Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2022 28.04.2021 yildagi 253-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-yanvardagi 23-sonli “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash boʻyicha sport sinovlarini tashkil etish va oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoni ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi tomonidan aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilish maqsadida “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) yaratilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platformaning mobil ilovasi va veb-portalidan foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil ilova orqali fuqarolarning erishgan natijalariga koʻra ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil ilova orqali idoralararo baholash reytingini aniqlash hamda uning gʻoliblarini ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platformada toʻlovlarni amalga oshirish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan platforma toʻliq ishga tushirilganidan soʻng doimiy texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash sharti bilan Turizm va sport vazirligiga oʻtkazib beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat banki platforma faoliyatida texnik imkoniyatlarini inobatga olgan holda xizmat koʻrsatuvchi bank hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
platforma faoliyati tegishliligiga koʻra Turizm va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan nazorat qilib boriladi. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi — platforma doimiy ravishda haqqoniy va faol ishlab turishi, shuningdek uning doimiy texnik qoʻllab-quvvatlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi — fuqarolarning platformadagi elektron hamyoniga oʻtkazilishi bilan bogʻliq toʻlovlarning moliyalashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turizm va sport vazirligi — platformadan foydalanish shartlarini buzgan fuqarolarning ishtirokiga cheklovlar oʻrnatish, shuningdek ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish, tuzilgan reytinglar shaffofligi va oshkoraligi taʼminlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi — platformada foydalanuvchilar uchun taqdim etilayotgan taomlar kilokalloriyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning ishonchliligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-yanvarga qadar platforma faoliyatini tashkil etish natijalari puxta tahlil qilingan holda, mazkur tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki, platforma 2021-yil 10-maydan test rejimda ishlaydi hamda 2021-yil 1-iyundan boshlab platforma toʻliq ishga tushiriladi va toʻlovlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari — turizm va sport vaziri A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi 253-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom turmush tarzi” platformasi faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi (keyingi oʻrinlarda — platforma) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Platforma aholini kunlik yurish va yugurishga targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, u orqali:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston hududida bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga 3 ming soʻmdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har oyda har bir tuman (shahar) boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 300 ming soʻmdan, har bir hudud boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 500 ming soʻm, respublika boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 1 mln soʻm qoʻshimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
akkaunt — platforma foydalanuvchisining roʻyxatdan oʻtgan qisqacha nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
autentifikatsiya — foydalanuvchi identifikatorini tekshirish uchun foydalanuvchi nomi va paroli kabi maʼlumotlarini tekshirish bilan bogʻliq jarayon;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
veb-portal — aholiga sogʻlom turmush tarzini tatbiq etish, targʻibot va tashviqot ishlarini tashkillashtirishda xizmat koʻrsatuvchi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda platformada roʻyxatdan oʻtgan xodimlarning yurish natijalariga koʻra, reytingini tuzuvchi dasturiy mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil ilova — platformada roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarga sogʻlom turmush tarzini tatbiq etuvchi, yurish natijasini koʻrsatib boruvchi hamda fuqarolarga elektron hamyoniga kelib tushgan mablagʻlarni koʻrib borish va toʻlov tizimlari orqali sarf qilishda foydalanadigan dasturiy mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxatdan oʻtish — platforma foydalanuvchisini identifikatsiyalash va u toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash uchun moʻljallangan Yagona identifikatsiya tizimidan roʻyxatdan oʻtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqaro — mobil ilovadan hamda veb-portaldan foydalanuvchi, 18 va undan yuqori yoshdagi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hamyon — foydalanuvchilarning shaxsiy kabinetida elektron pul mablagʻlari saqlanadigan va ulardan foydalanish imkonini beradigan dasturiy taʼminot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Platforma mobil ilova va veb-portal dasturiy mahsulotlaridan iborat boʻladi. Bunda, mobil ilova orqali platformada roʻyxatdan oʻtgan fuqarolarning qadamlari toʻgʻrisidagi maʼlumot veb-portalga integratsiya