17.04.2021 yildagi 220-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoniga muvofiq xalqaro paketli kommutatsiya markazlarini modernizatsiya qilish orqali Internet jahon axborot tarmogʻiga ulanishni axborot xavfsizligini taʼminlagan holda kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasining (keyingi oʻrinlarda — loyiha) texnik topshiriqlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻtkazilgan tanlov savdolari natijasiga koʻra “Winncom Technologies Corp” kompaniyasi (AQSh) gʻolib deb topilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) loyihaning texnik-iqtisodiy asoslari boʻyicha umumiy qiymati 25 920,4 ming AQSh dollariga, shundan investitsiya davridagi moliyaviy va boshqa xarajatlar uchun 5 973,4 ming AQSh dollariga hamda jami 19 947,0 ming AQSh dollariga teng quyidagi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK BNG va DPI qurilmalarining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4 974,1 ming AQSh dollarilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK maʼlumotlar uzatish tarmogʻining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4 990,7 ming AQSh dollarilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazini oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4 985,7 ming AQSh dollarilik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK maʼlumotlar uzatish yadro tarmogʻida xizmatlar koʻrsatishning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish uchun — 4 996,5 ming AQSh dollarilik mashina va uskunalar xarid qilinishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasi boʻyicha AT “Aloqabank” kreditini qaytarish prognoz grafigi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar umumiy qiymati 25 920,4 ming AQSh dollariga teng loyihani moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Aloqabank”ning umumiy qiymati 19 947,0 ming AQSh dollari miqdoridagi krediti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AKning 5 973,4 ming AQSh dollari miqdoridagi oʻz mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK AT “Aloqabank” kreditidan maqsadli va samarali foydalanish, loyihani amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro organi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Aloqabank” kreditini qaytarish bilan bogʻliq xarajatlar va unga hisoblangan foizlar “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning maslahatchisi — IT-texnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshligʻi O.M. Umarov hamda Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-apreldagi 220-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasining texnik-iqtisodiy asoslarning asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Koʻrsatkichlar nomi

Oʻlchov birligi

Jami

Shu jumladan

AT “Aloqabank” krediti

Oʻz mablagʻlari

1.

Loyihaning umumiy qiymati

ming AQSh dollari

25 920,4

19 947,0

5 973,4

2.

Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami

ming AQSh dollari

25 920,4

19 947,0

5 973,4

shu jumladan:

Mashina va uskunalar

erkin almashtiriladigan valyutada

ming AQSh dollari

19 947,0

19 947,0

Investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar

ming AQSh doll. ekv.

696,6

696,6

Boshqa xarajatlar

ming AQSh doll. ekv.

5276,8

5276,8

3.

Tashkilotning quvvati,
shu jumladan:

Xalqaro axborot-kommunikatsiya tarmoqlariga umumiy kirish tezligi 1 800 Gbit/sga yetkaziladi,

yillik ishlab chiqarish hajmi;

Sotish hajmi — 1 530 Gbit/s,

taxminiy yillik eksport hajmi.

Xizmatlar eksporti — 80 Gbit/s

4.

Tashkil �tiladigan ish oʻrinlari

–

5.

Loyiha oʻzini oqlashi muddati

6 yil

6.

Investitsiya davrining davomiyligi

6 oy

7.

Yaratilgan ishlab chiqarish fondlarining qiymati

21 946,5 ming AQSh dollari ekv.

8.

Kreditni qaytarish muddati, valyutada

5 yil

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-apreldagi 220-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” AK xalqaro paketli kommutatsiya markazining oʻtkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish” loyihasi boʻyicha AT “Aloqabank” kreditini qaytarish prognoz grafigi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Kredit summasi

—

19 947 006 AQSh dollar

Kreditni qaytarish muddati

—

5 yil

Imtiyozli muddat

—

2 yil

Foiz stavkasi**

—

7,0% (yillik)

AQSh dollari

Toʻlash muddatlari

Kredit qoldiqlari

Asosiy qarzni toʻlash

Foiz

Jami toʻlovlar

Kredit summasi

2021-y.
I yarim yillik

19 947 006

696 232

696 232

2021-y.
II yarim yillik

19 947 006

696 232

696 232

2022-y.
I yarim yillik

19 947 006

696 232

696 232

2022-y.
II yarim yillik

19 947 006

696 232

696 232

2023-y.
I yarim yillik

19 947 006

3 324 501

696 232

4 020 733

2023-y.
II yarim yillik

16 622 505

3 324 501

580 194

3 904 695

2024-y.
I yarim yillik

13 298 004

3 324 501

464 155

3 788 656

2024-y.
II yarim yillik

9073 503

3 324 501

348 116

3 672 617

2025-y.
I yarim yillik

6 649 002

3 324 501

232 077

3 556 578

2025-y.
II yarim yillik

3 324 501

3 324 501

116 039

3 440 540

Jami

19 947 006

5 221 744

25 168 750

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Kreditni qaytarish muddati va foiz stavkasi jalb etiladigan resurslar narxi va muddatidan kelib chiqib taraflar kelishuviga koʻra oʻzgarishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AT “Aloqabank” tomonidan loyiha doirasida ajratiladigan kreditlar, kafolatlar va kafilliklar hamda moliyalashtirishga doir boshqa majburiyatlar bir qarz oluvchi, oʻzaro aloqador qarz oluvchilar guruhi, shu jumladan, bankka aloqador shaxslar uchun tavakkalchilikning eng koʻp miqdorini hisoblashda inobatga olinmaydi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2021-y., 09/21/220/0343-son)