji hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limlariga murojaat qilish orqali “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga (keyingi o‘rinlarda — YAMMT IDAK) kiritish xizmati joriy etiladi;
(1-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pensiyalarini tayinlash YAMMT IDAKga kiritilgan elektron ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Bunda, mehnat staji, ish haqi, oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish hamda harbiy xizmat davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar Pensiya jamg‘armasi tomonidan YAMMT IDAKdan foydalangan holda elektron ma’lumotlar almashinuvi asosida olinadi;
(1-band “b” kichik bandining uchunchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-maydagi PQ-194-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat pensiya ta’minoti borasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablariga muvofiqlashtirish, fuqarolarga pensiya va boshqa to‘lovlarni tayinlashda yuzaga keladigan ortiqcha to‘lovlarning oldini olish hamda budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishini ta’minlash maqsadida Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparati tuzilmasi, hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlarining namunaviy tuzilmalari 2, 3 va 4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pensiya jamg‘armasiga vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olingan daromadning yigirma foizini Pensiya jamg‘armasi xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga yo‘naltirish huquqi berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Moliya vazirligi , Qurilish vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari binolari uchun minimal talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A.J. Ortiqov) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) bo‘limlarini fuqarolar uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan bino va inshootlarga ko‘chirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-iyulga qadar qariyalar va keksa yoshdagilar, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatishga moslashtirilgan Pensiya jamg‘armasining binolari bo‘yicha minimal talablarga asosan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan har bir hududda bittadan Pensiya jamg‘armasining mavjud binolari negizida “Namunali Pensiya jamg‘armasi bo‘limi”ni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2024-yilga qadar bosqichma-bosqich respublikaning barcha hududlarida Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlari binolarini minimal talablarga moslashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari faoliyatini saqlash va moliyalashtirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil davomida Markaziy bank, tegishli mas’ul vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda 2022 — 2024-yillarda hududlarda pensiyalar va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar o‘rtasida tender o‘tkazish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-yanvardan boshlab Davlat budjeti parametrlarida mazkur qarorda nazarda tutilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ko‘zda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 5-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga ushbu qaror maqsadi va vazifalari ommaviy axborot vositalarida va Internet tarmog‘ida keng yoritilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri D.A. Kuchkarov, moliya vaziri T.A. Ishmetov hamda bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 4-may,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5102-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yo‘l xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1.

Pensiya yoshiga yaqin qolgan hamda nogironlik yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarning “O‘zarxiv” agentligi yoki idoraviy arxivda mavjud hujjatlari asosida mehnat staji davridagi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarini (oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davri 2005-yildan avvalgi davrga to‘g‘ri kelganda) “Yagona mehnat milliy tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan (keyingi o‘rinlarda — YAMMT IDAK) avtomatik ravishda yuborilgan elektron so‘rovga asosan “O‘zarxiv” agentligining elektron dasturi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotlar asosida hamda idoraviy arxivlar tomonidan kiritishni joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), “O‘zarxiv” agentligi (U. Yusupov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), idoraviy arxivlari mavjud vazirlik va idoralar

2.

Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan korxonada ishlagan sobiq xodimlarning arxiv idoralariga taqdim etilmagan 2005-yilgacha ish haqi to‘g‘risida ma’lumotlarini (oxirgi 10 yillik mehnat faoliyati davri 2005-yildan avvalgi davrga to‘g‘ri kelganda) “YAMMT” IDAKdan yuborilgan so‘rovga ko‘ra tasdiqlangan ma’lumotlar asosida kiritishni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

3.

“YAMMT” IDAKga kiritilgan xodimning tegishli mehnat staji davri uchun ish haqi to‘g‘risida ma’lumotlarini tegishli korxona va tashkilotlar tomonidan “YAMMT” IDAKga kiritilishini monitoring qilib borish hamda ijrosini ta’minlanmaganligi uchun jarima to‘lashni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

4.

