18.05.1973 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XALQARO KONVENSIYA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va uygʻunlashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MUQADDIMA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hamkorligi Kengashi rahbarligida ishlab chiqilgan ushbu Konvensiyaning Ahdlashuvchi tomonlari,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro savdo va xalqaro almashinuvning boshqa turlarini amalga oshirishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan, Ahdlashuvchi tomonlar bojxona tartib-taomillarini va amaliyotdagi nomuvofiqliklarni bartaraf etishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona tartib taomillarini va amaliyotni soddalashtirish va uygʻunlashtirish yoʻli bilan, shuningdek xalqaro hamkorlikni ragʻbatlantirish, savdoning ushbu turini rivojlantirishga samarali hissa qoʻshishga xoxish bildirib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli bojxona nazorati standartlariga ziyon yetkazmasdan, xalqaro savdoni yengillashtirishga qaratilgan, sezilarli darajadagi afzalliklarga yetishish mumkinligini qayd etib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bunday soddalashtirish va uygʻunlashtirishga quyidagi tamoyillarni qoʻllash orqali erishish mumkin deb eʼtirof etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona protseduralari va amaliyotini doimiy ravishda takomillashtirishga yoʻnaltirilgan dasturlarni amalga oshirish va shu orqali ularning samaradorligi va natijadorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona tartibotlarini va amaliyotlarini oldindan, ketma-ketlikda va oshkora ravishda qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tomonlarga bojxona qonunlari, normativ hujjatlar, maʼmuriy tavsiyalar, tartibotlar va amaliyotga oid barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazoratni xavfni boshqarish va audit usullariga asoslangan boshqarish, va axborot texnologiyalaridan maksimal darajada foydalanish kabi zamonaviy usullardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha tegishli holatlarda boshqa davlat organlari, boshqa bojxona maʼmuriyatlari va savdo hamjamiyatlari bilan oʻzaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli xalqaro standartlarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor tomonlarga tegishli boʻlgan, maʼmuriy va sud amaliyotini qarshiliksiz koʻrishini taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagi maqsadlar va prinsiplarni oʻz ichiga oladigan xalqaro hujjat, Ahdlashuvchi Tomonlar foydalanishni oʻz zimmalariga oladigan bojxona protseduralari va amaliyotlarini yuqori darajada soddalashtirish va uygʻunlashtirishni taʼminlaydi, bu esa Bojxona Hamkorligi Kengashining eng muhim maqsadi hisoblanadi va shu bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga muhim hissa qoʻshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I BOB
Taʼriflar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyaning maqsadlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) “standart”, bojxona protseduralari va amaliyotini uygʻunlashtirish va soddalashtirishga erishish uchun amalga oshirish zarur deb hisoblangan qoidani anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) “Oʻtish davri standarti” Bosh Ilovaning standartini anglatadi, buning uchun uzoqroq muddatda amalga oshirishga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) “Amaliy foydalanish uchun tavsiyanoma” keng qoʻllanilishi maqbul deb hisoblangan bojxona protseduralari va amaliyotini uygʻunlashtirish va soddalashtirishda ilgari surilgan Maxsus Ilovani taqdim etishni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) “Milliy qonunchilik” Ahdlashuvchi Tomonning vakolatli organi tomonidan oʻrnatilgan va ushbu Ahdlashuvchi Tomonning hududida amal qiladigan yoki ushbu Tomon majburiyat olgan xalqaro shartnomalarni oʻz ichiga olgan qonunlarni, normativ hujjatlarni va boshqa tadbirlarni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) “Bosh ilova” ushbu Konvensiyada eslatib oʻtilgan barcha bojxona protseduralari va amaliyotlariga taalluqli qoidalar toʻplamini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) “Maxsus ilova” ushbu Bitimda eslatib oʻtilgan bitta yoki bir nechta bojxona protsedurasi yoki amaliyotiga nisbatan qoʻllaniladigan qoidalar