1-ILOVA
1-ILOVA
| Subyektlar | Tadbirlar | Muddatlar | ||||
| 1-bosqich | Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati | 1. Operator “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK bilan elektron auksionlarni oʻtkazish boʻyicha xizmat koʻrsatishga shartnoma tuzadi. | 1. Elektron buyurtma berish sanasiga qadar. | |||
| 2. Tizim oʻrnatiladigan joylarni auksionga qoʻyish uchun operatorga elektron buyurtma va obyektni tavsiflaydigan hujjatlarni elektron (skaner qilingan) shaklda ilova qilib yuboradi. | 2. Taraflar tomonidan shartnoma imzolangandan soʻng. | |||||
| 2-bosqich | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK | 1. Tizim oʻrnatiladigan joylar boʻyicha elektron auksion oʻtkazilishi haqida “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasiga xabarnoma joylashtiradi. | 1. Elektron auksion oʻtkaziladigan kundan kamida 30 kun oldin. | |||
| 2. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida roʻyxatdan oʻtgan barcha tadbirkorlik subyektlariga avtomatik tarzda ishtirokchi kabinetini yaratadi. | 2. “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida akkaunt aktivlashtirilganda. | |||||
| 3. Tadbirkorlik subyektlaridan elektron auksionda ishtirok etish boʻyicha elektron arizalarni qabul qiladi. | 3. Xabarnoma joylashtirilgan kundan boshlab elektron auksion oʻtkazilishi belgilangan kunga qadar. | |||||
| 3-bosqich | Tadbirkorlik subyekti | 1. Tizim oʻrnatilishi mumkin boʻlgan joylar haqida Ichki ishlar vazirligi rasmiy veb-sayti va ommaviy axborot vositalaridan maʼlumot oladi. | 1. Xabarnoma eʼlon qilingan kundan boshlab. | |||
| 2. Tadbirkorlik subyekti “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida roʻyxatdan oʻtadi. | 2-3. Auksionda ishtirok etish uchun arizalarni berish muddati yakunlangunga qadar. | |||||
| 3. Xabarnomada koʻrsatilgan zakalat miqdoridan kam boʻlmagan mablagʻni kiritgan holda arizani elektron koʻrinishda toʻldiriladi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlab yuboradi. | ||||||
| 4-bosqich | Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUK | 1. Auksionni unda ishtirok etishga ariza bergan ikki va undan ortiq ishtirokchi mavjud boʻlganda, operator veb-portalida avtomatik tarzda oʻtkazadi. | 1. Operator veb-portalida eʼlon qilingan vaqtda boshlanadi va gʻolib aniqlangunga qadar davom etadi. | |||
| 2. Elektron onlayn-auksionlarda gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektiga QR-kodini qoʻllash orqali auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomani rasmiylashtiradi va taqdim etadi. | 2. Auksionda yutib olingan obyekt uchun toʻlov summasi toʻliq toʻlangandan keyin 3 ish kuni mobaynida | |||||
| 3. Bayonnomani auksion gʻolibi va vakolatli organning kabinetiga yuboradi. | 3. Bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng. | |||||
| 4. Auksion natijalarini operatorning veb-portalida eʼlon qiladi. | 4. Auksion yakunlangan zahoti. | |||||
| 5-bosqich | Transport vazirligi, mahalliy hokimliklar | Obyektni auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaga muvofiq gʻolib boʻlgan tadbirkorlik subyektiga shartnoma asosida cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorlik subyektiga oʻtkazish huquqi bilan biriktiradi. | 5 ish kuni mobaynida | |||
| 6-bosqich | Tadbirkorlik subyekti | Tadbirkorlik subyekti quyidagi idoralardan obyekt boʻyicha texnik shart oladi: 1. “Oʻzbektelekom” AK filiali. 2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonasi. 3. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi. 4. Tuman (shahar) hokimligi. | Zarur boʻlganda | |||
| 7-bosqich | 1. “Oʻzbektelekom” AK filiali. 2. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy korxonasi. 3. Avtomobil yoʻllari qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yoʻllari bosh boshqarmasi. 4. Tuman (shahar) hokimligi. | Tadbirkorlik subyektiga muayyan obyekt uchun texnik shartlarni taqdim etadi. | 7 ish kuni mobaynida | |||
| 8-bosqich | Tadbirkorlik subyekti | Texnik shartlar va talab etilgan boshqa hujjatlar bilan loyihalash idoralariga murojaat qiladi. | 3 ish kuni mobaynida | |||
