ILOVA
|
T/r |
Tadbir nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddati |
Parlament ishchi guruhidan masʼullar |
Vazirlik va idoralardan masʼullar |
|
I. Hamkorlikni huquqiy tartibga solish | |||||
|
1. |
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatishning huquqiy asoslarini oʻrganish va ekspertizadan oʻtkazish. |
1. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tuzilishi, faoliyat yoʻnalishlarining huquqiy asosini tashkil qiluvchi meʼyoriy hujjatlarni oʻrganish va tahlil qilish. 2. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo hamda kuzatuvchi maqomidagi davlatlarning iqtisodiy hamkorlikka integratsiyalashuviga doir qonunchilik bazasi bilan yaqindan tanishish va tahliliy xulosalar tayyorlash. |
iyul |
A. Saidov (nazorat) Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (J. Shirinov) Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi (Sh. Nazarov) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Adliya vazirligi (R. Davletov) |
|
II. Iqtisodiy va moliyaviy siyosat | |||||
|
2. |
Oʻzbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kuzatuvchi maqomida ittifoqning makroiqtisodiy va moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirish tadbirlarida ishtirok etish va amalga oshirilgan ishlar natijadorligining tahlili. |
Parlament ishchi guruhi yigʻilishida mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan olib borilayotgan ishlar tahlilini dastlabki tarzda muhokama etishga qaratilgan davra suhbati oʻtkazish. |
aprel |
A. Xaitov (nazorat) Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi (Sh. Nazarov) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov) Moliya vazirligi (O. Isoqov) Markaziy bank (B. Xamrayev) |
|
3. |
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish hamda investitsiyalarni jalb etishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar ijrosini tahlil qilish. |
Mutasaddi vazirliklar tomonidan eksport salohiyatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar natijalari masʼul qoʻmitaning kengaytirilgan yigʻilishida muhokama qilinadi. |
may |
A. Xaitov Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi (D. Axmedov) Xalqaro ishlar va parlamentlararo munosabatlar qoʻmitasi (N. Jumayev) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Investitsiya va tashqi savdo vazirligi (L. Qudratov) Eksportni ragʻbatlantirish agentligi (U. Murodov) Davlat bojxona Qoʻmitasi (M. Azimov) |
|
4. |
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish yuzasidan hamkorlik oʻrnatish. |
1. “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish yuzasidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar tajribalarini tahlil qilish. 2. “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish boʻyicha davra suhbati oʻtkazish. |
iyul |
A. Xaitov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi (A. Qurbonov) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri (J. Qoʻchqorov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (S. Umurzoqov) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (A. Maqsudov) Innovatsion rivojlantirish vazirligi (A. Abduraxmonov) |
|
III. Sanoat va savdo siyosati | |||||
|
5. |
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil qilish. |
1. Davra suhbatida quyidagi mavzular muhokama qilinadi: har bir integratsiya jarayoni iqtisodiyotning sanoat tarmoqlari kooperatsiyasini Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan rivojlantirish, raqobat muhitini keskin kuchaytirishga sabab boʻluvchi omillar; mamlakatimiz sanoatida lokomotiv korxonalarning keskin raqobat muhitida faoliyat yuritishga tayyorlik darajasiga oid masalalarga eʼtibor qaratiladi. 2. Davra suhbati yakunida asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. |
mart |
A.Xaitov Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi (V. Muratkabilov) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Savdo sanoat palatasi (A. Ikramov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (J. Koʻchqorov) Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) boshqa vazirlik va idoralar |
|
6. |
Oʻzbekiston Respublikasida texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash sohasidagi milliy qonunchilikni Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari qonunchiligiga moslashtirish va uygʻunlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ijrosining tahlili. |
1. “Oʻzstandart” agentligi tomonidan ishlab chiqilgan “yoʻl xaritasi”ning ijrosini masʼul qoʻmitaning kengaytirilgan yigʻilishida muhokama qilish. 2. Muhokama yakunlari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. 3. Umumlashgan taklif va tavsiyalarni Ishchi guruhi yigʻilishida muhokama qilish. |
may |
A. Xaitov Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi (V. Muratkabilov) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti |
“Oʻzstandart” agentligi (D. Sattarov) Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) Savdo sanoat palatasi (A. Ikramov) boshqa vazirlik va idoralar |
|
IV. Qishloq xoʻjaligi va agrosanoat | |||||
|
7. |
Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi va agrosanoat majmuasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan oʻzaro munosabatlarining joriy holati tahlili va istiqbollarining muhokamasi. |
Mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili. Bunda: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlarning qishloq xoʻjaligi sohasidagi oʻzaro munosabatlarining Oʻzbekiston Respublikasining Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, sohaning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan imkoniyatlarni aniqlash kabi masalalarni qoʻmitaning kengaytirilgan yigʻilishida muhokama qilish hamda yigʻilish yakunlari boʻyicha asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. |
aprel- may |
A. Xaitov Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi (R. Mamutov) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (F. Sidikov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Sh. Mirzayev) Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi (A. Akbarov) |
|
8. |
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining oʻsimliklar karantini, fito-sanitar va veterinar nazorati talablaridan kelib chiqib mavjud toʻsiqlarni bartaraf etishga oid tadbirlarmuhokamasi. |
Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi talablari va xorijiy tajriba asosida oʻsimliklar karantinini joriy etishning huquqiy va tashkiliy jihatlarini tahlil etish; fito-sanitar va veterinar nazoratni joriy etish yuzasidan koʻriladigan choralar boʻyicha takliflar ishlab chiqish masalalarini qoʻmitaning kengaytirilgan yigʻilishida muhokama qilish hamda yigʻilish yakunlari boʻyicha asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. |
aprel- iyun |
A. Xaitov Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi (R. Mamutov) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi (I. Xushvaqtov) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
“Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi (I. Ergashev) Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) vazirlik va idoralar |
|
V. Taʼlim, fan va madaniy aloqalarni rivojlantirish | |||||
|
9. |
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan Oʻzbekistonning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalariga sifatli kadrlar tayyorlab berish, malakasini oshirish va tajriba almashish amaliyotini yanada kengaytirish. |
Tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlarda fan, taʼlim sohalaridagi raqobat ustunliklarini oʻrganish; sohalar boʻyicha kadrlar malakasini oshirish va ularning tajriba almashish amaliyotini joriy etish yuzasidan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan oʻzaro kelishuvlarga oid hujjatlar ishlab chiqish boʻyicha takliflar tayyorlash; Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan hamkorlikda sifatli kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va tajriba almashish amaliyotini yangi bosqichga olib chiqishga oid davra suhbati oʻtkazish. |
may |
U.Inoyatov Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi (E. Zoxidov) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Tashqi ishlar vazirligi (E. Hamroyev) Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov) boshqa tegishli vazirlik va idoralar |
|
VI. Mehnat migratsiyasi | |||||
|
10. |
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida Oʻzbekistonlik mehnat muhojirlarining huquqiy maqomi va ijtimoiy himoyasini taʼminlash chora-tadbirlari muhokamasi. |
1. Qoʻmita yigʻilishida: mehnat migratsiyasiga oid Hukumatlararo ishchi guruhini tuzish va belgilangan tartibda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlari bilan kelishish taklifini ishlab chiqish, boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarning takliflarini umumlashtirish; mehnat migrantlarini ishga joylashtirish, ish haqi toʻlash va boshqa imtiyozlar berishning amaldagi qonuniy asoslari va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflarini muhokama qilish. 2. Yigʻilish yakunida asoslanitirilgan xulosalar tayyorlash. |
aprel- may |
U. Inoyatov Mehnat va ijtimoiy masalalar qoʻmitasi (M. Xodjayeva) Xalqaro ishlar va parlamentlararo munosabatlar qoʻmitasi (Q. Djurayev) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N. Xusanov) Tashqi ishlar vazirligi (E. Hamroyev) Vazirlar Mahkamasi Bosh vazir maslahatchisi (M. Xayriddinov.) |
|
VII. Sogʻliqni saqlash | |||||
|
11. |
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan sogʻliqni saqlash sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasini oʻrganish. |
1. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan sogʻliqni saqlash sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini chuqur oʻrganish. 2. Oʻrganish yakunlari yuzasidan takliflar tayyorlash. 3. Takliflarda: yetakchi tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining filiallari va qoʻshma fakultetlarini ochish; Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlarning tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida tor soha mutaxassislarini tayyorlash maqsadida oʻzbekistonlik istiqbolli yoshlarning ushbu taʼlim muassasalarida tahsil olishini yoʻlga qoʻyish; oʻzbekistonlik shifokorlarning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlardagi yetakchi ilmiy muassasalarida malaka oshirishlarini tashkil etish kabi muhim masalalarni nazarda tutish. |
avgust |
Fuqarolarni sogʻligini saqlash masalalari qoʻmitasi (E. Borisova) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Sogʻliqni saqlash vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (U. Begimqulov), “El-yurt umidi” jamgʻarmasi |