toʻplamini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(g) “Tavsiyalar” Bosh Ilova, Maxsus Ilovalar va ularning boblari izohlarining kombinatsiyasini anglatadi, bu Standartlar, Oʻtish davri standartlari va Tavsiyalarini amaliy qoʻllash uchun amalga oshirilgan baʼzi harakatlar, xususan, ilgʻor amaliyotlarni tavsiflash va qulay shart-sharoitlarga oid misollarni tavsiya etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(h) “Doimiy texnik qoʻmita” Kengashning doimiy texnik qoʻmitasini anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(j) “Kengash” 1950-yil 15-dekabrda Bryusselda tuzilgan Bojxona hamkorligi toʻgʻrisidagi Konvensiya tomonidan tashkil etilgan tashkilotni anglatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(k) “Bojxona yoki iqtisodiy ittifoq” ushbu Konvensiya bilan boshqariladigan masalalarda ushbu davlatlar uchun majburiy boʻlgan oʻz qoidalarini qabul qilishga vakolatli boʻlgan aʼzo davlatlar tomonidan tashkil etilgan va ichki tartib-qoidalariga muvofiq ushbu Konvensiyaga imzo chekish, ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish uchun qaror qabul qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II BOB
QOʻLLANILISh SOHASI VA TUZILIShI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning qoʻllanilish doirasi
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir Ahdlashuvchi tomon bojxona protseduralarini soddalashtirish va uygʻunlashtirishni ragʻbatlantirish majburiyatini hamda shu maqsadda ushbu Konvensiya qoidalariga muvofiq Konvensiya ilovalarida keltirilgan Standartlar, Oʻtish davri standartlari va Amaliyotda qoʻllash boʻyicha tavsiyalarga rioya qilishni oʻz zimmasiga oladi. Ammo, Ahdlashuvchi tomonga koʻzda tutilganidan koʻra yanada qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlash boʻyicha toʻsqinlik qilinmaydi va har bir Ahdlashuvchi tomonga imkon qadar yuqoridagi kabi doimo yanada qulay shart-sharoitlar bilan taʼminlash tavsiya etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya qoidalari bojxona nazorati ostida boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan taqiqlar yoki cheklovlar boʻyicha milliy qonunchilikni qoʻllashga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiya tuzilishi
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Konvensiya Asosiy matn, Bosh ilova va Maxsus ilovalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiyadagi Bosh ilova va Maxsus ilovalarning har biri qoida tariqasida, Ilovalarga boʻlinadigan Boblardan iborat boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Izohlar; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Bosh ilovada Oʻtish davri standartlari hisoblanuvchi baʼzi Standartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Maxsus ilova amaliy qoʻllash boʻyicha Tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Har bir Ilovaga Tavsiyalar hamrohlik qiladi hamda undagi matn Ahdlashuvchi tomonlar uchun majburiy hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiya maqsadlari uchun, Ahdlashuvchi tomon tarafidan majburiyat oʻz zimmasiga olingan har qanday (har qanday) Maxsus ilova yoki har qanday (har qanday) ularning Boblari ushbu Konvensiyaning ajralmas qismi sanaladi va Ahdlashuvchi tomonga nisbatan Konvensiya boʻyicha har qanday havola ushbu Ilova yoki Boblar boʻyicha ham havola deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III BOB
KONVENSIYA BOShQARMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv qoʻmitasi
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyaning bajarilishini, uni yagona talqin qilish va qoʻllashga doir har qanday choralarni, shuningdek unga tuzatishlar kiritish boʻyicha har qanday takliflarni koʻrib chiqish uchun Boshqaruv qoʻmitasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar Boshqaruv qoʻmitasining aʼzolari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiyaning 8-moddasi qoidalariga muvofiq ushbu Konvensiyaning Ahdlashuvchi Tarafi yoki Jahon savdo tashkilotiga aʼzo har qanday davlatning vakolatli maʼmuriyati Boshqaruv qoʻmitasining majlislarida kuzatuvchi sifatida qatnashish huquqiga ega. Bunday kuzatuvchilarning maqomi va huquqlari Kengash qarori bilan belgilanadi. Yuqoridagi huquqlar Kengashning tegishli qarori kuchga kirgunga qadar amalga oshirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Boshqaruv qoʻmitasi xalqaro hukumat va nodavlat