Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 02.04.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1463
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.04.00 Pul mablagʻlari, valyuta, past baholi va tez emiriluvchi predmetlarning hisobi]
[TSZ:
1.Moliya / Buxgalteriya hisobi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori

YURIDIK SHAXSLARGA SOLIQLAR, BOJXONA VA MAJBURIY TOʻLOVLARNI BYDJETGA TOʻLASH BOʻYICHA BERILGAN IMTIYOZLARNI RASMIYLASHTIRISH VA BUXGALTERIYA HISOBIDA AKS ETTIRISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 2-aprelda 1463-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 29-noyabrdagi 196-son va Soliq qoʻmitasining 2024-yil 28-noyabrdagi 2024-22-sonli “Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona toʻlovlari va yigʻimlar boʻyicha berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3590, 25.12.2024-y.) asosan 2025-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizom (yangi tahrirda) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2002-yil 19-apreldagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 52-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining 2002-21-sonli, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 02/8-6-sonli “Budjetga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlar boʻyicha yuridik shaxslarga berilgan imtiyozlarni buxgalteriya hisobida aks ettirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (2002-yil 25-iyun, roʻyxat raqami 1155 — Meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 11-son) kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,

2005-yil 24-fevral,

29-son

Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-25-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi B. MATLYUBOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 24-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01-02/8-3-son

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan 2005-yil 24-fevralda, 29, 2005-25, 01-02/8-3-son qaror bilan “TASDIQLANGAN”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom

(yangi tahriri)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga, “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga, “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasiga muvofiq va yuridik shaxslar tomonidan budjetga toʻlanadigan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni (keyingi oʻrinlarda — soliqlar va bojxona imtiyozlari) rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirishning yagona tartibini belgilash maqsadida ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun hujjatlariga muvofiq soliqlar va bojxona imtiyozlari berilgan, mulkchilik shaklidan, faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi barcha birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga (keyingi oʻrinlarda — xoʻjalik yurituvchi subyektlar) taalluqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yoʻnaltirish sharti bilan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda budjetga toʻlanadigan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlar hisoblanmaydi va mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Soliqlar va bojxona imtiyozlari boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yoʻnaltirish sharti bilan berilganda soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga hisoblash qonun hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:

a) bojxona boji, aksiz soligʻi, QQS va hokazo turlari boʻyicha hisoblangan bojxona toʻlovlari summalari, ular imtiyoz berilganligi sababli budjetga toʻlanmaydi degan belgi qoʻyilgan holda bojxona yuk deklaratsiyasining 47- va “V” ustunlarida koʻrsatiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soliq imtiyozlari berilgan, budjetga hisoblangan soliqlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar, toʻlovchi roʻyxatga olingan joydagi soliq organlariga belgilangan shakllar va muddatlarga muvofiq taqdim etiladi. Mahsulot (tovar, ishlar, xizmatlar) va boshqa aktivlar realizatsiya qilinayotganda soliq solinadigan aylanmaga hisoblangan QQS (QQS toʻlovchilar uchun) va aksiz soligʻi (aksizli tovarlar (mahsulotlar) sotilganda) summasi ajratilgan holda schyot-faktura yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlari berilganda hisoblagan bojxona toʻlovlari, soliqlar (mazkur soliq toʻlovchilari uchun QQS, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq hisobga qabul qilinadigan aksiz soligʻidan tashqari) va budjetga majburiy toʻlovlar qonun hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQS toʻlovchisi hisoblangan va QQS boʻyicha imtiyozga ega boʻlgan korxonalar xarid qilinadigan (shu jumladan import qilinadigan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) boʻyicha QQS summasini xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda budjetga toʻlanadigan QQSni aniqlashda qoplashga qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz ehtiyojlari uchun foydalaniladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda xarid qilish qiymati boʻyicha QQS va aksiz soligʻi summasi qoʻshilgan holda aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aksiz soligʻi boʻyicha imtiyoz berilayotganida qonun hujjatlariga muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻi toʻlovchilari hisoblangan korxonalar xarid qilingan (shu jumladan import qilinayotgan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) boʻyicha aksiz soligʻi summasini ularning xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda budjetga toʻlanadigan aksiz soligʻini aniqlashda qoplashga qabul qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Soliq va bojxona imtiyozlari miqdori belgilangan tartibda budjetga hisoblangan soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan soliq va bojxona imtiyozlarining buxgalteriya hisobi 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida, berilgan soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari boʻyicha yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq va bojxona imtiyozlarini hisoblayotganda batafsil hisobga olish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ishchi schyotlar rejasida quyidagi schyotlar ochiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) budjetga boʻnak toʻlovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400) guruhida “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) budjetga toʻlovlar boʻyicha qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6400) guruhida “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sugʻurta boʻyicha va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar boʻyicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) guruhida “Davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlovlar — soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) turli kreditorlardan qarzni hisobga oluvchi schyotlar (6900) guruhida “Importda QQS va aksizlar boʻyicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Soliq va bojxona imtiyozlari buxgalteriya hisobida quyidagi tartibda aks ettiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) qonun hujjatlariga muvofiq tovar-moddiy zaxiralar, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni, shu jumladan import qilinadiganlari xarid qilinayotganda xarid qiymatiga kiritiladigan, umumbelgilangan tartibda hisoblangan soliqlar va bojxona toʻlovlari summasiga (mazkur soliq toʻlovchilari uchun QQS, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻidan tashqari):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet kapital qoʻyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800), oʻrnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700), tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlar (1000 — 2900);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;