|
12. |
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan koronavirusga qarshi kurashish borasida oʻzaro tajriba almashish. |
1. COVID-19 boʻyicha profilaktika, diagnostika, davolash va reabilitatsiya masalalari yuzasidan tibbiy protokollar bilan almashinish. 2. COVID-19ni davolash borasida tajriba almashinish maqsadida tibbiyot xodimlarining malaka oshirishlarini uyushtirish. 3. COVID-19ga qarshi vaksinani ishlab chiqish borasida hamkorlik qilish. |
sentabr |
Fuqarolarni sogʻligini saqlash masalalari qoʻmitasi (E. Borisova) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati (B. Yusupaliyev) |
|
13. |
Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish borasida hamkorlikni jadallashtirish. |
1. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan farmatsevtika sanoatini rivojlantirish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganish. 2. Oʻrganish yakunlari yuzasidan takliflar tayyorlash. 3. Takliflarda: Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan farmatsevtika sohasida oʻzaro tajriba almashish. Bunda, farmatsevtika sohasidagi mutaxassislarning yetakchi ilmiy muassasalar va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlarini yoʻlga qoʻyish; farmatsevtika kompaniyalari bilan qoʻshma korxonalarni tashkil etish orqali dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni kengaytirish; farmatsevtika sohasi uchun kadrlar tayyorlashda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini oʻrganish kabi muhim masalalarni nazarda tutish. |
oktabr |
Fuqarolarni sogʻligini saqlash masalalari qoʻmitasi (E. Borisova) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Sogʻliqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi |
|
VIII. Energetika va infrastruktura | |||||
|
14. |
Atom energiyasi, qayta tiklanuvchi hamda muqobil energiya resurslarini ishlab chiqarishda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish. |
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan hamkorlikda atom elektrostansiyasini Oʻzbekistonda qurish, qayta tiklanuvchi hamda muqobil energiya resurslarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish istiqbollariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazish. |
may |
A. Qodirov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi (Z. Ibragimova) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Energetika vazirligi, (A. Sultonov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, (L. Qudratov) |
|
IX. Transport | |||||
|
15. |
“Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi imkoniyatlaridan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasi uchun yangi transport yoʻlaklari (koridorlari)ni tashkil qilish” mavzusida seminar oʻtkazish. |
Seminarda: mintaqa davlatlarining xalqaro transport yoʻlaklariga integratsiyalashuvini takomillashtirish; transport tizimini raqamlashtirish boʻyicha ilgʻor axborot texnologiyalarini jalb qilish; mintaqada transport-logistika sohasini umumiy rivojlantirish boʻyicha mintaqaviy dasturlar, loyihalar va strategik ahamiyatga ega hujjatlarni qabul qilish masalalariga eʼtibor qaratiladi. Tadbir yakunida asoslantirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. |
aprel |
A.Qodirov Xalqaro ishlar va parlamentlararo munosabatlar qoʻmitasi (D.Fayziyeva) Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi (V.Muratkabilov) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Transport vazirligi (I.Maxkamov) |
|
X. Axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari | |||||
|
16. |
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlantirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalariga oid axborot almashish tizimini joriy etish. |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda: milliy raqamli infratuzilmani “2025-yilgacha Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining raqamli kun tartibi”ga moslashish istiqbolini koʻrib chiqish; Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi aʼzolari tomonidan amalga oshiriladigan “Raqamli sanoat korporatsiyasi”, “Raqamli savdo”, “Raqamli transport koridorlari”, “Raqamli qishloq xoʻjaligi”, “Chegarasiz mehnat”, “Transchegaraviy ishonch makoni” va “Raqamli kuzatish” loyihalarida samarali ishtirok etish. milliy raqamli infratuzilma holati va uning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining tegishli elektron maydonchalariga moslashish istiqbollarining taqdimotini oʻtkazish. Oʻzbekiston Respublikasi vaYevroosiyo iqtisodiy ittifoqining elektron resurslarini uygʻunlashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni muhokama qilish. |
dekabr |
A. Qodirov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi (Z. Ibragimova) Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi (I. Abdullayev) Oliy Majlis huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti (F. Otaxonov) |
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri (Sh. Sadikov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, (S. Umurzakov) Transport vazirligi, (I. Mahkamov) Qishloq xoʻjaligi vazirligi, (J. Xodjayev) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, (N. Xusanov) Davlat soliq qoʻmitasi, (Sh. Kudbiyev) Davlat bojxona qoʻmitasi (M. Azimov) |