tashkilotlarning vakillarini Boshqaruv qoʻmitasining majlislariga kuzatuvchi sifatida taklif qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Boshqaruv qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Ahdlashuvchi Tomonlarga tavsiyalar beradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) ushbu Konvensiyaning asosiy qismiga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) Bosh Ilovaga, Maxsus Ilovalarga va ularning Boblariga kiritilgan oʻzgartishlar, shuningdek Bosh ilovaga yangi boblar kiritilishi munosabati bilan; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) Maxsus Ilovalarga yangi Maxsus ilovalar va yangi Boblar kiritish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) 16-moddaga muvofiq amaliy qoʻllanmalar boʻyicha tavsiyalarga oʻzgartirish kiritish yoki Maxsus ilovalarda yoki ularning Boblarida amaliy qoʻllanma boʻyicha yangi tavsiyalarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) 13-moddaning 4-bandiga muvofiq ushbu Konvensiya qoidalari qanday amalga oshirilishini koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) Tavsiyalar matnini qayta koʻrib chiqadi va yangilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) ushbu Konvensiyaga tegishli har qanday boshqa masalalarni koʻrib chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(f) Oʻzining qarorlari toʻgʻrisida Doimiy texnik qoʻmitani va Kengashni xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli maʼmurlari ushbu moddaning 5-bandi (a), (b), (c) yoki (d) kichik bandlariga muvofiq oʻz takliflarini Kengash Bosh kotibiga oʻzlarining mantiqiy asoslarini, shuningdek Boshqaruv qoʻmitasi majlislari kun tartibiga soʻrovlarni oʻz ichiga olgan har qanday masalalarni taqdim etishi mumkin. Kengash Bosh kotibi takliflarni Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli maʼmurlari va ushbu moddaning 2, 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan kuzatuvchilarga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boshqaruv qoʻmitasining majlislari yiliga kamida bir marta oʻtkaziladi. Qoʻmita har yili Rais va uning Oʻrinbosarlarini saylaydi. Kengash Bosh kotibi Ahdlashuvchi Tomonlarning vakolatli maʼmuriyatlari va ushbu moddaning 2, 3 va 4-bandlarida koʻrsatilgan kuzatuvchilarga Boshqaruv qoʻmitasi majlisidan kamida olti hafta oldin yigʻilishda ishtirok etish uchun taklifnomalar va kun tartibining loyihalarini yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Qarorni konsensus orqali olish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, Boshqaruv qoʻmitasi koʻrib chiqadigan masalalarni ovoz berish orqali qatnashgan Ahdlashuvchi Tomonlar vakillari hal qiladilar. Ushbu moddaning 5-bandi (a), (b) yoki (c) kichik bandlariga muvofiq takliflar berilgan ovozlarning uchdan ikki qismi bilan qabul qilinadi. Boshqa barcha masalalar boʻyicha Boshqaruv qoʻmitasi berilgan ovozlarning oddiy koʻpchilik ovozi bilan qarorlar qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Konvensiyaning 8-moddasi 5-bandi qoʻllanilgan taqdirda, Ahdlashuvchi Tomonlar boʻlgan bojxona yoki xoʻjalik birlashmalari faqat ovoz berishda ishtirok etadilar, bu ularning Ahdlashuvchi Tomon boʻlgan aʼzo davlatlariga tegishli boʻlgan ovozlarning umumiy soniga teng.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yigʻilish yopilishidan oldin Boshqaruv qoʻmitasi hisobotni tasdiqlaydi. Ushbu hisobot Kengashga va Ahdlashuvchi Tomonlarga, shuningdek 2, 3 va 4-bandlarda qayd etilgan kuzatuvchilarga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar ushbu moddada tegishli qoidalar boʻlmasa, Kengashning Qoidalari, agar Boshqaruv qoʻmitasi boshqacha qaror qilmasa, qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv qoʻmitasi majlislarida ovoz berish har bir Maxsus ilova va Maxsus Ilovaning har bir bobi uchun alohida-alohida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Har bir Ahdlashuvchi Tomon Konvensiyaning asosiy matni va Bosh ilovasini sharhlash, qoʻllash yoki oʻzgartirish boʻyicha ovoz berish huquqiga ega;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kuchga kirgan Maxsus ilova yoki Maxsus ilova bobiga taalluqli masalalarda faqat ushbu maxsus ilova yoki bobni qabul qilgan Ahdlashuvchi Tomonlar ovoz berish huquqiga egadirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Har bir Ahdlashuvchi Tomon Maxsus ilovalarning yangi maxsus ilovalar yoki yangi boblari boʻyicha ovoz berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV BOB