Tashqi ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, shuningdek, xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat soliq qo‘mitasining elektron bazasidan, mehnat staji hamda ularning turmush o‘rtoqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YAMMT dasturi orqali olinishini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil iyun

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)

5.

Pensiya yoshiga yaqin qolgan hamda nogironlik yoki boquvchini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarning harbiy xizmat davrini YAMMT dasturida verifikatsiyalashni joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil noyabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

YAMMT dasturiga kiritilgan fuqarolarning baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlar (Afg‘on va boshqa urushlar)da ishtirok etish davri to‘g‘risida ma’lumotlarni YAMMT dasturiga kiritish mexanizmini joriy etish.

Texnik topshiriq

2021-yil dekabr

Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov)

6.

YAMMT dasturiga kiritilgan fuqarolarning oliy ta’lim muassasalaridagi o‘qish davrini tasdiqlash va undan foydalanish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil dekabr

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov)

7.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan harbiylashtirilgan tizimda ishlagan xodimlarning oylik ish haqi va mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarni YAMMT dasturiga kiritish tizimini joriy etish.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqarolarga budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi yoki harbiylashtirilgan tizim orqali pensiya tayinlanganligi yoki tayinlanmaganligini tasdiqlash (ha yoki yo‘q) bo‘yicha veb-servis ishlab chiqish.

Texnik topshiriq

2022-yil yanvar

Mudofaa vazirligi (B. Kurbanov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Favqulodda vaziyatlar vazirligi (A. Qo‘ldoshev), Davlat xavfsizlik xizmati (A. Azizov), Prezident xavfsizlik xizmati (A. Usmanov), Milliy gvardiya (R. Djurayev), Davlat bojxona qo‘mitasi (M. Azimov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

8.

Fuqarolarning oila tarkibi, jumladan qarindoshlik darajasi (er-xotin, ota-ona va farzand)ni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (PINFL) bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov)

Boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir (ayollar) pensiya tayinlashda oila tarkibi va farzandlari to‘g‘risida ma’lumotlarni avtomatik ravishda aniqlash bo‘yicha o‘zaro elektron axborot almashinuviga o‘zgartirish kiritish.

Texnik yo‘riqnoma

2022-yil yanvar

Adliya vazirligi (R. Davletov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

9.

YAMMT dasturida jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i (JBPH) va ish haqining yakka tartibdagi reyestri ma’lumotlari asosida fuqaroning 2005-yildan keyingi davrdagi mehnat stajini verifikatsiyalash holati hamda ularning oylik ish haqi miqdorlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishish imkoniyatini yaratish.

JBPH bir xil ochilgan, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga ajratmalarning fuqarolar kesimida reyestri taqdim etilmagan yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan holatlarni, shuningdek, fuqaro o‘zining mehnat faoliyati va ish haqidagi ma’lumotlarda tafovutni aniqlasa, ushbu xatoni ish beruvchi, AT “Xalq banki” va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bartaraf etish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), AT “Xalq banki” (F. Salomov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev)

10.

Og‘ir mehnat sharoitlari bo‘yicha ish o‘rinlari attestatsiyadan o‘tkazilganligi bo‘yicha ma’lumotlarni YAMMT dasturida qayd etish tizimini joriy qilish.

Texnik yo‘riqnoma

Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

11.

Imtiyozli pensiyaga chiqish huquqini beruvchi lavozimlar bo‘yicha (patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertizalari, moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasa, immunodefitsit virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida va boshqa) YAMMT dasturida “ma’lumotnoma” kiritish hamda ?�bu lavozimlarda ishlagan fuqarolarni dasturda qayd etish.

Texnik yo‘riqnoma

Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Mehnat organlari tomonidan tuzilgan mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida nogironlik dalolatnomasi (N-1 akt)ning elektron bazasini yaratish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

13.

Texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilgani munosabati bilan ishdan ozod etilgan va ishsiz deb e’tirof etilgan xodimlarning elektron bazasini yaratish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

14.

