1-ILOVA
2-ILOVA
|
T/r |
Koʻrsatkichlar nomi |
Oʻlchov birligi |
2020-yil (amalda) |
2021-yil |
2022-yil |
2023-yil |
|
1. |
Erkin muomaladagi qimmatli qogʻozlarga asoslangan bozor kapitallashuvi |
trln soʻm |
1,9 |
4,9 |
14,5 |
45 |
|
2. |
Erkin muomaladagi qimmatli qogʻozlarning umumiy qiymati |
Foizda (YAIMga nisbatan) |
0,3 |
0,7 |
1,9 |
5 |
|
3. |
Korporativ obligatsiyalarning umumiy qiymati |
trln soʻm |
0,16 |
0,75 |
1,88 |
3,94 |
|
Foizda (YAIMga nisbatan) |
0,03 |
0,1 |
0,3 |
0,5 | ||
|
4. |
“Moliya va investitsiya savodxonligi” dasturi asosida qamrab olinadigan aholi va tadbirkorlik subyektlari soni |
nafar |
– |
5 000 |
20 000 |
40 000 |
|
5. |
Investitsiya hisob raqamlari soni |
yil davomida faol boʻlgan depo hisobvaraqlar |
4 000 |
6 000 |
10 000 |
20 000 |
|
6. |
Hududiy investitsiya dasturlari doirasidagi loyihalarning qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismi |
foizda (hududiy investitsiya dasturi qiymatiga nisbatan) |
– |
1 |
3 |
5 |
3-ILOVA
|
T/r |
Chora-tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish shakli |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Emitentlar sonini koʻpaytirish, yangi moliyaviy mahsulotlar va korporativ boshqaruvni takomillashtirish orqali taklifni oshirish | |||||
|
1. |
Davlat aksiyalar paketini sotish jarayonini takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
1. Kompaniyalarning bozorga kirishga tayyorligi, listingga kiritilgunga qadar korporativ transformatsiyasi orqali davlat aksiyalar paketini belgilangan tartibda sotish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021-yil avgust |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank |
|
2. Davlat aksiyalar paketini sotishni asosan mahalliy kapital bozorida amalga oshirish, respublikaga xorijiy investorlarni jalb qilgan holda, anderrayter tavsiyasiga koʻra mahalliy emitentlar oʻz aksiyalarini dastlab respublika fond birjasida joylashtirgandan soʻng xorijiy fond bozorlarida joylashtirish tartibini qoʻllash. |
Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi |
2021-yil sentabr | |||
|
3. Aksiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirishga toʻsqinlik qilmaydigan davlat ishtirokidagi korxonalarning sotib olinadigan aksiyalari boʻyicha cheklovlarni belgilash, institutsional investorlar uchun faqat birlamchi (IPO) va ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif bilan kapital bozorida savdoni amalga oshirish orqali oʻz ulushini yanada oshirish imkoniyatini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil noyabr | |||
|
4. Davlat aksiyalar paketini sotish jarayonini qoʻllab-quvvatlash uchun donorlarning texnik koʻmagini keng jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust | |||
|
2. |
Aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish. |
1. Barcha aksiyadorlik jamiyatlarida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) korporativ boshqaruv tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan takliflar kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil mart |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
2. Aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlarining mustaqil aʼzolariga qoʻyiladigan talablarni takomillashtirish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil dekabr | |||
|
3. Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan aksiyadorlik jamiyatlari kuzatuv kengashlari mustaqil aʼzolari reyestrini yuritish tartibini belgilash. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil dekabr | |||
|
3. |
Bozor talablaridan kelib chiqqan holda qimmatli qogʻozlarning yangi turlarini amalda joriy etish. |
1. Mavjud obligatsiyalar turlarini diversifikatsiya qilish — opsion va fyucherslar chiqarish boʻyicha tegishli choralarni amalga oshirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil yanvar |
Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
2. Yangi turdagi qimmatli qogʻozlarni (jumladan, sekyuritizatsiya va ipoteka obligatsiyalar) joylashtirish va ularning muomalasi amalga oshirilishini huquqiy tartibga solish mexanizmlarini “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasiga kiritish. |
Qonun loyihasi |
2022-yil may | |||
|
4. |
Fond birjalari vositalar qatorini kengaytirish. |