AHDLAShUVChI TOMON
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyani ratifikatsiya qilish
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qanday davlat — Kengashi aʼzosi va Birlashgan millatlar tashkiloti, yoki uning ixtisoslashtirilgan muassasalari aʼzolari bu Konvensiyada quyidagilarni amalga oshirgan holda Ahdlashuvchi tomon boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Konvensiyani ratifikatsiya shartlarisiz imzolash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ratifikatsiya yorligʻi imzolangandan keyin ratifikatsiya yorligʻini saqlash uchun topshirish; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) unga qoʻshilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya 1974-yil 30-iyungacha Bryusseldagi Kengash qarorgohida ushbu moddaning 1-bandida koʻrsatilgan aʼzo davlatlar tomonidan imzolanishi uchun ochiq boʻladi.Ushbu muddat tugagandan soʻng, Konvensiya bunday aʼzo davlatlarning qoʻshilishi uchun ochiq boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday Ahdlashuvchi Tomon Konvensiyani imzolash, ratifikatsiya qilish yoki unga qoʻshilish paytida qaysi Maxsus ilovalar yoki ularning boblarini qabul qilishini koʻrsatib oʻtadi, agar umuman qabul qilsa. Keyinchalik, u bir yoki bir nechta Maxsus ilovalar yoki ularning Boblarini qabul qilganligi toʻgʻrisida depozitariyga xabar berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Yangi Maxsus Ilovani yoki Maxsus Ilovaning biron bir yangi bobini qabul qilgan Ahdlashuvchi Tomonlar ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq bu haqda depozitariyni xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. (a) Har qanday bojxona va iqtisodiy ittifoq ushbu moddaning 1, 2 va 3-bandlariga muvofiq ushbu Konvensiyaning Ahdlashuvchi tomonlariga aylanishi mumkin. Bunday bojxona yoki iqtisodiy ittifoq depozitariyga ushbu Konvensiyada tartibga solinadigan masalalar boʻyicha oʻz vakolatlari toʻgʻrisida xabar beradi. Bunday bojxona yoki iqtisodiy ittifoq oʻz vakolati doirasidagi har qanday muhim oʻzgarishlar toʻgʻrisida depozitariyga xabar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ushbu Konvensiyaning Ahdlashuvchi Tomon boʻlgan bojxona yoki iqtisodiy ittifoq oʻz vakolati doirasidagi masalalar boʻyicha oʻz nomidan Konvensiya tomonidan unga berilgan huquqlardan foydalanadi va ushbu Konvensiyaning Ahdlashuvchi Tomonlariga aʼzo boʻlgan bunday ittifoqqa aʼzo davlatlarga Konvensiya tomonidan berilgan majburiyatlarni bajaradi. Bunday holda, bunday ittifoqqa aʼzo davlatlar ushbu huquqlarni, shu jumladan ovoz berish huquqini alohida amalga oshirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan yoki unga qoʻshilgan har qanday Ahdlashuvchi Tomon ushbu Konvensiyaga, shu jumladan Bosh ilovaga ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni depozitariyga topshirgan sanadan boshlab kuchga kirgan har qanday oʻzgartirishlar bilan bogʻlanishga rozi boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maxsus ilovani yoki uning Bobini qabul qilgan har qanday Ahdlashuvchi Tomon, har qanday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida depozitariy tomonidan qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan boshlab kuchga kirgan ushbu Maxsus Ilovada yoki bobda koʻrsatilgan standartlarga rozi boʻladi. Maxsus qoʻshimchani yoki uning Bobini qabul qiladigan har qanday Ahdlashuvchi Tomon uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida depozitariyga bildirishnoma yuborilgan sanadan boshlab kuchga kirgan Amaliy tavsiyalarga kiritilgan har qanday oʻzgartirishlar majburiydir, agar bunday Ahdlashuvchi Tomon ushbu Konvensiyaning 12-moddasiga muvofiq bunday tavsiyalarni bir yoki bir nechtasini qoʻllamaslik toʻgʻrisida shart qoʻymasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning qoʻllanilishi
