Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025 20.04.2021 yildagi PQ-5081-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.09.2025
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 11-sentabrdagi PF-165-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi millionlab begunoh odamlarning bevaqt oʻlimiga, mislsiz yoʻqotishlar va talafotlarga sababchi boʻlgan dunyodagi eng dahshatli, qonli qirgʻinlardan biri sifatida insoniyat tarixida muhrlanib qoldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqi ham haqiqiy jasorat va fidoyilik koʻrsatib, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga ulkan hissa qoʻshdi. Xususan, 2 millionga yaqin yurtdoshimiz janglarda ishtirok etib, ularning 500 mingdan ortigʻi qahramonlarcha halok boʻldi. Shu bilan birga, urush davrida respublikamiz front uchun zarur boʻlgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-aslaha va boshqa vositalarni yetkazib beradigan muhim taʼminot markazlaridan biriga aylandi. Ayniqsa, yurtdoshlarimiz janglar davom etayotgan hududlardan Oʻzbekistonga koʻchirilgan 1,5 milliondan ortiq keksalar, ayollar va yosh goʻdaklarni bagʻriga olib, ogʻir damlarda ularga beqiyos gʻamxoʻrlik koʻrsatdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqimizning tarix sahifalariga oʻchmas harflar bilan bitilgan bunday mardlik va matonati, oliyjanobligi, mehr-muruvvati va yuksak maʼnaviyati barchamizning qalblarimizga cheksiz gʻurur-iftixor bagʻishlab, farzandlarimizni vatanparvarlik va ajdodlar jasoratiga sadoqat ruhida tarbiyalashda ilhomlantirib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuning uchun bosqinchi va yovuz kuchlarga qarshi mashaqqatli kurashlarda bukilmas iroda va mardlik namoyon etib, bugungi tinch va osoyishta kunlarimiz uchun jonini fido qilgan jasur yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasini eʼzozlash va faxriylarimizning hurmatini joyiga qoʻyish yurtimizda ezgu anʼanaga aylangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kunini keng nishonlash, Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaga munosib hissa qoʻshgan, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xotirasini abadiylashtirish, oramizdagi barcha faxriylarga hurmat-ehtirom koʻrsatish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh (keyingi oʻrinlarda — Ishchi guruh) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ishchi guruh (A. Aripov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning “Xotira bor ekan — millat barhayot”, “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” shiorlari ostida yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash, obodonlashtirish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda harbiy qismlar rahbarlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashriflarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga tibbiy va ijtimoiy xizmat koʻrsatish, ularni parvarish qilish maqsadida tibbiy bilimlarga ega xodimlarni (shartnoma asosida) biriktirgan holda doimiy ravishda patronaj xizmatini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining istaklari asosida ularni respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
viloyatlar, shaharlar va tumanlarda bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida, viloyatlarda “Vatanparvarlar” bogʻlari va boshqa belgilangan joylarda harbiy texnikalar namoyishi, Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasini, jumladan urush yillarining qoʻshiq va kuylari hamda tegishli sharoitlar yaratish bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchalar va maydonlar bayramga bagʻishlangan plakatlar va stendlar bilan bezatilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki, bayram tadbirlari hamda mamlakatimizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari vakillarining Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan asosiy marosimlarga temir yoʻl yoki avtomobil transportida kelib-ketishi, mehmonxonalarda joylashishi, ovqatlanishi, madaniy hordiq chiqarishi bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek, zarur hollarda, tegishli kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — tegishli mahalliy budjetlar hamda homiylik xayriyalari hisobidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida — Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Toshkent shahar mahalliy budjeti mablagʻlari hisobidan teng ulushlarda qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mudofaa vazirligi Toshkent shahrida 2021-yil 9-may soat 21.00 da Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram salyutini tashkil qilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya tantanali tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xotira va qadrlash kuni bayramini nishonlash bilan bogʻliq barcha ommaviy tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish chora-tadbirlari dasturini tayyorlash boʻyicha respublika maxsus komissiyasining tavsiyalari asosida amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, “Dunyo” axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayramga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish bilan bogʻliq jarayonlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 20-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-5081-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PQ-5081-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbir nomi

Ijro muddati

Masʼul tashkilotlar

I. Tashkiliy-amaliy tadbirlar

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlarni oʻtkazish uchun taniqli fan arboblari, ijodkor ziyolilar, madaniyat va sanʼat xodimlari, sportchilar, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi va uning mintaqaviy boʻlinmalari, Yoshlar ishlari agentligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzolaridan iborat targʻibot-tashviqot va ijodiy guruhlarni tuzish va hududlarga yuborish.

aprel-may

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi

2.

Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tashkiliy qoʻmitalarini tuzish.

20-aprel

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

3.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarni oʻz xohishlariga koʻra respublika hududidagi sanatoriylarga bepul yuborishni tashkil etish.

yil davomida

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

4.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, faxriylar, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xodimlari ishtirokida 9-may — Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlab tantanali marosimlar va konsertlar dasturini tayyorlash va koʻtarinki ruhda oʻtkazish.

25-aprel

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

5.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar markazlari hamda barcha shahar va tumanlarda “Xotira bor ekan — Millat barhayot”, “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” shiorlari ostida kompleks tadbirlar rejasini tasdiqlash va amalga oshirish.

25-aprel — 10-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi

6.

“Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi hududidagi Mangu qahramonlik badiiy ekspozitsiyasini meʼmoriy-badiy yoritish choralarini koʻrish.

1-mayga qadar

Mudofaa vazirligi, Madaniyat vazirligi, Qurilish vazirligi, Badiiy akademiya

7.

Ikkinchi jahon urushi jarayonlarini, urush qatnashchilari hamda front orti faxriylarining fidoyiligini aks ettiruvchi videolavhalar, qisqa metrajli filmlar va boshqa materiallardan tungi “3 D mapping” tomoshasi ssenariysini tayyorlash va namoyish etish.

9-mayga qadar

Toshkent shahar hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Mudofaa vazirligi

8.

Xalqimizning Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaga qoʻshgan munosib hissasini chuqur oʻrganish va targʻib etish borasidagi yangi maʼlumotlarni chop etish.

9-mayga qadar

Fanlar akademiyasi, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzarxiv” agentligi, “OʻzA” agentligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

9.

Oʻquvchi va talaba yoshlarni harbiylik kasbiga qiziqtirish, vatanparvarlik, yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash maqsadida harbiy qismlar va harbiy taʼlim muassasalariga tashriflarini uyushtirish hamda ushbu maskanlarda harbiy-vatanparvarlik tadbirlari, sport oʻyinlarini tashkil etish.

yil davomida

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Xalq taʼlim vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Yoshlar ittifoqi

10.

Oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarini Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda ular oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish maqsadida umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarining 10-11 sinflari oʻquvchilari oʻrtasida mudofaa vazirining kubogi uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasini oʻtkazish.

9-mayga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport ishlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi

11.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front orti faxriylarining qahramonligiga oid “Xotiralardan oʻrin olgan tarix” kitobini yaratish.

9-mayga qadar

Mudofaa vazirligi, Fanlar akademiyasi

12.

Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hamda harbiy qism va muassasa boshliqlari tomonidan ushbu toifadagi shaxslarni qutlash uchun ularning yashash joyiga tashriflarini uyushtirish.

1 — 30-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

13.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari ishtirokida Xotira va qadrlash kunini nishonlash boʻyicha asosiy bayram tadbirini “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida oʻtkazish.

Asosiy bayram tadbirlarida qatnashadigan respublikamizning turli hududlarida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylarining roʻyxatini shakllantirish hamda ularning temir yoʻl yoki avtomobil transportida Toshkent shahriga kelib-ketish, mehmonxonalarga joylashish, ovqatlanish, madaniy hordiq chiqarishlari hamda zarur hollarda tegishli kiyim-kechaklar bilan taʼminlanishini tashkil etish.

1 — 10-may

Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirli?i, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

14.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk gʻalabaga bagʻishlangan Ikkinchi jahon urushi davriga oid muzey eksponatlari asosida koʻchma koʻrgazmalarni tashkil etish.

1 — 10-may

Turizm va sport vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

15.

Toshkent shahridagi Xotira maydonida joylashgan “Motamsaro ona” monumenti, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida joylashgan “Matonat madhiyasi” monumentlariga, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar markazlaridagi “Motamsaro ona” monumentlari poyiga gul qoʻyish marosimlarini tashkil etish.

7 — 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari

16.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida belgilangan joylarda harbiy texnikalar namoyishini oʻtkazish.

7 — 9-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

17.

9-may — Xotira va qadrlash kuni arafasida “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasi va uning tarkibidagi “Shon-sharaf” davlat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, Qurolli Kuchlar tarixi davlat muzeyi hamda viloyatlardagi muzeylarga talabalar va oʻquvchilar, harbiylarning oila aʼzolarining bepul tashriflarini tashkil etish.

1 — 15-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

18.

Mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligini, aholining tinch va osoyishta hayotini taʼminlashda qahramonlik koʻrsatib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan xizmatchilarning byustlarini yaratish hamda ular oʻqigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida oʻrnatish.

1-sentabr

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Xalq taʼlim vazirligi, Badiiy akademiya

II. Madaniy-maʼnaviy tadbirlar

19.