1. Birjalardagi savdosi amalga oshiriladigan Exchange Trading Funds (ETF), shu jumladan oltinga bogʻlangan (Gold ETF) fondlar savdosini yoʻlga qoʻyish boʻyicha huquqiy bazani yaratish. |
Qonun loyihasi |
2022-yil iyun |
Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
2. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan birjaviy obligatsiyalar (commercial paper) savdosini joriy etish. |
|||||
|
3. Valyuta xatarlarini kamaytirishga qaratilgan valyuta fyucherslarini joriy qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil dekabr | |||
|
5. |
Korporativ obligatsiyalar bozorini rivojlantirish. |
1. Korporativ obligatsiyalarni chiqarish uchun taʼminot talabini bekor qilish. 2. Yopiq obuna boʻyicha joylashtirishga moʻljallangan korporativ obligatsiyalar chiqarish uchun qoʻyiladigan talablarni qayta koʻrib chiqish va tegishli takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil mart |
Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
6. |
Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish. |
1. “Sukuk” obligatsiyalarini joriy etish chora-tadbirlarini moliyalash-tirish maqsadida Islom taraqqiyot banki texnik koʻmagini jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust |
Moliya vazirligi, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank |
|
2. “Sukuk” obligatsiyalarini tajriba tariqasida ingliz huquqi tamoyillarini qoʻllagan holda joylashtirish choralarini koʻrish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil yanvar | |||
|
3. Qonun hujjatlariga tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish. |
2022-yil aprel | ||||
|
7. |
Islom moliyalashtirish tamoyillari asosida qimmatli qogʻozlar va kapital bozoriga oid boshqa moliya xizmatlarini tatbiq etish maqsadida normativ-huquqiy bazani shakllantirish. |
1. Xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda idoralararo ishchi guruhlar tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank, mutasaddi vazirlik va idoralar |
|
2. Xorijiy tajribani oʻrganish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-sentabr | |||
|
3. “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
Qonun loyihasi |
2022-yil 1-may | |||
|
II. Kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish | |||||
|
8. |
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK faoliyatini xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish. |
1. Qimmatli qogʻozlar bozori rivojlangan xorijiy davlatlarning qimmatli qogʻozlar depozitariylari faoliyatlarini oʻrganish va tahlil qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust |
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy bank |
|
2. “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DKga Markaziy bankda hisobvaraq ochgan holda hisob-kitoblarni amalga oshirish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritish. |
Qonun loyihasi |
2022-yil dekabr | |||
|
3. Qimmatli qogʻozlar chiqarilishini davlat roʻyxatidan oʻtkazishning emissiya risolasini roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin qimmatli qogʻozlarning xalqaro identifikatsiya kodlarini (ISIN, CFI va FISN) berish tartibini joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil may | |||
|
4. Yirik xalqaro portfel investorlarini Oʻzbekiston Respublikasining qimmatli qogʻozlar bozoriga jalb qilish maqsadida “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK va yirik xalqaro qimmatli qogʻozlar depozitariylari (Clearstream, Euroclear) oʻrtasida yaqindan hamkorligini oʻrnatish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr | |||
|
5. Jismoniy va yuridik shaxslarni identifikatsiya qilish imkoniyatini taʼminlash maqsadida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat personallashtirish markazi, Adliya vazirligi maʼlumotlaridan foydalanish huquqini berish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr | |||
|
9. |
Korporativ maʼlumotlarning yagona portalini takomillashtirish. |
1. Korporativ maʼlumotlarning yagona portali negizida kapital bozorida quyidagi maʼlumotlarni oshkor qilish va xizmatlar koʻrsatishni nazarda tutuvchi yagona markazlashtirilgan resurs tashkil etish: emitentlar va kapital bozoridagi professional ishtirokchilar faoliyatiga doir tahliliy statistik maʼlumotlarni oshkor qilish; qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilari reyestri; davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar chiqarilishi toʻgʻrisida maʼlumot. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil yanvar |