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har qanday Ahdlashuvchi Tomon ushbu Konvensiyani ratifikatsiya shartlarisiz imzolagan yoki ratifikatsiya yorligʻi yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatni saqlash uchun topshirganida yoki bundan keyin boshqa har qanday vaqtda depozitariyga bildirishnoma yuborib, ushbu Konvensiya xalqaro munosabatlar uchun masʼul boʻlgan barcha yoki har qanday alohida hududlarga tegishli ekanligi toʻgʻrisida eʼlon qilishi mumkin. Bunday bildirishnoma depozitariy tomonidan olingan sanadan uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi. Biroq, ushbu Konvensiya tegishli bildirishnomada koʻrsatilgan hududlarda tegishli Ahdlashuvchi Tomon uchun kuchga kirgunga qadar qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq bu Konvensiyaning xalqaro munosabatlar uchun javobgar boʻlgan har qanday hududga tatbiq etilishi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborgan har bir Ahdlashuvchi Tomon Konvensiyaning 19-moddasida belgilangan tartibda Konvensiya bu hududda bundan buyon qoʻllanmasligi toʻgʻrisida depozitariyni xabardor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Konvensiyani qoʻllash uchun Ahdlashuvchi Tomon boʻlgan har qanday bojxona yoki iqtisodiy ittifoq tashkil etilayotgan bojxona yoki iqtisodiy ittifoq hududlari toʻgʻrisida Bosh kotibni xabardor qiladi va ushbu hududlar yagona hudud sifatida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoida va bandlarni qabul qilish
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Barcha Ahdlashuvchi Tomonlar Bosh Ilova majburiyatlarini oʻz zimmasiga olishadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Tomonlar bitta Maxsus Ilovani yoki bitta Bobni yoki undan koʻpini qabul qilishi mumkin. Maxsus ilovani yoki uning Bobi (lar) ni qabul qilgan Ahdlashuvchi Tomon undagi barcha standartlarga rioya qilishga rozi boʻlgan deb hisoblanadi. Maxsus ilova yoki uning Bobini (lar) qabul qilgan Ahdlashuvchi tomon unda mavjud boʻlgan amaliy qoʻllash boʻyicha barcha tavsiyalarga agar qabul qilingan vaqtda yoki undan keyin boshqa har qanday vaqtda amaliy qoʻllash boʻyicha Tavsiyalar toʻgʻrisida depozitariyni xabardor qilmasa rioya qilishga rozi boʻlgan deb hisoblanadi, ularga nisbatan milliy qonunchilik qoidalari va ularni amalda qoʻllash boʻyicha tegishli Tavsiyanoma (lar) oʻrtasidagi tafovutlarni koʻrsatuvchi izohlar bildiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maxsus ilova yoki uning Bobi (boblari) boʻyicha majburiyatlarni olishga rozi boʻlgan har bir Ahdlashuvchi Tomon 2-bandning qoidalariga binoan oʻzlarining amaliy qoʻllashdagi Tavsiyalar boʻyicha izohlarini olib tashlash imkoniyatini koʻrib chiqishi kerak va Ahdlashuvchi Tomon uchun shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab har uch yillik muddat oxirida, Kengash Bosh kotibini uning milliy qonun qoidalarini koʻrsatgan holda Izohlarni qaytarib olishga yoʻl qoʻymaydigan, shu kabi oʻrganish natijasi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoidalarni bajarish
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi tomon ushbu Ahdlashuvchi tomon uchun ushbu Ilova (lar) yoki uning Bob (lar) kuchga kirgandan soʻng 36 oy ichida qabul qilingan Bosh ilova va Maxsus ilova (lar) yoki uning Bob (lar) standartlari amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Ahdlashuvchi Tomon ana shu Ahdlashuvchi Tomon uchun Bosh ilova kuchga kirgandan keyin 60 oy ichida Bosh Ilovaning Oʻtish standartlari bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Ahdlashuvchi Tomon qabul qilingan Maxsus ilova (lar) ni yoki ularning Boblarini (larini) amaliy qoʻllash boʻyicha tavsiyalarining ushbu Maxsus ilova (lar) yoki ularning Boblari ushbu Ahdlashuvchi Tomon uchun kuchga kiritilgandan keyin 36 oy ichida agar, ushbu Amaliy tavsiyalarning bittasiga yoki bir nechtasiga izoh berilmagan boʻlsa bajarilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. a) Ushbu moddaning 1 yoki 2-bandlarida koʻzda tutilgan muddat amalda biron bir Ahdlashuvchi Tomon tomonidan Bosh Ilovaning qoidalarini bajarilishini taʼminlash uchun yetarli boʻlmasa, ushbu Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 1 yoki 2-bandlarida koʻrsatilgan muddat tugashiga qadar ushbu muddatni uzaytirish talabi bilan Boshqaruv qoʻmitasiga murojaat qilishi mumkin. Ahdlashuvchi Tomon oʻzining murojaatida Bosh ilova qoidalaridan qaysi biri boʻyicha muddatni uzaytirishni, shuningdek, bunday soʻrovning sabablarini koʻrsatishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Alohida holatlarda, Boshqaruv qoʻmitasi muddatni uzaytirishni taqdim etish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Boshqaruv qoʻmitasining bunday uzaytirishni taqdim etish toʻgʻrisidagi har qanday qarorida bunday qarorni qabul qilish uchun asos boʻlgan alohida holatlarga havola boʻlishi kerak va hech qanday holatda uzaytirish muddati bir yildan oshmasligi kerak. Uzaytirish muddati tugashi bilan, Ahdlashuvchi Tomon depozitariyga nisbatan uzaytirish berilgan qoidalarning bajarilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizolarni hal qilish