Chernobil halokati ishtirokchilari va Ikkinchi jahon urushi nogironlariga har yilgi sanatoriy va kurortda bepul davolanishi uchun berilgan yo‘llanmalar elektron bazasini yaratish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil sentabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi (Q. Rafikov)

15.

Ishlamaydigan fuqarolarga o‘zlarining mehnat daftarchalaridagi mehnat staji to‘g‘risidagi ma’lumotlarini Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilish orqali YAMMT IDAKga kiritish xizmatini joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

2021-yil sentabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov)

16.

Sog‘liqni saqlash vazirligi pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalar to‘g‘risida tibbiy xulosalarning elektron axborot bazasini shakllantirish.

Elektron baza tashkil etish

2021-yil iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi (A. Inakov)

Pensiya va nafaqa tayinlash uchun murojaat qilingan fuqarolarning yoki farzandlarining nogironligi mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlarni jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami asosida taqdim etish tizimini joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

17.

Fuqaro vafot etganligini sog‘liqni saqlash muassasalari, jumladan oilaviy shifokor punktlarida qayd qilish hamda “FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimini Sog‘liqni saqlash vazirligining “TIEK” elektron bazasi bilan integratsiya qilish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Azizov), Adliya vazirligi (R. Davletov)

18.

Ichki ishlar vazirligining “Manzil” va “Pensiya” axborot tizimlari o‘rtasida elektron axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yish.

Texnik yo‘riqnoma

2022-yil yanvar

Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov)

O‘zbekiston Respublikasi hududidan doimiy yashash uchun chet elga ko‘chib ketayotgan fuqarolarning elektron ma’lumotlarini “Manzil” axborot tizimi orqali “Pensiya” axborot tizimiga avtomatik ravishda yuborish mexanizmini joriy etish.

Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

19.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan mahbuslarning shaxsiy identifikatsiya raqami asosida elektron bazani shakllantirish.

Jazoni ijro etish muassasalaridagi va manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan fuqarolarning ma’lumotlarini Pensiya jamg‘armasiga yuborish orqali ularning pensiya to‘lovlarini avtomatik to‘xtatish va pensiya tayinlash uchun arizalarni qabul qilish tizimini joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil oktabr

Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

20.

Har bir pensiya va nafaqa oluvchilarni identifikatsiyalash orqali shaxsiy hisobvaraqlar ochish, pensiyalar va nafaqalar to‘lashning onlayn rejimda hisobi hamda nazoratini yuritish bo‘yicha avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish hamda tenderda g‘olib bo‘lgan tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar (to‘lov operatorlari) tomonidan joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

Dasturiy ta’minotida yangi modul yaratish

2021-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), to‘lov operatorlari

21.

Avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini Pensiya jamg‘armasi, barcha tijorat banklari va boshqa ixtisoslashgan tashkilotlar, FHDY va “Elektron notarius” axborot tizimlari bilan integratsiya qilish.

Texnik yo‘riqnoma

2021-yil dekabr

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), to‘lov operatorlari

22.

Pensiya va nafaqa oluvchilarning tanloviga ko‘ra belgilangan miqdor hamda muddatlarda mablag‘larni ularning shaxsiy hisobvarag‘i orqali avtomatik ravishda kommunal, soliq, kredit yoki boshqa to‘lovlarga o‘tkazish imkoniyatini beruvchi “rejali to‘lov” xizmatini ishlab chiqish.

Texnik yo‘riqnoma

2022-yil yanvar

To‘lov operatorlari, Markaziy bank (M. Nurmuratov)

23.

Barcha pensiya va nafaqa oluvchilarga shaxsiy hisob raqam ochish va to‘lovlarni yetkazib berish shartlari (pensiya va nafaqalarni yetkazib berish) bo‘yicha shartnomalar rasmiylashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-yil dekabr

To‘lov operatorlari, Markaziy bank (M. Nurmuratov)

24.