Moliya vazirligi |
|
2. Portalda emitentlar va kapital bozorining professional ishtirokchilari faoliyatidagi oshkor qilinishi majburiy boʻlgan muhim maʼlumotlar va hisobotlarning zamonaviy shakllarini ishlab chiqish va joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
||||
|
3. Kapital bozorida maʼlumotlarni eʼlon qilish va oshkor qilish, maxfiy va ichki maʼlumotni saqlash va oshkor qilmaslik qoidalarini xorijiy tajribani oʻrgangan holda qayta ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2022-yil may | ||||
|
10. |
Qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining kasbiy faoliyati uchun shart-sharoitlar yaratish va ularning manfaatlarini himoya qilishni taʼminlaydigan kapital bozoridagi professional ishtirokchilarning oʻzini oʻzi boshqaruvchi nodavlat birlashmasini tashkil etish. |
1. Xorijiy mamlakatlardagi kapital bozori professional ishtirokchilarining oʻzini oʻzi boshqaruvchi tashkilotlari faoliyatini oʻrganish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi |
|
2. Oʻzini oʻzi boshqaruvchi tashkilot faoliyatini amalga oshirishning asosiy vazifalari, maqsadlari va mexanizmlarini aniqlash. |
Tahliliy maʼlumotlar |
2021-yil dekabr | |||
|
3. Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini, ayniqsa, maʼlumotlarning oshkor etilishi va savdo qoidalariga rioya qilinishi ustidan monitoring olib borish jarayoniga tashkilotni keng jalb qilish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil mart | |||
|
11. |
“Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK faoliyatini takomillashtirish. |
1. “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK faoliyatini tahlil qilib, bozor sharoitiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan kamchiliklarni aniqlash. |
Tahliliy maʼlumotlar |
2021-yil iyun |
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. Yagona dasturiy-texnik majmuasining dasturiy taʼminot va serverlari litsenziyasi muddatini Koreya fond birjasi bilan muzokaralar olib borish orqali uzaytirish. |
2021-yil iyul | ||||
|
3. “Fond bozorining axborot-resurs markazi” DUK faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida qoʻshimcha ravishda oliy toifali mutaxassislarni jalb qilish. |
2022-yil dekabr | ||||
|
12. |
Respublikada birja faoliyatini yanada takomillashtirish. |
1. Birja faoliyatini tashkil etish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. |
Tahliliy maʼlumotlar |
2021-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
2. Fond va valyuta birjalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha asoslangan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil iyun | ||||
|
13. |
“Toshkent” Respublika fond birjasi faoliyatini takomillashtirish. |
1. Fond birjasi listing qoidalarini xalqaro standartlarga muvofiq qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash. |
Aksiyadorlar umumiy yigʻilishi qarorlari |
2021-yil avgust |
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Toshkent” Respublika fond birjasi bilan hamkorlikda |
|
2. Xorijiy ekspertlar ishtirokida qimmatli qogʻozlarining birja listingida boʻlish mazmun-mohiyati, uning afzalliklari va huquqni qoʻllash amaliyotidagi boshqa muhim masalalarni tushuntirish boʻyicha seminarlar, davra suhbatlari va treninglar oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-2022 yy. | |||
|
3. “Toshkent” Respublika fond birjasi qoshida birja listingiga kiritilmagan qimmatli qogʻozlar savdosini taʼminlovchi “Over The Counter” (OTC) tizimini yaratish hamda joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil yanvar | |||
|
4. Kapital bozori, shu jumladan fond birjasidagi holatni yoritishga hamda aholining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum interaktiv telekoʻrsatuvlar tashkil etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr | |||
|
14. |
Kapital bozorini rivojlantirish agentligi muassisligida tashkil etilgan “Fond bozorining axborot-resurs Markazi” davlat unitar korxonasi mol-mulklarini “Toshkent” Respublika fond birjasi tasarrufiga mulk huquqi asosida oʻtkazish masalasini oʻrganib chiqish va tegishli takliflarni oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