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ikki yoki undan ortiq Ahdlashuvchi Tomonlar oʻrtasidagi ushbu Konvensiyani talqin qilish yoki qoʻllash bilan bogʻliq nizolar, imkon qadar, ular oʻrtasidagi muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Muzokaralar davomida yechimini topolmagan har qanday nizolar kelisholmayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan Boshqaruv qoʻmitasiga yuboriladi va ular ushbu nizoni koʻrib chiqadi hamda uni hal qilish boʻyicha tavsiyalar beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Nizolashayotgan Ahdlashuvchi Tomonlar Boshqaruv qoʻmitasining tavsiyalarini majburiy sifatida qabul qilish toʻgʻrisida oldindan kelishib olishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaga tuzatishlar
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqaruv qoʻmitasi tomonidan 6-moddaning 5-bandi (a) (i) va (ii) kichik bandlariga muvofiq Ahdlashuvchi Tomonlarga tavsiya etilgan har qanday tuzatish matni Kengash Bosh kotibi tomonidan barcha Ahdlashuvchi Tomonlarga, shuningdek Ahdlashuvchi Tomon hisoblanmaydigan aʼzo davlatlar Kengashlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Konvensiyaning asosiy matniga kiritilgan tuzatishlar barcha Ahdlashuvchi Tomonlar uchun 12 oy ichida ushbu oʻzgartirishlar tavsiya etilgan Boshqaruv qoʻmitasi yigʻilishida qatnashgan Ahdlashuvchi Tomonlar qabul qilganlik haqidagi hujjatlarni saqlashga topshirgandan keyin bunday oʻzgartirishlar toʻgʻrisida xabar berilgan sanadan boshlab 12 oy ichida biron bir Ahdlashuvchi Tomondan biror bir eʼtiroz olinmaganda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bosh Ilovaga yoki Maxsus Ilovalarga yoki ularning Boblarini oʻzgartirish uchun tavsiya etilgan har qanday tuzatish, tavsiya qilingan tuzatish Ahdlashuvchi Tomonlarga yuborilgan sanadan olti oy oʻtgandan keyin qabul qilingan hisoblanadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) Agar Ahdlashuvchi Tomonning eʼtirozi boʻlmasa yoki Maxsus ilova yoki Bobga kiritilgan oʻzgarishga rozi boʻlgan Ahdlashuvchi Tomon tarafidan Maxsus ilova yoki Bobga oʻzgartirishlar kiritilsa; yoki
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) Ahdlashuvchi Tomon Kengash Bosh kotibiga, tavsiya etilgan oʻzgartirishni qabul qilish niyatiga qaramay, uni qabul qilish uchun zarur shartlar hali bajarilmaganligi toʻgʻrisida xabar bermasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar biron-bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 3-bandi (b) kichik bandida koʻrsatilgan tartibda Kengash Bosh kotibiga xabarnoma yuborsa, u Kengash Bosh kotibiga tavsiya etilgan oʻzgartirishni qabul qilganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaguniga qadar, u ushbu oʻzgartirish boʻyicha oʻz eʼtirozini ushbu moddaning 3-bandida belgilangan olti oylik muddat tugaganidan keyin 18 oy ichida taqdim etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar ushbu moddaning 3-bandi (a) kichik bandi yoki 4-bandiga binoan tavsiya etilgan oʻzgartirishga qarshi chiqish toʻgʻrisida bildirishnoma boʻlsa, bunday oʻzgartirish qabul qilinmagan deb hisoblanadi va kuchga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Agar biron-bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu moddaning 3-bandi (b) kichik bandiga binoan xabarnoma yuborgan boʻlsa, bunday tuzatish quyidagi ikki sananing boshida qabul qilingan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) bunday bildirishnomalarni yuborgan barcha Ahdlashuvchi Tomonlar tavsiya etilgan tuzatishni qabul qilish boʻyicha Kengash Bosh kotibini xabardor qilgan sana, agarda bu sana ushbu moddaning 3-bandida koʻrsatilgan olti oylik muddatning oxirgi sanasi sifatida qabul qilingan boʻlsa, agar barcha bildirishnomalar belgilangan muddat tugagunga qadar qabul qilingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ushbu boʻlimning 4-bandida koʻrsatilgan oʻn sakkiz oylik muddat tugagan sana.