qilingan holda, Turizm va sport vazirligi tomonidan koʻrib boriladi. Veb-portal orqali vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning platformada roʻyxatdan oʻtgan xodimlarini yurish natijalari reytingi tuziladi hamda mazkur veb-portalda yoritib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Toʻlovlarni toʻlab berish hamda reyting baholash oshkoralik, xolislik, adolatlilik, tenglik va shaffoflik prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Sogʻlom turmush tarzi” platformasidan foydalanish hamda pul oʻtkazmalarini fuqarolarning elektron hamyoniga qadar kelib tushishi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Mobil ilova va veb-portaldan foydalanish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mobil ilovadan foydalanish uchun fuqarolar Google Play Market yoki AppStore internet doʻkonlaridan mobil ilovani yuklab olishi hamda Android operatsion tizimida Google Fit, iOS operatsion tizimida NealthKit ilovalarini mobil qurilmasiga oʻrnatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mobil ilovadan foydalanish uchun foydalanuvchining telefon qurilmasi Android yoki iOS operatsion tizimlaridan birida ishlashi va akselerometr qurilmasiga ega boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Fuqaro mobil ilovadan foydalanishi uchun “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi (id.egov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi hamda autentifikatsiya va identifikatsiyasini amalga oshirishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Mobil ilovadan foydalanishi uchun fuqarolar faqat bitta qurilmadan roʻyxatdan oʻtishi lozim va uning qadamlari faqat shu qurilma maʼlumotlari asosida hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fuqaro mobil ilovadan roʻyxatdan oʻtgandan keyin unga elektron hamyon ochiladi va tegishli toʻlovlar mazkur hamyon orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fuqaroning har kunlik yurgan qadamlari hisobi mobil qurilmadagi qadamlarni hisoblash moduli orqali yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqaroning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurganligi, har oyda har bir tuman (shahar), har bir hudud, respublika boʻyicha eng koʻp yurganligi platforma orqali avtomatik tarzda aniqlanadi hamda Turizm va sport vazirligining “Aloqabank” aksiyadorlik-tijorat bankida (keyingi oʻrinlarda — “Aloqabank” ATB) ochilgan tranzit hisobvaragʻi orqali toʻlovlar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Turizm va sport vazirligi tomonidan buyurtma platforma maʼlumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi va Moliya vazirligining Gʻaznachiligiga moliyalashtirish uchun yuboriladi. Buyurtmaga muvofiq Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligi Gʻaznachiligida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan vazirlikning “Aloqabank” ATBda ochilgan tranzit hisobvaragʻi orqali fuqaroning elektron hamyoniga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqaroga mobil ilovadan foydalangan holda uning elektron hamyoniga kelib tushgan toʻlovlar boʻyicha maʼlumotlarni koʻrib borish, shuningdek elektron hamyonidagi mablagʻlarni bank kartalariga oʻtkazish yoki toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyati taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqaro tomonidan uning elektron hamyonidan bank kartasiga mablagʻlar oʻtkazilganda yoki toʻlov amalga oshirilganda toʻlov summasi elektron hamyon tizimi orqali ushbu hamyonga biriktirilgan Yagona virtual karta hisobvaragʻidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yagona virtual karta hisobvaragʻidan amalga oshirilgan tranzaksiyalar “Aloqabank” ATB tomonidan mustaqil ravishda Turizm va sport vazirligining ushbu bankdagi depozit hisobvaragʻi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Veb-portal orqali aholiga sogʻlom turmush tarzini tatbiq etuvchi hamda vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda platformada roʻyxatdan oʻtgan xodimlarning yurish natijalariga koʻra, reytingi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Veb-portaldagi vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning platformada roʻyxatdan oʻtgan xodimlari va ularning yurish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mobil ilovadagi maʼlumotlardan avtomatik tarzda olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Mobil ilova orqali fuqarolarning erishgan natijalariga koʻra ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolar hamda bir oy davomida har bir tuman (shahar), hudud hamda respublika boʻyicha eng koʻp yurgan shaxslar mobil ilova orqali avtomatlashgan tarzda Turizm va sport vazirligi tomonidan tahlil qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tahlil natijalariga koʻra, mobil ilova orqali roʻyxatdan oʻtgan fuqaro bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan taqdirda, uning elektron hamyoniga uch ming soʻm oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har oyda uzluksiz ravishda har bir tuman (shahar) boʻyicha eng koʻp yurgan shaxsga 300 ming soʻmdan, har bir hudud boʻyicha eng koʻp yurgan fuqaroga 500 ming soʻm, respublika boʻyicha eng koʻp yurgan fuqaroga 1 mln soʻm qoʻshimcha ravishda elektron hamyoniga oʻtkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har oyda uzluksiz ravishda har bir tuman (shahar) boʻyicha, har bir hudud boʻyicha, respublika boʻyicha eng koʻp yurgan fuqarolar koʻrsatkichlari teng boʻlib qolgan hollarda, yuqorida belgilangan miqdordagi mablagʻlar ularning har biriga