1. “Fond bozorining axborot-resurs Markazi” DUKga tegishli Yagona dasturiy texnik kompleks (YADTK) va “Toshkent” RFBning Toshkent shahri, Mustaqillik shoh koʻchasi, 107-uy manzilida joylashgan maʼmuriy binosini mustaqil baholovchi tashkilotlarni, shu jumladan chet el tashkilotlarini jalb qilgan holda baholash. 2. YADTKning baholangan qiymatiga toʻgʻri keladigan “Toshkent” RFB binosining tegishli qismini Moliya vazirligi tasarrufiga oʻtkazish masalasini “Toshkent” RFB aksiyadorlari umumiy yigʻilishida koʻrib chiqish. 3. Oʻrganishlar asosida tegishli takliflarni oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
15. |
“Toshkent” Respublika fond birjasi ustav kapitalidagi davlat ulushini qoʻshimcha aksiyalar chiqarish yoʻli bilan 25 foiz + 1 aksiya miqdorigacha qisqartirish. |
1. Salohiyatli investorlar bilan “Toshkent” RFB ustav kapitalidagi davlat ulushini sotish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr-noyabr |
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi “Toshkent” RFB bilan hamkorlikda |
|
2. Muzokaralar natijasi boʻyicha “Toshkent” RFB ustav kapitalidagi davlat ulushini belgilangan tartibda sotish boʻyicha taklif kiritish. |
Normativ huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil may | |||
|
16. |
Kapital bozori sohasidagi milliy reyting agentliklarining faoliyatini tashkil etish boʻyicha huquqiy asoslar yaratish. |
1. Ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil yanvar |
Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
2. Xorijiy konsultantlarni jalb qilgan holda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil iyun | |||
|
3. Loyihani mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish va oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
|||||
|
17. |
Dasturni amalga oshirish hamda kapital bozori sohasini rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida Moliya vazirligi, Markaziy bank, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi oʻrtasida oʻzaro Anglashuv memorandumini imzolash. |
1. Memorandum loyihasini ishlab chiqish va kelishish. |
Memorandum loyihasi |
2021-yil avgust |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
2. Memorandumni imzolash. |
2021-yil sentabr | ||||
|
III. Kapital bozorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish | |||||
|
18. |
Yagona dasturiy texnik kompleksning (YADTK) zaxira markazini tashkil etish. |
1. Texnik topshiriq ishlab chiqish. 2. Belgilangan tartibda tender savdolarini oʻtkazish. 3. Tender savdolari gʻolibi bilan shartnoma imzolash. 4. Imzolangan shartnomaga asosan moliyalashtirishni ochish. 5. YADTKning zaxira markazini ishga tushirish. |
Chora-tadbirlar rejasi |
2021-yil noyabr |
Moliya vazirligi, “Toshkent” RFB, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
19. |
Fond bozorida bitimlarni qulay va masofadan turib amalga oshirish imkonini beruvchi mobil ilovalarni joriy etish. |
1. Xorijiy tajribani oʻrganish. 2. Oʻrganish natijalariga asosan fond birjasida elektron tijoratning mobil ilovalari uchun texnik talablar va tamoyillarni ishlab chiqish va tasdiqlash. 3. “Toshkent” RFB tomonidan onlayn rejimda bitimlarni amalga oshirish boʻyicha mobil ilova ishlab chiqish. 4. Tegishli mobil ilovalarni ishlab chiqishda brokerlar tomonidan YADTKga ulanish imkoniyatini yaratish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil yanvar |
“Toshkent” RFB, Moliya vazirligi |
|
20. |
Moliya vazirligiga oʻz nazorat funksiyalarini amalga oshirish imkonini beruvchi YADTKning dasturiy taʼminotini ishga tushirish. |
1. YADTKning tegishli dasturiy taʼminotini modernizatsiya qilish boʻyicha YADTK yaratuvchilari bilan muzokara olib borish. 2. Muzokaralar natijasi boʻyicha qoʻshma harakatlar rejasini va xarajatlar smetasini ishlab chiqish. 3. YADTKning tegishli dasturiy taʼminotini modernizatsiya qilish va mazkur ishlarni moliyalashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil dekabr |
Moliya vazirligi, “Toshkent” RFB |
|
21. |
“Qimmatli qogʻozlarning markaziy depozitariysi” DUK tomonidan Milliy raqamlash agentligi funksiyasini bajarish va xalqaro ISO standartlarini joriy qilish. |