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bosh Ilovaga yoki Maxsus Ilovalarga yoki ularning Boblari boʻyicha qabul qilingan har qanday tuzatish, u qabul qilingan sanadan olti oy oʻtgandan keyin yoki tavsiya etilgan tuzatishda boshqacha muddat koʻrsatilgan boʻlsa, ushbu muddat tugashi bilan tuzatish qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kengash Bosh kotibi 3-bandning (a) kichik bandiga binoan tavsiya qilingan tuzatishlarga va ushbu moddaning 3-bandi (b) kichik bandiga binoan qabul qilingan bildirishnomalar toʻgʻrisida Konvensiyaning Ahdlashuvchi Tomonlarini eng qisqa vaqt ichida xabardor qiladi. Keyinchalik, Kengash Bosh kotibi Ahdlashuvchi Tomonlarni ushbu Tomon yoki Tomonlar tavsiya etilgan tuzatishga eʼtiroz bildirganliklari yoki qabul qilganliklari toʻgʻrisida bildirishnomalarni yuborganligi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiyaning 15-moddasida koʻrsatilgan oʻzgartirish tartibidan qatʼi nazar, Boshqaruv qoʻmitasi amaliy dastur boʻyicha har qanday Tavsiyani oʻzgartirish yoki uning har qanday Maxsus ilovasida yoki Bobida amaliy dastur boʻyicha yangi tavsiyalarni kiritish uchun 6-moddaga muvofiq qaror qabul qilishi mumkin. Har bir Ahdlashuvchi Tomon Kengash Bosh kotibi tomonidan Boshqaruv qoʻmitasining muhokamalarida ishtirok etish uchun taklif qilinadi. Amaliy qoʻllash boʻyicha yuqorida qabul qilingan qarorga tegishli har qanday oʻzgartirish yoki yangi Tavsiyaning matni Kengash Bosh kotibi tomonidan Ahdlashuvchi Tomonlarga va ushbu Konvensiyaning Ahdlashuvchi tomoni boʻlmagan Kengashning aʼzo davlatlariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu moddaning 1-bandiga binoan qabul qilingan qaror amaliy qoʻllanilishi uchun har qanday tuzatish yoki yangi tavsiyalarning qoʻshilishi ular Kengash Bosh kotibi tomonidan taqdim etilgan sanadan olti oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi. Oʻzgartirish yoki amaliy qoʻllash uchun yangi Tavsiyalarni oʻz ichiga oladigan Maxsus ilova yoki uning Boblari boʻyicha majburiyatlarni olishga rozi boʻlgan har bir Ahdlashuvchi Tomon ushbu Konvensiyaning 12-moddasida nazarda tutilgan tartibda oʻz izohini bermasa, ushbu oʻzgartishlar yoki amaliy qoʻllash boʻyicha yangi Tavsiyalarni qabul qilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amal qilish muddati
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya muddati cheklanmagan, ammo har qanday Ahdlashuvchi Tomon uni ushbu Konvensiyaning 18-moddasiga muvofiq kuchga kirgan sanadan keyin istalgan vaqtda bekor qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bekor qilish toʻgʻrisidagi bildirishnoma yozma ravishda taqdim etiladi va depozitariyga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Bekor qilish bu toʻgʻrisidagi hujjatni saqlash uchun depozitariy tomonidan olingan sanadan olti oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 2 va 3-bandlari qoidalari Maxsus ilovalarga yoki ularning Boblariga nisbatan ham qoʻllaniladi, ularga muvofiq har qanday Ahdlashuvchi Tomon ular kuchga kirgandan keyin istalgan vaqtda qabul qilish uchun roziligini qaytarib olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Konvensiyadagi Bosh Ilovani qabul qilishga roziligini rad etgan har qanday Ahdlashuvchi Tomon ushbu Konvensiyani bekor qilgan deb hisoblanadi. Bunday hollarda 2 va 3-bandlar ham qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V BOB
Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning kuchga kirishi
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya ushbu Konvensiyaning 8-moddasi 1 va 5-bandlarida eslatib oʻtilgan beshta tashkilot ratifikatsiya shartlarisiz yoki oʻzlarining ratifikatsiya yorliqlari yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi hujjatlarni saqlash uchun topshirgandan keyin uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Konvensiya har qanday Ahdlashuvchi Tomon uchun 8-moddaning qoidalariga muvofiq Ahdlashuvchi Tomon maqomini olgan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Konvensiya har qanday Maxsus ilovasi yoki uning Bobi beshta Ahdlashuvchi Tomonlar tarafidan yuqoridagi Maxsus ilova va Bob qabul qilingan kundan boshlab uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu moddaning 3-bandiga muvofiq har qanday Maxsus ilova yoki uning Boblari kuchga kirgandan soʻng, ushbu Maxsus ilova yoki uning Boblari har qanday Ahdlashuvchi Tomon uchun uning qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma olganidan uch oy oʻtgandan keyin kuchga kiradi. Biroq, Maxsus ilovalar yoki uning Boblarining hech biri har qanday Ahdlashuvchi Tomonga ushbu Ahdlashuvchi Tomon uchun ushbu Konvensiya kuchga kirgunga qadar kuchga kirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning depozitariysi