toʻlab beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Platformada fuqaroning yurgan qadamlari hisobi soat 00-00 dan 23-59 gacha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mobil ilova ish faoliyati davomida texnik nosozliklar kelib chiqadigan taqdirda, tegishli pul mablagʻlari 24 soat davomida oʻtkazib beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(20-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Turizm va sport vazirligining Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushadigan tegishli daromadlar manbalarining bir meʼyorda doimiy tushish imkoniyati cheklanganligini inobatga olib, mazkur shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida 500,0 mln soʻmdan kam mablagʻ qolsa, mobil ilova boʻyicha foydalanuvchilarga toʻlovlar, ushbu shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida 5,0 mlrd soʻmgacha mablagʻlar boʻlgunga qadar, avtomatik tarzda toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar shaxsiy gʻazna hisobvaragʻida mablagʻlar 5,0 mlrd soʻmdan oshsa, shu kundan boshlab mobil ilovada oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga toʻlovlar avtomatik tarzda amalga oshirilishi boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar 500,0 mln soʻmdan 5,0 mlrd soʻmgacha boʻlgungacha davrda mobil ilovada oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan fuqarolarga toʻlanadigan toʻlovlar toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ushbu bandda nazarda tutilgan shartlar har oyda uzluksiz ravishda har bir tuman (shahar) boʻyicha eng koʻp yurgan fuqaroga 300 ming soʻmdan, har bir hudud boʻyicha eng koʻp yurgan fuqaroga 500 ming soʻm, respublika boʻyicha eng koʻp yurgan fuqaroga 1 mln soʻmdan toʻlanadigan toʻlovlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Turizm va sport vazirligi tomonidan amalga oshirilgan toʻlovlar boʻyicha hisobotlar, reyting natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek Moliya vazirligining Gʻaznachiligida ochilgan Turizm va sport vazirligining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidagi mablagʻlar 500,0 mln soʻmdan 5,0 mlrd soʻmgacha boʻlgan davri haqidagi maʼlumotlar platforma veb-portalida eʼlon qilinib boriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Toʻlovlarning haqqoniyligini nazorat qilish Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Mobil ilova orqali idoralararo baholash reytingini aniqlash hamda uning gʻoliblarini ragʻbatlantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Idoralararo baholash reytingi quyidagi mezonlar boʻyicha 100 ballik tizimda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom turmush tarzi” mobil ilovasidan roʻyxatdan oʻtgan tashkilot xodimlari soni (jami xodimlar soniga nisbatan foizda) — 30 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan eng koʻp tashkilot xodimlari soni (jami xodimlar soniga nisbatan foizda) — 50 ballgacha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan tashkilotning 50 yoshdan oshgan eng koʻp xodimlari uchun qoʻshimcha ravishda — 20 ballgacha baholanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarda platformada roʻyxatdan oʻtgan xodimlari hamda ularning yurish va natijalari 100 ballik reyting tizimi asosida quyidagicha baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85,0 — 100 ball toʻplanganda — “namunali”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71,0 — 84,9 ball toʻplaganda — “yaxshi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50,0 — 70,9 ball toʻplaganda — “qoniqarli”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49,9 ball va undan kam ball toʻplaganda — “qoniqarsiz”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Gʻoliblarni ragʻbatlantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning platformada roʻyxatdan oʻtgan xodimlari hamda ularning yurish natijalari va yakuniy reyting baholari Turizm va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yarim yillik yakunida reyting ballari natijalari boʻyicha “namunali” deb topilgan davlat organlari (tashkilotlar) rahbarlarini ragʻbatlantirish (esdalik sovgʻalari, diplom va boshqalar) Turizm va sport vazirligining hamda hududiy tashkilotlar rahbarlarini ragʻbatlantirish (esdalik sovgʻalari, diplom va boshqalar) hududiy ommaviy sport tadbirlarini oʻtkazish uchun rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Mobil ilova orqali fuqarolarning elektron hamyoniga oʻtkazmalar ularning geolokatsiyalari yordamida fuqarolar tomonidan haqiqatdan tegishli masofani bosib oʻtganligi tasdiqlangandan keyin oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Turizm va sport vazirligi bilan birgalikda doimiy ravishda platformada belgilangan tartibni buzgan holda qadamlarni bajarish va elektron hamyoniga pul tushirayotgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan monitoring tadbirlarini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Belgilangan tartibni buzgan (buzishda gumon qilingan) fuqarolarning akkauntiga cheklovlar (vaqtincha cheklovlar) oʻrnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ushbu Nizomning talablariga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ushbu Nizom talablarini buzgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom turmush tarzi” platformasining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sogʻlom turmush tarzi” platformasidan foydalanish hamda pul oʻtkazmalarini fuqarolarning elektron hamyoniga qadar kelib tushish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Bank, Platforma