1. Milliy raqamlash agentligi funksiyasi boʻyicha ISIN xalqaro kodi (ISO 6166), CFI xalqaro kodi (ISO 10962), FISN xalqaro kodi (ISO 18774) standartlarini joriy qilish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan axborot tizimini (AAT) ishlab chiqish. 2. AAT doirasida Milliy raqamlash agentliklarining uyushmasi (ANNA) servis byurosi bilan oʻzaro texnik aloqalarni oʻrnatish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
“Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Moliya vazirligi |
|
22. |
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari yoki norezidentlari boʻlgan mijozlar uchun oʻz shaxsiy ishtirokisiz depo hisobvaraqlarini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratish. |
1. Masofadan turib depo hisobvaraqlarini ochish boʻyicha ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust |
Moliya vazirligi, “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DK, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti |
|
2. Markaziy depozitariy va Investitsiya vositachilari tomonidan mijozlar bilan shartnoma tuzish paytida ularning shaxsiy maʼlumotlarini olish maqsadida “Oʻz mijozingni bil” (KYC) va “Daromadni legallashtirishga qarshi kurashish” (AML) tizimlariga muvofiq mijozlarni tekshirish tizimini joriy etish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil dekabr | |||
|
IV. Kapital bozorini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish | |||||
|
23. |
Ilgʻor xorijiy tajriba asosida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish sohasidagi normativ-huquq?y hu??a?l?rni birlashtirishni ?azarda tutuvchi toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiladigan “Kapital bozori toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish. |
1. Qonun loyihasini ishlab chiqish uchun xalqaro donorlar texnik koʻmagini jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil iyul |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
2. Qonun loyihasida quyidagilarni nazarda tutish: hosilaviy moliya vositalarini chiqarish, ularning muomalada boʻlishini tartibga solish normalarini; investitsiya vositachilarining faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni ilgʻor xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish; “Birja va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun normalari fond birjasiga taalluqli emasligini koʻzda tutish. |
Qonun loyihasi |
2022-yil may | |||
|
3. Qonun loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda oʻrnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil may | |||
|
24. |
Qimmatli qogʻozlar bozorining xalqaro bozorga integratsiyalashuvini taʼminlash maqsadida Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotining (IOSCO) maslahatlashuvlar, hamkorlik va axborot almashinuvi boʻyicha koʻp tomonlama Anglashuv memorandumiga Moliya vazirligining qoʻshilishi. |
1. Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkiloti (IOSCO) bilan muzokaralar olib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust |
Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
2. IOSCO tavsiyalari asosida qonun hujjatlarini xatlovdan oʻtkazish hamda tegishli oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil sentabr | |||
|
25. |
Oʻzbekiston Respublikasining investitsiya jamgʻarmalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
1. Mazkur loyihaga xalqaro konsultantlarni hamda xalqaro donorlar texnik koʻmagini jalb qilish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil oktabr |
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Markaziy bank |
|
2. Loyihani mutasaddi vazirlik va idoralar bilan kelishish va belgilangan tartibda taklif kiritish. |
Qonun loyihasi |
2022-yil dekabr | |||
|
26. |
Iqtisodiyot tarmoqlarida integratsiya jarayonini ragʻbatlantirish maqsadida amaldagi qonunchilikka xolding korxonalari faoliyatini tartibga solish boʻyicha tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. |
1. Qonun loyihasini ishlab chiqish uchun xalqaro konsultantlarni jalb qilish va unda quyidagilarni nazarda tutish: xolding korxonalari tushunchasi va faoliyatining asosiy mezonlarini belgilash; xolding korxonalari faoliyatiga qoʻyilgan cheklovlarni yumshatish. |
Qonun loyihasi |
2021-yil noyabr-dekabr |