Pensiya va nafaqalar to‘lovi uchun mablag‘larni Pensiya jamg‘armasi hududiy boshqarmasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘lov operatorining markaziy hisob raqamiga moliyalashtirish hamda hisob-kitoblarini markazlashgan holda yurit?? tartibini joriy etish.

Texnik yo‘riqnoma

2022-yil yanvar

Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), to‘lov operatorlari

25.

Shaxsiy hisobvarag‘idagi pensiya va nafaqalarni naqd yoki naqd pulsiz shaklga o‘tkazish hamda naqd pulni yetkazib berish shartlarini (bank filiali, mahalla fuqarolar yig‘inlari binosi yoki fuqaroning yashash manzili) belgilash bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqish hamda telefon orqali fuqarolar bilan ishlashga ixtisoslashgan “Call center” tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

To‘lov operatorlari, Markaziy bank (M. Nurmuratov), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

26.

To‘lov operatorlari tomonidan to‘lovlarni yetkazib berish bo‘yicha kechiktirilgan xizmatlar uchun pensiya va nafaqa oluvchilarga jarima to‘lash tartibi tatbiq etish hamda pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan xizmatlarni fuqarolar tomonidan baholab borish tizimini joriy qilish hisobiga Pensiya jamg‘armasining to‘lovlarning to‘liq hamda to‘g‘ri yetkazilishi ustidan monitoring va nazorat funksiyasini qisqartirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

To‘lov operatorlari, Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

27.

Pensiya va nafaqa to‘lovlari uchun talab etiladigan mablag‘larni har oyning 5-sanasiga qadar pensiya va nafaqa oluvchilarning shaxsiy hisobvaraqlariga moliyalashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar

2022-yil yanvar

Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)

28.

Pensiyalarni qat’iyan fuqaroning YAMMTga kiritilgan va verifikatsiyalashgan mehnat staji hamda 2005-yilgacha arxiv idoralari, 2005 — 2015-yillar uchun AT “Xalq banki”ning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi va 2015-yildan keyingi davr uchun Davlat soliq qo‘mitasining fuqarolarning sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri va fuqarolar ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestridagi ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari asosida hisoblash.

Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan fuqaroning mehnat faoliyati davri to‘g‘risidagi ma’lumotlar YAMMTda mavjud bo‘lmasa, Bandlikka ko‘maklashish markazlari orqali kiritishni tashkil etish.

Bunda, YAMMT dasturiga kiritilgan ish staji hamda arxiv idoralari, AT “Xalq banki” va Davlat soliq qo‘mitasining elektron ma’lumotlari asosida ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari tasdiqlangandan so‘ng, pensiyani qayta hisoblash.

Amaliy chora-tadbirlar

2023-yil yanvar

Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), Davlat soliq qo‘mitasi (Sh. Kudbiyev), AT “Xalq banki” (F. Salomov)

29.

Pensiyalarni tayinlash va to‘lash uchun talab etiladigan hujjatlarni ushbu “Yo‘l xaritasi”ga muvofiq bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkazilishi bilan fuqarolardan tasdiqlovchi hujjat talab etilmasdan elektron ma’lumot asosida ish yuritish tizimini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov)

30.

“Yo‘l xaritasi”ga muvofiq belgilangan muddatlarda vazirlik va idoralarning idoraviy axborot tizimlarini rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rgangan holda shakllantirish bo‘yicha texnik hujjatlarni (pasport, konsepsiya, texnik topshiriq) ishlab chiqish.

Vazirlik va idoralar tomonidan pensiyalarni tayinlash uchun talab etiladigan ma’lumotlarni elektron shaklda taqdim etish yuzasidan axborot tizimini shakllantirish va takomillashtirish bo‘yicha narxlarni aniqlash, shuningdek, idoralararo integratsiya qilinishida amaliy yordam ko‘rsatish.