1. Elektron hamyon kartalari uchun yagona virtual kartani tizimga biriktirish

2. Elektron hamyon kartalari uchun yagona virtual karta hamda tranzit hisobvaragʻini ochish

Zaruratga qarab

2-bosqich

Foydalanuvchi

id.egov.uz orqali avtorizatsiyadan oʻtish

1 soat davomida

3-bosqich

Platforma

1. Elektron hamyon mavjudligini tekshirish (Elektron hamyon mavjud boʻlsa)

2. Foydalanuvchiga Elektron hamyon kartasini yaratish, Elektron hamyon kartasini bankdagi yagona virtual kartaga biriktirish (Elektron hamyon mavjud boʻlmasa)

Avtomatlashgan tarzda

4-bosqich

Foydalanuvchi

Elektron hamyon karta raqamini kiritish

Avtomatlashgan tarzda

 

5-bosqich

Platforma

1. Foydalanuvchi Elektron hamyon kartasini roʻyxatdan oʻtkazish.

Avtomatlashgan tarzda

2. Har kungi bosib oʻtilgan qadamlar sonini hisoblash.

24 soat davomida

3. Bir kun oldingi yakunlangan kun boʻyicha foydalanuvchilar uchun Ragʻbatlantirish reyestrini shakllantirish.

Avtomatlashgan tarzda

6-bosqich

Turizm va sport vazirligi

1. Toʻlovlar reyestrini tasdiqlash.

2. Mablagʻ ajratish boʻyicha gʻaznachilikka soʻrovnoma yuborish.

Soʻrovnoma kelib tushgandan keyin bir ish kuni davomida

7-bosqich

Moliya gʻaznachiligi

 

Gʻaznachilik hisobvaragʻidan vazirlikning “Aloqabank” ATdagi hisobvaragʻiga toʻlovlarni amalga oshirish.

Soʻrovnoma kelib tushgandan keyin bir ish kuni davomida

8-bosqich

Bank

1. Turizm va sport vazirligi hisobvaragʻiga mablagʻlarni kirim qilish.

Avtomatlashgan tarzda

2. Yagona virtual karta hisobini toʻldirish.

mablagʻ kirim qilingan vaqtdan boshlab uch soat davomida

9-bosqich

Platforma

1. Turizm va sport vazirligi hisobvaragʻiga mablagʻlarni kirim qilish.

Avtomatlashgan tarzda

2. Yagona virtual karta hisobini toʻldirish.

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 09/21/253/0390-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)