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Qonun loyihasini oʻrnatilgan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil aprel | ||||
|
27. |
Kapital bozori rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini hisobga olgan holda korporativ harakatlar standartini joriy etish va dividendlarni toʻlash tartibini takomillashtirish. |
1. Korporativ harakatlar standartini hamda dividend siyosatini joriy etish boʻyicha xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini oʻrganish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil fevral |
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
2. Aksiyadorlik jamiyatlarida tatbiq etiladigan tavsiyaviy xarakterga ega korporativ harakatlar standartlarini ishlab chiqish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil dekabr | |||
|
3. Aksiyadorlik jamiyatlarida bozor talablaridan kelib chiqqan holda aksiyadorlar manfaatlarini himoya qilish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirishga xizmat qiladigan dividend siyosatini yuritish tartibini joriy etish, shu jumladan “Dividendlarni eʼlon qilish sanasi” (Declaration date), “Soʻnggi roʻyxatga olish sanasi” (Nolder-of-Record Date), “Eks-dividend sanasi” (Ex-dividend date) va “Toʻlov sanasi” (Payment Date) tushunchalarini joriy etish va ushbu sanalarning amal qilish tartibini belgilash. |
|||||
|
V. Investorlar bazasini kengaytirish va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish | |||||
|
28. |
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan mahalliy emitentlarning qimmatli qogʻozlarini sotib olish uchun qoʻshimcha imkoniyatlar yaratish. |
1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi va boshqa xalqaro moliya institutlari bilan birgalikda kapital harakati operatsiyalarini liberallashtirish masalasi boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish. |
Tahliliy maʼlumotlar |
2021-yil avgust |
Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
2. Maslahatlashuvlar natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga taklif kiritish. |
2021-yil sentabr | ||||
|
29. |
2023-yil yakuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi fond bozorini jahon fond bozori indekslari, shu jumladan “Morgan Stanley Capital International” (MSCI) reytingidagi dunyoning “rivojlanayotgan” fond bozorlari roʻyxatiga kiritish. |
1. “Morgan Stanley Capital International” (MSCI) jahon indeksi yurituvchilari bilan tavsiyalar olish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish. |
Tashkil?y chora-tadbirlar |
2021-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
2. Kamida 2 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyatini mazkur reyting talablariga mos ravishda tashkil etish. |
2022-yil aprel | ||||
|
3. Mazkur jarayonni ommaviy axborot vositalarida yoritib borish. |
2022-yil dekabr | ||||
|
30. |
Aholining kapital bozori sohasiga oid masalalar boʻyicha moliyaviy savodxonligini oshirish dasturlarini izchil amalga oshirish. |
1. Moliya, iqtisodiyot va biznes sohasidagi oliy taʼlim muassasalari oʻquv va ilmiy dasturlarida kapital bozori asoslarini oʻrganishni taʼminlaydigan moliyaviy savodxonlik boʻyicha maxsus kurslarni joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil aprel |
Moliya vazirligi Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
2. Oliy taʼlim muassasalarida magistrlik dissertatsiyalari va ilmiy ishlar mavzulari roʻyxatiga kapital bozoridagi kamchilik va muammolarni tadqiq qilishga doir mavzularni kiritish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil avgust | |||
|
3. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot institutlarida kapital bozorini yanada rivojlantirish modelini ishlab chiqish uchun iqtisodiy va moliyaviy tadqiqotlar nomzodlari uchun nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari bankini yaratish. |
Dissertatsiyalar banki loyihasi |
2021-yil oktabr | |||
|
31. |
Kapital bozori sohasini rivojlantirishga oid masalalar va investorlarga yaratilayotgan yengilliklar boʻyicha keng jamoatchilik bilan yaqindan hamkorlik oʻrnatish. |
1. Xalqaro va mahalliy ekspertlarni taklif qilgan holda Dasturning mazmun-mohiyati hamda uni amalga oshirish bosqichlari boʻyicha xalqaro konferensiyalar tashkil etish. |
Vazirlar Mahkamasi farmoyishi loyihasi |