b) Oʻzbekiston Respublikasi hududida tovar-moddiy zaxiralarni sotib olganda ushbu soliqni toʻlovchilar uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻi summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;

kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” yoki 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” schyotlari yoki turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) import boʻyicha tovar-moddiy zaxiralarni sotib olganda ushbu soliqni toʻlovchilar uchun QQSdan, shuningdek qonunchilikda oʻrnatilgan tartibda qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻi summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Importda QQS va aksiz boʻyicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) tovar-moddiy zaxiralarini importidagi QQS va aksiz soligʻini toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshayotgan mablagʻlar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Importda QQS va aksiz boʻyicha hisoblangan soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti;

d) mahsulot (ish, xizmat)larni sotganda hisoblangan QQS, aksiz soligʻi summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar”, 4120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlaridan olinadigan schyotlar” schyotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) oldin hisoblangan QQS va qonunchilikka muvofiq qoplashga qabul qilinadigan aksiz soligʻini qoplashga qabul qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;

kredit “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mahsulot (ish, xizmat) larni sotishdagi QQS va aksiz soligʻini toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshayotgan mablagʻlar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 8840 “Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan QQS summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi schyotlar (9200);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) qonunchilikka muvofiq davr xarajatlariga olib boriladigan umumoʻrnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy toʻlovlar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar — soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) xoʻjalik yurituvchi subyektlarning foydasi hisobiga olib boriladigan umumoʻrnatilgan tartibda hisoblangan soliq va budjetga majburiy toʻlovlar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet soliqlar va yigʻimlarni toʻlash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi schyotlar (9800);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) soliqlar, bojxona va budjetga majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ozod qilinishi natijasida boʻshayotgan mablagʻlar summasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Budjetga toʻlovlar boʻyicha qarz — soliq va bojxona imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet “Maqsadli davlat jamgʻarmalariga toʻlovlar — soliq imtiyozlari (turlari boʻyicha)” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyotida hisobga olingan soliq va bojxona imtiyozlari natijasida boʻshayotgan mablagʻlarni summasi quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olishga, kredit va qarzlarni qoplashga, asosiy vositalarni rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilganda, imtiyozli davr koʻrsatilgan hollarda — muddatlarning eng kami boʻyicha: imtiyozli davr tugaganda yoki haqiqatdan foydalanilganda, imtiyozli davr koʻrsatilmagan hollarda esa — har yili:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti;