Axborot tizimlarini shakllantirish va takomillashtirish ishlari tegishli vazirlik va idoralarning tegishli budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022-yillar davomida

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (O. Pekos), Pensiya jamg‘armasi (A. Xaydarov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov), manfaatdor vazirlik va idoralar

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-iyuldagi PQ-323-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ijro etuvchi direktor

Yordamchi

Ijro etuvchi direktorning birinchi o‘rinbosari

Ijro etuvchi direktorning o‘rinbosari

Ichki audit va moliyaviy nazorat boshqarmasi

1

Bosh yuriskonsult

1

To‘lov tizimini rivojlantirish va daromadlar hisobini yuritish boshqarmasi

1

Normativ bazani takomillashtirish va pensiya tizimini istiqbolli rivojlantirish boshqarmasi

1

Kadrlar xizmati sektori

2

Ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi

2

Ijro intizomini nazorat qilish va muvofiqlashtirish boshqarmasi

1

Pensiya va nafaqa to‘lovi tizimini takomillashtirish bo‘limi

3

Normativ bazani takomillashtirish va metodologiya bo‘limi

3

Pensiya va nafaqalarni tayinlash monitoringi bo‘limi

3

Ijro intizomini nazorat qilish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlash va xalqaro munosabatlar bo‘limi

3

Daromadlarni prognozlashtirish va oshirish bo‘yicha choralar ishlab chiqish bo‘limi

2

Axborot-tahlil bo‘limi

2

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini joriy etish boshqarmasi

1

Buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi

3

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘limi

4

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali nafaqa va moddiy yordamlarni tayinlash bo‘yicha murojaatlar bilan ishlash shu’basi

2

Axborot texnologiyalari va innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi

1

Call-center

6

Interaktiv xizmatlar va avtomatlashtirilgan tizimlar bilan ishlash bo‘limi

2

So‘rovlar bilan ishlash guruhi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini muvofiqlashtirish bo‘limi

2

Devonxona

Tashqi tizimlar bilan elektron ma’lumot almashinuvi monitoringi bo‘limi

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 46 nafar, ishlab chiqarish xodimlari — 6 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshliq

Boshliq o‘rinbosari

Markazlashgan buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi

3-4

Yuridik byuro

1 — 3

Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni moliyalashtirish bo‘limi

3 — 5

Kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis

1

Ichki audit, pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash monitoringi shu’basi

2-3

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash bo‘limi

2 — 4

“Pensiya” dasturiy ta’minoti ma’muriyatchiligi shu’basi

1

Ijro nazorati, axborot tahliliy ishlar va statistika shu’basi

1

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimini muvofiqlashtirish shu’basi

1

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boshqarma xodimlarining cheklangan soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlari — 14-15 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xodimlari — 3 — 9 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hududiy boshqarmalar xodimlarining umumiy cheklangan soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlari — 210 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xodimlari — 87 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlarining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunaviy tuzilmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Boshliq

Boshliq o‘rinbosari

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamlarini ko‘rsatish shu’basi

1 — 8

Pensiyalarni tayinlash komissiyasi

Pensiya, nafaqa va boshqa to‘lovlarni tayinlash (qayta hisoblash) va boshqa to‘lovlarni tashkil qilish shu’basi

1 — 27

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) bo‘limi xodimlarining cheklangan soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlari — 2 — 9 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xodimlari — 1 — 29 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tuman (shahar) bo‘limlari xodimlarining umumiy cheklangan soni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruv xodimlari — 819 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish xodimlari — 2 027 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 4-maydagi PQ-5102-son qaroriga
5-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 23-martdagi “Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarni ko‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-308-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisidagi “budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining kamida to‘rt yarim baravari miqdorida” so‘zlari “yiliga bazaviy hisoblash miqdorining kamida bir baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1252-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2-bandning beshinchi xatboshisidagi “mehnat haqi shartlari” so‘zlaridan keyin “(ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama bundan mustasno)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2 — 4-ilovalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to‘lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-2753-son qarori 3-bandidagi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati” so‘zlari “AT “Xalq banki” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-dekabrdagi PQ-4076-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tinchlik va urush davrida tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomning 21-bandi “v” kichik bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4555-son qarori 7-bandi va unga 2-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4699-son qaroriga 5-ilovaning 2.3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2.3.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining “Pensiya” dasturiy ta’minotini funksional kengaytirish orqali Pensiya jamg‘armasini boshqarish axborot tizimini yaratish.