2021-2022 yy. |
Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi |
|
2. Kapital bozoridagi investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish masalalariga oid davra suhbatlari va seminarlar oʻtkazish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar | ||||
|
32. |
Kapital bozorida sugʻurta korxonalarining ishtirokini ragʻbatlantirish. |
1. Sugʻurta korxonalarining investitsiya faoliyatini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni “Sugʻurta bozorini rivojlantirish strategiyasi” bilan uygʻunlashtirish. 2. Sugʻurta kompaniyalarining investitsiya faoliyati sohasidagi tartibga soluvchi talablarni takomillashtirish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil sentabr |
Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi, Moliya vazirligi |
|
33. |
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda investitsiya fondlarini tashkil etish |
Davlat kafolatisiz 50 mln doll. miqdorida mablagʻlar jalb etish hamda ushbu mablagʻlarni mahalliy korporativ qimmatli qogʻozlarga joylashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil oktabr |
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi |
|
VI. Davlat qimmatli qogʻozlari bozorini rivojlantirish | |||||
|
34. |
Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari va rezidentlari tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini (Markaziy bank obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini kengaytirish. |
1. Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tavsiyalari asosida kapital harakati bilan bogʻliq amaliyotlarni takomillashtirgan holda Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari (dastlabki bosqichlarda Xalqaro moliya institutlari) tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini (Markaziy bankining obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini yaratish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2021-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
2. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari — jismoniy shaxslar tomonidan davlat qimmatli qogʻozlarini (Markaziy bankining obligatsiyalari bundan mustasno) sotib olish imkoniyatini yoʻlga qoʻyish. |
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi |
2022-yil dekabr | |||
|
3. Market-meyker institutini joriy etish. |
|||||
|
4. Ikkilamchi bozorni rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2022-yil dekabr | |||
|
35. |
Davlat qimmatli qogʻozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish. |
Ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish asosida quyidagilarni nazarda tutuvchi davlat qimmatli qogʻozlarining ikkilamchi bozorini rivojlantirish choralarini koʻrish: bozor talabidan kelib chiqib, uzoq muddatli (5 — 10 yil) davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish boʻyicha auksionlar oʻtkazishni amaliyotga kiritish; inflyatsiyaga bogʻlangan davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish amaliyotini yoʻlga qoʻyish; davlat qimmatli qogʻozlarini sotib oluvchi investorlar bazasini kengaytirish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2022-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
36. |
Davlat qimmatli qogʻozlari bozorini xalqaro standartlarga moslashtirish. |
1. Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish grafigini oldindan eʼlon qilishni amaliyotga joriy etish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi |
|
2. Davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish boʻyicha auksionlarni haftaning belgilangan kuni va vaqtida oʻtkazish amaliyotini tatbiq qilish. |
2021-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi, Markaziy bank | |||
|
3. Davlat qimmatli qogʻozlarini sotib oluvchilarga qulaylik yaratish maqsadida auksion natijalari boʻyicha hisob-kitoblarni “T + 1” yoki “T + 2” xalqaro standartiga oʻtkazish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Amaldagi hujjatlarga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish |
2021-yil 1-oktabr |
Markaziy bank, Moliya vazirligi | ||
|
4. Shaffoflikni taʼminlash maqsadida davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha auksion natijalarini va boshqa maʼlumotlarni Moliya vazirligi va OʻzRVB saytlariga tezkor joylashtirish. |