19-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Konvensiya, shartlar asosidagi yoki shartlarsiz ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi barcha imzolar hamda ratifikatsiya yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi barcha hujjatlar Kengash Bosh kotibi tomonidan saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Depozitariy quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(a) ushbu Konvensiyaning asl matnlarini qabul qiladi va ularning saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(b) ushbu Konvensiyaning asl matnlarining tasdiqlangan nusxalarini tayyorlaydi va ularni Ahdlashuvchi Tomonlarga va Kengashga aʼzo mamlakatlarga, Ahdlashuvchi Tomonlar hisoblanmaydiganlarga, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibiga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(c) Ushbu Konvensiyaga shartlar asosidagi yoki shartlarsiz ratifikatsiya qilish yoki qoʻshilish toʻgʻrisidagi barcha imzolarni qabul qiladi, shuningdek ushbu Konvensiyaga tegishli har qanday hujjatlar, bildirishnomalar va xabarlarni qabul qiladi va saqlanishini taʼminlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(d) ushbu Konvensiyaga aloqador boʻlgan imzolar yoki har qanday hujjatlar, bildirishnomalar yoki xabarlar yaxshi holatdaligini va tegishli shakldaligini oʻrganadi va zarur boʻlganda bu masalani tegishli Ahdlashuvchi Tomonning eʼtiboriga yetkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(e) Ahdlashuvchi Tomonlarni va Kengashga aʼzo mamlakatlarni, Ahdlashuvchi Tomonlar hisoblanmaydiganlarni, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibini quyidagilar toʻgʻrisida xabardor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilovalar va Boblarni imzolash, ratifikatsiya qilish, qoʻshilish va qabul qilish ushbu Konvensiyaning 8-moddasiga muvofiq bajarilganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv Qoʻmitasi ushbu Konvensiyaga kiritishni tavsiya etadigan Bosh Ilovaning yangi Boblari va yangi Maxsus ilovalari yoki ularning Boblari toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konvensiyaning, Bosh Ilovaning va har bir Maxsus Ilovaning yoki uning Boblarining Konvensiya 18-moddasiga muvofiq kuchga kirish sanasi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konvensiyaning 8, 10, 11, 12 va 13-moddalariga muvofiq olingan bildirishnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ahdlashuvchi Tomonlar maʼlum bir Ilovalar / Boblarni qabul qilish boʻyicha roziliklarining qaytarib olinganligi toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konvensiyaning 17-moddasiga muvofiq bekor qilish toʻgʻrisida; va
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Konvensiyaning 15-moddasiga muvofiq qabul qilingan har qanday tuzatish va uning kuchga kirish sanasi toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Agar biron-bir Ahdlashuvchi Tomon va depozitariy oʻrtasida oʻz vazifalarini bajarishi borasida kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, depozitariy yoki ushbu Ahdlashuvchi Tomon ushbu Konvensiyani imzolagan boshqa Ahdlashuvchi Tomonlar va Tomonlarga yoki vaziyatga qarab, Boshqaruv qoʻmitasi yoki Kengash eʼtiboriga yetkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyani roʻyxatdan oʻtkazish va matnlarning haqiqiyligi
20-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining 102-moddasiga muvofiq, ushbu Konvensiya Kengash Bosh kotibining iltimosiga binoan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbuni tasdiqlab, tegishlicha vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar ushbu Konvensiyani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kioto shahrida ming toʻqqiz yuz yetmish uchinchi yilning oʻn sakkizinchi may kuni ingliz va fransuz tillarida tuzildi, ikkala matn ham bir xil kuchga ega, bitta nusxada Kengashning Bosh kotibiga saqlash uchun topshiriladi va tasdiqlangan nusxalarini ushbu moddaning 8-moddasi 1-bandida koʻrsatilgan barcha shaxslarga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)