Davlat oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar, umumtaʼlim maktablarida urush va mehnat faxriylari ishtirokida “Mardlik, burch va sadoqat” harbiy-vatanparvarlik mavzusidagi film va lavhalar namoyish etiladigan darslarni tashkil etish va oʻtkazish.

Aprel-may

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yozuvchilar uyushmasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

20.

Vafot etgan urush va mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining qabrlarini obodonlashtirish.

Aprel-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla v? oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti

21.

Oʻquvchi va talaba yoshlar, harbiy xizmatchilar ishtirokida “Urush noming oʻchsin jahonda” mavzusida ijodiy ishlar koʻrgazmalarini tashkil etish va oʻtkazish.

20-aprel — 20-may

Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Hunarmandlar uyushmasi

22.

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida hamda nodavlat telekanallarda Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan hujjatli va badiiy filmlarni efirga uzatish, maxsus koʻrsatuvlar va tok-shoular tashkil etish.

25-aprel — 15-may

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi

23.

Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 76 yilligi munosabati bilan “Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish.

30-aprel

Mudofaa vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi

24.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi tuzilmalarning harbiy orkestrlari, ashula va raqs ansambllarining, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi orkestrlar va badiiy jamoalarning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahridagi madaniyat maskanlari, xiyobonlarda “Eʼtibor va gʻamxoʻrlik — insoniy burch” nomli konsert dasturlari namoyishini tashkil etish.

1 — 10-may

Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Madaniyat vazirligi

25.

Oʻzbekiston xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi “Urush xotiralarda” mavzusidagi ijodiy ishlar koʻrik-tanlovini tashkil etish.

9-mayga qadar

Mudofaa vazirligi, Badiiy akademiya, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Hunarmandlar uyushmasi

26.

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi mobil aloqa operatorlari tomonidan abonentlarga SMS tabriklar joʻnatish.

9-may

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

27.

“Men gʻolib” shiori ostida 10 km ga yugurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari chempionatining ikkinchi bosqichini oʻtkazish.

alohida rejaga asosan

Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Turizm va sport vazirligi

III. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, mehnat fronti faxriylari, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oilalarini ijtimoiy-huquqiy himoya qilish yoʻnalishidagi tadbirlar

28.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotini topshirish.

9-mayga qadar

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Moliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati

29.

Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari oilalari aʼzolarini imtiyozli ravishda harbiy gospital va boshqa tibbiyot muassasalarida davolash va dori vositalari bilan bepul taʼminlash.

25-aprel — 10-may

Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

30.

Yolgʻiz va kam taʼminlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining turar joyi va uy xoʻjaliklarini taʼmirlash va obodonlashtirish.

25-aprel — 10-may

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi

31.

Yoshlar, mahallalar faollari va kasaba uyushmalari vakillari tomonidan Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining oilalariga tashrif buyurish, ularga maqsadli moddiy-maʼnaviy yordam koʻrsatish.

25-aprel — 15-may

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Yoshlar ishlari agentligi

32.

Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti nogironlari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chogʻida sogʻligʻini yoʻqotgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga maqsadli yordam koʻrsatish, ularni protezlar, nogironlar aravachalari va boshqa zarur tibbiy asbob-anjomlar bilan taʼminlash.

25-aprel — 15-may

Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi, Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi PQ-5081-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-may — Xotira va qadrlash kuni, umumxalq bayramiga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A. Aripov

—

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Ishchi guruh rahbari

V. Mahmudov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

T. Xudaybergenov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

A. Abduxakimov

—

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari

A. Djurabayev

—

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari

Q. Rafikov

—

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi

A. Azizov

—

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

R. Joʻrayev

—

Milliy gvardiya qoʻmondoni

B. Kurbanov

—

mudofaa vaziri

P. Bobojonov

—

ichki ishlar vaziri

R. Mamatov

—

mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash vaziri

O. Nazarbekov

—

madaniyat vaziri

T. Ishmetov

—

moliya vaziri

A. Toshqulov

—

oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

Sh. Shermatov

—

xalq taʼlimi vaziri

A. Kuldashev

—

favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari

S. Xusanov

—

Davlat xavfsizlik xizmati raisi oʻrinbosari — Chegara qoʻshinlari qoʻmondoni

A. Xadjayev

—

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi

A. Koʻchimov

—

Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

X. Batirov

—

Oʻzbekiston mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi raisi

M. Xojimatov

—

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari

S. Saidov

—

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi

R. Abdullayev

—

Oʻzbekiston Kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi raisi

X. Salimov

—

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisining oʻrinbosari

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 07/21/5081/0360-son)