kredit “Soliq va bojxona imtiyozlari”ni ajratgan holda 8530 “Tekinga olingan mulk” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) joriy majburiyatlarni vujudga kelishiga olib keladigan joriy xarajatlarni qoplashga yoʻnaltirilganda (masalan: ish haqi, ijara, maqsadli davlat jamgʻarmalariga ajratmalar hisoblanganda va boshqalar):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
debet 8840 “Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari” schyoti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar” yoki 6120 “Shuʼba va qaram xoʻjalik jamiyatlariga toʻlanadigan schyotlar” yoki 6710 “Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar” schyotlari yoki turli kreditorlarga boʻlgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-§. Boʻshayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmaganda soliq va bojxona imtiyozlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Soliq va bojxona imtiyozlari berilganda boʻshayotgan mablagʻlar summalari, agar ulardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan boʻlsa, buxgalteriya hisobining balans schyotlarida aks ettirilmaydi va shu munosabat bilan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotda (2-son shakl) aks ettirilmaydi va, tegishlicha, moliyaviy natijalarni shakllantirishga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlarida boʻshayotgan mablagʻlarning lozim darajadagi buxgalteriya hisobini taʼminlash maqsadida, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan boʻlsa, budjetga toʻlanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy toʻlovlar boʻyicha “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” alohida balansdan tashqari schyoti ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetga toʻlanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy toʻlovlar boʻyicha hisoblangan, boʻshagan mablagʻlar summasi umumbelgilangan tartibda mazkur schyotlar debeti boʻyicha aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Imtiyoz berilgan davr tugaganidan soʻng “Vaqtinchalik soliq va bojxona imtiyozlari” balansdan tashqari schyotlari debetida hisobga olinadigan boʻshagan mablagʻlar summasi ushbu schyotlar kreditiga hisobdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Doimiy soliq va bojxona imtiyozlarida boʻshayotgan mablagʻlar, agar ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan boʻlsa, budjetga toʻlanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy toʻlov boʻyicha moliyaviy hisobotga tushuntirish xatida yoritib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-§. Hisob-kitoblarni taqdim qilish muddatlari va xoʻjalik yurituvchi subyektlarning javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Soliq va bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshagan mablagʻlardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar har yili yillik moliyaviy hisobotga qoʻshib davlat soliq xizmati organlariga mazkur nizomga 1-son ilovaga muvofiq shaklda ulardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisob-kitobni taqdim qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mablagʻlardan maqsadga muvofiq foydalanilmaganligi va soliq va bojxona imtiyozlari natijasida boʻshagan mablagʻlar hisobiga xarid qilingan aktivlarning imtiyozli davr tugashiga qadar boshqalarga berilishi (sotilishi) dalillari aniqlanganda ushbu mablagʻlar jarima jazosini qoʻllab, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisobga olingan holda budjetga undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar hisob-kitoblar toʻgʻri boʻlishi va oʻz vaqtida taqdim etilishi uchun javobgardir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblar taqdim etilmagan yoki oʻz vaqtida taqdim etilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq moliyaviy jazo qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-§. Davlat bojxona va soliq xizmatlari organlari tomonidan nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Hududiy soliq organlari taqdim etilgan hisob-kitoblar asosida boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan soliq imtiyozlari berilgan, shuningdek boʻshayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan soliq imtiyozlari boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari rasmiylashtirilgan BYDlar asosida boʻshayotgan mablagʻlarni maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirish sharti bilan bojxona imtiyozlari berilgan, shuningdek boʻshayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan bojxona imtiyozlari boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuritadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Davlat bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmalari har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kunigacha, maʼlumot uchun Davlat soliq qoʻmitasining hududiy boshqarmalariga (import qiluvchilarning yuridik manzillari boʻyicha) mazkur nizomga 2 va 3-son ilovalarga koʻra shakl boʻyicha bojxona imtiyozlari berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini yuboradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestrda xoʻjalik yurituvchi subyektning STIRi, KTUT kodi, nomi va yuridik manzili, bojxona imtiyozlari berilishiga asos boʻlgan meʼyoriy-huquqiy hujjatning nomi, raqami va sanasi, bojxona yuk deklaratsiyasining raqami, tovar turi, maqsadli vazifalarni bajarishga yoʻnaltirilgan, shuningdek boʻshayotgan mablagʻlardan maqsadli foydalanishni nazarda tutmaydigan bojxona toʻlovlari turlari boʻyicha berilgan bojxona imtiyozlari summasi koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, davlat maqsadli jamgʻarmalari har chorakda, hisobot oyidan keyingi oyning 25-kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanadigan, ularga doir imtiyozlar beriladigan, hisoblab yozilgan soliqlar, majburiy toʻlovlar summasi toʻgʻrisida maʼlumotlarni taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat bojxona qoʻmitasi har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 20-kuniga qadar, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga viloyatlar boʻyicha bojxona toʻlovlari turlariga doir berilgan imtiyozlar toʻgʻrisida, shuningdek har chorakda — bojxona imtiyozlari berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha bojxona toʻlovlari turlariga doir maʼlumotlarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomga (yangi tahrirda) 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
__________________________________ (hisob-kitob qabul qiladigan idoraning nomi) __________________________________ (korxonaning toʻliq nomi) ________________________________________________ (Javobgar (ijrochi) shaxs familiyasi) Tel.: _____________ faks: ___________
Qabul qilgan idora muhri yoki belgisi Olindi 20 __ y. “___” __________
Soliq, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlashdan ozod etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisob-kitob
______________________________ (hisobot davri)
T/r
Toʻlovlarning nomi
Summa
Asos, imtiyoz davri
1.
2.
Jami summaga
Belgilangan maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlar jami
Shu jumladan, quyidagi maqsadlarga:
20___ y. “____” _______________ (taqdim qilingan sana )
Rahbar Bosh buxgalter
(imzo) (imzo)
M.Oʻ.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomga (yangi tahrirda) 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshagan mablagʻlarni maqsadli foydalanish nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestri

Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va yuridik manzili
Imtiyoz berishga asos boʻlgan meʼyoriy hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi
BYD t/r
Tovar nomi va TIF TN boʻyicha kodi
Bojxona toʻlovlarining turlari boʻyicha berilgan imtiyozlar summasi (sumda)
bojxona boji
aksiz
QQS
bojxona yigʻimi
jami

Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisida nizomga (yangi tahrirda) 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boʻshagan mablagʻlarni maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan bojxona imtiyozlari berilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
reyestri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va yuridik manzili
Imtiyoz berishga asos boʻlgan meʼyoriy hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi
BYD t/r
Tovar nomi va TIF TN boʻyicha kodi
Bojxona toʻlovlarining turlari boʻyicha berilgan imtiyozlar summasi (sumda)
bojxona boji
aksiz
QQS
bojxona yigʻimi
jami
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 26.07.2023-y., 10/23/3448/0539-son)