1. Axborot tizimini yaratish bo‘yicha loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqish.

2021-yil may — iyun

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida va budjetdan tashqari mablag‘lar

2. “Pensiya” dasturiy ta’minotini funksional kengaytirish.

2021-yil avgust — 2022-yil iyul

3. Axborot tizimini sinov rejimida ishga tushirish va kamchiliklarni bartaraf etish.

2022-yil avgust — sentabr

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 3-yanvardagi 2-son qarori bilan tasdiqlangan Faxriy unvonlar egalariga to‘lovlarni tayinlash va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 5-bandi to‘rtinchi xatboshisi va 13-bandidan “ishlamayotgan” so‘zi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“6. Jamg‘arma hamda uning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, shuningdek tegishli muhr va shtamplarga ega bo‘ladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sakkizinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“a” kichik bandning ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi “majburiy” so‘zi “ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni hisoblab chiqish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradi, pensiya va nafaqalarni yetkazib berish yuklatilgan tijorat banklari filiallari orqali pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to‘lash yuzasidan topshiriqlarni rasmiylashtiradi va beradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tashkilotlarning ishlaydigan 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lov, Chernobil halokati oqibatida zarar ko‘rgan fuqarolarga kompensatsiya to‘lovlarini va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarga xarajatlarini moliyalashtiradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 9-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “majburiy” so‘zi “ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 10-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Jamg‘arma daromadlari quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijtimoiy soliq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan miqdorlardagi ijtimoiy soliq tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar ayrim toifalarining ijtimoiy soliq tushumlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa to‘lovlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boquvchisini yo‘qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda mayib bo‘lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan pensiyalarni to‘lashga xarajatlarni to‘lash uchun regressiv talablar (da’volar) bo‘yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash uchun o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning 80 foizi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda ijtimoiy soliq va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik ta’minlash maxsus jamg‘armasiga hamda Jamg‘arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga undiriladigan summalardan tashqari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilgan xodimga yetkazilgan zararni qoplash uchun to‘lanadigan summalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va ixtiyoriy badallar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 11-banddagi “Majburiy” so‘zi “Ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilardagi “majburiy” so‘zi “ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“har chorakda Jamg‘armaga yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar va dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan to‘langan ijtimoiy soliq miqdorlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar taqdim etilishini ta’minlaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 13-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “majburiy” so‘zi “ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 14-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Jamg‘arma mablag‘lari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga davlat pensiyalarining barcha turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onalaridan biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni uchun to‘lovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqa xarajatlar uchun sarflanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa xarajatlar bo‘yicha Jamg‘arma smetasi Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) 15-banddagi “Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga” so‘zlari “Fuqarolarga” so‘zi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 16-banddan “ishlamaydigan va ishlaydigan” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) 18-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ishlaydigan pensionerlarga pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar, 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron” so‘zlari “18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) 23-bandning ikkinchi xatboshisidagi “majburiy” so‘zi “ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) 26-bandning beshinchi xatboshisidagi “majburiy” so‘zi “ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchi xatboshi “ozod qiladi” so‘zlaridan keyin “hamda ularning rotatsiyasini amalga oshiradi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Ijro etuvchi direktor bo‘lmagan vaqtda uning vazifalari taqsimotiga asosan direktorning o‘rinbosarlari tomonidan bajariladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘qqizinchi xatboshi o‘ninchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “majburiy” so‘zi “ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larni tijorat banklaridagi depozitlarga joylashtirishdan olingan daromadning 20 foizi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
s) 38-banddagi “majburiy” so‘zi “ijtimoiy soliq” so‘zlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 07/21/5102/0412-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2022-y., 07/22/198/0282-son; 19.07.2022-y., 07/22/323/0647-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 29.05.2025-y., 07/25/194/0479-son)