| 9-bosqich | Loyihalash idorasi | Tegishli tashkilot va idoralar bilan loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda kelishadi. Loyiha hujjatlarini ishlab chiqadi hamda tadbirkorlik subyektiga taqdim etadi. | 15 ish kuni mobaynida | |||
| 10-bosqich | Tadbirkorlik subyekti | Loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish maqsadida ekspertiza faoliyatini olib borish huquqiga ega boʻlgan tashkilotga belgilangan tartibda taqdim etadi. | 3 ish kuni mobaynida | |||
| 11-bosqich | Loyihaga ekspertiza xulosasini beruvchi tashkilot | Loyiha hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazib, tadbirkorlik subyektiga eʼtiroz va takliflar yoki ijobiy xulosa taqdim etadi. | 10 ish kuni mobaynida | |||
| 12-bosqich | Tadbirkorlik subyekti | Ijobiy xulosa olingan loyiha boʻyicha qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish yuzasidan ushbu sxemaning yettinchi bosqichida koʻrsatilgan davlat organlari bilan qayta kelishadi. | 5 ish kuni mobaynida | |||
| 13-bosqich | Tadbirkorlik subyekti | Tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi. | Pudratchi tashkilot bilan imzolangan shartnomadagi muddatlarda | |||
| 14-bosqich | Tadbirkorlik subyekti | 1. Qurilish-montaj ishlari yakunlangandan soʻng ishchi hujjatlar va dalolatnomalarni rasmiylashtiradi. 2. Tizimni ishga tushirish yuzasidan tegishli hujjatlarni rasmiylashtiradi. | 7 ish kuni mobaynida | |||
2-ILOVA
2-ILOVA
|
Chorraha va koʻchalarda sutka davomida transport vositalari qatnovining harakatlanish jadalligi (soni) |
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi) | |||
|
Toshkent shahri hududida |
Toshkent viloyati hududida |
Viloyatlar markazlarida |
Boshqa tuman va shaharlarda | |
|
0 — 20 000 |
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari |
|
20 000 — 40 000 |
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 13 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 8 baravari |
|
40 000 — 60 000 |
bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 18 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 13 baravari |
|
60 000 — 80 000 |
bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 18 baravari |
|
80 000 — 100 000 |
bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 23 baravari |
|
100 000 va undan |
bazaviy hisoblash miqdorining 35 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 33 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari |
bazaviy hisoblash miqdorining 28 baravari |
3-ILOVA
|
“ |
9. |
Ichki ishlar vazirligi |
Yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarimalar summasi maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasidan tashqari. |
45 |
|
|
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun jarima summasi (tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari hamda tegishli ogʻirlik va gabarit nazorati boʻyicha statsionar shoxobchalar orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun hamda bojxona organlari tomonidan undirilgan jarima summasi bundan mustasno). |
50 |
||||
|
Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan xorijiy davlatlarning avtotransport vositalari tomonidan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan undirilgan jarima summasi. |
25 |
||||
|
Avtomototransport vositalari qayta roʻyxatdan oʻtkazilganligi uchun toʻlov summasi. |
8 |
||||
|
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda davlat daromadiga oʻtkazilgan mol-mulkni sotishdan olingan mablagʻlar. |
8 |
||||
|
Chiqish va kirish vizalari berilganligi, ular muddatining uzaytirilganligi, vaqtincha turgan joy boʻyicha roʻyxatga olinganligi, doimiy yashash uchun hujjatlar rasmiylashtirilganligi uchun davlat bojlari. |
8 |
||||
|
Tadbirkorlik subyektlariga tegishli maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari qayd etgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarima summasi: |
|||||
|
tizim joriy etilib, ishga tushirilgan kundan boshlab bir yil davomida; |
10 |
||||
|
tizim joriy etilib, ishga tushirilganidan bir yil oʻtgan kundan boshlab. |
15 |
”. |