2021-yil 1-dekabr |
Moliya vazirligi, OʻzRVB | |||
|
5. Davlat qimmatli qogʻozlari boʻyicha foiz toʻlovlarini toʻlash muddatini xalqaro standartlarga moslashtirish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2021-yil 1-oktabr |
Moliya vazirligi, Markaziy bank | ||
|
6. Davlat qimmatli qogʻozlari bozorida daromadlilik va foizlarni hisoblashni Xalqaro kapital bozorlari xalqaro assotsiatsiyasi (ICMA) tomonidan qoʻllaniladigan formulalarga moslashtirish. |
2021-yil 1-iyul |
Moliya vazirligi, Markaziy bank, OʻzRVB | |||
|
7. Mobil ilovalar yordamida davlat qimmatli qogʻozlarini sotib olish va sotish boʻyicha arizalarni qabul qilish tartibini joriy qilish. |
Amaldagi hujjatlarga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish |
2021-yil 1-dekabr |
OʻzRVB, Moliya vazirligi | ||
|
37. |
Infratuzilmani rivojlantirishni maqsadli moliyalashtirish uchun davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish. |
2022-yilda ichki bozorda eksperiment tariqasida 100 mlrd soʻmgacha boʻlgan miqdorda davlat qimmatli qogʻozlarini chiqarish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Markaziy bank |
|
VII. Kapital bozori ishtirokchilarini oʻqitish va qayta oʻqitish hamda ularning malakasini oshirish | |||||
|
38. |
Kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha institutsional baza yaratish. |
1. Bank-moliya akademiyasida kapital bozori mutaxassisligi boʻyicha taʼlim yoʻnalishini joriy etish. 2. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi qoshidagi Biznes-maktabda Kapital bozori fakultetini tashkil etish. Bunda, kapital bozori ishtirokchilari uchun “Korporativ moliya”, “Biznes etika” va “Kapital bozori” kurslarini joriy etish. 3. Sohadagi yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik oʻrnatgan holda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021-yil dekabr |
Bank-moliya akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
39. |
Kapital bozori, shu jumladan bozorni tartibga solish sohasida bilim va koʻnikmalarga qaratilgan kadrlar tayyorlashning kompleks tizimini yaratish. |
1. Oliy taʼlimdan keyingi taʼlim va malaka oshirish tizimiga qadar taʼlimning barcha bosqichlarini qamrab oladigan sohaga oid uzluksiz kadrlar tayyorlash tizimini yaratish. 2. Qimmatli qogʻozlar komissiyalari xalqaro tashkilotining (IOSCO) qimmatli qogʻozlar bozori regulyatorlari uchun global sertifikat yillik dasturlarida Moliya vazirligining har yili kamida 2 nafar mutaxassislari ishtirokini taʼminlash. 3. Xalqaro moliya korporatsiyasining Milken instituti kapital bozorlari dasturi (Ifc-Milken Institute Capital Markets Program) orqali mutaxassislarni muntazam ravishda oʻqitib borish. |
Tashkiliy chora-tadbirlar |
2022-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi |
|
40. |
Moliya vazirligi huzuridagi Oʻquv markazida tegishli oʻquv-trening kurslarinitashkil etish. |
1. Xorijiy universitetlar va mahalliy oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda “Kapital bozori asoslari”, “Kapital va moliya bozori sohasida sertifikat olish uchun maxsus oʻquv kurslari”, “Korporativ boshqaruv va kuzatuv kengashi mustaqil aʼzolarini tayyorlash”, “Komplayens nazorat va risk-menejment” hamda “FATF talablari bilan ishlash” kabi yoʻnalishlarda oʻquv dasturlarini ishlab chiqish. 2. AQSh Qimmatli qogʻozlar va birjalar komissiyasi hamda Koreya moliyaviy nazorat xizmati bilan hamkorlikda Moliya vazirligi va Markaziy bank xodimlari uchun kapital bozorini tartibga solish yoʻnalishida treninglar tashkil etish. 3. Iqtisodiy sudlarning sudyalari uchun har yarim yilda kamida bir marta oʻquv markazida malaka oshirish kurslarini tashkil etish. |
Chora-tadbirlar dasturi |
2021-yil dekabr |
Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy sud |
4-ILOVA
|
T/r |
Korxona nomi* |
|
1. |
“Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ |
|
2. |
“Oʻzbekneftgaz” AJ |
|
3. |
“Oʻzmilliy bank” AJ |
|
4. |
AT Xalq banki |
|
5. |
“Agro bank” ATB |
|
6. |
“Mikrokreditbank” ATB |
|
7. |
“Qishloq qurilish bank” ATB |
|
8. |
“Oʻzagrosugʻurta” AJ |
|
9. |
“Qurilishmashlizing” AJ |
|
10. |
“Oʻzbekinvest” AJ |
|
11. |
“Uzbekistan airways” AJ |
|
12. |
“Oʻztransgaz” AJ |
|
13. |
“Olmaliq KMK” AJ |
|
14. |
“Navoiy KMK” AJ |
|
15. |
“Oʻzavtosanoat” AJ |
5-ILOVA